Ishlanmalar nomlanishi | Patent (tartib raqami) mavjudligi | Ishlanmalar maqsadi | Joriy etish uchun mas’ullar | |
O‘simlik moddalar kimyosi instituti | ||||
1. | Ferulen dori vositasi (kapsula) | IAP 04871 | Adenoma va prostata bezi saratonini davolash uchun tavsiya etilgan. Shu bilan birga, immunitetni kuchaytirish hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sir qilish xususiyatiga ega. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
2. | Flanorin dori vositasi (tabletkalar) | IAP 04077 | Jigar va o‘t pufagi kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
3. | Allalgin dori vositasi (tabletkalar va inyeksiyalar uchun eritma) | Ushbu dori vositasi allapinin substansiyasidan ishlab chiqariladi (lappakonitina-gidrobromid) | Og‘riqsizlantiruvchi dori vositasi, alkogol va morfin simptomlarini bekor qilishda yengillashtirish va mahalliy anesteziya, shuningdek intensivligi o‘rtacha va kuchli bo‘lgan og‘riqlarda (miokardit, yurak ishemiyasi, nevralgiya, mialgiya hamda tish, bo‘g‘im va operatsiyalardan keyingi og‘riqlar)da qo‘llaniladi. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
4. | Gepalipin dori vositasi | IAP 20150356 patentga buyurtma | Letsitin va likopindan ishlab chiqilgan va jigar kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan yangi dori vositasi. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti | ||||
5. | Qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘rug‘larini ekishdan oldin tayyorlash uchun ekologik xavfsiz biologik faol agropolimerlarni ishlab chiqarish maqsadida pilla kukolkasini qayta ishlash bo‘yicha kompleks texnologiyasini o‘zlashtirish. | IAP 03956, IAP 05304 | Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va urug‘larni ekishdan oldingi ishlovini si�atli amalga oshirish uchun ishlov berish Bombyxmori xitozani asosida yuqori biologik faolligi bilan ajralib turgan va pillani kompleks qayta ishlash asosida hosil bo‘ladigan ekologik xavfsiz agropolimerlar bilan amalga oshiriladi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B.Yusupov) |
6. | Sho‘rtan GKK suyultirilgan chiqindilarni kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish. | IAP 2017 0501 patentga buyurtma 23.11.2017-y. | Suyultirilgan chiqindilar asosida pasmalekulali polietilen, lok-buyoq mahsulotlar uchun eritkich, charm bitum buyumlarni ishlab chiqarish uchun kub qoldig‘i olinadi. | “O‘zbekneftgaz” (A. Sultonov), Sho‘rtan GKK (Sh. Aslonov) |
7. | “Poliardez” dezinfeksiya qiluvchi nano-tuzilmaviy eritmaning texnologiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish. | IAP 20170411 patentga buyurtma 21.09.2017-y. | Poliardez jamoat va temir yo‘l transportining texnologik jihozlari, ishlab chiqarish maydonlari va binolarni dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (A. Kamalov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
8. | Kumush nano parchalari asosidagi bakteritsid buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish. | IAR 05250 | Paypoq ko‘rinishida bakteritsid buyumlar terlash darajasini kamaytirish, oyoqlarning yoqimsiz hidi va zamburug‘li kasalliklarini oldini olishga qaratilgan. | “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Xaydarov) |
Bioorganik kimyosi instituti | ||||
9. | Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida paxtani yetishtirish va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan qizilmiya ildizidan tayyorlangan glitsirrizin kislotasi asosida kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan dori vositalarini joriy etish | IAP 04619, IAP 05005, IAP 05090 | Sho‘rlangan yerlarning bardoshliligini oshirish, zamburug‘li kasalliklardan himoyalanish, shuningdek paxtaning xo‘jalik-qimmatlik xususiyatlarini yaxshilash va hosildorligini oshirish maqsadida paxtachilik sohasida ekishdan oldin ishlov berishda urug‘larni joriy etish. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
10. | Sho‘rlangan yerlar melioratsiyasining samaradorligi uchun “Biosolvent” dori vositasi | IAP 20150262 | Biosolvent tuproq tuzlarining eruvchanligini yoyish mexanizmi yo‘li bilan yaxshilaydi, sug‘orish suvlarining ishqorli samaradorligini oshiradi. Tuzlar agroirrigatsion ufqlardan olib chiqiladi, tuproqlarning suv-fizik xususiyatlari yaxshilanadi va ushbu orqali urug‘larni yetishtirishga ko‘maklashiladi, ko‘chatlarga stress ta’sirini kamaytiradi. | Qishloq xo‘jaligi �azirligi (B. Yusupov) |
11. | Gemostatik gubka “gemogubka” | IAP 04587, IAP 04588, IAP 04665, IAP 04589, IAP 04736 | Inson organizmi iplari bilan birlashtirilgan, kelib chiqishi natural bo‘lgan fibrillyar kollagendan hosil bo‘lgan gemostatik gubka “gemogubka”. Biodegradatsiya qilinayotgan gemostatik gubka kapillyar va parenximatoz qon ketishlar (jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilganida) davomida mahalliy gemostatik (qon to‘xtatuvchi) vositasi sifatida, kapillyar va parenximatoz qon ketishlar (jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilganida) davomida hamda yaraga ishlov berishda foydalaniladi, biodegradatsiya materiali jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganidan keyin materialni olmay turib, qoldirish imkonini beradi. | Sog‘liqnisaqlashvazirligi (B. Yusupaliyev) |
12. | DAG-1 va DAG-2yangi avlod dori vositalari | IAP 05090 | Paxtaning tuproqlar sho‘rlanishi va fitopatagenga bardoshligini kuchaytiruvchi moslamalar (stimulyator). | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
13. | “Rutan” dori vositasi | IAR 04523, IAR 04524 | Grippga qarshi ta’sir qilish xususiyatiga ega noyob dori vositasi. | Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
Umumiy va neorganik kimyosi instituti | ||||
14. | Markaziy Qizilqumlar fosforitlari asosida oddiy superfosfatning modernizatsiya qilingan texnologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish | Oddiy superfosfatni yetishtirish usuli | Qishloq xo‘jaligida fosfor o‘gitlarning kamyobligini kamaytirish. | “Navoiyazot” AJ (B. Sharipov) |
15. | Neft-gaz sohasida tatbiq etish uchun texnik sulfonolni ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish. | IAP 20170360 14.11.2017-y.dagi patentga buyurtma berildi | Texnik sulfonal avto shampun va yuvish mashinalarini ishlab chiqarish, neft-gaz quduqlarini qazishda parmalovchi eritmani yengillashtirish uchun foydalaniladi. | “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultonov) |
O‘simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti | ||||
16. | Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va tuproqlarning unumdorligini oshirish maqsadida “Bioazot-N” azot yozuvli rizobakteriyalari asosida biovositani tatbiq etish. | IAP 04887 | Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sho‘rlangan tuproqlardan tuzlar biosorbatsiyasi va biologik azot bilan ta’minlash maqsadida. Mazkur tadqiqoning joriy etilishi tuzli stess holatida miner azot harajatini 75 — 80 % ga qadar kamaytirish va ekinlar hosildorligini 100 % ko‘paytirish hamda degradatsiya bo‘lgan to‘proqlarning biologik xususiyatini tiklashga imkon beradi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
17. | “Genetik-1” va “Sochilmas” soya navlari urug‘chiligini tashkil qilish. | “Genetik-1” NAP00091 “Sochilmas” NAP20150003 | Oqsil va moy, farmatsevtika kompaniyalari, chorvachilik, parrandachilik hamda tuproqlarning unumdorligini oshirish uchun. Umuman importni kamaytirish va eksportni ko‘paytirish uchun. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
Ilg‘or texnologiyalar markazi | ||||
18. | Energetika obyektlari va neft-gaz sanoati ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy-texnik komplekslari. | DGU 01005, DGU 01005 | Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan yakunlayotgan va real vaqt rejimida xomashyolar olishning moddiy oqimlari va barcha texnologik amaliyotlarini boshqarish va nazorat qilishning imkonini beruvchi ishlab chiqarishning tezkor-dispetcherlik avtomatlashtirilgan boshqaruvini yaratish (ITDAT). | “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultonov), Energetika sohasi korxonalari (R. Muborakshin) |
19. | Elektr utkazuvchi nano-qoplamalari asosida isitishning yangi tizimi | AQSh US 7468332 | Mazkur materiallar poldagi isituvchilar sifatida ishlatilishi mumkin, avtomobil o‘rindiqlari, biotibbiy ko‘rpalar va kompozitlar. | “O‘zavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), (B. Zaripov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev) |
20. | Yarim o‘tkazuvchan polimer qoplama asosida sensor-faol iplarni ishlab chiqarish. | AQSh US 6060116 | Barcha tekstil va charmda yarimo‘tkazuvchan polimer qoplama asosida sensor-faol iplarni ishlab chiqarish, metall, uglerod yoki boshqa o‘tkazuvchi materiallardan foydalanmay, bundateriva iplarning xususiyati (tashqi ko‘rinishi, yumshoqligi) o‘zgarmaydi. | “O‘ztekstilsanoat” assotsiatsiyasi (I. Xaydarov) |
21. | Faollashtirilgan ko‘mirni hosil qilish texnologiyasi | IAP 03831 | Tilla qazib oluvchi korxonalar tomonidan foydalanish uchun mahalliy xomashyodan faollashtirilgan ko‘mirni hosil qilish texnologiyasi. | Olmaliq KMK (A. Farmonov), Navoiy KMK (K. Sanakulov) |
Mikrobiologiya instituti | ||||
22. | FOSSTIM, RIZOKOM seriyali bioo‘g‘it ishlab chiqarish. | № IAP 20160333, № IAP 20160334, № IAP 20160335, № IAP 20160336 patentga buyurtmalar | Sho‘rlangan tuproqlarda paxtani yetishtirishda texnik o‘simliklarning urug‘lariga (paxta, shakarli lavlagi), poliz-mevali ekinlar va kartoshkani ekishdan oldin ishlov berish. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
23. | “Mikroo‘stirgich” bioo‘g‘itlar ishlab chiqish. | IAP 04900, IAP 04211, IAP 05002 | Texnik ekinlar, bog‘, poliz va meva fitopatogenlardan himoyalash, hosildorlikni oshirish, o‘simliklarni rivojlantirish va o‘sishni rivojlantiruvchi stimulyator sifatida tavsiya etiladi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
24. | Trixostim silos achitqisini ishlab chiqarish | IAP 04901 | O‘simlik chiqindilari silos achitkisi va yem qo‘shimchasi sifatida tavsiya etiladi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
Yadro fizikasi instituti | ||||
25. | Nanokompozitli kationitdan foydalangan kimyo suv tayyorgarlik tizimi | IAP 04436 | Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqibgan SST tizimlari respublika bo‘yicha suvni yumshatish uchun foydalanish mumkin: Maishiy suv ta’minotida; Lokal qozonxonalarda; Boshlang‘ich yumshoq suv kelishini talab qilgan jihozlash uchun (termoplast avtomatlar, ekstruderlar, parogeneratorlar, gradirni, teskari osmatik tizimlar va h.k.). | “Toshissiqquvvati” DUK (B. Qurbonbekov) |
Fizika-texnika instituti | ||||
26. | Tuproq, suv va havoda radonning ko‘lamli faolligini o‘lchash uchun zaryadlangan parchalari yarim o‘tkazuvchan detektor asosida rodonometrni ishlab chiqish va tayyorlash | IAP 04882 | Havoda radonning ko‘lamli faolligini o‘lchash uchun qurilma. Ishlab chiqilgan detektor va asboblar geologiya, qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, tibbiyot, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va boshqa sohalarda ishlatilishi mumkin. | Olmaliq MKK (A. Farmonov), Navoiy MKK (K. Sanakulov), Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), (S. Xusomiddinov) |
27. | Pishirish sexlari uchun SCADA i NMI tizimlari asosida avtomatlashtirilgan boshqaruv pulti. | DGU 03037 dasturiy mahsulot guvohnomasi | Boshqaruv va ishlab chiqarish siklni avtomatlashtirish. | Olmaliq KMK (A. Farmonov), Navoiy KMK (K. Sanakulov) |
Materialshunoslik instituti | ||||
28. | Oltingugurtli aralashma hamda gazni tseolit asosida quritishdan tozalash turli usul o‘lchovdagi import o‘rnini bosuvchi inertli termochidamli keramik sharlarni tayyorlash va ishlab chiqish. | PP 2988 Tashkil qilish standarti Ts-03520, 84-08:2017. | Termochidamli keramik buyumlarni ishlab chiqarish. | “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultanov) |
29. | Tijoriy foydalanish uchun katta quyosh pechida elektrtexnik va yuqori o‘tkazuvchan materiallar ishlab chiqarilishini tashkil qilish. | Mualliflik guvohnomasi 275678 SSSR. MKI4S04V.35/10 № IAP20140178, 2014-y. | Keyinchalik sotuvga mo‘ljallangan, belgilangan xususiyatga ega materiallarni katta quyosh pechida ishlab chiqarish. | “O‘zbekenergo” AJ (R. Muborakshin), (A. To‘xtayev) |
30. | Oqova suvlar, ikkilamchi neft mahsulotlarini filtrlash, chang aniqlovchilar, fermer xo‘jaliklarida, turmushda foydalanishda, tomchilab sug‘orishda foydalanish uchun filtrlar ishlab chiqarishni tashkil qilish. | № 24534-U, | Oqova suvlarni tozalash, ikkilamchi neft mahsulotlarini filtrlash, chang aniqlovchilar, fermer xo‘jaliklarida, tomchilab sug‘orish va turmushda foydalanish uchun filtrlar ishlab chiqarish. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) Olmaliq KMK (A. Farmonov), “O‘zbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov) |
31. | Keramik kesuvchi anjomlar ishlab chiqarishni tashkil qilish. | № 4321-B, 2003 Mualliflik guvohnomasi | Plastmassa, daraxt, rangli metallarga ishlov berish uchun keramik kesuvchi anjomlarni ishlab chiqarish. | Olmaliq KMK (A. Farmonov), Navoiy KMK (K. Sanakulov). |
Ion-plazma texnologiyalari instituti | ||||
32. | Yuqori samarali quyosh foto o‘zgartirgichlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun monosildan ishlab chiqaruvchi tajriba-yarim sanoat qurilmani yaratish. | IAP 05023, IAP 05179, AQSh US9278864(B2), US9156861(B2), Yaponiya JP6014771(B2), JP5836489(B2), Koreya KR101532142(B1) KR101422080(B1) XXR CN 104797527, CN 103797018, Yevropatent EP 275 664(B1), EP2905258(A1), Tayvan TWI535657B, TWI549910B, WO2013035956 WO2014054843, WO2014054889 | Yangi texnologiyalar va materiallarni joriy etish hisobidan quyosh o‘zgartirgichlar samaradorligini oshirish va quyosh energiyasini rivojlantirish uchun moddiy asos yaratish maqsadida. | “O‘zbekenergo” AJ (R. Muborakshin), “O‘zkimyosanoat” AJ (D. Pak) |
33. | Chekish qorishmasi va boshqa kriminalistik materiallarda sintetik kannabinoidlarni yuqori sezuvchan ekspress aniqlash uchun termodesorbsion sirtli ionizatsialashgan texnologiya ishlab chiqarish va asbob yaratish. | IAP 03188 | Mazkur ishlanma qimmat narxdagi import qurilmalar o‘rnini bosish, konfiskatsiya qilingan chekish qorishmasi va boshqa kriminalistik materiallarda sintetitik kannabinoidlarning izlar hajmi tahlil qilish va aniqlash uchun mo‘ljallangan. | Ichki ishlar vazirligi (R. Ergashev) |
Inshootlar mexanikasi va seysmik bardoshlilik instituti | ||||
34. | Navoiy MKKning KFKsida yumshoq turdagi inersion chang aniqlovchi ishlab chiqarish va tatbiq etish. | IAP 05231 | Mazkur ishlanma Navoiy MKK DKda otilib chiqishini sezilarli kamaytirish uchun mo‘ljallangan. | Navoiy KMK (A. Sanakulov) |
35. | Sink qorishmasini ishlab chiqarish uchun separatsion chiziqni tatbiq etish. | IAP 05231 | Ishlanma tsink qorishmasining yirikligiga qarab, separatsiya qilishga mo‘ljallangan. Sink qorishmalarining yirikligiga qarab, sanoatning turli sohalarida ishlatiladi. | Olmaliq KMK (A. Farmonov) |
36. | Paxtani qayta tozalash mashinalari uchun arralararo prokladka. | FAP 01182, FAP 20180066 | Arralararo prokladka paxtani qayta tozalash mashinalari arrali silindrdagi arralararo masofani ta’minlashga mo‘ljallangan. Ishlanma elektr energiya sarflanishini kamaytirishva arralararo prokladkaning yaroqlik muddatini uzaytirishga imkon beradi. | “O‘zpaxtasanoat” AJ (A. Maksudov) |
Seysmologiya instituti | ||||
37. | “O‘zbekiston hududini umumiy seysmik tumanlashtirish xaritasi USR-2017” | USR-2017 xaritasini yaratish turli bosqichlarida foydalanilgan dasturiy mahsulotlarga qator patentlar mavjud. | Umumiy seysmik tumanlashtirish xaritasi shaharlarning bosh rejalarini loyihalashtirish, mehnat va industrial resurslarini rejalashtirish, seysmi�faol tumanlarda seysmik bardosh qurilish va loyihalashtirish uchun mo‘ljallangan. Umumiy seysmik tumanlashtirish xaritalari asosida shahar, aholi punktlari va qurilish maydonchalarining seysmik mikrotumanlashtirish olib boriladi. USR-2017 xaritasini joriy etish respublika hududining seysmik xavfsizligini ta’minlaydi. | Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev) |
38. | Yaqin yillarda kutilayotgan seysmik faol hududlar xaritasi | USR-2017 xaritasini tuzish turli bosqichlarida foydalanilgan dasturiy mahsulotlarga qator patentlar mavjud. | Kutilayotgan seysmik faol hududlar xaritasi respublikaning seysmik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan (uy-joy fondini mustahkamlash, kuchli zilzila yuz berganida FVV tuzilmalari tomonidan ta’sirchan choralar ko‘rish, o‘rta va qisqa muddatli ogohlantirish omillarini aniqlash bo‘yicha kuzatuv tizim yaratish) O‘zbekiston Respublikasi FVV tomonidan o‘tkazilayotgan preventiv tadbirlar o‘tkazish. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Quldoshev) |
Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish instituti | ||||
39. | Qoraqalpoqstonning mahalliy agrorudasi asosida o‘g‘itlarning yangi shakllari texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish. | IAP 20110342 | Fosforitlarni kimyoviy faollashtirish orqali mineral tuzlar yordamida kislotasiz usuli yordamida arzon azot-fosfor o‘g‘itlari hosil bo‘ldi. Glaukonitli mineral o‘g‘itlar hosil bo‘lishining yangi texnologiyasi ishlab chiqildi. Mahalliy xomashyodan foydalanish bazasidan olingan o‘g‘itlarning yangi shakllari tuproqlar holatini yaxshilashga va qishloq xo‘jaligi ekinlarini hosildorligini oshirishning imkonini beradi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
40. | Tabiiy joylashuvi sharoitida qumli tublarning filtrlashuvi koeffitsentini aniqlash usuli | IAP 20160174 | Qumli tublar filtrlashuvi koeffitsentini ekspress aniqlash uchun asbob ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida qumli tublarning qalinlik qo‘shuvi va tabiiy sharoitda 3-4 metr chuqurlikda loyli tublar konsistensiyasini aniqlash mumkin. | “O‘zkimyosanoat” AJ (D. Pak), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
41. | Polietilen chiqindilarni utilizatsiya qilish usuli. | IAP 20160175 | Bitum va asfaltobeton tarkibida polietilen axlatdan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi. Alohida qayd etish joizki, polietilen axlatni shunday usul yordamida utilizatsiya qilishda, polietilen axlatni tozalash va guruhlarga ajratishda zarurat qolmaydi. | Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev) |
Ma’mun Xorazm akademiyasi | ||||
42. | “Niyat” ― paxtaning yangi, istiqbolli navi. | NAP 20170013 | “Niyat” paxtan�ng yangi navi tolaning IV turi bilan, Xorazm viloyatining turli ekstremal holatlariga moslashtirilgan. Tez yetilishi va sifati bo‘yicha “Xorazm ― 127” nazorat navidan ustunlik qiladi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
43. | “Xurma” ― paxtaning yangi, istiqbolli navi. | NAP 20160015 | “Xurma” paxtaning yangi navi tolaning IV turi bilan, Xorazm viloyatining turli ekstremal holatlariga moslashtirilgan. Tez yetilishi, unumdorligi va Xorazm viloyatining yetishtirish sharoitlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 14.07.2018 yildagi PQ-3855-son
Кучга кириш санаси
16.07.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 16.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Mamlakatimizda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda mavjud moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 2014 — 2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard so‘m ajratilib, ularning natijalariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan 700 dan ortiq ixtiro patentlashtirildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mamlakat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zaruratini taqozo etmoqda.
Biroq, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan amalda foydalanishning tahlili ularni yaratish, huquqiy muhofaza qilish va joriy etish jarayonida tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, xususan:
birinchidan, oxirgi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan va patentlangan ixtirolar sonining yiliga 0,5 foizini tashkil etuvchi tijoratlashtirish darajasi yetarli emas;
ikkinchidan, chop etilgan ilmiy maqolalar va yaratilgan intellektual mulk obyektlari soni ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari bo‘lib qolmoqda, bunda ularni joriy etish natijalari hisobga olinmayapti;
uchinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ularning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalari uchun, shuningdek, ilmiy-texnikaviy dasturlarga davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligi uchun lozim darajada mas’uliyatni namoyon etmayapti;
to‘rtinchidan, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning, shu jumladan, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalar ro‘yobga chiqarilishida iqtisodiyotning real sektori korxonalari ishtirokini rag‘batlantirishning samarali vositalari joriy etilmagan;
beshinchidan, amaldagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tezkorlik bilan joriy etishni ta’minlamayapti.
Mahalliy ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni jadal joriy etishni ta’minlash, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini kuchaytirishda ilm-fan hissasini oshirish, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning istiqbolli mahalliy yutuqlarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda muassasalar deb yuritiladi) ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sohasidagi asosiy vazifalari etib hisoblansin:
respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;
fanlararo aloqalarni, shu jumladan, xalqaro fanlararo aloqalarni shakllantirish jarayonlarini rag‘batlantirish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va jamoalarni yaratish;
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq vazifalarini hal etishga, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan amaliy natijalarni olishga yo‘naltirish;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida innovatsion tadqiqotlarni olib borish;
tadqiqotlarni mamlakatni izchil rivojlantirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yo‘naltirish.
2. Quyidagilar ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning asosiy usullari etib belgilansin:
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan tovarlarni (bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning ta’sischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) hisoblanadi;
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulk huquqlarini uchinchi shaxslarga o‘tkazish va mazkur obyektlardan foydalanish huquqini litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlik va idoralar tomonidan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, ilovada ko‘rsatilgan ishlanmalarni o‘z vaqtida tijoratlashtirmaganligi va sifatsiz tijoratlashtirganligi uchun ularni joriy etishga javob beradigan shaxslarga nisbatan ularning o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima shaklida intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda “Ilm-fan” moddasi bo‘yicha ajratilayotgan mablag‘lar doirasida quyidagilarni amalga oshirish uchun mablag‘larning kamida 20 foizi yo‘naltirilishini nazarda tutsin:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, davlat-xususiy ilmiy klasterlarini yaratishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishga, shu jumladan, budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyatini tegishli maslahatchilar tomonidan ekspertizadan o‘tkazish, qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga muvofiq biznes-rejalarni tayyorlashga grantlar ajratish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasining 2018-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagilarga qo‘shimcha bir martalik mukofotlar joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
patentlangan intellektual mulk obyektlari mualliflariga muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushayotgan mablag‘larning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin tijoratlashtirilishi lozim, fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi loyihalar bundan mustasno;
muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqarish siri (nou-xau) yoki tijorat siri rejimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qo‘riqlash to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun muntazam ravishda investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlash mas’uliyati yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga samarasiz va ma’naviy eskirgan infratuzilmani almashtirish, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirish darajasini pasaytirish imkonini beradigan yangi texnika va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan bog‘liq tadbirlarni faol moliyalashtirish tavsiya etilsin.
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotni o‘rganish natijalari asosida quyidagilar tasdiqlanishini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
tijorat siri rejimida qo‘riqlanadigan intellektual mulk obyektlariga, shu jumladan, patentlash imkoniyatiga ega bo‘lgan texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlariga (nou-xaularga) bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi nizom;
mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy jamoalariga qo‘shimcha bir martalik mukofotlarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
b) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari sonini asosiy mezonlardan biri sifatida nazarda tutgan holda muassasalarning samaradorligini baholash mezonlarini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda joriy etishga tayyor ilmiy va ilmiy-texnikaviy natijalarni tijoratlashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda muassasalarga ko‘maklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari bo‘yicha axborotning “Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi” interaktiv internet-portalini yangilash uchun doimiy asosda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalariga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzuridagi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar tomonidan ishlab chiqiladi;
innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari istiqbolda an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan ilgarilab ketadigan boshlang‘ich talablardan iborat bo‘lishi va xalqaro standartlarga yoki rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga mos kelishi lozim;
tajriba va seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida yangi innovatsion mahsulotlarga davlat standartlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlar olishga qilingan xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muassasalar tomonidan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini xorijda tijoratlashtirishga, shuningdek, ularni xalqaro bozorlarda ilgari surishga diplomatik vositalar orqali ko‘maklashsin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar (tuman)lar hokimliklari har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan birgalikda respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari portfelini shakllantirsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi