Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichiga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabul kvotasi jami 25 ta oʻrin, shundan 5 ta oʻrin davlat granti va 20 ta oʻrin toʻlov-kontrakt asosida belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-iyul,
501-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/501/1476-son)