|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, oʻrganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy oʻsishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar yigʻiluvchanligining zarur darajasini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni koʻrsatdi, xususan: birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni toʻlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; ikkinchidan, qoʻshilgan qiymat soligʻini undirishning samarasiz tizimi, soliq toʻlovchilarning aylanma mablagʻlarini jalb qiladigan, shuningdek, isteʼmol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes oʻrtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan majburiy toʻlovlarning mavjudligi; uchinchidan, soliq toʻlovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq toʻlash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq toʻlash fondi soliq stavkalarining yuqoriligi; toʻrtinchidan, imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish boʻyicha taʼsirchan tizimning mavjud emasligi sababli sogʻlom raqobatni taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega boʻlgan imtiyozlar hisobiga qoʻllab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi; beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida axborot almashish mexanizmlarining, elektron soliq maʼmuriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi; oltinchidan, oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga toʻsqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yoʻqligi; yettinchidan, mahalliy soliq va yigʻimlarning maʼmuriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yigʻiluvchanlik darajasi yetarli emasligi, shuningdek, koʻchmas mulk va yer uchastkalarini toʻliq hisobga olish va qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib: 1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi boʻyicha soliqlarni toʻlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish; soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, oʻxshash soliq solish bazasiga ega boʻlgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish; makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini taʼminlash; soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq toʻlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish; soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash; xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq toʻlovchilarni yanada toʻliq qamrab olish va hisobini taʼminlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bogʻliq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish. 2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab: a) birinchidan, mehnatga haq toʻlash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi: barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltirish. Bunda, ayrim toifadagi fuqarolarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,41 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi; (2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son) fuqarolarning mehnatga haq toʻlash turidagi daromadlaridan Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallarini bekor qilish; pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash maqsadida budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar, ustav jamgʻarmasi (kapitali)ning 50 foizi va undan koʻproq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy toʻlovni 25 foiz miqdorida belgilash, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu toʻlov stavkasini 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirish; b) ikkinchidan, oborot (tushum)dan soliqlarni optimallashtirgan holda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar toʻlovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi: davlat maqsadli jamgʻarmalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish; yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun — 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati koʻrsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qoʻshimcha foyda soligʻi hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish; dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan foyda soligʻi stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish; oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish; (2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son) barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan oboroti (tushumi) 1 milliard soʻmgacha boʻlgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish; qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash va toʻlash tartibini, shu jumladan royalti toʻlashni joriy etish orqali takomillashtirish; v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi boʻyicha soliq toʻlovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy taʼsirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi: yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan ilgari xususiylashtirilgan obyektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun oshirilgan stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda, 5 foizdan 2 foizga pasaytirish; yillik oboroti (tushumi) 1 milliard soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun oborotdan (tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va toʻlash tartibini hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy ravishda toʻlash imkoniyatini belgilash; yagona yer soligʻi toʻlovchilar uchun soliq solish tartibini saqlab qolish. g) toʻrtinchidan, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi: qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻliq hisobga olish tizimini joriy etish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019-yil yakuni boʻyicha mazkur soliq stavkasi miqdorini pasaytirish orqali qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish; hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish; tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni respublika budjetiga oʻtkazgan holda, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun har bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga oʻrnatilgan aksiz va yigʻimlarni birlashtirish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini bekor qilish boʻyicha ishchi komissiyaning yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ishchi komissiya (B. Mavlonov): bir hafta muddatda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ekspert guruhlari faoliyatini, shu jumladan ular ishiga soliqqa tortish sohasida amaliy tajribaga ega ekspertlar va biznes vakillarini jalb qilgan holda tashkil etsin; 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amal qiluvchi soliq hamda bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartibini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlanishini taʼminlasin; 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, uning keng jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilishini taʼminlasin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini tayyorlashda va Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilishda texnik jihatdan koʻmaklashishni taʼminlash uchun Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish choralarini koʻrsin. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda: a) soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq toʻlovchilar maʼmuriy xarajatlarining keskin oshishini oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks tadbirlarni tasdiqlasin: davlat soliq xizmati organlari xodimlari va soliq toʻlovchilarning, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻi va yuridik shaxslarning foyda soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash boʻyicha malakasini oshirish; soliq hisobotini soddalashtirish va uning avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashuvini taʼminlash; soliq maʼmuriyatchiligini, shu jumladan soliqlarni toʻlash davriyligini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini; pensiyalarni hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining personallashtirilgan hisobini yuritish tartibini joriy qilish; b) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari tanqidiy qayta koʻrib chiqilishi va qisqartirilishini taʼminlasin; v) maʼlumotlar bazalari soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasiga integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxatini tasdiqlasin. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda vazirlik va idoralarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazalarining ishonchliligini oʻrgansin hamda ularning ishonchliligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ommaviy baholash oʻtkazish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik shaxslar koʻchmas mulkining bozor qiymatini aniqlash mexanizmini joriy qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda strategik rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy uslublaridan foydalangan holda va mazkur Farmonda soliq tizimini isloh qilish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019 — 2021-yillarga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini ishlab chiqishni taʼminlasin. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov: 2019-yil uchun budjetnomada ushbu Farmon bilan belgilangan norma va qoidalarni nazarda tutsin; 2019-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini taqdim etish bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining 2020-2021-yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli budjet yoʻnalishlarini kiritsin; 2019 — 2021-yillarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini ishlab chiqishda xorijdan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan sarf-xarajatlarni inobatga olmagan holda uning mutanosibligini taʼminlasin. 8. Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi rahbarlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet tizimi budjetlarining prognoz parametrlari bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin. 9. Moliya-budjet intizomini mustahkamlash va Oʻzbekiston Respublikasi budjetining balanslashgan ijrosini taʼminlash uchun: vazirliklar va idoralar, ishonchli boshqaruvchilar 2019-yildan boshlab ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik birlashmalari tomonidan dividendlar soʻzsiz hisoblanishini, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan 30 foiz miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratilishini taʼminlasin; (9-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda davlat mulki boʻyicha ijara toʻlovlarining minimal stavkalarini har bir hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqsin; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq yigʻilishini, ish bilan band fuqarolarning maksimal qonuniylashtirilishini va ish haqi fondini koʻpaytirishni taʼminlash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin; Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda mahalliy davlat hokimiyati, davlat soliq xizmati, moliya va boshqa organlarning, shuningdek, ular mansabdor shaxslarining aniq bosqichma-bosqich harakatlarini va qatʼiy javobgarligini nazarda tutgan holda, soliq solish bazasini kengaytirish, budjetga qoʻshimcha tushum manbalarini aniqlash, shuningdek, uning mutanosibligini hamda defitsit yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlash boʻyicha tumanlar va shaharlar kesimida “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin. 10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali tizimli ravishda tashkil etsin. (10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son) 11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda soliq toʻlovchilarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlariga barham berishga, jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlamaganligi uchun javobgarligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha takliflar kiritsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 29-iyun, PF-5468-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini bekor qilish boʻyicha ishchi komissiyaning yangilangan TARKIBI
Izoh: Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi. (ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2018-y., 06/18/5468/1420-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son) |
Указ Президента Республики Узбекистан О Концепции совершенствования налоговой политики Республики Узбекистан Последовательное снижение налогового бремени, упрощение системы налогообложения и совершенствование налогового администрирования являются важнейшими условиями ускоренного развития экономики и улучшения инвестиционной привлекательности страны. Вместе с тем, результаты изучения показали ряд системных проблем в данной сфере, препятствующих динамичному экономическому росту, повышению деловой и инвестиционной активности, формированию здоровой конкурентной среды, а также обеспечению необходимого уровня собираемости налогов и других обязательных платежей, в числе которых: первое, высокий уровень налогового бремени для плательщиков общеустановленных налогов, а также значительная разница в уровне налоговой нагрузки между хозяйствующими субъектами, уплачивающими налоги по упрощенной и общеустановленной системе налогообложения; второе, неэффективная система взимания налога на добавленную стоимость, наличие обязательных платежей, отвлекающих оборотные средства налогоплательщиков, а также приводящие к удорожанию стоимости промежуточной и конечной потребительской продукции и препятствующие развитию кооперации между крупным и малым бизнесом; третье, высокая ставка налогов на фонд оплаты труда, приводящая к сокрытию налогоплательщиками реальной численности работников и фонда оплаты труда; четвертое, широкая практика поддержки хозяйствующих субъектов за счет налоговых и таможенных льгот, в том числе индивидуального характера, негативно сказывающаяся на обеспечении здоровой конкуренции в связи с отсутствием действенной системы мониторинга и контроля за эффективностью предоставляемых льгот; пятое, несовершенство механизмов обмена информацией между государственными органами и организациями, форм и методов электронного администрирования налогов и осуществления налогового контроля; шестое, отсутствие четкой системы анализа и управления рисками при осуществлении контрольной деятельности, негативно отражающееся на качестве проводимых контрольных мероприятий и препятствующее снижению вмешательства в деятельность добросовестных субъектов предпринимательства; седьмое, недостаточный уровень собираемости местных налогов и сборов вследствие неэффективности механизмов их администрирования, а также отсутствие полноценного учета и объективного определения стоимости недвижимости и земельных участков. В целях устранения имеющихся системных проблем, реализации задач по снижению налогового бремени и упрощению системы налогообложения, совершенствованию налогового администрирования, определенных Стратегией действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017 — 2021 годах, а также с учетом результатов широкого общественного обсуждения и рекомендаций Международного валютного фонда, Всемирного банка и международных экспертов: 1. Определить основными направлениями Концепции совершенствования налоговой политики Республики Узбекистан: снижение уровня налоговой нагрузки на экономику, а также устранение диспропорций в уровне налогового бремени между хозяйствующими субъектами, уплачивающими налоги по упрощенной и общеустановленной системе налогообложения; оптимизацию количества налогов путем их унификации, а также объединение налогов, имеющих схожую налогооблагаемую базу, сокращение и упрощение налоговой отчетности, минимизацию операционных расходов; обеспечение стабильности макроэкономической ситуации, устойчивости формирования Государственного бюджета Республики Узбекистан и его доходов; упрощение налогового законодательства, устранение противоречий и коллизий в нормативно-правовых актах в сфере налоговых отношений, усиление защиты прав и законных интересов добросовестных налогоплательщиков; обеспечение стабильности налогового законодательства и прямого действия норм Налогового кодекса Республики Узбекистан с максимальным ограничением отсылочных норм и подзаконных актов, регламентирующих вопросы налогообложения, в том числе установление в кодексе размеров ставок налогов и других обязательных платежей; сохранение благоприятного режима для иностранных инвесторов и инвестиций, их всесторонней поддержки и надежной правовой защиты; совершенствование форм и механизмов налогового контроля, в том числе за счет широкого внедрения современных информационно-коммуникационных технологий, обеспечивающих наиболее полный охват и учет объектов налогообложения и налогоплательщиков, внедрение порядка налогообложения операций, связанных с трансфертным ценообразованием. 2. Принять к сведению, что с 1 января 2019 года в рамках Концепции совершенствования налоговой политики Республики Узбекистан: а) во-первых, снижается налоговая нагрузка на фонд оплаты труда путем: введения единой ставки налога на доходы физических лиц в размере 12 процентов для всех граждан, из них 0,1 процента направляется на индивидуальные накопительные пенсионные счета. При этом сохраняется действующий порядок освобождения от налогообложения доходов отдельных категорий граждан в размере 1,41-кратного минимального размера оплаты труда; (абзац второй подпункта «а» пункта 2 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 13 декабря 2019 года № УП-5894 — Национальная база данных законодательства, 14.12.2019 г., № 06/19/5894/4161) отмены страховых взносов граждан во внебюджетный Пенсионный фонд, удерживаемых из доходов граждан в виде оплаты труда; установления, в целях обеспечения устойчивости пенсионной системы, единого социального платежа в размере 25 процентов для бюджетных организаций и государственных предприятий, юридических лиц с долей государства в уставном фонде (капитале) в размере 50 процентов и более, юридических лиц в уставном фонде (капитале) которых 50 процентов и более принадлежит юридическому лицу с долей государства 50 процентов и более, и их структурным подразделениям, а также снижения ставки данного платежа с 15 до 12 процентов для остальных юридических лиц; б) во-вторых, совершенствуется налогообложение плательщиков общеустановленных и упрощенных налогов с оптимизацией налогов с оборота (выручки), а также критерии перехода на упрощенный режим налогообложения посредством: отмены обязательных отчислений в государственные целевые фонды, взимаемых с оборота (выручки) юридических лиц; снижения ставки налога на прибыль юридических лиц с 14 до 12 процентов, для коммерческих банков — с 22 до 20 процентов, а также увеличения для юридических лиц, оказывающих услуги мобильной связи (сотовых компаний) с 14 до 20 процентов с отменой для них порядка исчисления налога на сверхприбыль в зависимости от уровня рентабельности; снижения ставки налога на прибыль, взимаемого у источника выплаты, по доходам в виде дивидендов и процентов с 10 до 5 процентов; перевода предприятий, имеющих годовой оборот (выручку) по итогам предыдущего года более 1 миллиарда сум или достигших установленный порог в течение года, на уплату общеустановленных налогов; (абзац пятый подпункта «б» пункта 2 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 27 декабря 2024 года № УП-227 — Национальная база данных законодательства, 28.12.2024 г., № 06/24/227/1089) введения для всех субъектов предпринимательства, включая юридических лиц, имеющих оборот (выручку) до 1 миллиарда сум, налога на имущество юридических лиц, земельного налога и налога за пользование водными ресурсами; совершенствования порядка расчета и уплаты налога на сверхприбыль, в том числе с введением уплаты роялти; в) в-третьих, реализуются меры по снижению негативного воздействия совершенствования налоговой политики на плательщиков упрощенного режима налогообложения, путем: снижения ставки налога на имущество юридических лиц с 5 до 2 процентов с сохранением порядка исчисления налога по повышенным ставкам для юридических лиц, неэффективно использующих здания и сооружения, в том числе по ранее приватизированным объектам; установления для налогоплательщиков, имеющих годовой оборот (выручку) до 1 миллиарда сум, порядка исчисления и уплаты налога с оборота (выручки) с базовой ставкой в размере 4 процента и с возможностью уплаты налога на добавленную стоимость на добровольной основе; сохранения порядка налогообложения для плательщиков единого земельного налога; г) в-четвертых, совершенствуется порядок исчисления и уплаты налога на добавленную стоимость и акцизного налога посредством: сохранения действующей ставки налога на добавленную стоимость в размере 20 процентов с внедрением полноценной системы зачета налога, конкретизацией налогооблагаемой базы и сокращением числа льгот, а также последующим снижением размера ставки данного налога по итогам 2019 года; предоставления права отнесения в зачет суммы налога на добавленную стоимость по приобретаемым основным средствам, объектам незавершенного строительства и нематериальным активам, которые в настоящее время включаются в их стоимость; объединения акцизов и сборов с производителей алкогольной продукции и табачных изделий, установленных на единицу производимой продукции, с зачислением суммы средств в республиканский бюджет для финансирования соответствующих мероприятий. 3. Утвердить обновленный состав Рабочей комиссии по координации разработки проекта Налогового кодекса Республики Узбекистан в новой редакции и отмене неэффективных налоговых и таможенных льгот и преференций в составе согласно приложению. Рабочей комиссии (Б. Мавлонов): в недельный срок организовать работу экспертных групп по соответствующим направлениям, в том числе с привлечением к их работе экспертов и представителей бизнеса, имеющих практический опыт в сфере налогообложения; в срок до 1 ноября 2018 года обеспечить подготовку предложений по отмене неэффективных налоговых и таможенных льгот и преференций, и введению порядка предоставления постоянно действующих налоговых и таможенных льгот соответственно Налоговым и Таможенным кодексами Республики Узбекистан; в срок до 1 декабря 2018 года обеспечить разработку проекта Налогового кодекса Республики Узбекистан в новой редакции, с привлечением экспертов Международного валютного фонда, Всемирного банка и других организаций, исходя из основных направлений Концепции совершенствования налоговой политики Республики Узбекистан с обеспечением его широкого общественного обсуждения. Министерству финансов Республики Узбекистан принять меры по организации взаимодействия с Международным валютным фондом и Всемирным банком для обеспечения технического содействия в подготовке проекта Налогового кодекса Республики Узбекистан в новой редакции и реформировании налоговой системы Республики Узбекистан. 4. Кабинету Министров Республики Узбекистан в двухмесячный срок: а) утвердить комплекс мероприятий, направленный на предотвращение резкого роста административных расходов налогоплательщиков по исполнению налоговых обязательств, предусматривающий: повышение квалификации работников органов государственной налоговой службы и налогоплательщиков, в том числе по исчислению и уплате налога на добавленную стоимость и налога на прибыль юридических лиц; упрощение налоговой отчетности и обеспечение ее интеграции с программными продуктами по введению автоматизированного бухгалтерского учета; программу мер по кардинальному совершенствованию налогового администрирования, включая периодичность уплаты налогов; внедрение порядка персонализированного учета начисленной заработной платы, необходимого для исчисления пенсии; б) обеспечить критический пересмотр и сокращение видов деятельности, разрешенных к осуществлению индивидуальными предпринимателями; в) утвердить перечень государственных органов и организаций, базы данных которых интегрируются в Единую интегрированную информационную ресурсную базу налоговых органов. Счетной палате совместно с Государственным налоговым комитетом Республики Узбекистан в срок до 1 января 2019 года провести изучение достоверности базы данных министерств и ведомств, используемых для исчисления налогов и других обязательных платежей и разработать «Дорожные карты» по обеспечению их достоверности. 5. Государственному комитету Республики Узбекистан по земельным ресурсам, геодезии, картографии и государственному кадастру совместно с Государственным налоговым комитетом, Министерством финансов и другими заинтересованными министерствами и ведомствами в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров Комплекс мер по внедрению механизма определения рыночной стоимости недвижимого имущества юридических лиц с учетом передового зарубежного опыта по проведению массовой оценки. 6. Министерству экономики совместно с Министерством финансов, Центральным банком и Государственным комитетом Республики Узбекистан по статистике в срок до 1 августа 2018 года обеспечить разработку прогноза основных макроэкономических показателей развития Республики Узбекистан на 2019 — 2021 годы, с использованием современных методов стратегического планирования и прогнозирования и с учетом мер по реформированию налоговой системы, определенных настоящим Указом. 7. Заместителю Премьер-министра — министру финансов Республики Узбекистан Д.А. Кучкарову: предусмотреть в бюджетном послании на 2019 год установленные настоящим Указом нормы и правила; одновременно с представлением проекта Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2019 год внести в Кабинет Министров среднесрочные бюджетные ориентиры параметров Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2020-2021 годы; при разработке Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2019 — 2021 годы обеспечить его сбалансированность без учета расходов, финансируемых за счет внешних заимствований. 8. Установить, что руководители Государственного налогового комитета, Государственного таможенного комитета, Министерства финансов, а также их заместители, председатель Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимы областей и города Ташкента несут персональную ответственность за выполнение прогнозных параметров бюджетов бюджетной системы. 9. Для укрепления финансово-бюджетной дисциплины и обеспечения сбалансированного исполнения Государственного бюджета Республики Узбекистан: министерствам и ведомствам, доверительным управляющим, начиная с 2019 года, обеспечить безусловное начисление дивидендов хозяйственными обществами с государственной долей в уставном капитале 50 процентов и более, а также отчислений в Государственный бюджет Республики Узбекистан государственными унитарными предприятиями в размере 30 процентов от их чистой прибыли в соответствии с законодательством; (абзац второй пункта 9 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 18 марта 2020 года № УП-5968 — Национальная база данных законодательства, 19.03.2020 г., № 06/20/5968/0331) Государственному комитету Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции в срок до 1 сентября 2018 года пересмотреть минимальные ставки арендных платежей по государственной собственности с учетом особенности каждого региона; Государственному налоговому комитету Республики Узбекистан принять жесткие меры по обеспечению полноты сбора налогов и других обязательных платежей, максимальной легализации трудоустроенных граждан и увеличения фонда оплаты труда; Министерству финансов и Государственному налоговому комитету Республики Узбекистан совместно с Советом Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятами областей и города Ташкента по согласованию со Счетной палатой Республики Узбекистан в двухмесячный срок утвердить в разрезе районов и городов «Дорожные карты» по расширению налогооблагаемой базы, выявлению дополнительных источников поступлений в бюджет, а также обеспечению его сбалансированности и недопущению возникновения дефицита, предусмотрев конкретные пошаговые действия и строгую ответственность органов государственной власти на местах, государственной налоговой службы, финансовых и других органов, а также их должностных лиц. 10. Государственному налоговому комитету, Государственному таможенному комитету, Министерству финансов, Министерству экономики, Министерству юстиции Республики Узбекистан, Совету Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятам областей и города Ташкента совместно с Национальной телерадиокомпанией Узбекистана, Агентством информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан, другими заинтересованными министерствами и ведомствами организовать на системной основе широкое разъяснение сути и содержания настоящего Указа, в том числе в средствах массовой информации и сети Интернет. (пункт 10 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 10 декабря 2019 года № УП-5892 — Национальная база данных законодательства, 11.12.2019 г., № 06/19/5892/4134) 11. Генеральной прокуратуре, Счетной палате, Государственному налоговому комитету, Государственному таможенному комитету, Министерству финансов совместно с Торгово-промышленной палатой Республики Узбекистан в двухмесячный срок внести предложения по усилению мер направленных на пресечение фактов уклонения налогоплательщиков от уплаты налогов и других обязательных платежей, повышение ответственности физических и юридических лиц за их несвоевременную и неполную уплату. 12. Контроль за исполнением настоящего Указа возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова, Генерального прокурора Республики Узбекистан О.Б. Муродова и первого заместителя Государственного советника Президента Республики Узбекистан Б.М. Мавлонова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 29 июня 2018 г., № УП-5468 ПРИЛОЖЕНИЕ к Указу Президента Республики Узбекистан от 29 июня 2018 года № УП-5468 СОСТАВ Рабочей комиссии по координации разработки проекта Налогового кодекса Республики Узбекистан в новой редакции и отмене неэффективных налоговых и таможенных льгот и преференций
Примечание: При переходе членов Рабочей комиссии на другую работу в ее состав включаются лица, вновь назначенные на эти должности. (приложение в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 1 февраля 2019 года № УП-5650) (Национальная база данных законодательства, 30.06.2018 г., № 06/18/5468/1420; 11.12.2019 г., № 06/19/5892/4134, 14.12.2019 г., № 06/19/5894/4161; 19.03.2020 г., № 06/20/5968/0331; 28.12.2024 г., № 06/24/227/1089) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||