08.05.2018 yildagi PQ-3701-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etildi, bu bilan tadbirkorlik subyektlariga ham, aholining keng qatlamlariga ham davlat xizmatlarini koʻrsatishning yangi tizimini yaratish uchun mustahkam huquqiy poydevor qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tizimning prinsipial jihatdan yangiligi barcha darajalardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari va Davlat xizmatlari markazlari “Xalq qabulxonasi” (keyingi oʻrinlarda — Xalq qabulxonasi) yagona brendi ostida birgalikda faoliyat olib borishi, jumladan fuqarolarga qulaylik yaratish uchun ularning bir binoga joylashtirilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalarini joylashtirish maqsadida quriladigan yangi binolar zamonaviy arxitektura-qurilish yechimlari, yuqori energiya samaradorligi, eng asosiysi, tashrif buyuruvchilarga sifatli va tezkorlik bilan xizmat koʻrsatish uchun eng qulay shart-sharoitlarni koʻzda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari va aholiga kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi yaxlit infratuzilmaning jadallik bilan yaratilishini, shuningdek, tuman (shahar)larda Xalq qabulxonalari binolari qurilishida investorlarning keng ishtirokini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tuman (shahar)larda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — investorlar) faol jalb qilish hisobiga Xalq qabulxonalari binolarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Xalq qabulxonalarining binolarini qurish uchun davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari binolarining qurilishi uchun maʼqullangan namunaviy loyihalarga muvofiq Xalq qabulxonalarini barpo etish, shuningdek, tegishli infratuzilma (transport bogʻlamalari, avtostansiyalar, avtomobillar toʻxtab turish joylari mavjudligi va h.k) qurish uchun zarur yer uchastkalari Adliya vazirligining hududiy boshqarmalariga doimiy foydalanish uchun ajratiladi hamda ular tomonidan investorga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida haq undirilmasdan ijaraga beriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Adliya vazirligi bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun (kelishuv boʻyicha yoki Xalq qabulxonalari bilan bir binoda yoxud boshqa joyda) joyning tashqi meʼmoriy qiyofasiga mos keladigan, qurilish uchun ajratilgan Xalq qabulxonalari binolaridan kichik boʻlmagan maydonga ega boʻlgan Xalq qabulxonalari binolariga tutash qoʻshimcha shunga oʻxshash obyektlar ham ajratiladi. Bunda mazkur obyektlarning faoliyat koʻrsatishi Xalq qabulxonalarining ishi uchun noqulayliklar yaratmasligi yoki davlat xizmatlarining sifatli va tezkorlik bilan koʻrsatilishiga biror-bir shaklda toʻsqinlik qilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning huquq va majburiyatlari, Xalq qabulxonalari binolariga tutash obyektlarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari va yoʻnalishlari, shuningdek, Xalq qabulxonalari binolarining qurilishi boʻyicha davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan namunaviy shakllar boʻyicha investor va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻrtasida tuziladigan kelishuvlarda (keyingi oʻrinlarda — namunaviy kelishuv) aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari binolari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvda qatʼiy belgilangan muddatlarda va belgilangan tartibda maʼqullangan loyihalar asosida, tutash hudud obod qilinishi, jumladan avtomototransport vositalarining zamonaviy bepul toʻxtab turish joyining barpo etilishini nazarda tutgan holda quriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan Xalq qabulxonalari binolaridan keyinchalik foydalanish tartibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv bilan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga Xalq qabulxonalari binolari foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida mazkur binolarda foydalanilmayotgan xonalarni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligiga Xalq qabulxonalari binolaridagi foydalanilmayotgan xonalarni ijaraga berish toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnomalarni mustaqil ravishda kelib tushayotgan mablagʻlarni keyinchalik Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazgan holda tuzish huquqi berilsin.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga investorlarga Xalq qabulxonalari binolari va ajratilgan yer uchastkasi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida qoʻshimcha obyektlar qurish uchun 10 yil muddatga, jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda kreditlar berish tavsiya etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan texnik topshiriqlar asosida Xalq qabulxonalari binolari loyihalari va loyiha-smeta hujjatlarining tezkorlik bilan tasdiqlanishini;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni tanlab olishning asosiy mezonlari Xalq qabulxonalari binolarini qurish muddati, shuningdek, taklif etiladigan kapital qoʻyilmalar va investitsiyalar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning tashabbusi boʻyicha kelishuv bekor qilinganda, uning Xalq qabulxonalari binolari qurilishiga sarflagan xarajatlari qoplanmaydi, qurilishi tugallanmagan obyekt davlat mulkiga oʻtkaziladi va ushbu qarorga muvofiq investorlarni qidirib topish qaytadan oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan Xalq qabulxonalari binolarining zarur tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini olib kelish Xalq qabulxonalari binolari qurilishi uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda elektr taʼminoti, gaz taʼminoti va aloqa qismi boʻyicha “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari hisobidan, avtomobil yoʻllari qurish qismi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, shuningdek, suv taʼminoti, kanalizatsiya va avtostansiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari binolari foydalanishga topshirilganidan keyin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qulay transport yoʻnalishlari va jamoat transportining bir maromda ishlashini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari binolarini mebel, texnika, boshqa uskuna va inventar bilan jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, kreditlar, mahalliy budjetlar mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, shuningdek, investorlar rozi boʻlgan taqdirda, ularning oʻz qoʻyilmalari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida 5 ta zamonaviy Xalq qabulxonalari binolarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Tashgiprogor” AJ tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus loyiha boʻyicha qurish, talab oshganda, ularning sonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, respublika hududlarida har bir tuman (shahar)da bittadan bosqichma-bosqich koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Xalq qabulxonalarining 5 ta zamonaviy binolarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maxsus loyiha boʻyicha mazkur binolarning 2018-yil 3 va 4-choraklarida foydalanishga topshirilishini taʼminlagan holda qurish uchun joylarni va investorlarni aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda potensial investorlarni tanlab olishni hamda ular bilan Xalq qabulxonalari binolarini ushbu qarorda va namunaviy kelishuvda belgilangan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni tuzishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar boʻlmagan taqdirda, har bir tuman (shahar)da Xalq qabulxonalari binolari qurilishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari hisobidan tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Xalq qabulxonalari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishi toʻgʻrisidagi namunaviy kelishuv loyihasi ishlab chiqilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida adliya organlari va muassasalarining boshqa binolarini qurishda ushbu qaror va namunaviy kelishuv shartlarini qoʻllashga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari T.A. Xudaybergenov, R.R. Inoyatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3701-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 07/18/3701/1355-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)