O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-dekabrdagi 599-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara va ichki qo‘shinlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha organlar to‘g‘risidagi nizom 2-bandining beshinchi xatboshidagi va 3-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) 2-ilovada:
b) Bojlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar to‘lashdan tushadigan valyuta mablag‘lari taqsimlanishi 5-pozitsiyasining “Bojlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar turlari” ustunidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi boj chegarasidan olib o‘tiladigan harbiy yuklarni boj poshlinalari va yig‘imlaridan ozod qilish to‘g‘risida” 1994-yil 18-yanvardagi 12-son qarorining muqaddimasidagi, 1 va 2-bandlaridagi 4-bandning birinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 42-bandning ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-martdagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1.3-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-apreldagi 229-son qarori bilan tasdiqlangan Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutash hududlarda yerdan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 26-sentabrdagi 480-son qarori 4-bandining birinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari Bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari Bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 23-dekabrdagi 618-son qaroriga 1-ilovaning to‘qqizinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son qarorida:
11. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi o‘n yettinchi xatboshidagi va 26-bandning birinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 14-avgustdagi 397-son qarorida:
13. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy muhandislik-qurilish tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-iyuldagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandidagi va 10-bandi “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
17. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasining xalqaro parvozlarini kengaytirish to‘g‘risida” 1999-yil 13-iyuldagi 343-son qarorining 3 va 4-bandlaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi nizomga ilovaning sakkizinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4 va 5-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 31-bandagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatining “Milliy xavfsizlik xizmati” bo‘limi nomlanishidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) 3-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qaror (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi va 5-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari, “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi o‘n ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi yettinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Mudofaa vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
a) 106-banddagi, 107-bandning birinchi xatboshidagi va 1-ilovaning 108-bandi ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlar bilan davlat chegarasi chizig‘ini belgilash tartibi to‘g‘risida” 2003-yil 24-noyabrdagi 530-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 126-modda) 4-bandining uchinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 9-martdagi 112-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 25-modda):
b) 2-ilovadagi “Muxammedov R.I. — Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari” so‘zlari “Lavozimi bo‘yicha — Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi va 20-bandining sakkizinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlariga tayyorgarlikni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 23-iyuldagi 357-son qaroriga ilovada “Inoyatov R.R. — Milliy xavfsizlik xizmati raisi” so‘zlari “Abdullayev I.B. — Davlat xavfsizlik xizmati raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishini bartaraf etishga doir faoliyatni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 498-son qarori 1 va 3-bandlarining ikkinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 103-modda) 1-ilovaning 10-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomga 3-ilovaning 1-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 95-pozitsiyasidagi “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-bandning birinchi xatboshidagi va 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
38. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solish to‘g‘risida” 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 67-modda) 1-ilovaning 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda):
“3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXXning Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:”;
ikkinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” va “Milliy” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat xavfsizlik xizmati” va “Davlat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17 va 19-bandlardagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 6-martdagi 57-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 10-11-sonlar, 110-modda) 1-ilovaning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
43. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarining 23-bandi uchinchi xatboshidagi va 25-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandi ikkinchi xatboshidagi, 37-bandidagi, 53-bandining 1-kichik bandi birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-sonlar, 66-modda) bilan tasdiqlangan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish tartibining 2-bandi birinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-sonlar, 71-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7 va 8-bandlari ikkinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi haqidagi nizomning 6-bandi “g” kichik bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunida:
a) 4-pozitsiyadagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
50. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-iyundagi 123-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik ko‘maklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning “Ekspertiza organlari” ustunidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-fevraldagi 39-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Ma’muriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizomga 5-ilovaning 180-pozitsiyasi “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga (ish bo‘yicha ko‘rib chiqishni qo‘zg‘ashga) vakolatli organlar” ustunidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 62-bandning uchinchi xatboshidagi va 91-banddagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
55. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 10-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
b) 1-ilovadagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 48-son, 493-modda) bilan tasdiqlangan Temir yo‘l vokzallarida (stansiyalarida) yo‘lovchilar va boshqa shaxslarni, qo‘l yukini, bagajni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31 va 32-bandlaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
59. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 22-bandi “v” kichik bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
61. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro parvozlar uchun Toshkent, Nukus va Samarqand shaharlari aeroportlarini ochish to‘g‘risida” 2012-yil 21-iyundagi 178-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 25-son, 275-modda) 3-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
62. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 26-27-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentning 3-bandi “g” kichik bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
63. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi “a” kichik bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
64. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 51-son, 579-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va mudofaa tuzilmalarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibining II-bo‘limi birinchi xatboshidagi va III-bo‘limi o‘ttiz oltinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-fevraldagi 50-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 8-son, 105-modda) 2-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining “Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termez aeroportlarini havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun ochilishi to‘g‘risida” 2013-yil 23-sentabrdagi 263-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 39-son, 514-modda) 3-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
67. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomning 28-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
68. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 92-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi qoidalarida:
a) 10, 11-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi va 12-bandagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 18-bandagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda):
1-ilovaning o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-ilovaning “Vazirliklar va idoralar” ustunidagi barcha “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy harbiy bo‘lmagan kemalar va harbiy korabllarning O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reyd uchun) kirishi va unda bo‘lishi tartibi haqidagi nizomda:
a) 6-banddagi, 39-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 48-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarining 13-bandi birinchi xatboshidagi, 38-bandi ikkinchi xatboshidagi, 61-bandi to‘rtinchi, oltinchi, o‘n uchinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilaridagi, 68-bandi to‘rtinchi xatboshidagi hamda 69-bandi uchinchi va o‘n beshinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
74. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi oltinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
75. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 30-sentabrdagi 273-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 40-son, 497-modda):
b) ilovaning nomlanishidagi, 1-3-bandlardagi, 23-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 30-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 50-son, 591-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizomga ilovadagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)
78. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2015-yil 10-martdagi 53-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 15-modda):
17 — 25-xatboshilar, 26-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning o‘n oltinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
79. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 3-apreldagi 80-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 14-son, 167-modda):
a) 1-ilovaning 11-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshidagi va “j” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati” bloki “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati” bloki bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovadagi “Qurbanov A.A. — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari” so‘zlari “Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
80. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-maydagi 114-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar toifalari ro‘yxatining 6-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
81. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy qilish doirasida Tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarining amalga oshirilishi uchun o‘z vakolatlari doirasida mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ro‘yxatining 7-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
82. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 578-modda) bilan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlovchi avtotransport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentning 4-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
83. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Milliy” va “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat” hamda “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 17,19-bandlardagi va 22-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova “2-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustundagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
84. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning “Davlat organlari va boshqa tashkilotlar” ustunining 13-pozitsiyasidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
85. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 11-bandning birinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-banddagi, 13-bandning birinchi xatboshidagi, 24, 26 va 38-bandlardagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
86. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 22-son, 252-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasida aviatsion xavfsizlik yuzasidan ko‘zdan kechirishni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-banddagi va 56-bandning beshinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi, oltinchi va to‘qqizinchi xatboshilaridagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
87. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari to‘g‘risidagi nizomning 43-bandi ikkinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmatining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
88. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatining 8-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
89. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 115-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi birinchi xatboshidagi va 8-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
90. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi 421-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 119-modda):
a) 1-ilovaning 32-bandi birinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 10-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda):
a) 1-ilovaning 11-bandi “a” kichik bandining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 10-bandi “a” kichik bandining beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
92. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 8-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
93. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi beshinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
94. Vazirlar Mahkamasining “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida xatlarini jo‘natish xarajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi 923-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 47-son, 1154-modda):
a) 4-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 3 va 14-bandlardagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
95. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 926-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan, davlat daromadiga o‘tkazilgan va berilgan boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
b) ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “MXX” qisqartmasi “DXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-dekabrdagi 1007-son qarorida:
2-bandning yettinchi xatboshidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshidagi, 8-banddagi va 83-bandning birinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 4-pozitsiyasi “Tadbirlar nomi” ustunidagi va 1 — 4 pozitsiyalari “Ijrochilar” ustunidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
97. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisoblash metodikasi 3-bandining “d” kichik bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
98. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatining 1-bo‘limi 16-bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
99. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 23-yanvardagi 42-son qarorida:
100. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat aviatsiya xodimlariga taalluqli lavozimlar ro‘yxatining 2-bandi “a” kichik bandi birinchi xatboshidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
101. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-fevraldagi 133-son qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi, 4 va 7-bandlaridagi, 10-bandning birinchi xatboshidagi va 14-banddagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
a) “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovadagi Ro‘yxatning 5-bandi 5.6 kichik bandidagi “Milliy” so‘zi “Davlat” so‘zi bilan almashtirilsin.
b) O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovadagi Ro‘yxatning 5-bandida: