Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VINO-AROQ MAHSULOTLARINI ULGURJI VA ChAKANA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vino-aroq mahsulotlarining noqonuniy aylanishi va sotilishi hollarining oldini olish, alkogolli mahsulotlarni sotishni tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan vino-aroq mahsulotlari faqat “Oʻzsharobsanoat” AJning hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalari orqali sotiladi;
respublikada ishlab chiqariladigan vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqi “Oʻzsharobsanoat” AJning hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga beriladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 136-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-noyabr,
452-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 157-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)