01.11.2001 yildagi 434-son
Hujjat 01.11.2001 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ayrimlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risida” 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 9-son, 27-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “energetika va elektrlashtirish” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining” so‘zlaridan keyin “O‘zdavenergonazorat” agentligi” so‘zlari qo‘shilsin, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi” so‘zlari “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni o‘tash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning ro‘yxatida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Muqobil xizmatni tashkil etish va uni o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan, “Ijtimoiy ta’minot vazirligi” so‘zlari "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan, “Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida” 1997-yil 23-dekabrdagi 558-son qaroriga 3-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan, “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga 6-ilovaning 5-bandidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) “energetika va elektrlashtirish” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi” so‘zlaridan keyin “O‘zdavenergonazorat” agentligi” so‘zlari qo‘shilsin.
1-banddagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
matndagi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda)ning 3 va 5-bandlaridagi hamda qarorga 2-ilovaning 13-bandidagi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga va Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin, qarorning 2-bandidagi va 2-ilovaning 12-bandidagi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zdavenergonazorat” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qaroriga 1-ilovaning izohidagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga 1-ilovaning 4.42 va 14.33-bandlaridagi “Energetika va elektrlashtirish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan, ilovalar matnidagi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zkommunxizmat” agentligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Foydalanilayotgan elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 74-modda) va unga ilovalar matnidagi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga ko‘rsatmalar “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.