LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 7, 242-modda; 2006-yil, № 4, 174-modda; 2007-yil, № 7, 328-modda; 2009-yil, № 3, 68-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini o‘tkazish, deputatlar birlashmalarini tuzish, Qonunchilik palatasi organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Qonunchilik palatasining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ichki tartib-qoidalariga doir boshqa masalalarni tartibga soladi.
2-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir va u bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
3-modda. Qonunchilik palatasining ishi Qonunchilik palatasi barcha deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
4-modda. Deputatlar o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
5-modda. Qonunchilik palatasining faoliyati siyosiy xilma-xillik va ko‘ppartiyaviylikka, masalalarni erkin muhokama qilish va birgalikda hal etishga, ochiqlik va oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
6-modda. Deputatning vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
7-modda. Deputat o‘z vakolatlarining butun muddati mobaynida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
8-modda. Deputatga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanadi.
9-modda. Deputatning huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish kafolatlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar va ushbu Reglament bilan belgilanadi.
11-modda. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan so‘ng ikki oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasining Spikeri saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
12-modda. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati, sanoq komissiyasi va elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanadi.
Qonunchilik palatasi muvaqqat kotibiyat, sanoq komissiyasi va elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanganligi to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
13-modda. Qonunchilik palatasi birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan o‘tkazadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti;
5) siyosiy partiyalarning fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi) va deputatlar guruhlarini ro‘yxatga olish;
Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
2) deputatlardan tushadigan savollar, ma’lumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni ro‘yxatga oladi;
3) so‘zga chiqish uchun yozilganlarning ro‘yxati va Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyatiga tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi;
15-modda. Qonunchilik palatasi Spikerini va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya vakili raislik qiladi.
16-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi yoki Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlarning savollariga javob berishi uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki deputatlarning taklifiga binoan Qonunchilik palatasining qarori bilan tugatiladi.
17-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga ko‘rsatilgan nomzod yashirin ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladi. O‘z nomzodini rad etish ovoz berish o‘tkazilmasdan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Qonunchilik palatasi belgilaydi.
18-modda. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini e’lon qilgandan keyin hech kim ovoz berishni bo‘lib qo‘yishi mumkin emas. Ovoz berish boshlangandan to uning natijalari e’lon qilingunga qadar hech kimga so‘z berilmaydi.
Agar ovoz berishni o‘tkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni o‘tkazish chog‘ida to‘siqlar yuzaga kelgan bo‘lsa, muhokama qilmasdan darhol takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
19-modda. Ovoz berish yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan taqdirda yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasi raisi tomonidan e’lon qilinadi.
20-modda. Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.
21-modda. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlar ovozlarining zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 15 — 20-moddalariga muvofiq o‘tkaziladi.
22-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Qonunchilik palatasi Spikeri saylangandan keyin Qonunchilik palatasining bundan buyongi majlisini Qonunchilik palatasi Spikeri olib boradi.
1) Qonunchilik palatasining va Qonunchilik palatasi Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yuboradi;
4) qo‘mitalarning va Qonunchilik palatasi komissiyalarining (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;
11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish yuritadi;
13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
14) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.
24-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
25-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining bo‘sh lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 15 — 20-moddalarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
26-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlari, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalar va deputatlar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya va deputatlar guruhi o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya va deputatlar guruhi, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasi, deputatlar guruhi rahbarining nomzodini kiritadi.
27-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladi, uni Qonunchilik palatasi Spikeri o‘qib eshittiradi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz berish ro‘yxat bo‘yicha o‘tkaziladi.
28-modda. Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy soning yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari etib saylangan hisoblanadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
29-modda. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar saylanish uchun talab qilinadigan ovozlarning zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining lavozimlariga saylov tartib-taomili nomzodlar ko‘rsatishdan boshlab takrorlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash mazkur Reglamentning 26 — 28-moddalari va ushbu moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.
31-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala ularning nomzodini ko‘rsatgan fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari tomonidan ham kiritilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
32-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya va deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Kengash tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhining rahbarlari, qo‘mitalarning raislari kiradi.
Kengashga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Kengash majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri, u yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda esa uning o‘rinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi.
35-modda. Kengash majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok etishi mumkin. Kengash majlislarida deputatlar ham ishtirok etishga haqli bo‘lib, ular Kengash majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.
Kengash majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
4) Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitani (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) belgilaydi;
5) qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida mas’ul qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra qaror qabul qiladi;
6) Kiritilayotgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi, Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan ushbu guruh a’zolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
7) Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
8) Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
37-modda. Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi.
Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga majlisda ko‘rib chiqish mo‘ljallanayotgan masalalar haqida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi. Zarur bo‘lgan hollarda, Kengash majlislari stenogrammasi yozib boriladi va bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida deputatlarga ma’lum qilinadi.
38-modda. Kengash huzurida Qonunchilik palatasi devoni xodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda Kiritiladigan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, Kengash a’zolarini ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatiladi.
39-modda. Qonun loyihalariga doir ishlarini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi.
40-modda. Qonunchilik palatasida budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi; qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi; mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi; mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi; xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi; axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
41-modda. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda saylov yakunlari bo‘yicha olingan deputatlik o‘rinlari soni inobatga olingan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish yuzasidan takliflarni deputatlar birlashmalarining rahbarlari o‘zaro kelishgan holda kiritadi.
Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari palata majlisida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari, shuningdek qo‘mita a’zolari saylanganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi.
Qo‘mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.
1) qo‘mitaning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qo‘mitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
2) zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qo‘mita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
3) qo‘mita a’zolariga topshiriqlar beradi, ularga qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
4) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlarning ishida ishtirok etish, shuningdek qo‘mitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qo‘mita a’zolarini belgilaydi;
5) davlat organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini qo‘mita ishida ishtirok etishga taklif etadi;
6) Qonunchilik palatasi, Kengash majlislarida, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘mita nomidan ish yuritadi;
8) Qonunchilik palatasiga, Kengashga va Qonunchilik palatasi Spikeriga ularning topshiriqlari bajarilishi to‘g‘risida axborot beradi;
9) qo‘mitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari ko‘rib chiqilganligi haqida qo‘mita a’zolariga axborot beradi;
43-modda. Qo‘mita raisining o‘rinbosari qo‘mita raisining topshirig‘iga ko‘ra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yo‘qligida yoki u o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘mita raisi vazifasini bajarib turadi.
44-modda. Qo‘mitalar ishni o‘z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
1) o‘z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
2) qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
3) qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi;
4) navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi (bundan buyon matnda Davlat budjeti loyihasi deb yuritiladi) yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
5) Qonunchilik palatasining topshirig‘iga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki Qonunchilik palatasi vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul bo‘ladi;
6) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillarini jalb etadi;
7) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;
8) kiritilgan qonunlar va Qonunchilik palatasi qarorlari loyihalari matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
9) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi;
10) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, qo‘mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday ijro etilayotganligi haqidagi axborotini eshitadi;
Keyingi tahrirga qarang.
11) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
46-modda. Qo‘mitalarning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi.
Qo‘mita majlisini uning raisi o‘z tashabbusi bilan yoki qo‘mita a’zolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi.
Qo‘mita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qo‘mita a’zolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi.
Qo‘mitalarning majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatlidir.
Qo‘mitalarning majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida qo‘mitalar yopiq majlislar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishi mumkin.
Qo‘mita majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat qo‘mita raisini oldindan xabardor qiladi.
Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
48-modda. Qo‘mitalar ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
49-modda. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilish, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida qo‘mitalar huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Ekspert guruhi qo‘mitalarning faoliyatini ilmiy-huquqiy, ekspert va axborot-maslahat jihatidan ta’minlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, qo‘mitalarning nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishga ko‘maklashish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga tuzilgan maslahat organidir.
Qo‘mitalar huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarur bo‘lgan hollarda esa komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Qonunchilik palatasining komissiya tuzilganligi to‘g‘risidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak.
51-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (bundan buyon matnda parlament komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etilishi mumkin.
Parlament komissiyasi deputatlar va senatorlar orasidan parlament komissiyasi raisi, a’zolari, zarurat bo‘lgan hollarda esa parlament komissiyasi raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.
Qonunchilik palatasida parlament komissiyasi tuzish haqidagi taklif Qonunchilik palatasining Spikeri, qo‘mitalar, shuningdek deputatlar birlashmalari tomonidan kiritilishi mumkin.
Parlament komissiyasi tarkibiga nomzodlar bo‘yicha Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.
Parlament komissiyasi tuzilganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinib, ushbu qaror Senatga yuboriladi.
Parlament komissiyasi tuzilganligi to‘g‘risidagi qarorda parlament komissiyasining nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, parlament komissiyasining raisi, parlament komissiyasining faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), parlament komissiyasining vakolatlari, parlament komissiyasi ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak.
52-modda. Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlar tuzishga haqlidir.
53-modda. Komissiyaning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi.
Komissiya majlisi haqida uning raisi yoki rais o‘rinbosari, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin komissiya a’zolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi.
Komissiya majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat komissiya raisini oldindan xabardor qiladi.
Komissiya majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
55-modda. Komissiya ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan komissiya jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
56-modda. Komissiya bajarilgan ish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi belgilagan muddatda Qonunchilik palatasiga axborot beradi.
Komissiya o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin, o‘zi qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tgandan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan, parlament komissiyalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi.
57-modda. Deputatlar siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhi shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.
Fraksiya siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir.
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhini tuzishga haqli.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu deputatlar guruhining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Deputatning fraksiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi to‘g‘risidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.
Fraksiyaning yoki deputatlar guruhining rahbari fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilganligi to‘g‘risidagi ta’sis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va tegishincha fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilganligi haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Belgilanmagan tartibda tuzilgan deputatlar birlashmalari fraksiya yoki deputatlar guruhi huquqlaridan foydalanmaydi.
Fraksiya va deputatlar guruhi tuzilganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
59-modda. Fraksiyalar Qonunchilik palatasida o‘z umumiy manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar blokiga birlashishi mumkin.
Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
60-modda. Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar, shuningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘zini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan munozaralarda fraksiya, deputatlar guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi;
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlar guruhining fikrini deputatlar o‘rtasida tarqatadi;
7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va qarorlarning loyihalari yuzasidan o‘z fikrlari va takliflarini kiritadi;
8) Qonunchilik palatasi majlisida hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi;
9) fraksiyaning, deputatlar guruhining faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi.
Fraksiya va deputatlar guruhi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
62-modda. Deputatlar birlashmalarining ichki faoliyati ular tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi.
Deputatlar birlashmalari o‘z majlislarini ochiq va oshkora o‘tkazadi. Deputatlar birlashmasining qaroriga binoan yopiq majlis o‘tkazilishi mumkin.
Fraksiyalar va deputatlar guruhlarining ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini tashkil etish, fraksiyalar va deputatlar guruhlari nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida deputatlar birlashmalari rahbarlarining qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin. Deputatlar birlashmalari rahbarlarining qo‘shma majlislari zaruratga qarab fraksiyalarning yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
Deputatlar birlashmalari o‘zlari qabul qilgan qarorlar, shuningdek deputatlar birlashmalari rahbarlarining qo‘shma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va Kengashga axborot beradi.
63-modda. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Qonun loyihasining muqobil tahririni ayni o‘sha masala bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda, shuningdek Qonunchilik palatasi qarorining loyihasi ko‘rib chiqilguniga qadar kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
fraksiya yoki deputatlar guruhi tarkibiga kiruvchi deputatlar soni ularni tuzish uchun zarur bo‘lgan me’yordan kamayib ketganda;
Fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari faoliyatining Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
65-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga uch marta o‘tkaziladigan majlislaridir.
Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyalari, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi yil iyun oyining oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri chaqiradi va ularda raislik qiladi. Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirishda raislik qiluvchi bilan birgalikda, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi Spikerining ikki nafar o‘rinbosari (ishchi Rayosat) Kengash tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq navbatma-navbat ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi Spikeri majlisda hozir bo‘lmaganda uning o‘rinbosarlaridan biri majlisda raislik qiladi.
Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlislari, qoida tariqasida, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari o‘tkaziladi.
Fraksiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi. Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, mart, iyun, sentyabr oylarining oxirgi o‘n kunligida, dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘n kungacha vaqt ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining majlislari vaqtida qo‘mitalar, komissiyalar, deputatlar birlashmalarining majlislari o‘tkazilmaydi, shuningdek deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlari amalga oshirilmaydi.
66-modda. Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar majlisning kun tartibi loyihasiga ularni ko‘rib chiqish navbati, har bir masalani ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun mas’ul qo‘mitalar, ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda kiritiladi.
Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar majlislarning kun tartiblari loyihalariga, qoida tariqasida, ularning tushishi va tayyorligi ketma-ketligidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Mas’ul qo‘mita Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish uchun o‘zi tayyorlagan masalalar va takliflar to‘g‘risidagi o‘z xulosalarini Kengashga taqdim etadi.
67-modda. Quyidagilar birinchi navbatda kun tartibiga kiritiladi va Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi, konstitutsiyaviy qonunlarning loyihalari, shuningdek konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan deb topilgan qonun loyihalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlash uchun taqdim etilgan farmonlari;
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish va uni o‘tkazish sanasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror;
Davlat budjeti loyihasi, shuningdek ushbu Reglament 156-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holda Davlat budjetiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunlar loyihalari;
Qonunchilik palatasining Spikerini, uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalar raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash, shuningdek mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash va tasdiqlash to‘g‘risidagi boshqa masalalar;
Reglamentning hamda Reglamentga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari.
Qonunchilik palatasining majlislarida Senat tomonidan rad etilgan qonunlar ham birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining majlisida boshqa masalalar ham faqat Qonunchilik palatasining deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qonun yoki ushbu Reglamentda Qonunchilik palatasining majlislarida ko‘rib chiqish muddatlari belgilangan masalalar ana shu muddatlarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqilishi lozim.
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qarori bilan tasdiqlanadi.
68-modda. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
69-modda. Qonunchilik palatasi majlisining tasdiqlangan kun tartibidagi masalalar unda nazarda tutilganidan boshqacha ketma-ketlikda ko‘rib chiqilishi, keyinga qoldirilishi, o‘zgartirilishi yoki muhokamadan chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda shunday taklif tashabbuskorining asoslantirilgan fikri va mazkur Reglamentga muvofiq bajarilgan tayyorgarlik ishi, masalaning ko‘rib chiqish uchun tayyorligi darajasi, tegishli materiallar va hujjatlarni deputatlarga tarqatish muddati haqidagi axboroti, shuningdek ushbu masala bo‘yicha tegishli qo‘mita raisining so‘zi eshitiladi.
Qonunchilik palatasining masalalarni ko‘rib chiqish tartibini o‘zgartirish yoki ularni tasdiqlangan kun tartibidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
70-modda. Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari va boshqa zarur materiallar, agar Qonunchilik palatasi boshqacha tartibni nazarda tutmasa, Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilguniga qadar kamida uch kun oldin deputatlarga taqdim etiladi.
71-modda. Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Qonunchilik palatasining majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan uning majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar, olimlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari taklif etilishi mumkin. Matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari belgilangan tartibda Qonunchilik palatasida akkreditatsiya qilingan taqdirda, ochiq majlislarda hozir bo‘lishi mumkin.
Taklif qilinganlar Qonunchilik palatasining faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, ular uning ishini ma’qullash yoki ma’qullamaslikdan o‘zini tiyishi, belgilangan tartibga rioya etishi va Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunishi shart.
72-modda. Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qo‘mita yoki deputatlar birlashmasi tomonidan taklif kiritilgan bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
73-modda. Qonunchilik palatasining yopiq majlisida muhokama etiladigan davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligi kerak.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi majlisning boshlanishida deputatlar va taklif etilgan shaxslarni yopiq majlis o‘tkazishning asosiy qoidalari to‘g‘risida, unda muhokama etilayotgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasi haqida xabardor qiladi hamda davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi.
74-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari Qonunchilik palatasining yopiq majlislariga kiritilmaydi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisiga foto-, kino- va video texnika, telefon aloqasi va radio aloqasi vositalari, shuningdek ovoz yozish va axborot ustida ishlash vositalarini olib kirish hamda yopiq majlis davomida ulardan foydalanish taqiqlanadi.
75-modda. Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi, shuningdek mazkur majlisda ko‘rib chiqilayotgan masalalarga taalluqli hujjatlar, deputatlarni ro‘yxatga olish elektron tizimining hisobga olish ma’lumotlari va ovoz berish, shu jumladan, nomma-nom ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi devoniga maxfiy hujjat rejimida saqlash uchun topshiriladi. Deputatlarni Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi va unga qo‘shimcha qilingan materiallar bilan tanishtirish bevosita Qonunchilik palatasining devonida tanishuvchilarning imzosi olingan holda amalga oshiriladi.
76-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori Qonunchilik palatasining ochiq majlisida ham, yopiq majlisida ham, shuningdek Qonunchilik palatasi organlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidir. Boshqa shaxslar Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida Qonunchilik palatasining qaroriga binoan hozir bo‘lishi mumkin.
77-modda. Qonunchilik palatasining majlislar zalida har bir deputatning qaysi deputatlar birlashmasiga mansubligi hisobga olingan holda, deputatga uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan lavhacha o‘rnatilgan, elektron va texnika vositalaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlangan doimiy joy ajratiladi.
78-modda. Qonunchilik palatasining majlislari unda hozir bo‘lgan deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlanadi, bu ishni raislik qiluvchi amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida deputatlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat bu haqda Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan xabardor qiladi.
Deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Qonunchilik palatasi majlisining har bir tanaffusidan keyin amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish deputatning talabiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
2) so‘z so‘ralib, ro‘yxatga olingan talabnomalarning kelib tushish tartibiga ko‘ra, majlis kun tartibiga, ushbu Reglament talablariga muvofiq yoki Qonunchilik palatasining qarori bilan belgilangan tartibda ma’ruza uchun so‘z beradi;
3) Qonunchilik palatasi majlisini olib borish masalalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
6) kelishmovchiliklarga barham berish va boshqa masalalarni hal etish maqsadida fraksiyalarning hamda deputatlar guruhlarining rahbarlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni tashkil etadi;
7) Qonunchilik palatasi devonining Qonunchilik palatasi majlislarining bayonnomalari va stenogrammalarini yuritish bo‘yicha ishini nazorat qiladi, mazkur bayonnomalarni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
deputat ushbu Reglament qoidalarini buzgan taqdirda, uni ogohlantirishga, takroran buzgan taqdirda esa uni majlisda so‘zlashdan kun bo‘yi mahrum qilishga;
Qonunchilik palatasining ishiga xalaqit berayotgan taklif etilgan shaxslarni majlislar zalidan chiqarib yuborishga haqli.
80-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va, zaruratga qarab, Qonunchilik palatasi yoki Kengash qaroriga asosan boshqa tillarga sinxron tarjima ta’minlanadi.
81-modda. Deputatlar Qonunchilik palatasining majlislarida munozaralarda ishtirok etishga, muhokama etilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar va fikrlar kiritishga, Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan, tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga, savollar berishga, ma’lumotlar berishga, Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha materiallarni ko‘paytirishga va deputatlar o‘rtasida tarqatishga, shuningdek ushbu Reglamentda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
82-modda. Qonunchilik palatasining majlisida so‘zga chiquvchi o‘z nutqida deputatlar va boshqa shaxslarning sha’ni hamda qadr-qimmatiga ziyon yetkazuvchi qo‘pol, kamsituvchi iboralar ishlatishga, kimnidir asossiz ravishda ayblashga, bila turib soxta axborotdan foydalanishga, noqonuniy xatti-harakatlarga da’vat qilishga haqli emas. So‘zga chiquvchi ushbu talablarni buzgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi uni ogohlantiradi, talablar takroran buzilganda esa so‘zlashdan mahrum qiladi.
Agar Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi so‘zga chiquvchiga murojaat qilsa, u darhol o‘z nutqini to‘xtatishi kerak.
Agar so‘zga chiquvchining nutqi unga nisbatan ta’sir o‘tkazish chorasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda to‘xtatilgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uning so‘zlash vaqtini nutq qancha vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi so‘zga chiquvchini unga ajratilgan vaqt davomida so‘zlashdan mahrum etishi mumkin emas, nutq mavzusidan chetga chiqish va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni buzish hollari bundan mustasno.
83-modda. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz hech kim so‘zlashga haqli emas. Bu qoidani buzgan shaxs raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirishsiz so‘zlashdan mahrum etiladi.
Qonunchilik palatasining majlisi vaqtida hech kim nutqni bayon etishga yoki eshitishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlari (baqiriqlar, qarsaklar, o‘rnidan turish va shu kabilar) bilan so‘zga chiquvchiga va tinglovchilarga xalaqit bermasligi kerak.
Munozaralar tugatilganligi munosabati bilan so‘zga chiqa olmagan deputatlar o‘z nutqlarining imzolangan matnlarini Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga qo‘shib qo‘yishga haqli.
84-modda. Agar deputat o‘z so‘zlari yoki xatti-harakatlari Qonunchilik palatasining majlisida so‘zga chiquvchi yoki raislik qiluvchi tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda deb hisoblasa, u tushuntirish berish yoki mulohaza bildirish uchun so‘z berishni iltimos qilib, majlisda raislik qiluvchiga murojaat etishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi bunday murojaatlar bo‘yicha deputatga darhol yoki muhokama oxirida, ammo ovoz berilguniga qadar so‘z beradi.
85-modda. Muhokama etilayotgan masala bo‘yicha munozaralar Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan vaqt o‘tishi bilan yoki deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi munozaralarni tugatish to‘g‘risida taklif olgach, deputatlarga so‘zga chiqish uchun yozilganlar va so‘z olganlar soni to‘g‘risida ma’lum qiladi, so‘zlovchilar ro‘yxatiga yozilgan, ammo so‘zga chiqmagan deputatlardan qaysi biri so‘zga chiqishni talab qilishini aniqlaydi va deputatlarning ma’qullashi bilan ularga so‘z beradi.
86-modda. Ma’ruzalar, qo‘shimcha ma’ruzalar va yakunlovchi so‘z davomiyligi Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar va qo‘shimcha ma’ruzachilar bilan kelishuvga ko‘ra, qoida tariqasida, ma’ruza uchun – 30 daqiqagacha, qo‘shimcha ma’ruza uchun – 20 daqiqagacha va yakunlovchi so‘z uchun 15 daqiqagacha bo‘lgan vaqt doirasida belgilanadi.
Munozaralarda so‘zga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy so‘zga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar bo‘yicha so‘zga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, ma’lumotlar uchun – 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy davomiyligini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni Qonunchilik palatasi majlisida hozir bo‘lgan deputatlar ko‘pchiligining roziligi bilan belgilab qo‘yishi, so‘zlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlislarida deputat ayni bitta masala bo‘yicha munozaralarda ko‘pi bilan ikki marta so‘zga chiqishi mumkin.
Munozaralarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachi yakunlovchi so‘z olish huquqiga ega.
Agar so‘zga chiquvchi so‘zlash uchun ajratilgan vaqtdan o‘tib ketsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ogohlantirganidan keyin uni so‘zlashdan mahrum qiladi.
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan Qonunchilik palatasi majlislarining boshlanishi, tugashi va tanaffus uchun boshqa vaqt belgilanishi mumkin.
88-modda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin.
89-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisining taklifiga yoki tegishincha deputatlar yoxud senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisini chaqirish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilib, bunda qo‘shma majlisni o‘tkazish sanasi belgilanadi va kun tartibi bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi.
90-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha deputatlar va senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatlidir.
91-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilanmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.
92-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida o‘tkaziladi.
93-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
94-modda. Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tashabbusiga ko‘ra ochiq ovoz berish nomma-nom o‘tkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi.
Qonunchilik palatasi majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislarida ovozlarni hisoblashda elektron tizimdan foydalanish ustidan nazoratni elektron tizimdan foydalanishni nazorat qiluvchi guruh amalga oshiradi.
Ovoz berishning shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va konstitutsiyaviy qonunlarida u yoki bu masala bo‘yicha ovoz berishning shakli va usuli belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
deputatlarning qonun loyihasining mohiyatiga doir savollarga javob qaytarish uchun ajratiladigan vaqtning davomiyligi to‘g‘risidagi;
muhokama etilayotgan masala bo‘yicha munozaralarni boshqa vaqtga ko‘chirish yoki tugatish to‘g‘risidagi;
Deputat ovoz berish kartochkasi lozim darajada saqlanishini va undan lozim darajada foydalanilishini ta’minlashi shart.
Elektron tizimdan foydalangan holda ochiq ovoz berish o‘tkazilganida deputat nomma-nom ovoz berish natijalarining ro‘yxati bilan tanishishga haqli.
97-modda. Barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi.
98-modda. Agar ovoz berish natijalari aniqlanganidan keyin deputatdan elektron tizimda qayd etilgan o‘z xohish-irodasi noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida yozma ariza tushsa, elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh mazkur deputat ishtirokida uning abonentlik qurilmasi ishining sozligini tekshirishi shart. Buning uchun Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchining taklifiga binoan deputatga elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh ishtirokida navbatma-navbat tugmachalarni (“tarafdor”, “qarshi”, “betaraf”) bosish va natijalarni majlislar zalidagi elektron tabloda namoyish etish taklif qilinadi. Tekshirish natijalari bayonnoma va stenogrammada qayd etiladi.
99-modda. Qonunchilik palatasining qarorlari, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
100-modda. Har bir masala bo‘yicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega bo‘ladi va qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi.
Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt o‘tganidan keyin ovoz berishga haqli emas.
101-modda. Elektron tizimdan foydalanmagan holda ochiq ovoz berish yoki byulletenlardan foydalangan holda yashirin ovoz berishni o‘tkazish uchun ovozlarni sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadigan sanoq komissiyasiga topshiriladi. Saylanayotgan organ tarkibiga yoki mansabdor shaxslar lavozimlariga nomzodlari ko‘rsatilgan deputatlar sanoq komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi sanoq komissiyasi saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarori komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
102-modda. Zarur axborotga ega bo‘lgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasining nazorati ostida, u taklif etgan hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlangan shaklda deputatlarning soniga mos miqdorda tayyorlanadi.
Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish yakunlanganidan keyin sanoq komissiyasida qolgan byulletenlar komissiya a’zolari hozirligida sanoq komissiyasi raisi tomonidan yo‘q qilinadi, bu haqda bayonnoma tuziladi.
Yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasining raisi tomonidan e’lon qilinadi.
103-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish bevosita ovoz berish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Ovoz berishning boshlanish va tugash vaqti Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi.
Har bir deputatga saylanayotgan organ yoki mansabdor shaxs saylovi bo‘yicha yoxud Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilayotgan qaror loyihasi bo‘yicha yashirin ovoz berish uchun bitta byulleten beriladi.
Yashirin ovoz berish byulletenlari deputatlarga sanoq komissiyasi tomonidan deputatlarning ro‘yxatiga muvofiq, ular deputatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin beriladi. Byulletenni olish vaqtida deputat ro‘yxatda ko‘rsatilgan o‘z familiyasi ro‘parasiga imzo qo‘yadi.
Byulletenni to‘ldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni (qaror variantini) yoqlab ovoz berayotgan bo‘lsa, “qarshiman” degan so‘zni o‘chirish, taklif etilayotgan qarorga qarshi ovoz berayotgan bo‘lsa, “yoqlayman” degan so‘zni o‘chirish orqali amalga oshiriladi.
104-modda. Sanoq komissiyasi yashirin ovoz berishni amalga oshirishi uchun deputatlarga sharoit yaratishi shart.
Belgilanmagan namunadagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning xohish-irodasini aniqlashning imkoni bo‘lmagan byulletenlar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenga kiritilgan qo‘shimchalar ovozlarni hisoblab chiqish chog‘ida inobatga olinmaydi.
105-modda. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, bayonnomani komissiyaning barcha a’zolari imzolaydi. Sanoq komissiyasining ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’ruzasini Qonunchilik palatasi ma’lumot uchun qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi sanoq komissiyasining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’lumot uchun qabul qilingan ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’ruzasi asosida qabul qilingan qarorni e’lon qiladi, saylovlar o‘tkazilganida esa saylangan nomzodlarni nomma-nom aytib o‘tadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
majlislarning borishi to‘g‘risida ma’lumot va statistik axborot to‘plash hamda mazkur axborotni tezkor berish;
107-modda. Qonunchilik palatasining majlislarida deputatlar orasidan elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh tuziladi.
108-modda. Elektron tizimni nazorat qiluvchi guruhga kirgan deputatlar elektron tizim ustidan nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotdan moneliksiz foydalanish huquqiga ega. Ushbu guruhning o‘z tasarrufiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qarorlari Qonunchilik palatasi devonining barcha xodimlari, shu jumladan, Qonunchilik palatasi elektron tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun majburiydir.
109-modda. Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh yashirin ovoz berish boshlanguniga qadar elektron tizimning qay darajada sozligini tekshirishi shart, bu haqda maxsus bayonnoma tuziladi.
Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh deputatlarning nomma-nom ovoz berish, so‘zga chiqish uchun yozuvlar natijalaridagi noaniqliklar va elektron tizim ishidagi boshqa xatoliklar to‘g‘risidagi arzlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning qay darajada asosli ekanligini tekshiradi.
Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh o‘z ishiga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
110-modda. Deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari, ularni so‘zga chiqishga yozish, ovoz berish natijalari va Qonunchilik palatasi majlisining borishi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, bundan yopiq majlisning borishi haqidagi ma’lumotlar mustasno, deputatlarga raqamli ma’lumotlar, ro‘yxatlar, boshqa materiallar tarzida taqdim etiladi hamda ular Qonunchilik palatasi majlisining stenografik hisobotiga kiritilishi lozim.
Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh rahbari deputatning yozma so‘roviga binoan unga Qonunchilik palatasining majlisi to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni berishi shart, bundan Qonunchilik palatasining yopiq majlisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar istisno.
111-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining, qo‘mitaning, komissiyaning, deputatlar birlashmasining tashabbusiga binoan Qonunchilik palatasi binosi xonalarida Qonunchilik palatasining faoliyati bilan bog‘liq konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi mumkin.
112-modda. Qonunchilik palatasida tadbir o‘tkazish uchun talabnoma, qoida tariqasida, tadbir o‘tkazilishi boshlanguniga qadar uch kun qolganida Qonunchilik palatasi devoni rahbariga beriladi.
113-modda. Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan tadbirlar Qonunchilik palatasi va uning organlari ishi bir me’yorda borishini buzmasligi kerak.
114-modda. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritiladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokurori egadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.
Qonunlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiritilgan quyidagi masalalar ham qonunlar bilan tartibga solinadi va Qonunchilik palatasiga qonun loyihalari shaklida kiritiladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining tizimini hamda vakolatlarini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, unda huquqiy tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti; shu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning tahlili ilova qilingan holda tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning umumiy tavsifi va uning holatini baholash; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruratini asoslash; qonun loyihasining asosiy qoidalari; bo‘lajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilangan bo‘lishi lozim;
2) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
3) o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati;
4) xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asoslangan takliflarni izchil tartibda ko‘rsatgan holda tahliliy qiyoslama jadval;
6) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlar loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi bo‘lmagan taqdirda, qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti — kollegial organ tomonidan kiritilganida tegishli kollegial organning Qonunchilik palatasidagi ushbu qonun loyihasi bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakili ko‘rsatilgan qarori taqdim etilishi kerak.
Qonun loyihasi va ushbu moddaning birinchi hamda ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallar matnlarining nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
117-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:
ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan avval qabul qilingan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqidagi.
118-modda. Qonun loyihasi, shu jumladan muqobil qonun loyihasi Qonunchilik palatasining devonida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan hisoblanadi. Ayni vaqtda qonun loyihasiga ro‘yxatga olish raqami uni ko‘rib chiqish va o‘tishining butun davri uchun beriladi.
Kengash Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, mas’ul qo‘mitani belgilaydi, qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va, bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga va deputatlar guruhiga topshiradi. Bunda Kengash fraksiyalar (deputatlar guruhi) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qo‘mita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ish olib borish fraksiyalar (deputatlar guruhi) va mas’ul qo‘mita tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda mas’ul qo‘mita fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarisiz qonun loyihasi yuzasidan o‘z xulosasini chiqarish huquqiga ega emas.
Mas’ul qo‘mita barcha fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarini to‘plab, qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida Kengashga belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
119-modda. Kengash mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish to‘g‘risida yoki qonun loyihasi ushbu Reglamentning 116-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun yangitdan kiritilishi mumkin.
Qonunchilik palatasiga avval palata tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daxldor qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish to‘g‘risidagi yoki uni avval birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida hal etishga haqli.
Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi.
Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan qo‘mitalarga yuboriladi.
120-modda. Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Fraksiyalar (deputatlar guruhi) qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga ko‘ra mas’ul qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
121-modda. Qonun loyihasi ustida ishlash uchun mas’ul qo‘mita o‘z a’zolari orasidan ishchi guruh tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga mas’ul qo‘mitaning a’zolari bo‘lmagan deputatlar, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, shuningdek ekspertlar, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari, shuningdek qo‘mitalar huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlarining a’zolari ham kiritilishi mumkin.
Mas’ul qo‘mitaning qaroriga binoan qonun loyihasi qo‘mita raisi imzolagan ilova xat bilan birga xulosalar, takliflar va fikrlar tayyorlash uchun, shuningdek ilmiy ekspertiza o‘tkazish uchun davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga, mutaxassislar va olimlarga yuborilishi mumkin.
Qonun loyihasi bo‘yicha tushgan xulosalar, takliflar va fikrlar mas’ul qo‘mita majlisida ko‘rib chiqiladi.
122-modda. Qonunchilik palatasi devonining yuridik bo‘limi Kengashning yoki mas’ul qo‘mitaning topshirig‘iga binoan ular belgilagan muddat ichida qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi devonining yuridik bo‘limi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari asosida xulosa tayyorlaydi, xulosada quyidagi savollarga javoblar berilishi kerak:
qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqmi yoki muvofiq emasmi? Agar xulosada qonun loyihasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq emasligi aniqlangan bo‘lsa, qonun loyihasining qaysi qonunga muvofiq emasligi va bu nomuvofiqlik nimada aks etishi ko‘rsatilishi kerak;
qonun loyihasining ichki mantiqi buzilmaganmi, qonun loyihasining bo‘limlari, boblari, moddalari, shuningdek qismlari, bandlari, kichik bandlari va moddalarining xatboshilari o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjudmi? Agar bunday qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lsa, ular aniq ko‘rsatilishi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilishi kerak;
yangi qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlarining to‘liq ro‘yxati berilganmi?
Qonunchilik palatasi devoni Yuridik bo‘limining xulosasi bo‘lim rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan uning familiyasi va imzolash sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanishi kerak. Belgilangan muddatda xulosa berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda bu muddat Qonunchilik palatasi devoni Yuridik bo‘limining asoslantirilgan taklifiga binoan Kengash yoki mas’ul qo‘mita tomonidan uzaytirilishi mumkin.
123-modda. Qonun loyihasini qo‘mitalarda muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili taklif etilgan holda o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Qo‘mitalarning majlislarida xulosalar, takliflar va fikrlar bildirish uchun qonun loyihasi yuborilgan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari, mutaxassislar va olimlar taklifga binoan hozir bo‘lishi mumkin.
124-modda. Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi va unga doir materiallar Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish uchun mas’ul qo‘mita tomonidan Kengashga yuboriladi.
Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, qonun loyihasini olgan kundan e’tiboran ikki oy ichida mas’ul qo‘mita:
qonun loyihasini Qonunchilik palatasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risidagi Kengash qarorining loyihasini;
mas’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasini;
fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda qonun loyihasini Kengash muhokamasiga taqdim etadi.
Kengash mas’ul qo‘mita tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
125-modda. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti loyiha matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.
127-modda. Birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi va unga doir materiallar mas’ul qo‘mitaning taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi devoni tomonidan, qoida tariqasida, majlis boshlanguniga qadar uch kundan kechiktirmay deputatlarga yetkaziladi.
128-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Muhokama, qoida tariqasida, mas’ul qo‘mita vakilining yoki qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yoxud uning vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Bunda mas’ul qo‘mitadan bo‘lgan ma’ruzachi fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.
Qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan deputatlarning qonun loyihasi mohiyati bo‘yicha savollariga javob qaytarish uchun vaqt ajratilishi mumkin, shundan keyin deputatlar birlashmalarining, deputatlarning, muhokamada ishtirok etish uchun taklif etilgan boshqa shaxslarning takliflari va fikrlari eshitiladi.
129-modda. Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasining muhokamasi tugaganidan keyin qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risidagi taklif ovozga qo‘yiladi. Agar ovoz berish yakunlariga binoan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risidagi taklif zarur ovozlar sonini to‘plamasa, qonun loyihasi qo‘shimcha ovoz berish o‘tkazmagan holda rad etilgan hisoblanadi. Bu to‘xtam Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon ko‘rib chiqilmaydi va u qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
130-modda. Qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilganida Qonunchilik palatasi har bir qonun loyihasi bo‘yicha alohida-alohida ovoz berish orqali ularni bir vaqtda ko‘rib chiqadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga ko‘ra qonun loyihalarining bir nechtasi ularni qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini to‘plasa, eng ko‘p ovozlar sonini olgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga ko‘ra qonun loyihalaridan birortasi ham qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini to‘plamasa, eng ko‘p ovozlar sonini to‘plagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qo‘yiladi. Agar uzil-kesil ovozga qo‘yish chog‘ida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bersa, mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi. Ovoz berish natijasi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinmagan muqobil qonun loyihalari rad etilgan hisoblanadi. To‘xtam qo‘shimcha ovoz berish o‘tkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi qarorlarining nusxalari qonun loyihalarini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga rad etilgan qonun loyihalari bilan birgalikda yuboriladi.
131-modda. Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risidagi qarorida qonun loyihasiga doir tuzatishlarni taqdim etish muddati belgilanadi, bu muddat, qoida tariqasida, o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Agar deputatlarda qonun loyihasiga oid tuzatishlar berishning Qonunchilik palatasi qarori loyihasida belgilanganidan boshqacha muddatni belgilash to‘g‘risida takliflar mavjud bo‘lsa, qonun loyihasiga oid tuzatishlar berish muddati deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qaror bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, qonun loyihasining matni Qonunchilik palatasi qaroriga ko‘ra ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risidagi qarori qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga besh kun ichida yuboriladi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ikkinchi va uchinchi o‘qish tartib-taomillarini istisno qilgan holda, mas’ul qo‘mitaning qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini ovozga qo‘yishi mumkin. Agar ushbu taklifga deputatlarda e’tiroz bo‘lsa, raislik qiluvchi ularning har biriga o‘z yondashuvlarini asoslash uchun 3 daqiqagacha vaqt beradi. Mas’ul qo‘mita vakili har bir e’tiroz bo‘yicha mas’ul qo‘mitaning fikrini bayon etishga yoki qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni qaytarib olishga haqli. Agar mas’ul qo‘mita qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini qaytarib olmasa, raislik qiluvchi muhokama tugaganidan keyin ikkinchi va uchinchi o‘qish tartib-taomillarini istisno qilgan holda, mas’ul qo‘mitaning qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi taklifini ovozga qo‘yadi. Agar deputatlar umumiy sonining ko‘pchiligi qonun qabul qilinishini yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, u qabul qilingan hisoblanadi. Agar qaror qabul qilinmasa, qonun loyihasi ustidagi ish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda davom ettiriladi.
132-modda. Birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasiga doir takliflar va fikrlar moddalarning tahririni o‘zgartirish tarzida yoki qonun loyihasini aniq moddalar bilan to‘ldirish tarzida yoxud qonun loyihasining muayyan so‘zlari, xatboshilari, kichik bandlari, bandlarini, moddalarining qismlarini yoki yaxlit moddalarini chiqarib tashlash to‘g‘risidagi takliflar tarzida mas’ul qo‘mitaga kiritiladi.
133-modda. Mas’ul qo‘mita qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash vaqtida tushgan fikrlar hamda takliflarni o‘rganadi va umumlashtiradi, zarurat bo‘lganda, qonun loyihasi bo‘yicha tushgan fikrlar va takliflarning mustaqil ekspertizasini tashkil etadi.
Qonun loyihasining maromiga yetkazilgan matni fraksiyalarga (deputatlar guruhiga), shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga ularning qonun loyihasiga oid fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.
Maromiga yetkazilgan qonun loyihasiga oid fikrlar va takliflarni olganidan so‘ng mas’ul qo‘mita qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakillari ishtirokida muhokama tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daxldor qonun loyihalarining muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.
Agar mas’ul qo‘mita tomonidan qonun loyihasini ikkinchi o‘qish uchun tayyorlash jarayonida loyihaning nomi o‘zgarsa, u Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun yangi nomda kiritiladi, uning dastlabki nomi esa yangi nomining ostida qavslar ichida keltiriladi.
Agar tegishli qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini mas’ul qo‘mita tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar qonun hujjatining faqat ayrim tarkibiy birliklari qisman saqlanib qolgan holda uning aksariyat tarkibiy birliklariga daxldor ekanligi aniqlansa, mas’ul qo‘mita ushbu qonun hujjati matnining yangi tahririni tayyorlab, so‘ngra uni Qonunchilik palatasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishi uchun kiritishga haqli.
Mas’ul qo‘mita qonun loyihasiga oid fikrlar va takliflarni ko‘rib chiqib, ularni Qonunchilik palatasi qabul qilishi uchun mas’ul qo‘mita tomonidan tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar guruhiga, Qonunchilik palatasi tomonidan rad etish uchun tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar guruhiga hamda qaror qabul qilinmagan takliflar va fikrlar guruhiga ajratadi.
134-modda. Mas’ul qo‘mita keyinchalik Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
Qonunchilik palatasi qabul qilishi uchun tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar hisobga olingan holda (birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi matnidagi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatgan holda) qonun loyihasining matnini.
Kengash ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasiga kiritish va qonun loyihasini deputatlarga yetkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasi unga doir materiallar bilan birgalikda deputatlarga, qoida tariqasida, u ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilguniga qadar kamida o‘n kun oldin tarqatiladi.
135-modda. Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganida mas’ul qo‘mitaning vakili ma’ruza bilan so‘zga chiqadi.
Ma’ruzachi qonun loyihasini mas’ul qo‘mitada ko‘rib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida ma’lum qiladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida mas’ul qo‘mita ma’qullagan fikrlar va takliflar ham, ma’qullamagan fikrlar va takliflar ham, shu jumladan fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflari muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini moddama-modda ovoz berish natijalari bo‘yicha maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘yadi. Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to‘plamagan bo‘lsa, shuningdek moddama-modda ovoz berish jarayonida bir yoki bir nechta modda rad etilgan bo‘lsa, qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytariladi. Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qayta ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi loyihani ikkinchi o‘qishda qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘yadi. Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to‘plamagan bo‘lsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi va bundan buyon ko‘rib chiqilmaydi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
(135-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1351-modda. Agar qonun loyihasini Qonunchilik palatasining ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishiga tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki qonun loyihasi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan bo‘lsa, mas’ul qo‘mita birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifni Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Qonunchilik palatasining Kengashiga Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilar yuboriladi:
mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasi;
Qonunchilik palatasining birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi qarori loyihasi.
(1351-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1352-modda. Qonunchilik palatasi majlisida mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama mas’ul qo‘mita vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Bunda mas’ul qo‘mitaning ma’ruzachisi qonun loyihasini mas’ul qo‘mitada ko‘rib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni ko‘rib chiqish natijalari hamda birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi axborotni majburiy tartibda deputatlar e’tiboriga yetkazadi.
Mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifini muhokama qilish natijalariga ko‘ra qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklif ovozga qo‘yiladi. Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini to‘plagan bo‘lsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. To‘xtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon ko‘rib chiqilmaydi va qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra mas’ul qo‘mitaning birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish to‘g‘risidagi taklifi ovozlarning zarur sonini to‘plamagan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qo‘yadi:
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda mas’ul qo‘mitaga qaytarish to‘g‘risida;
ushbu Reglamentning 135-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish o‘tkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytarish to‘g‘risidagi to‘xtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
(1352-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
136-modda. Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan uchinchi o‘qish tartib-taomillarini istisno etgan holda qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi mumkin.
137-modda. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi moddalarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida loyiha matniga kiritilgan o‘zgartishlar bilan bog‘liq zarur tahririy tuzatishlar kiritish uchun mas’ul qo‘mitaga yuboriladi. Ushbu ish tugallanganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasiga kiritish uchun mas’ul qo‘mita tomonidan Kengashga taqdim etiladi.
138-modda. Kengash qonun loyihasini qonun sifatida qabul qilish maqsadida ovoz berish uchun loyihaning uchinchi o‘qishini tayinlaydi. Agar qonun loyihasini ikkinchi o‘qish jarayonida unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, Kengash qonun loyihasi matnini deputatlarga yetkazishni tashkil etadi.
Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayotganida unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini to‘laligicha yoki uning ayrim bo‘limlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilinmasa, u rad etilgan hisoblanadi. Qonun loyihasi bo‘yicha to‘xtam qo‘shimcha ovoz berish o‘tkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ayrim hollarda qonun loyihasini ikkinchi o‘qish tartib-taomiliga qaytarish to‘g‘risidagi masalani deputatlar birlashmalarining talabiga binoan ovozga qo‘yishi shart.
139-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun, agar unga deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi ovoz bergan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari va boshqa zarur materiallar, shu jumladan qonunga doir qiyosiy jadval bilan birgalikda mas’ul qo‘mita tomonidan rasmiylashtiriladi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan Senatga ko‘rib chiqish uchun o‘n kun ichida yuboriladi. Qiyosiy jadvalda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan kiritilgan qonun loyihasining matni, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunning matni, qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgartishlarga doir asoslar, shuningdek ushbu o‘zgartishlar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti yoki uning vakili bilan kelishib olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
140-modda. Boshqa qonunlarga o‘zgartish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek qonunlarni yoki ularning qismlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalari bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirilishi mumkin.
Kengash bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitani (bundan buyon matnda jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mita deb yuritiladi) belgilaydi.
(140-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(141-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(142-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
143-modda. Jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mita bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish ustida ishlash uchun ishchi guruhlar tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga mas’ul qo‘mitalarning deputatlari kiritilishi mumkin. Jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mita o‘z tarkibidan ma’ruzachini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
144-modda. Jamlanma qonun loyihasi unga kiritiladigan qonun loyihalari Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda qabul qilinishiga qarab shakllantiriladi.
Jamlanma qonun loyihasini shakllantirish tugallanganidan keyin u Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun yangi nom bilan kiritiladi. Qonun loyihasiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami berilmaydi.
(144-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
145-modda. Jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mita keyinchalik Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasini (unda birlashtirilgan barcha qonun loyihalari va qonun loyihasining yangi nomi ko‘rsatilgan holda);
Kengash ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan jamlanma qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini tayyorlash ishlari rejasiga kiritish va qonun loyihasini deputatlarga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(145-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
146-modda. Qonunchilik palatasida bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida jamlanma qonun loyihasi bo‘yicha qo‘mitaning vakili ma’ruza bilan so‘zga chiqadi. Ma’ruzachi qo‘mitada qonun loyihalarini birlashtirish yakunlari, tushgan takliflar va ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ma’ruzachining ma’ruzasi yakunlari bo‘yicha bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga yangi nom bilan birlashtirish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘yadi.
Deputatlar birlashmalaridan jamlanma qonun loyihasidan ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash to‘g‘risida takliflar tushgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qo‘yadi:
ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini ikkinchi o‘qish tartib-taomiliga qaytarish to‘g‘risidagi;
ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash va ularni ushbu Reglamentning 138-moddasida nazarda tutilgan tartibda mustaqil qonun loyihalari sifatida uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Agar ikkinchi o‘qishda qabul qilingan jamlanma qonun loyihasidan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlarining ko‘pchilik ovozini to‘plamagan bo‘lsa, ikkinchi o‘qishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini qaytarish to‘g‘risidagi taklif rad etilgan deb hisoblanadi.
Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi jamlanma qonun loyihasini uchinchi o‘qishda muhokama etmasdan to‘laligicha qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni ovozga qo‘yadi. Jamlanma qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilayotganda unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini to‘laligicha yoki uning ayrim bo‘limlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(146-modda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 19-oktabrdagi 1208-III-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-y., 10-son, 631-modda)
147-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Senat tomonidan rad etilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan xulosa tayyorlash uchun mas’ul qo‘mitaga topshiriladi.
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;
148-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi va Senat deputatlar va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish to‘g‘risidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan chiqishi mumkin.
Kelishuv komissiyasining nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan ko‘rsatilgan tarkibiga o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan fraksiyalarning vakillari kiritilishi shart.
149-modda. Kelishuv komissiyasi tuzish to‘g‘risidagi va uning tarkibiga deputatlarni saylash haqidagi to‘xtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, ushbu qaror loyihasi mas’ul qo‘mita tomonidan masalani Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish uchun Kengashga kiritiladi. Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasini tuzish va uning tarkibiga deputatlarni saylash to‘g‘risidagi qarori Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiya hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan deputat uning majlislarida hozir bo‘lishi shart. Deputatning kelishuv komissiyasi majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa, bu haqda u Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi hamraisini oldindan xabardor qiladi.
Kelishuv komissiyasining ishini tashkiliy, axborot, hujjatlashtirish va boshqacha tarzda ta’minlash kelishuv komissiyasi qayerda ishlashiga qarab, tegishincha Qonunchilik palatasi devoni yoki Senat devoni tomonidan amalga oshiriladi.
150-modda. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Agar muayyan o‘zgartish Senatning kelishuv komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taklifi asosida ishlab chiqilgan qonun moddasining yangi tahriri bilan asoslangan bo‘lsa, kelishuv komissiyasi qonunning Senat tomonidan e’tiroz bildirilmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi qarorni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Agar kelishuv komissiyasi tomonidan boshqacha tartib belgilanmasa, qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Kelishuv komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi. Zarurat bo‘lganda, kelishuv komissiyasining qaroriga binoan uning majlisi stenogramma qilinadi.
Kelishuv komissiyasi o‘z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Kelishuv komissiyasining xulosasi komissiya hamraislari tomonidan imzolanadi. Xulosaga qonunga doir o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi qonunni qayta ko‘rib chiqish sanasini belgilash uchun quyidagi hujjatlarni Kengash muhokamasiga kiritadi:
qonunning kelishuv komissiyasi taqdim etayotgan, kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi tomonidan tasdiqlangan tahriri.
151-modda. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining xulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uning takliflarini ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunni qayta ko‘rib chiqishda kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasida mavjud bo‘lgan takliflargina muhokama qilinadi. Bunday holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi.
152-modda. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari bo‘yicha deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi yangi takliflarni taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni kelishuv komissiyasiga taklif qilishi mumkin.
153-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilingan taqdirda, u Senatga ma’qullash uchun zarur materiallar ilova qilingan holda besh kun ichida yuboriladi.
Agar kelishuv komissiyasining ish yakunlariga ko‘ra qonun bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
154-modda. Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqish chog‘ida Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qaroriga rozi emasligini bayon etsa, qonun avval qabul qilingan tahrirda ovozga qo‘yiladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni takroran ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash hamda e’lon qilish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan o‘n kun ichida yuboriladi.
Agar Qonunchilik palatasida Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha avval qabul qilingan tahrirda ovoz berish vaqtida ushbu qonun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismining ovozini to‘plamasa, ko‘rib chiqilayotgan qonun qabul qilinmagan hisoblanadi.
155-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan Qonunchilik palatasiga qaytarishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun bir oy muddat ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
156-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan mas’ul qo‘mitaga topshiriladi.
Kengash mas’ul qo‘mitaning xulosasini olgach, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga birinchi navbatda kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasining majlisida qayta ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini, ushbu takliflar va fikrlar bo‘yicha mas’ul qo‘mitaning xulosasini bayon etishdan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilish;
157-modda. Qonunchilik palatasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarining, shuningdek mas’ul qo‘mitaning ushbu takliflar va fikrlar bo‘yicha xulosasining muhokamasi tugaganidan keyin ushbu takliflar va fikrlarni hisobga olgan holda qonunni qabul qilish yoki bundan buyongi ko‘rib chiqishdan olib tashlash to‘g‘risidagi taklif ovozga qo‘yiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlari qonunni yanada maromiga yetkazishni taqozo etsa, Qonunchilik palatasi mazkur qonun ustidagi ishni qonun loyihasining birinchi o‘qish tartib-taomilidan boshlab davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Agar deputatlar umumiy sonining ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilingan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti takliflari va fikrlarining bir qismi ma’qullangan taqdirda, qonunni qabul qilish keyinga qoldiriladi. Mas’ul qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan takliflari va fikrlarini hisobga olgan holda qonun matnini tayyorlash hamda qonunni Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining loaqal bitta taklifi yoki fikri rad etilgan taqdirda qonunni qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan qonunni Qonunchilik palatasi avval qabul qilgan tahririda ma’qullash to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasida ovozga qo‘yilishi mumkin. Bunday holda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Qonunchilik palatasi qonunni bundan buyongi ko‘rib chiqishdan olib tashlash to‘g‘risida to‘xtamga kelsa, palata qaror qabul qiladi, ushbu qaror ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmasdan Senatga yuboriladi.
158-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni hamda ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqish ushbu paragrafda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglamentning 11 — 15-boblari talablariga muvofiq Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
159-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasini inobatga olgan holda ko‘rib chiqishi mumkin.
160-modda. Agar Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni ko‘rib chiqish kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin.
161-modda. Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglament 11, 12, 14 va 15-boblarining talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
162-modda. Davlat budjeti loyihasi uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga, fraksiyalarga (deputatlar guruhiga) topshiriladi.
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi barcha fraksiyalar (deputatlar guruhi), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspert guruhlarining fikrlari va takliflarini o‘n kun ichida to‘plab, Davlat budjetining loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradi.
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi majlislarining kuni va vaqti to‘g‘risida boshqa qo‘mitalarga rasmiy ravishda xabar qilinadi.
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning Davlat budjetining loyihasi to‘g‘risidagi axboroti eshitiladi.
Davlat budjetining loyihasiga doir materiallar mazkur loyiha Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilguniga qadar oldindan deputatlarga yetkaziladi.
163-modda. Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, keyin Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasi eshitiladi. Bunda Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining vakili fraksiyalarning (deputatlar guruhining) Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Ma’ruzalar bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qaror loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflari uch kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
164-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda Davlat budjeti loyihasini o‘n to‘rt kun ichida maromiga yetkazadi hamda Davlat budjetining maromiga yetkazilgan loyihasini Qonunchilik palatasiga ikkinchi o‘qish uchun yuboradi.
Maromiga yetkazilgan Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, keyin Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasi eshitiladi.
Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak.
165-modda. Davlat budjeti loyihasining muhokamasi natijalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi kuyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Davlat budjeti loyihasi rad etilgan taqdirda Davlat budjeti loyihasi qabul qilinmaganligining sabablari xarajatlar va daromadlarning aniq moddalari ko‘rsatilgan holda to‘liq asoslab beriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan Davlat budjeti loyihasi maromiga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaytariladi.
Davlat budjeti to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror mazkur budjet qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
166-modda. Davlat budjetiga o‘zgartish va qo‘shimchalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan kiritilishi mumkin.
Davlat budjetiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala, agar bu hol budjetni tartibga solishda qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Davlat budjetiga o‘zgartish va qo‘shimchalar uni qabul qilish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
167-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda mazkur Reglamentning 11, 12, 14 va 15-boblari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
168-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
169-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masala mas’ul qo‘mita tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. Mas’ul qo‘mita mazkur masala yuzasidan xulosa qabul qiladi.
170-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.
171-modda. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar umumiy sonining zarur ovozlari miqdorini to‘plamagan bo‘lsa va shu majlis jarayonida mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish tartib-taomilidan o‘tmagan hisoblanadi.
172-modda. Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
173-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘zining Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi:
2) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini va uning o‘rinbosarini saylash;
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 4, 5, 6, 7 va 10-bandlarida nazarda tutilgan masalalar oldin Qonunchilik palatasida, keyin Senatda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir vaqtning o‘zida Qonunchilik palatasiga va Senatga kiritilgan farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar (ushbu modda birinchi qismining 3, 8 va 9-bandlari) mazkur bobda nazarda tutilgan tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan masalalar, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislarida ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining umumiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha bayonotlari hamda murojaatlari ushbu Reglament talablariga rioya etilgan holda qabul qilinadigan qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.
174-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan o‘zining mutlaq vakolatlariga kiritilgan quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi:
Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish;
o‘z faoliyatini tashkil etish va Qonunchilik palatasining ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan;
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan.
Qonunchilik palatasi o‘zining nazorat qilish vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ayrim masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
175-modda. Qonunchilik palatasining qarori loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganida unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasi Qonunchilik palatasi devonida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan hisoblanadi.
176-modda. Kengash Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib, mas’ul qo‘mitani belgilaydi, Qonunchilik palatasining qarori loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va, bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga (deputatlar guruhiga) topshiradi.
Mas’ul qo‘mita qaror loyihasi bo‘yicha barcha fraksiyalar (deputatlar guruhi), manfaatdor tashkilotlar va ekspert guruhlarining fikrlari hamda takliflarini to‘plab, qaror loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosani Kengashga taqdim etadi.
Kengash mas’ul qo‘mita vakilining axborotini eshitib, fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasining qarori loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi va ma’ruzachini belgilaydi.
177-modda. Qonunchilik palatasi majlisida mas’ul qo‘mita vakilining axboroti eshitiladi, axborotda qaror loyihasi bo‘yicha fraksiyalarning (deputatlar guruhlarning) fikrlari va takliflari deputatlarga majburiy ravishda yetkaziladi.
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muhokamasi natijalari yuzasidan deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi.
Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasining qarori loyihasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklif zarur miqdorda ovoz to‘plamagan bo‘lsa, taklif rad etilgan hisoblanadi. Bunday holda Qonunchilik palatasining qarori loyihasida ko‘rsatilgan masalani rad etish to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi.
Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori, agar ushbu Reglamentning 18-bobida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Senatga yuboriladi.
178-modda. Qonunchilik palatasi, agar O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi masala qonunda belgilangan tartibda uning ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan bo‘lsa, mazkur masalani ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish to‘g‘risida kelib tushgan materiallar Qonunchilik palatasi tomonidan ikki hafta ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
179-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani va mas’ul qo‘mitaning xulosasini o‘z majlisida ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
referendum o‘tkazmasdan turib, referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni qabul qilish haqida.
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
180-modda. Agar Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmundagi yoki ma’nodagi ta’rif bilan referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi masala kamida bir yildan keyin Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun takroran kiritilishi mumkin.
181-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir nechta siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
182-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
183-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
184-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida eshitiladi.
185-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod deputatlar va senatorlarning savollariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilangan vaqt mobaynida, lekin ko‘pi bilan 30 daqiqa ichida javob beradi.
Deputatlar va senatorlarning savollariga javoblar tugaganidan keyin fraksiyalar va deputatlar guruhlarining vakillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq muddatga mo‘ljallangan harakat dasturi bo‘yicha o‘z fikrlari va nuqtai nazarlarini bildirishi mumkin.
186-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash Qonunchilik palatasi tomonidan yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Ovoz berish usuli to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
187-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi, agar nomzod uchun deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pining ovozi berilsa, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
188-modda. Agar ovoz berish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash ushbu Reglamentning 183 — 187-moddalariga muvofiq o‘tkaziladi.
189-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Har yilgi ma’ruzani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Senatga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
190-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish to‘g‘risidagi masala kiritiladi.
191-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
192-modda. Yangi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraksiyalar bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng ushbu Reglamentning 183 — 187-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
193-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlari tasdiqlash uchun Qonunchilik palatasiga va Senatga bir vaqtda kiritiladi.
194-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi o‘zining tasdig‘iga kiritilgan farmonlari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
195-modda. Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
196-modda. Qonunchilik palatasi o‘zining ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini ushbu Farmon kelib tushgan paytdan e’tiboran 48 soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi.
197-modda. Xizmat safarida, mehnat ta’tilida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda bo‘lishi munosabati bilan va boshqa sabablarga ko‘ra Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisi o‘tkazilishi haqida xabarnoma olmagan deputatlar Qonunchilik palatasining majlisi o‘tkaziladigan joyga maxsus chaqiruvsiz imkon qadar qisqa muddatda yetib kelishi shart.
198-modda. Agar O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida harbiy harakatlar olib borilishi yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar mavjudligi natijasida yoki agar Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisini Qonunchilik palatasining binosida o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, Qonunchilik palatasi Spikeri O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasida boshqa binoni belgilaydi, bu haqda deputatlarga ommaviy axborot vositalari orqali yoxud boshqa usulda xabar qilinadi.
199-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan ko‘rib chiqiladi.
200-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori, agar deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek Senatga ma’lumot uchun yuboriladi.
201-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish haqidagi farmonlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran 72 soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi.
202-modda. Xizmat safarida, mehnat ta’tilida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda bo‘lishi munosabati bilan va boshqa sabablarga ko‘ra Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisi o‘tkazilishi haqida xabarnoma olmagan deputatlar Qonunchilik palatasining majlisi o‘tkaziladigan joyga maxsus chaqiruvsiz imkon qadar qisqa muddatda yetib kelishi shart.
203-modda. Agar O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida yoxud butun hududida favqulodda holat joriy etilishi yoxud boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar mavjudligi natijasida yoki agar Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisini Qonunchilik palatasining binosida o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, Qonunchilik palatasi Spikeri O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasida boshqa binoni belgilaydi, bu haqda deputatlarga ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa usulda xabar qilinadi.
204-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan ko‘rib chiqiladi.
205-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlashi yoki ularni tasdiqlamasligi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoxud qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi qaror, agar deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek Senatga ma’lumot uchun yuboriladi.
206-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunga muvofiq kamida o‘n besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar to‘g‘risidagi takliflar Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan kiritiladi.
207-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga ko‘rsatilgan nomzodlarning muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida shu nomzodlar ishtirokida o‘tkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzodlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishga haqlidir. So‘zga chiqish uchun deputatlar birlashmalarining vakillari ustun huquqqa ega.
208-modda. Ovoz berish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga ko‘rsatilgan har bir nomzod bo‘yicha alohida-alohida, ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
Agar o‘tkazilgan ovoz berishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga ko‘rsatilgan nomzodlardan bittasi yoki bir nechtasi ovozlarning zarur miqdorini to‘plamasa, saylash tartib-taomili yangi nomzodlarni ko‘rsatishdan boshlanadi. Ushbu tartib-taomil O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga saylangan bir yoki bir nechta nomzod Senat tomonidan rad etilgan taqdirda ham o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.
209-modda. Qonunchilik palatasi qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini tugatish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini tugatish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.
210-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosarining lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan kiritiladi.
211-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosari lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur nomzodlar ishtirokida o‘tkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzodlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishga haqli.
212-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili to‘g‘risidagi qaror esa O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga ham yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili nomzodi, agar nomzod uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bersa, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
213-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini yoki uning o‘rinbosarini qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Senatga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
214-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish to‘g‘risidagi masala ushbu Reglamentning 219 — 222-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaror darhol Senatga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga ma’lumot uchun yuboriladi.
215-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
216-modda. Qonunchilik palatasi tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
217-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
218-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan taqdirda, u Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kamida bir yildan keyin qayta kiritilishi mumkin.
219-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini ko‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi taqdimnomalari kiritilgan kunidan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda esa u kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi.
220-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi (bundan buyon matnda Odob komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi, Kengash kiritilgan taqdimnoma yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroridan qo‘shimcha materiallar talab qilib olishi mumkin.
221-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari va o‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Odob komissiyasining raisi yoki uning topshirig‘iga binoan ushbu komissiya a’zolaridan biri Qonunchilik palatasining yoki Kengashning majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasini o‘qib eshittiradi va Odob komissiyasining ushbu taqdimnoma yuzasidan xulosasi haqida ma’lumot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki uning o‘rinbosariga so‘zga chiqishi va deputatlarning savollariga javob berishi uchun so‘z navbati berilishi mumkin.
O‘ziga nisbatan daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ushbu masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida ko‘rib chiqilayotganda tushuntirishlar berishga haqlidir.
222-modda. Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
223-modda. Qonunchilik palatasiga jinoyat ishining tugatilgani haqida yoki ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan ish yuritish tugatilgani, shuningdek daxlsizlik huquqidan mahrum etilishiga rozilik berilgan deputatga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgani haqida xabar tushgan taqdirda Qonunchilik palatasi o‘zining eng yaqin majlisida rozilik berish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, shuningdek zarurat bo‘lganda, tegishli sudga yuboriladi.
224-modda. Reglament, unga doir o‘zgartish va qo‘shimchalar Qonunchilik palatasining qarori bilan qabul qilinadi.
225-modda. Reglamentga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar qo‘mitalar, deputatlar birlashmalari, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin va Kengash tomonidan Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Bu takliflar Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.
226-modda. Qonunchilik palatasining ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan majlislarini o‘tkazish, Qonunchilik palatasining faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqish tartib-taomillari Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi.
227-modda. Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi, shuningdek har chorakda Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
228-modda. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hamda har chorakdagi hisobotni fraksiyalarda (deputatlar guruhlarida) va qo‘mitalarda dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Hisobotni ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’ruzasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining xulosasi, fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflari eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
229-modda. Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari va ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
230-modda. Parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklif palata qo‘mitalari, fraksiyalar (deputatlar guruhlari), shuningdek deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi to‘g‘risidagi qarori loyihasi so‘rov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.
Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament so‘rovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) haqidagi takliflar bo‘lishi kerak.
231-modda. Qonunchilik palatasi parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
232-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari palata majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.
233-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
234-modda. Parlament so‘roviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi.
235-modda. Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
236-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yo‘llangan deputat so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
237-modda. Qonunchilik palatasi, zarur bo‘lgan hollarda, o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Reglamentning 21-bobiga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi.
238-modda. Qonunchilik palatasi, zarur bo‘lgan hollarda, o‘zining majlisida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga ko‘ra Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Qonunchilik palatasi majlisiga taklif etilgan hukumat a’zosiga so‘zga chiqish uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, deputatlarning savollariga javob berish uchun esa ko‘pi bilan 30 daqiqa ajratiladi.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
239-modda. Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan so‘ng fraksiyalarning va deputatlar guruhlarining vakillari so‘zga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga va Senatga yuboriladi.
240-modda. Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari, shuningdek Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Fraksiyalar va deputatlar guruhlari Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga o‘z takliflari hamda fikrlarini yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining takliflari hamda fikrlarini inobatga olgan holda, mazkur hisobot yuzasidan xulosani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti to‘g‘risida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlari vakillarining chiqishlarini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
241-modda. Qonunchilik palatasi yoki u vakolat bergan organ har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-martidan kechiktirmay o‘z majlisida siyosiy partiyalarning o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi.
Siyosiy partiyaning o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisobotiga uning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini va ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun hisobot yilida partiyaning hisobvarag‘iga kelib tushgan hamda sarflangan davlat mablag‘lari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining xulosasi ilova qilinadi.
Siyosiy partiyaning o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti Qonunchilik palatasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va manfaatdor tashkilotlarning vakillari taklif etilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Siyosiy partiyaning o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisobotini muhokama qilish natijalariga ko‘ra Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.
242-modda. Qonunchilik palatasining majlisida hukumat a’zolarining faoliyati masalalari yuzasidan ularning axborotini eshitish deputatlar birlashmalarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi hamda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga muvofiq o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi majlisiga taklif etilgan hukumat a’zosiga so‘zga chiqish uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, deputatlarning savollariga javob berish uchun esa ko‘pi bilan 30 daqiqa ajratiladi.
243-modda. Qo‘mitalar, shuningdek deputatlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin.
Qo‘mitalar yoki deputatlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qo‘mitalarning ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlariga muvofiq o‘z majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, palata qo‘mitalari qarorlarining, Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qo‘mita qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Qo‘mitalar vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qo‘llanish amaliyotini o‘rganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
244-modda. Deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Fraksiyalar har yili Kengash bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun mo‘ljallangan vaqtni belgilaydi. Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, mart, iyun, sentyabr oylarining oxirgi o‘n kunligida, dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘n kungacha vaqt ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning, Qonunchilik palatasi qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatining, fraksiya faoliyatining borishi, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari to‘g‘risida saylovchilarga axborot beradi;
qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qo‘llanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish borasidagi zaruratni aniqlash maqsadida o‘rganadi;
Keyingi tahrirga qarang.
245-modda. Kengash deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar ko‘radi.
Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.
Qonunlarning ijrosi yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish, davlat dasturlari hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun fraksiyalar, zarur bo‘lgan hollarda, o‘z deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishini tashkil etadi.
Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur bo‘lgan hollarda, dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
246-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini o‘tkazish qonunga hamda Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
247-modda. Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari asosida parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, rasmiy parlament delegatsiyalari bilan almashinishi hamda palata vakillarini Kengashning tegishli qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibiga kiritishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazishi mumkin. Bunda parlamentlararo aloqalar masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarining loyihalari Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan palataning tegishli organlari ko‘rib chiqishi uchun tayyorlanadi va kiritiladi.
248-modda. Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalarining rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida so‘zga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.
249-modda. Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, axborot, moliyaviy, moddiy-texnika ta’minoti Qonunchilik palatasining devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunchilik palatasi devonining faoliyati, uning xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan Qonunchilik palatasi devoni to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.