31.08.2000 yildagi 125-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, 9-son, 355-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 118-modda; 1999-yil, 5-son, 124-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20-modda. Maxsus ekspertizalarni oʻtkazish sohasidagi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va alohida shaxslar salomatligi va kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyena, sanitariya-ekologiya, tibbiy, biologik, texnikaviy, sotsiologik va boshqa turlari, shuningdek loyiha, texnika hujjatlarini va boshqa hujjatlarni, uskunalarni, asboblarni va apparatlarni, kimyoviy moddalarni, turli birikmalarni, materiallarni va muhitlarni, oziq-ovqat xom ashyosini va mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, radioaktiv materiallarni, radiatsiya texnikasini ekspertiza qilish sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, boshqa muassasa va tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qaroriga binoan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ekspertizalarni oʻtkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalari va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek belgilangan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 118-modda; 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ekologiya ekspertizasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 25-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ekologiya ekspertizasi obyektlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 26-moddasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 31-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1998-yil, 9-son, 181-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 9-moddasining ikkinchi qismidagi va 27-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, 2-son, 50-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sifat boʻyicha ekspert-auditor” — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi boʻlgan mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi” — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirigʻiga binoan amalga oshiruvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nazorat yoʻsinidagi tekshiruv” — belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chogʻida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-moddasi ikkinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlangan mahsulotlarning, sifatni boshqarish tizimlarining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sifat boʻyicha ekspert-auditorlarning Davlat reyestrini yuritadi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotini hamda bunday mahsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 6-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart”ning oʻzi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki eʼtirof etilgan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 8-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish subyektlari oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan sertifikatlashtirish sohasida ish olib borish huquqini beruvchi litsenziya hamda ularning sertifikatlashtirish muayyan tizimidagi vakolatlarini belgilovchi hujjat asosida amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 11-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yoʻsinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni oʻz ichiga oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 16-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “Oʻzdavstandart”ning davlat inspektorlari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) quyidagi mazmundagi 16-1-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16-1-modda. Nazorat yoʻsinidagi tekshiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarish, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlari ustidan nazorat yoʻsinidagi tekshiruvni sifat boʻyicha ekspert-auditorlar “Oʻzdavstandart” tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 21-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart”ning, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 23-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan, ammo sertifikatlanmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida jarima solinadi. Jarima nizosiz tartibda undiriladi. Jarimaning undirilishi majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazishdan ozod qilmaydi. Jarima majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish ustidan tekshiruvni oʻtkazish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 2-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 269-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “va milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “milliy xavfsizlik xizmati va davlat soliq xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-yil, 5—6-son, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 4—5-son, 126-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 3-son, 38-modda, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 97-moddasining nomidagi va birinchi qismi dispozitsiyasidagi, 98-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasidagi “Davtexkonnazorat” degan soʻz “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 260-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“260-modda. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 55, 70-moddalarida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilish qoidalari bundan mustasno), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismida), 97, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh direktor va uning oʻrinbosari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy konchilik-texnik inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat inspektorlari — eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, 10-son, 252-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 56-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda) 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 14-moddasining yettinchi qismidagi, 45-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi tegishli kelishikdagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5—6-son, 70-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-bandining toʻqqizinchi xatboshisidagi va 13-bandining “d” kichik bandidagi “Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda; 1999-yil, 9-son, 229-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish boʻlinmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus boʻlinmasi tuziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-moddasining birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv oʻtkazish, jinoiy ishlar qoʻzgʻatish va ularni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15) yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun foydalanayotgan binolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish. Soliq solish miqdorlarini hisoblab chiqarishning asosliligini tekshirish chogʻida ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa binolarni, hujjatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni mulkdorning ishtirokida koʻzdan kechirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8—14-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari esa (tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi. Ushbu modda birinchi qismining 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi va uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 13-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa huquqbuzarliklari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chogʻidagi gʻayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq organlari xodimlarining oʻz xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)