10.05.2018 yildagi 349-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga toʻliq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkiloti (keyingi oʻrinlarda XMT deb ataladi) bilan faol hamkorlik qilinmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Respublikada XMT Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, mazmuni va mohiyati XMT metodologiyasi boʻyicha milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni taʼminlashga yoʻnaltirilgan Munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturi bajarilmoqda. Ushbu Tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xoʻjaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish monitoringi olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi SQ-231-III-son qarori bilan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan biron-bir shaklda foydalanishning oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ushbu yoʻnalishda kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan parlament nazorati instituti joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar bolalar mehnatiga toʻliq barham berish, shuningdek, majburiy mehnatning oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik uchun yetarli normativ-huquqiy bazani shakllantirish imkonini berdi, bu jahon hamjamiyati, xususan, XMT, Jahon banki va Yevroparlament tomonidan yuqori baholandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, soʻnggi paytda barcha darajadagi hokimlar tomonidan taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligidagi turli ishlarga majburiy jalb qilish shaklida mehnat qonunchiligi normalarini buzish bilan bogʻliq ayrim holatlar kuzatilmoqda. Mansabdor shaxslarning xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, yuqorida qayd etilgan shaxslarni qoʻrqitish, ularga nisbatan haqoratli soʻzlarni va hattoki, kuch ishlatish holatlari ham qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holat bunday ishlarni bajarishga majburlash davomida mazkur ishlarga jalb etilgan shaxslarning jarohat olishiga va ayrim hollarda halok boʻlishiga sabab boʻlayotgan koʻngilsiz voqealar roʻy berayotgani bilan yanada murakkablashmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat organlari mansabdor shaxslarining bunday xatti-harakatlari respublikaning qonun hujjatlari talablariga zid boʻlib, uning jahon maydonidagi nufuziga putur yetkazmoqda, mamlakat Hukumati ishiga, birinchi navbatda, bilimli va sogʻlom barkamol avlodni tarbiyalashga katta zarar yetkazmoqda, ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni obroʻsizlantirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan buyon bu kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, davlat organlari ishidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga toʻliq barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangani, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qoʻllanishi bilan qoʻrqitgan holda ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlanganini eʼtiborga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yigʻish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olsinlar va bunga chek qoʻysinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni, xususan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi, boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va taʼlim muassasalari oʻquvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy mehnatdan foydalanish boʻyicha aniqlangan har bir holat yuzasidan tegishli axborotni javobgarlik choralarini qoʻllash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar quyidagi shartlarga qatʼiy rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumxalq hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hasharlar doirasida barcha boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-taʼmirlash va qishloq xoʻjaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yoʻl qoʻyilmagan holda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, ish oʻrinlarini tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻilishi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari amalga oshirilishini nazorat qilish choralarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, shu jumladan, mahalliy davlat organlarining, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi ishlari qizgʻin davrda xodimlarning huquqlari hamda manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoring olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan monitoring yakunlari boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda, xususan, hududlarda ommaviy eshituvlar tashkil etilishini taʼminlasinlar, bunda majburiy mehnatdan foydalanishning har bir holati, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida muhokama qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa shartnomasi va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish borasida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari boshlangʻich boʻgʻinlarining javobgarlik choralarini kuchaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy mehnat holatlari aniqlangan taqdirda ular toʻgʻrisida prokuratura organlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalariga zudlik bilan maʼlum qilish;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikda ushbu sohadagi jamoatchilik nazoratini faollashtirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni majburiy jamoat ishlariga noqonuniy jalb qilish yoki har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlarini kengaytirish, shu jumladan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga doir vakolatlarini kengaytirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari, tuman yoʻl ekspluatatsiya korxonalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyatini tanqidiy tahlil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻtkazilgan tahlil yakunlari, xalqaro tajribani oʻrganish asosida bir oy muddatda obodonlashtirish tizimini tubdan isloh qilishning quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi infratuzilmani, obodonlashtirish tizimi xodimlari soni normativlarini, mehnatga haq toʻlash tarif setkasini va ularni moddiy ragʻbatlantirishni qayta koʻrib chiqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning tajribasini joriy qilish va moslashtirish, tuman va shaharlarning yoʻl-ekspluatatsiya xizmatlarini va obodonlashtirish xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy ixtisoslashtirilgan texnikalar bilan jihozlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman va shaharlar yoʻl-ekspluatatsiya xizmati va obodonlashtirish xizmatlari shtatlari sonini koʻpaytirish, ularning faoliyati samaradorligini sifatli oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish tizimini barqaror moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishni va ushbu sohaga innovatsiyalarni joriy qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish tizimi holatining har oylik monitoringini amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan xususiy tashkilotlarni koʻrsatilgan ishlarni bajarishda davlat-xususiy sherikchilik va autsorsing mexanizmlarini jalb etishni joriy qilishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu qarorni bajarilishi natijadorligini puxta tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ushbu sohada qonunni qoʻllash amaliyoti holati toʻgʻrisida axborot va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tegishli vazirliklari va idoralarining maslahati koʻmagida, aniqlangan majburiy mehnat holatlarini keng va tanqidiy yoritishni, shuningdek, majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirishni tashkil etish tavsiya etilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzlari qabul qilgan, ushbu qarorga zid boʻlgan hujjatlarning bir hafta muddatda qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/349/1205-son, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)