27.04.2018 yildagi PQ-3683-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi va boshqa ekinlarning urug‘larini yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, nav va urug‘lik nazorati oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, birlamchi urug‘chilik va yangi, istiqbolli navlarni sinash bilan shug‘ullanuvchi elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini tashkil etish masalalari hal etilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli navdagi urug‘lar va reproduksiyalarni alohida yig‘ish, shuningdek, ularni saqlash va qayta ishlash sharoitlariga rioya etilishi ustidan lozim darajada nazoratning mavjud emasligi ekin materiali sifatining pasayishiga va hosildorlikning tushishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda marketing va huquqiy tartibga solishning samarasiz tizimi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining eksportini yetarli darajada amalga oshirish imkonini bermayapti, seleksiya va birlamchi urug‘chilikning lozim darajada bo‘lmaganligi esa ularni import qilish hajmining ortishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘chilik sohasini tubdan takomillashtirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni xalqaro bozorlarga yanada ilgari surish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2018-yil 1-sentabrdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta viloyatda o‘ntadan ko‘p, bitta tumanda beshtadan ko‘p boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini, shuningdek, bitta viloyatda beshtadan ko‘p, bitta tumanda ikkitadan ko‘p g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (sinov o‘tkazish uchun joylashtiriladigan yangi navlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari va g‘o‘za navlarini sinovdan o‘tkazish muddati ikki yildan, boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish muddati bir yildan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining navlarini (boshoqli don ekinlari, g‘o‘za va kartoshka urug‘lari bundan mustasno) majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan Qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari va g‘o‘zaning urug‘larini eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qaroriga binoan amalga oshiriladi, boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini eksport qilish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini import qilganda (boshoqli don ekinlari, g‘o‘za va kartoshka urug‘lari bundan mustasno), agar sinovdan o‘tkazishda qo‘llanilgan talablar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan shunga o‘xshash talablardan past bo‘lmasa, akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari akkreditatsiya qilgan xorijiy laboratoriyalar tomonidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish natijalari tan olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan g‘o‘za va boshoqli don ekinlarining urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy organlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 — 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini eksport qilish urug‘chilik xo‘jaliklari va korxonalari bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari asosida Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik shartnomalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini eksport qilishda vositachilik haqi bir foizdan oshmasligi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni uning faoliyatini yuqori va kasbiy darajada samarali tashkil etishni ta’minlashga qodir malakali xodimlar bilan to‘ldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni joylashtirish, uni aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi, kompyuter texnikasi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Markaz zimmasiga davlat buyurtmasi doirasida 2018-2019-yillar hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini tayyorlash va joylashtirish bo‘yicha vazifa va mas’uliyat yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi, Intellektual mulk agentligi, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brend va tijoratbop, shuningdek, duragay va litsenziyalangan navlarning urug‘lik materialini yetishtirish, qayta ishlash va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi urug‘chilik kompaniyalarini, shu jumladan chet el kapitali ishtirokida va davlat-xususiy sheriklik asosida kompaniyalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘ tayyorlovchi va yetishtiruvchi korxonalarda ichki sifat nazorati tizimi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq akkreditatsiya qilingan zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud mahalliy va xorijiy seleksiya navlari kolleksiyasi asosida yuqori hosildorlikka, yuqori sifatga ega va kasalliklarga chidamli ustuvor qishloq xo‘jaligi ekinlarining duragaylarini yetishtirish tizimini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini litsenziyalash mexanizmlarini, originatorlar tomonidan korxonalar va klasterlardan litsenziya bo‘yicha olinadigan royalti sxemalari va miqdorlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining to‘liq inventarizatsiyasini, ularning molekulyar-genetik pasportizatsiyasini (DNK bar-koding) o‘tkazish, shuningdek, ularni mamlakatning seleksiya yutuqlarini himoya qilish imkonini beruvchi O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish xalqaro ittifoqida (UPOV) ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘chilik xo‘jaliklari va urug‘lik materialini qayta ishlash sexlarining o‘rnatilgan normalar, talablar, reglamentlar va texnik hisoblarga muvofiqligi bo‘yicha inventarizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘zaning seleksiya navlari patentlari va mualliflik guvohnomalarini (originator huquqlarini) baholash va ularni har uch yilda qayta tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda urug‘chilik masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekistonning ushbu tashkilotlarga qo‘shilishi mumkinligi masalalarini o‘rganib chiqsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S.R. Xolmuradov va Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3683-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2018-y., 07/18/3683/1118-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)