Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2004 15.01.1992 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FAN VA TARAQQIYOT” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA ILMIY-TEXNOLOGIYA KOMPLEKSINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-sentabrdagi 426-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalarining mavjud ilmiy-texnika imkoniyatlaridan samarali foydalanish, original va kompleks tadqiqotlar o‘tkazishda ularning faoliyatini xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining ilmiy tashkilotlari va korxonalari bilan kooperativlashtirish, ilmiy ishlanmalarni joriy etishni jadallashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika dorilfununining “Kompozitsion va polimer materiallar” ilmiy-tadqiqot bo‘limi negizida “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi bir oy muddat ichida kompleksning Ustavi va tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1992-yilning yanvarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika dorilfununi “Kompozitsion va polimer materiallar” ilmiy-tadqiqot bo‘limining binosini mavjud asbob-uskunalar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi, shtatlar hamda ilmiy, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni saqlash ish haqi fondi bilan birgalikda “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligiga qarashli “Polimer” ishlab chiqarish birlashmasi, “Fayz” ishlab chiqarish birlashmasi, “Progress” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va Elektr-ro‘zg‘orbop tovarlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasining Bektemir paxta tozalash zavodi, “Kompozit” ilmiy-texnika markazi, Andijon “O‘zbekiston” ishlab chiqarish savdo-xarid birlashmasi, “Yangi texnologiya” ilmiy-texnologiya markazi “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksi uchun bazaviy korxonalar sifatida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsin va hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi 1992—1995-yillarda respublikani rivojlantirishning asosiy parametrlarida “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksining maxsus konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarish binosini loyihalashtirish va ko‘rishni hamda mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish yo‘li bilan yangi kompozitsion materiallar yaratish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi va Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga birkitilgan nomlar ro‘yxati bo‘yicha belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksining tashkil topishi va faoliyatiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksiga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat bo‘limiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son