Oldingi tahrirga qarang.
Kichik biznes, dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkil etishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xomashyo resurslari olishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari yangidan tashkil etilayotgan kichik biznes korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini ularning dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlasinlar.
(1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan) va fermer xo‘jaliklariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan davrda kredit olish uchun tegishli buyurtmanomalar bergan faqat yangidan ochilgan korxonalarga beriladi;
ko‘rsatib o‘tilgan maqsadli kredit liniyalari hisobiga olingan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoya kichik biznes subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishiga, asbob-uskunalar olinishiga yo‘naltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdorida imtiyozli foiz stavkasi bo‘yicha 3 yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirish huquqisiz mikrofirmalar va dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan) xo‘jaliklari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorigacha hamda kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorigacha;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
foizlar to‘lashni 12 oyga kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan keyin 18—24 oy o‘tgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Biznes-fond” o‘n kun muddatda belgilangan tartibda Budjetdan tashqari jamg‘armalarning kredit liniyalari hisobiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan kredit berish tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Iqtisodiy sudlarga davlat bojini to‘lashni keyinchalik aybdor tomondan undirib olgan holda uni kechiktirib, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlaridan qarzlarni undirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalarining da’volarini qabul qilish tavsiya etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kredit resurslarini kengaytirish maqsadida 2002-yil 1-yanvardan boshlab 2005-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan davrga Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining daromadlariga soliq stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilansin, bo‘shab qolgan mablag‘lar kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
6. 2001-yil 1-oktabrdan boshlab moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasining mikrofirmalari va kichik korxonalari, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarining o‘z ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xomashyo va moddiy resurslar importiga bojxona to‘lovlarini to‘lashi foiz undirilmagan holda 90 kun muddatga kechiktirilsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va xomashyoning ishlab chiqiladigan balanslarida har yili ularning kichik biznes subyektlarini ta’minlash uchun ajratilishini nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda birja va kimoshdi savdolarida ko‘rsatib o‘tilgan moddiy-texnika va xomashyo resurslarini kichik va o‘rta biznes subyektlariga sotishning bozor mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi (R.S. Azimov) mazkur qarorning bajarilishini o‘rganib chiqsin va 2002-yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha mikrofirmalar va kichik korxonalarning dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun yo‘naltiriladigan resurslarni ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi Davlat matbuot qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xo‘jaliklari sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar to‘plamlari qayta nashr etilishini ta’minlasinlar. Bunda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish ishida barcha masalalar mutlaqo muhim ahamiyatga ega ekanligidan va ikkinchi darajali vazifalar bo‘lmasligidan kelib chiqib yangi to‘plamlarga yangidan qabul qilingan barcha qarorlar kiritilishi kerakligi nazarda tutilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan to‘plamlarni tayyorlash va nashr etish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tashkil etilsin.
Qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning qayta nashr etilgan to‘plamlari birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes subyektlarga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga hamda davlat huquqiy tizimi organlariga, xo‘jalik sudlariga va barcha nazorat organlariga yetkazib berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kichik biznes sohasida tasdiqlanadigan, qabul qilinadigan va joriy etiladigan qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ustidan doimiy monitoringni amaliyotga kiritsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)