25.07.2000 yildagi 285-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLTIN TOPGAN KON BOSHQARMASINI, OLTIN TOPGAN SHAHARCHASINI VA “OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI” OCHIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI BALANSIDA BOʻLGAN BOSHQA OBYEKTLARNI TOJIKISTON RESPUBLIKASI MULKIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Oltin topgan koni joylashgan yerdan foydalanish toʻgʻrisida 1996-yil 25-maydagi bitimni hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari muzokaralarining 2000-yil 30-maydagi Protokolini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda Tojikiston hududidagi quyidagi mol-mulkni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansida Tojikiston Respublikasi mulkiga berish boʻyicha hujjatlar paketini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin topgan kon boshqarmasining asosiy vositalari, shu jumladan, kon lahimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin topgan maʼdan maydoni koni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi Terakli — Oltin topgan avtoyoʻli uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi hududidan oʻtuvchi 35 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltin topgan shaharchasining muhandislik, uy-joy-kommunal xoʻjaligi va ijtimoiy-madaniy obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi Oʻ.Q. Ismoilov koʻrsatib oʻtilgan mol-mulkni qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda tasdiqlashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlarga 1997-yildan 1999-yil 1-fevralgacha boʻlgan davrda hosil boʻlgan qarzlarni tabiiy ofatni bartaraf etish va konda ishlar toʻxtagan paytdan boshlab kon boshqarmasiga sarflangan xarajatlar uchun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan koʻrilgan sarf-xarajatlarni hisobga olish yoʻli bilan Tojikiston Respublikasining tegishli organlari bilan oʻzaro kelishgan holda toʻlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi, ilgari Oltin topgan konidan foydalanish bilan bogʻliq yerlarning bir qismi oldingi yerdan foydalanuvchilarga qaytarilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Terakli shaharchasini elektr bilan taʼminlash uchun transformator kichik stansiyasini va elektr uzatish liniyasini butlashni taʼminlasin, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi esa Toshkent viloyati hokimligining buyurtmasi boʻyicha 2000-yilda ularni montaj qilsin, keyinchalik belgilangan tartibda oʻz balansiga qabul qilib olsin va uning ishlatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik konserni — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining qoʻrgʻoshin boyitish fabrikasidan Terakli shaharchasi va Tojikiston Respublikasi hududigacha avtomobil yoʻli uchastkasini muhandislik inshootlari bilan birgalikda joriy holatiga koʻra balansga qabul qilsin va uni belgilangan tartibda tasniflasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi – Qoraqiyasoy kichik stansiyasidan Tojikiston Respublikasi tomoniga qarab choʻzilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 35 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyasi uchastkasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi – Olmaliq shahridan terakli shaharchasigacha aloqa liniyasini va asbob-uskunalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi – Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik konserni bilan birgalikda Terakli shaharchasining muhandislik, uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy obyektlarini joriy holatiga koʻra balansga qabul qilib olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik konserni, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Toshkent viloyati hokimligi balansiga bepul berilayotgan mol-mulk qiymati daromad (foyda) dan olinadigan soliq obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida Tojikiston Respublikasi Hukumatini diplomatik yoʻllar bilan xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285-son