Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Qamchiq” davoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Qamchiq” dovonidan yuk tashish barqarorligini ta’minlash va avtomobil transporti sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, respublikada yuk avtotransport vositalari parkini yangilash sur’atlari hamda “Qamchiq” dovoni orqali avtomobilda tashishlarni amalga oshiradigan tashuvchilar va avtotransport vositalari xizmatlari bozorini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining ishlab chiqarilganiga 20 yildan ortiq vaqt o‘tgan yuk avtomobillari va shatakchi avtomobillarda “Qamchiq” dovonidan yuk tashishni taqiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ichida ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonovga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
268-son