“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari, O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida pichan o‘rish va mol boqish qoidalari 1, 2 va 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda idoraviy o‘rmon fondiga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga amal qilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Qoidalar “O‘rmon to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va respublikaning boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi hududida Qoidalarning bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi amalga oshiradi.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralarga biriktirilgan o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishini nazorat qilish tegishli vazirliklar va idoralarga yuklanadi.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining va transport vositalarining o‘rmonlarga kirishini taqiqlashlari mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan yong‘inga qarshi qo‘shimcha talablarni belgilashlari mumkin, ushbu talablar mazkur Qoidalarga va o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmasligi, shuningdek yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan uchastkalarda o‘rmonlardagi ishlarni to‘xtatib qo‘ymasligi kerak.
3. Mazkur Qoidalar mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shuningdek jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
4. Yong‘in xavfi mavsumida, ya’ni o‘rmonda qor qatlami ketgan paytdan boshlab barqaror yomg‘irli kuz ob-havosi kelgungacha yoki qor qatlami paydo bo‘lgan davrgacha ignabargli daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan joylarda, eski kuyuklarda, o‘rmonning ziyon yetkazilgan uchastkalarida, o‘rmonning kesilgan daraxt qoldiqlari va tayyorlangan yog‘och-taxta qoldirilgan daraxt kesilayotgan uchastkalarida, o‘tlar qurigan joylarda, shuningdek daraxtlar shox-butoqlari ostida gulxan yoqish taqiqlanadi. Qolgan joylarda atrofi kamida 4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan maydonchalarda gulxan yoqishga ruxsat etiladi. Zarurat tugashi bilan gulxan puxtalik bilan o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
a) o‘rmonda belgilangan uchastkalarda yoki yong‘in xavfi mavsumining belgilangan davrlarida gulxan yoqishni;
b) o‘rmonga yonib turgan gugurt, sigaret qoldiqlarini tashlashni va tamaki trubkasidan cho‘g‘li kulni qoqishni;
v) o‘rmonda ov qilishda tez yonib ketadigan yoki tutab yonadigan materiallardan bo‘lgan tiqinlardan foydalanishni;
g) moyli yoxud benzin, kerosin va boshqa yonuvchi moddalar shimdirilgan artish materiallarini o‘rmonda maxsus ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilmagan joylarda qoldirishni;
d) o‘rmonda dvigatel ishlab turgan paytda yonilg‘i baklariga yonilg‘i quyishni, dvigatelning energiya tizimi nosoz bo‘lgan mashinalardan foydalanishni, yonilg‘i quyilayotgan mashinalar yonida chekish yoki ochiq olovdan foydalanishni to‘liq taqiqlab qo‘yishi mumkin.
5. O‘rmon yalangliklarida, sayhonliklarda, o‘tloqlarda o‘tlarni yoqish hamda Davlat o‘rmon fondi yerlarida hamda o‘rmonlarga, himoya va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlariga bevosita tutashgan yer uchastkalarida ang‘izlarni yoqish taqiqlanadi.
a) o‘rmonda yo‘llar qurilayotganda, gaz quvurlari, neft quvurlari va mahsulot quvurlari yotqizilayotganda, elektr uzatish, aloqa, radiolashtirish liniyalari va boshqa kommunikatsiyalar o‘tkazilayotganda qolgan yog‘och-taxta va boshqa tez yonadigan materiallarni o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan belgilanadigan tartibda va muddatlarda yig‘ishtirib olishga;
b) o‘rmonda ishlar bajarilganda yonilg‘i va moylash materiallarini tegishli standartdagi yopiq idishlarda saqlashga, yong‘in xavfi mavsumida ular saqlanadigan joylarni o‘simlik qatlamidan, daraxt qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalashga hamda kamida 1,4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan atrofini o‘rashga;
Oldingi tahrirga qarang.
v) o‘rmonda ishlar bajariladigan va obyektlar joylashgan joylarda yoki madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan normalar bo‘yicha o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘inga qarshi asbob-uskunalar va vositalarga ega bo‘lishga majburdirlar. Ko‘rsatib o‘tilgan o‘t o‘chirish asbob-uskunalari va vositalarini darhol foydalanishga to‘liq tayyor holda saqlashga majburdirlar.
(“v” kichik bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘inga qarshi asbob-uskunalar va vositalar bilan ta’minlash normalari tasdiqlanmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishlar bajariladigan va obyektlar joylashgan joylarda dastlabki o‘t o‘chirish vositalari (suv quyilgan bochkalar, qum solingan qutilar, o‘t o‘chirgich, boltalar, belkuraklar, supurgilar va boshqalar)ga ega bo‘lishga majburdirlar;
g) yong‘in xavfi mavsumida o‘z tarkibida yoki o‘rmonda ishlar bajaruvchi ayrim bo‘linmalarda, shuningdek o‘rmonda joylashgan qo‘rg‘onlarda ishlovchilar va boshqa fuqarolardan iborat yong‘inga qarshi ko‘ngilli drujinalarni tuzishga majburdirlar.
7. O‘rmonni maishiy va qurilish chiqindilari bilan ifloslantirish, ularda axlat uchun axlatxonalar tashkil etish taqiqlanadi.
Aholi yashash punktlaridan tashib chiqiladigan axlatlar o‘rmon yaqinida faqat belgilangan tartibda maxsus ajratilgan uchastkalarda quyidagi shartlarga rioya qilingan holda yondirilishi mumkin:
a) yondirish uchun joylar ignabargli o‘rmon yoki alohida o‘suvchi igna bargli daraxtlar va yosh daraxtlar yonlaridan kamida 50 metr, yaproqli daraxtlar va alohida o‘suvchi yaproqli bo‘lmagan daraxtlar yonlaridan kamida 25 metr masofada ajratilishi kerak;
b) kotlovanlar yoki axlat yoqish maydonchalari atrofidagi hudud qurib qolgan daraxtlar, sinib tushgan daraxtlar, kesilgan daraxtlar qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan narsalardan 15 — 20 metr radiusda tozalangan va atrofi 1,4 metr kenglikda, quruq tuproqdagi ignabargli o‘rmonga yaqin joylashgan uchastkalarda esa — kamida 2,6 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak;
v) yong‘in xavfi mavsumi mobaynida axlatni yoqish faqat shamolsiz yoki yomg‘irli ob-havoda maxsus ajratilgan shaxslar kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Havo quruq bo‘lganda axlatni yondirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. O‘rmonda ishlar bajaruvchi yoki obyektlarga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari yong‘in xavfi mavsumi boshlanishi oldidan, o‘rmonda madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi uchun mas’ul shaxslar esa o‘rmonga jo‘nash oldidan o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va o‘rmon yong‘inlari paydo bo‘lishining oldini olish to‘g‘risida, shuningdek ularni o‘chirish usullari to‘g‘risida xodimlar yoki madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar qatnashchilariga maxsus daftarga imzo qo‘ydirgan holda yo‘riqnoma berishga majburdirlar.
9. Daraxt kesayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek fuqarolar, kesish usuli va vaqtidan qat’i nazar, yog‘och tayyorlash bilan bir vaqtda daraxt kesish joylarini yog‘och qoldiqlardan tozalashga majburlar.
Tozalash usullari har bir alohida holatda daraxt kesish chiptalarida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan ko‘rsatiladi.
Daraxt tanlab va bosqichma-bosqich kesilganda, shuningdek yoppasiga kesilganda yog‘och tayyorlovchilar nihol va yosh daraxtlarni saqlab qolishga majburdirlar, o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasini yog‘och qoldiqlaridan tozalashda yondirilmaydigan usullar qo‘llanishi kerak.
b) kesilgan daraxt qoldiqlarini chiritish (yoqish) uchun g‘aramlarga yoki uyumlarga taxlab qo‘yish yoki o‘rmon yonidan kamida 10 metr masofada o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasi bo‘ylab ularni maydalab sochib yuborish;
v) kesish joylarini kesilgan daraxt qoldiqlarini yondirish usuli bilan tozalashda yondirishni yong‘in xavfi mavsumi boshlangunga qadar tugallash. Yozgi yog‘och tayyorlashdan qolgan daraxt qoldiqlarini va kesish joylarini ko‘klamda tozalashdan to‘planib qolgan kesilgan daraxt qoldiqlarini yong‘in xavfi mavsumi tugagandan keyin kuzda yondirish.
Kesilgan daraxt qoldiqlarini yondirishda o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkalaridagi mavjud nihollar, urug‘zorlar va boshqa kesilmagan daraxtlarning saqlab qolinishi, shuningdek kesilgan daraxt qoldiqlarining to‘liq yonib ketishi ta’minlanishi kerak.
O‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkalarida kesilgan daraxtlar qoldiqlarini yoppa uyumi bilan yondirish taqiqlanadi.
10. Kesilgan daraxtlar yong‘in xavfi mavsumida o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasida qoldirilgan taqdirda, ular shox-butoqlardan tozalangan va erga tig‘iz qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Yong‘in xavfi mavsumida o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasida qoldirilayotgan tayyorlangan yog‘och mahsulotlari shtabellangan yoki sarjinlangan bo‘lishi kerak.
11. Quruq tuproqdagi ignabargli yalanglik o‘rmonlarning yong‘in xavfi mavsumida qoldirilgan tayyorlangan yog‘och mahsulotlari, shuningdek kesilgan daraxt qoldiqlari chiritishga qoldirilgan daraxt kesilayotgan uchastkalari kamida 1,4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan atrofi o‘rab chiqiladi, ularning uchastkalari 25 gektardan oshmasligi kerak.
joylashtirish maydoni 8 gektargacha bo‘lganda yaproqli o‘rmon chetidan — 20 metr, 8 gektar va undan ortiq bo‘lganda esa — 30 metr;
joylashtirish maydoni 8 gektargacha bo‘lganda ignabargli va aralash o‘rmon chetidan — 40 metr, 8 gektar va undan ortiq bo‘lganda — 60 metr masofada joylashtiriladi.
Joylashtirish joylari va ular atrofidagi ko‘rsatib o‘tilgan yong‘inga qarshi masofa tez yonadigan materiallardan tozalangan bo‘lishi va kamida 1,4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan, quruq tuproqlardagi ignabargli daraxtzorlarda esa — bir-biridan 5 — 10 metr masofada ikkita shunday polosa bilan atrofi o‘ralishi kerak.
13. Tasarrufida o‘rmon dahalari orqali o‘tadigan faoliyat ko‘rsatayotgan temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar:
a) temir yo‘llar va shosse yo‘llar bo‘ylab ajratilgan polosani shox-shabbalar, yog‘och qoldiqlari va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalangan holda saqlashga;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan polosalar chegarasi bo‘ylab ignabargli daraxtzorlarda yong‘in xavfi mavsumi mobaynida 1,4 metr kenglikdagi ma’danlashtirilgan polosani, quruq tuproqdagi ignabargli daraxtzorlarda va kesilgan joylarda bir-biridan 5 metr masofada bo‘lgan 2 ta shunday polosalarni tozalangan holatda saqlashga;
v) yo‘llar yaqinida joylashgan quruq tuproqdagi ignabargli daraxtzorlarda, tekis taxlangan shpallar va qordan himoya qiluvchi to‘siqlar, shuningdek yog‘och ko‘priklar, turg‘un platformalar, turar joylar va yo‘l nazoratchilari budkalari atroflarida yong‘in xavfi mavsumi mobaynida eni kamida 1,4 metr bo‘lgan ma’danlashtirilgan polosa qurish va uni tozalangan holatda saqlashga majburdirlar..
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari o‘tadigan o‘rmon massivlaridan foydalanganda yuridik va jismoniy shaxslar mazkur Qoidalarning 4 va 12-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy talablarga rioya qilishlari kerak.
O‘rmonda yong‘in paydo bo‘lganda darhol uni o‘chirish chora-tadbirlari tashkil etiladi va ko‘riladi. Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uchun ma’muriy yoki mulkiy javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Neft-gaz qidiruv va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar va tashkilotlar davlat o‘rmon fondi hududida ishlarni bajarishda:
a) yong‘in xavfi mavsumi mobaynida burg‘ulash qudug‘i va boshqa inshootlar uchun ajratilgan hududlarni yog‘och qoldiqlari va tez yonadigan materiallardan tozalangan holda saqlashga, ushbu hududlar chegaralari bo‘ylab eni kamida 1,4 metr bo‘lgan ma’danlashtirilgan polosa qurish va uni yong‘in xavfi mavsumi mobaynida tozalangan holatda saqlashga;
b) burg‘ulanayotgan va foydalanilayotgan quduqlardan 50 metr radiusdagi (neft va gaz quduqlaridan yopiq tizim bo‘yicha foydalanilganda 25 metr radiusda) maydonni daraxtlar va butalardan to‘liq tozalashga;
v) neft ochiq idishlarda va kotlovanlarda saqlanishiga, shuningdek yonuvchi moddalar bilan hududlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
g) agar neft chiqindilari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinsa, neft chiqindilarini yoqib yuborish tartibi va vaqtini o‘rmon xo‘jaliklari bilan kelishib olishga majburdir.
15. Tasarrufida elektr uzatish, aloqa, radiolashtirish liniyalari va quvurlar bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar yong‘in xavfi mavsumi mobaynida ushbu liniyalar o‘tgan o‘rmon so‘qmoqlarini xavfsiz holatda saqlashga va quruq joylarda bunday liniyalarning yog‘och machtalari va simyog‘ochlari atrofini qazib qo‘yishga majburdirlar.
Tasarrufida quvurlar bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar yong‘in xavfi mavsumi mobaynida o‘rmon massivi orqali o‘tadigan quvurlar bo‘ylab ajratilgan polosalar va qo‘riqlanadigan hududlarning yong‘inga nisbatan xavfsiz holatini saqlashga va liniya nazoratchilari turadigan uy-joylar atrofida, shuningdek quvurlardagi quduqlar atrofida eni 2-2,5 metr bo‘lgan ma’danlashtirilgan polosa qurishga majburdirlar.
16. Qidiruv, geodeziya, geologiya, o‘rmon tuzish ekspeditsiyalari va boshqa ekspeditsiyalar, partiyalar va otryadlar ishlar boshlangunga qadar ishlar bajariladigan joyni, asosiy bazalarning o‘rnashish joyini, shuningdek o‘rmonda yurish yo‘nalishlarini ishlar bajariladigan hududlardagi o‘rmon xo‘jaliklarida ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdirlar.
17. O‘rmonlarda madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazuvchi sayyohlik bazalariga, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga, dam olish uylariga va boshqa tashkilotlarga yong‘in xavfi mavsumida doimiy dam olish joylarini, sayyohlar to‘xtaydigan joylarni va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni faqat o‘rmon xo‘jaliklari bilan kelishgan holda ushbu uchastkalarda o‘rmon xo‘jaliklari ko‘rsatmasi bo‘yicha gulxan yoqish va axlat to‘plash joylari jihozlangandagina tashkil etishga ruxsat etiladi.
a) o‘rmonda yong‘inga qarshi oraliq joylar, yo‘llar, yong‘inga qarshi ma’danlashtirilgan himoya polosalari, zovurlar, suv havzalarini qurishga, o‘rmonlarni yog‘och qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalashga va o‘rmonlarning yong‘in xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa o‘rmon xo‘jaligi tadbirlarini o‘tkazishga;
b) aholi, o‘quvchilar, o‘rmonda ishlar olib boruvchi yoki obyektlarga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlari o‘rtasida olov bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilish va o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga;
v) keng foydalaniladigan o‘rmon yo‘llari bo‘ylab o‘rmonda olov bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilish zarurligi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiruvchi e’lonlar va plakatlarni o‘rnatishga;
d) o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida paydo bo‘ladigan yong‘inlarni o‘z vaqtida aniqlash va tugatishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdirlar.
19. O‘rmonlarda ishlar bajaruvchi yoki qo‘rg‘onlar, yo‘llar, omborlar, inshootlar va boshqa obyektlarga ega bo‘lgan o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishlash joylarida, qo‘rg‘onlar yaqinida, yo‘llar, omborlar va boshqa obyektlarda o‘rmonlardagi yong‘inlar paydo bo‘lgan taqdirda darhol o‘z kuchlari va vositalari bilan ushbu yong‘inlarni o‘chirish choralarini ko‘rishga va yong‘in to‘g‘risida yong‘in muhofazasi organiga va tegishli o‘rmon xo‘jaligiga yoki joylardagi davlat hokimiyati organlariga xabar berishga majburdirlar.
20. Jismoniy shaxslar o‘rmonlardagi yong‘inni payqaganda darhol uni o‘chirish choralarini ko‘rishga, o‘z kuchi bilan yong‘inni o‘chirish iloji bo‘lmaganda yong‘in muhofazasi organiga, o‘rmon xo‘jaligi va militsiya xodimlariga yoki joylardagi davlat hokimiyati organlariga xabar berishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari yong‘inni o‘chirish rahbari, o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmonni muhofaza qilish xodimlari talabiga ko‘ra joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga muvofiq o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish uchun texnika vositalarini tezda jo‘natishga majburdir.
22. O‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish uchun jalb qilinadigan jismoniy shaxslar tumanlar hokimliklari qarorlariga muvofiq ushbu ishlarni o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmonni muhofaza qilish xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslari rahbarligida bajaradi.
23. Yuqorida sanab o‘tilgan yuridik va jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rmondan foydalanishda va o‘rmonlarda ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarning umumiy talablariga rioya qilishlari kerak.
O‘rmonda yong‘in paydo bo‘lishi bilan darhol ishlarni tashkil etishga va uni o‘chirish choralarini ko‘rishga majburdirlar.
O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
24. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblab chiqarish va yong‘in paydo bo‘lishining turli sabablari va daraxtlar hamda boshqa o‘simliklarning zararlanish darajasiga ko‘ra, daraxtlar qurishi yoki yog‘och nobud bo‘lishiga oid da’vo summalarining hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar har bir uchastka (o‘rmon uchastkasi)da yong‘inni o‘chirishning dastlabki vositalarini saqlashi, zarur bo‘lganda o‘rmonlardagi ayrim yong‘inlarni boshlang‘ich bosqichda o‘chirishni mustaqil ravishda tashkil etishlari kerak.
j) ish kiyimlari va maxsus poyabzal, ichimlik suvi uchun sig‘imi 20 litrgacha bo‘lgan bidonlar yoki kanistralar, suv uchun krujkalar;
Ko‘rsatib o‘tilgan barcha vositalar yong‘in xavfi mavsumi boshlanishidan bir oy oldin o‘rmonlardagi yong‘inlarga qarshi kurash ishlariga to‘liq tayyor holga keltirilgan bo‘lishi kerak.
26. Uchastkalar (o‘rmon xo‘jaligi uchastkalari)da o‘t o‘chirish anjomlari va vositalarini saqlash uchun o‘rmon uchastkasi boshliqlari (o‘rmonchilar)ga biriktirilgan binolar, shuningdek mayda ta’mirlash uchun asbob-uskunalar va anjomlar bo‘lishi kerak.
27. O‘rmon xo‘jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari yong‘in anjomlarining saqlanishi va ularning o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirishda to‘g‘ri ishlatilishi uchun to‘liq javob beradi.
Anjomlar ishdan chiqqanligi yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi, shuningdek o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganligi, ushbu sabablarga ko‘ra o‘rmonlarda yong‘in chiqqanligi uchun o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javob beradilar, yoki o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uchun mulkiy javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Qoidalar “O‘rmon to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va respublikaning boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish mustahkam va yuqori mahsulli, xo‘jalik jihatidan qimmatli daraxtlar o‘stirilishiga qaratilgan muhim o‘rmon xo‘jaligi tadbiri hisoblanadi.
Parvarish qilish uchun kesish turlari | Daraxtlar yoshi (yil) | |||
Igna bargli daraxtlar (qarag‘ay, qoraqarag‘ay | Yaproqli daraxtlar | |||
Pista, yong‘oq, eman | Qayrag‘och, shumtol, zarang, akatsiya, olma, qayin | Terak, tol, bodom, to‘rang‘i | ||
Siyraklashtirish | 20 yoshgacha | 20 yoshgacha | 10 yoshgacha | 5 yoshgacha |
Tozalash | 21 — 40 | 21 — 40 | 11 — 20 | 6 — 10 |
Yaganalash | 41 — 80 | 41 — 80 | 21 — 40 | 11 — 20 |
O‘tish joyi ochish | 81 va undan yuqori | 81 va undan yuqori | 41 va undan yuqori | 21 va undan yuqori |
— o‘rmonning himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena va boshqa foydali xossalarini saqlab qolish va kuchaytirish;
— yog‘ochdan foydalanish hajmini ko‘paytirish va texnik jihatdan yetilgan yog‘och yetishtirish muddatini qisqartirish.
5. Parvarish qilish uchun kesishda asosan o‘rmon xo‘jaligida shakllangan, o‘zida daraxtning quyi va yuqori qismini parvarish qilishni qo‘shib olib boruvchi usul qo‘llaniladi. Tasniflashga muvofiq eng yaxshi va yordamchi foydali daraxtlar yetishtirish uchun qoldiriladi, kesilishi kerak bo‘lganlari olib tashlanadi. Daraxtlarning tarkibiga, holatiga va daraxt turlarining biologik xususiyatlariga qarab ko‘lanka ostidagi kesiladigan daraxtlar kesib tashlanadi.
6. Daraxtlarni siyraklashtirish va o‘tish joylari ochish uchun kesishda daraxtlarni tanlash uchastkaning butun maydonida amalga oshiriladi, texnologiya yo‘laklari va yuklash punktlari bundan mustasno.
7. Yosh daraxtlar o‘sayotgan joylarda daraxtlarni tanlash (siyraklashtirish va tozalash) ham butun maydon bo‘ylab, ham mayda yer uchastkalari (yo‘laklar) bo‘ylab hamda to‘p-to‘p daraxtzorlarda olib boriladi.
Yong‘oq mevali daraxtlarning eng yaxshilari yakka tartibda yetishtirish va qo‘riqlash uchun ajratib olinadi. Uchastkalarning kengligi daraxtlarning balandligi hamda asosiy navlarning yetarlicha miqdorini qoldirish hisobga olingan holda belgilanadi. Bunda o‘rmonni parvarish qilish uchun bir marta kesishda uchastka maydonining kamida 50 foiziga ishlov berilishi kerak.
8. Parvarish qilish uchun kesish eng avvalo yuqori bonitetli daraxtlarga nisbatan belgilanadi. Boniteti V klassli daraxtlarga nisbatan parvarish qilish uchun kesish, qoidaga ko‘ra, belgilanmaydi.
Sof daraxtzorlarda parvarish qilish uchun kesishga tanasi juda cho‘zilib ketgan, shox-shabbalari rivojlanmagan, o‘sishdan kech qolgan, beo‘xshov shakldagi poyalari ko‘p bo‘lgan hamda nuqsonlari bo‘lgan daraxtlardan iborat, sun’iy ravishda barpo etilgan qalin o‘sgan uchastkalar ajratiladi.
9. Aralash daraxtzorlarda parvarish qilish uchun kesish tarkibi qoniqarsiz bo‘lgan o‘rmon uchastkalarida belgilanadi. Bunda nomaqbul navlarni qisman yoki to‘liq kesish hisobiga ularning asosiy daraxtlarga noxush ta’siri bartaraf etiladi va asosiy navlar ustunlik qilgan daraxtzor barpo etiladi.
10. Ko‘lankasi zichligi 0,7 dan past bo‘lgan sof daraxtzorlarda, zichligi 0,6 dan past bo‘lgan aralash daraxtzorlarda siyraklashtirish va o‘tish joylari ochish uchun kesish qoidaga ko‘ra belgilanmaydi. Daraxtlar to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan sof va aralash daraxtlar majmuida, basharti ayrim to‘p-to‘p daraxtlarda (daraxtlar guruhida) asosiy navlarning ikkinchi darajali navlar tomonidan bo‘g‘ib qo‘yilishi xavfi mavjud bo‘lsa, parvarish qilish uchun kesish ularning umumiy zichligi va to‘liqligidan qat’i nazar, belgilanadi.
11. Yangilash uchun kesish istiqbolli yosh daraxtlar soni yetarli bo‘lgan yetilgan va ortiqcha turib qolgan daraxtzorlarda o‘tkaziladi. Yosh daraxtlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi, qurib qolayotgan o‘rtacha yoshli yoki yetilayotgan daraxtzorlarda — vegetativ yosh daraxt olish maqsadida to‘nkaga (o‘rmonzordagi pakana qayrag‘och uchun) daraxt ekish yo‘li bilan yangilanadi.
12. Qaytadan barpo etish uchun kesish bir yoshdagi daraxtlarni har xil yoshli daraxtlarga aylantirish maqsadida o‘tkaziladi.
a) nomaqbul navlar bosib ketgan asosiy navlarning yosh daraxtlari (yong‘oq, pista, archa, Qrim qarag‘ayi va boshqalar);
v) qimmat navli qalin o‘sgan sof yosh daraxtlar (yong‘oq, archa, qarag‘ay va boshqalar), shuningdek urug‘dan va bachkidan o‘sib chiqqan yosh daraxtlar;
g) asosiy navi ikkinchi darajali daraxtlar ostida joylashgan aralash daraxtzorlar kesish uchun belgilanadi.
15. Maydonlar ajratish, yetishtirishga va kesishga daraxtlarni tanlash, ularni tamg‘alash, qayta hisoblash, sinov maydonlari barpo qilish barglar to‘kilgungacha yoz davrida, igna bargli daraxtzorlarda esa yilning boshqa mavsumlarida ham amalga oshiriladi. Daraxt ajratish ishlari kesishdan bir yil oldin o‘tkaziladi.
16. Parvarish qilish uchun bir yilda kesish uchastkalarini tanlash o‘rmon tuzish materiallari bo‘yicha amalga oshiriladi. Uchastkalar o‘rmon uchastkasi mudiri yoki uning yordamchisi tomonidan bevosita o‘rmonning o‘zida ko‘zdan kechirib chiqiladi.
O‘rmon tuzish ma’lumotlari uchastkalarning haqiqiy holatiga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bunday uchastkalar ma’lumotlar farq qilishi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan holda kesishdan chiqarib tashlanadi.
17. Yosh daraxtzorlarda (siyraklashtirish, tozalash) butun uchastkada kesish mo‘ljallangan daraxtlarga belgi qo‘yilmaydi, balki bir xildagi joylarda to‘g‘ri burchak shaklida bir yoki bir necha yoxud uzun sinov maydonlari barpo etiladi, ularda butun uchastkada parvarish qilish uchun kesishda namuna bo‘lib xizmat qiluvchi kesish amalga oshiriladi. Sinov maydonlari kattaligi uchastka maydonining 3-5 foizini tashkil etishi kerak. Butun uchastkada kesilishi kerak bo‘lgan yog‘och zaxirasi sinov uchun kesiladigan yog‘och miqdori bo‘yicha aniqlanadi.
18. Siyraklashtirish, o‘tish joylari ochish, shuningdek tanlab sanitariya kesishlarida, yangilash va qayta barpo etish bilan bog‘liq kesishlarda diametri ko‘krak balandligida 8 santimetr va undan yuqori bo‘lgan kesish belgilangan daraxtlarga uzunasiga chiziq tortiladi va ildizi bo‘g‘zidan tamg‘alanadi. Kesiladigan yog‘och zaxirasi kesish belgilangan daraxtlarni yalpi qayta hisoblash asosida aniqlanadi. Diametri 8 santimetrdan ortiq bo‘lgan kesilishi kerak bo‘lgan daraxtlar zaxirasi maxsus barpo etiladigan sinov maydonlarida joylashtirish o‘lchovlari bilan aniqlanadi.
19. Qayir (to‘qay)lardagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish daraxtlarning himoya va qirg‘oqni mustahkamlash xususiyatlarini oshirish, daraxtlar majmuini sog‘lomlashtirish va ularning mahsuldorligini oshirish uchun amalga oshiriladi.
Kengligi 150 metr bo‘lgan daryo bo‘yidagi qirg‘oqni himoya qiluvchi daraxtzorlar sifatidagi alohida himoya uchastkalarida va kanallar bo‘yidagi, ko‘llar hamda kengligi 250 metr bo‘lgan boshqa suv havzalari atrofidagi to‘rang‘i, jiyda, tol va yulg‘indan iborat tabiiy daraxtzorlarda daraxtlarning (shikastlangan, quriyotgan va zararkunandalar uya qo‘ygan daraxtlar) faqat tanlab sanitariya maqsadida kesilishiga yo‘l qo‘yiladi.
20. Tabiiy tolzorlar, to‘rang‘izorlar, jiydazorlarda parvarish qilish uchun kesish siyraklashtirish va o‘tish joylari ochish maqsadida kesiladi. Yosh daraxtzorlarda parvarish qilish uchun kesish bir martada 40 foizdan ortiq bo‘lmagan daraxt tanasini tanlagan holda 4 — 5 yoshda, siyraklashtirish zaxira bo‘yicha 25 foizini tanlagan holda 10 — 12 yoshda, o‘tish joylari ochish uchun kesish 21 yoshdan katta daraxtzorlarda tanlash zaxira bo‘yicha 10 — 15 foizdan ortiq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Tabiiy tolzorlar, to‘rang‘izorlar, jiydazorlarda himoya xossalarini yo‘qotgan, yetilgan va uzoq turib olgan daraxtlarni yangilash uchun kesish o‘rmonning yangi avlodini barpo etish maqsadida o‘tkaziladi. Etilgan uzoq turib qolgan daraxtlar qolgan to‘nkalarni jonlashtirish va bachki ko‘chatlarni tiklash uchun hamda kesishdan keyin uchastkaning kamida 50 foiz maydoni o‘rmon bilan qoplanadigan qilib 30-50 m kenglikda yalpi tor polosa qilib kesiladi. O‘rmon uchastkasining ikkinchi yarmi birinchi yarmida ishonchli yosh daraxt olingandan va ular siyraklashtirilgandan keyin kesiladi.
Agar yetilayotgan, yetilgan va uzoq turib qolgan daraxtlardan iborat tabiiy qayirlardagi o‘rmonlarda yuqori qismi qurigan, qurigan daraxtlar 50 foizdan ortiq bo‘lsa, yalpi sanitariya kesishi o‘tkaziladi. Kesish yo‘nalishi texnologiya yo‘laklarini har 50 metrdan keyin daryo oqimiga tik joylashtirgan holda daryo oqimiga qarshi belgilanadi.
21. Yong‘oqzorlarni parvarish qilish uchun kesish zichligi (to‘liqligi) 0,6 va undan yuqori bo‘lganda o‘tkaziladi, bunda daraxtlar asosan ikki turga — mevali va keyin kesib tashlanadigan nomaqbul daraxtlarga ajratiladi. Parvarish qilish uchun kesishning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
a) daraxtlarni siyraklashtirish ularning 6 -7 yoshida bir marta o‘tkaziladi. Bunda o‘sishdan qolgan, muzlagan va shikastlangan daraxtlar olib tashlanadi;
b) tozalash meva tugish pallasiga kirgan daraxtlarning 10 — 15 yoshida o‘tkaziladi. Tozalashning asosiy vazifasi xo‘jalik jihatidan qimmatli meva beradigan daraxtlarni tanlash, ularni maydon bo‘ylab bir tekis joylashtirishdan iboratdir, shox-shabbalar zichligi bunda 0,4 dan kam bo‘lmasligi kerak. IV-V bonitetli yong‘oqzorlarda daraxtlar parvarish qilish uchun kesilmaydi;
v) yaganalash meva beruvchi daraxtlarni yakunlovchi shakllantirishda belgilanadi. Parvarish qilish uchun kesishda daraxtlar ikki turga ajratiladi. Bular: asosiy daraxtlar, ular daraxtzorni shakllantirish tugallangandan keyin mevali daraxtlarni tashkil etishi kerak va nomaqbul daraxtlarga aylanuvchi yordamchi daraxtlar, ular keyinchalik parvarish qilish uchun kesishda izchil ravishda olib tashlanadi.
So‘nggi kesishlar 1-guruh balandlikdagi yong‘oqzorlarda 40 yoshgacha, 2-guruhga kiruvchi yong‘oqzorlarda 50 yoshgacha, 3-guruhga kiruvchi yong‘oqzorlarda 60 yoshgacha, 4-guruhga kiruvchi yong‘oqzorlarda 70 yoshgacha tugallanishi kerak. Oxirgi kesishdan keyin daraxtlarning zichligi 0,4 dan past bo‘lmasligi kerak. O‘sish sharoitlariga qarab asosiy daraxtlar 1 gektarda 30 tadan 70 tagacha bo‘lishi kerak. Bunda ularni bir tekis joylashtirish nazarda tutilishi zarur.
22. Ko‘lankasi ostida yong‘oq niholi yoki daraxti bo‘lgan zarang, olma, olcha va boshqa daraxtlar ko‘p bo‘lgan tabiiy daraxtzorlarda qayta barpo etish (tarkibi bo‘yicha) har 5 yilda kesgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda zarang, olma, olcha hamda boshqa yosh nihollarga soya soluvchi daraxtlar kesiladi. Tabiiy ravishda o‘sgan turli yoshdagi yong‘oq daraxtlari, shuningdek uzoq turib qolgan daraxtlar ostida yong‘oq daraxti ekilgan uchastkalarda parvarish qilish uchun kompleks kesish o‘tkaziladi. V klass yoshdagi va undan katta klassdagi daraxtlar yangilash uchun kesiladi. Bunday kesishning vazifasiga yong‘oqning urug‘dan ko‘karishini rivojlantirish, ular bilan daraxtzorning keksa avlodini asta-sekin almashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish kiradi. Yorug‘lik tushadigan oraliqlar ochiladi, meva bermaydigan daraxtlar olib tashlanadi. Daraxtlarning (olma, olcha va boshqalarning) ikkinchi pog‘onasini parvarish qilish qalin o‘sgan guruhlarni kesishdan, mevali daraxtlarni qisilishdan xalos qilish va ularni yoshartirishdan iboratdir. Sanitariya holatiga ko‘ra, shamol, qor sindirgan hamda sinib tushgan daraxtlarni olib tashlash parvarish qilish uchun kesish kompleksiga kiradi.
Parvarish qilish uchun kesish jadalligi daraxtning zichligiga va yosh guruhiga, shuningdek tog‘ yonbag‘irlarining tikligiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Qiyaligi 25 gradusdan ortiq bo‘lgan yonbag‘irda eroziya bilan yuvib ketish xavfi oshadi.
23. Tabiiy pistazorlarda zichlik past bo‘ladi (0,3 — 0,4), shu sababli ular parvarish qilish uchun kesilmaydi. Qurigan, yuqori qismi qurib qolgan, kasal va kasallikka chalingan pista daraxtlari tanlab sanitariya maqsadlarida kesib tashlanadi.
Sun’iy ravishda barpo etilgan qalin pistazorlarda parvarish qilish uchun kesish birinchi klass yosh daraxtlarda ularning zichligi 0,7 ga va undan yuqoriga yetganda yoki ularning yaxshiroq meva berishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1 gektarda 500 — 600 tupdan ortiq daraxtlar bo‘lgan taqdirda belgilanadi.
Parvarish qilish uchun kesishdan keyin pistazorlarda 1 gektarda kamida 150—200 daraxt qolishi kerak. Imkoni boricha plantatsiyalarda erkak va ayol daraxtlar soni 1 : 5 yoki 1 : 7 nisbatga muvofiq bo‘lishi kerak.
To‘nkadan ko‘kargan novdalarni yo‘qotish maqsadida amaldagi tavsiyalarga muvofiq kimyoviy usul qo‘llaniladi.
24. Mevasi shirin va achchiq bo‘lgan qalinlashgan bodomzorlarda parvarish qilish uchun kesish II-III klass yoshda (10 — 15 yosh) ularning zichligi 0,7-0,8 ga yoki undan yuqoriga yetganda yoki 1 gektardagi daraxtlar tupi 600 — 700 dan ortiq bo‘lganda belgilanadi.
Qatorlar oralig‘i 3-4 metr bo‘lgan bodomzorlarda alohida qatorlarni kesilmaydigan qatorlar bilan navbatlashtirgan holda kesish zarur.
15 yoshda oziqlantirish maydoni 22 — 28 kvadrat metrni yoki daraxtlar soni 1 gektarda qariyb 400 tani tashkil etishi kerak.
Oddiy bodom daraxtlarini kesish mevalar yetilganda va ta’miga qarab ularning shirin yoki achchiqligini aniqlash mumkin bo‘lgan yoz paytida (iyun — avgust oylarida) belgilanadi.
25. Turli yoshdagi olma va olcha daraxtlariga nisbatan parvarish qilish uchun kesish shox-shabbaning zichligi 0,7 dan past bo‘lmaganda belgilanadi. Yovvoyi holda o‘suvchi olma va olcha daraxtlarining bunday uchastkalarida qalinlik 0,5 gacha yetkazilgan holda o‘tish joyi barpo qilish uchun kesiladi. Meva berayotgan daraxtlardan eng avvalo shox-shabbasini tiklashga qodir bo‘lmagan quriyotgan, kasal va kasallikka duchor bo‘layotgan daraxtlar kesiladi.
Qiyaligi 20 gradusdan ortiq bo‘lgan uchastkalarda mo‘ljallangan daraxtlar kesilgandan keyin I va II pog‘onadagi daraxtlarning zichligi 0,5 dan past bo‘lmasligi kerak.
26. Ushbu o‘rmonlarda, shu jumladan tik tog‘ yonbag‘irlaridagi uchastkalardagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish tabiiy jarayonlar davomida o‘rmonlarning qiymati yomonlashgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Zarafshon archasi, nimyumaloq va Turkiston archasidan iborat eroziyaga qarshi o‘rmonlar juda siyrakligi tufayli ularni parvarish qilish uchun kesish belgilanmaydi. Faqat tanlab sanitariya kesishlari o‘tkaziladi.
27. Tanlab sanitariya kesishlar daraxtzorlarni qoniqarli sanitariya holatida saqlash uchun amalga oshiriladi. Mustaqil tadbir sifatida ular parvarish qilish uchun kesishning asosiy turlari o‘tkazilish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan paytlarda o‘tkaziladi.
Sanitariya kesishlarida qurigan, quriyotgan, shamolga egiluvchi, qordan sinuvchi, mexanik yoki biologik shikastlangan, zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklariga chalingan daraxtlar olib tashlanadi. Qoniqarsiz sanitariya holatiga ega bo‘lgan va shikastlangan daraxtlarning barchasi, agar ularni olib tashlash zichlikni 0,5 dan kamaytirmasa, kesib tashlanadi.
28. O‘sib chiqish joyi sharoitlariga va kesilgan qoldiqlarni sotish imkoniyatlariga qarab kesilgan joylarni tozalash quyidagicha o‘tkaziladi:
d) yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlagan holda uzun yo‘l, sayhon va yalangliklarga tashish va to‘plab yoqish.
29. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesishga qaramog‘ida davlat o‘rmon fondi bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan ruxsat beriladi.
O‘rmonlarning xususiyatlariga va ularning maqsadli vazifasiga, yog‘och-taxta va biologik massaning muayyan turini tayyorlashning xo‘jalik jihatidan maqsadga muvofiqligiga bog‘liq ravishda tuziladigan sanash vedomosti hamda o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan parvarish qilish uchun kesish texnologiyasi yuzasidan qabul qilingan qoidalar bayon qilinadigan ish hujjatlari daraxtlarni kesishga ruxsat berish uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
O‘rmon xo‘jaligi korxonalari parvarish qilish uchun kesish o‘tkazilishiga ruxsat berilgandan keyin uchastka yoki o‘rmon uchastkasi rahbarlariga kesish joyi, kesiladigan maydon va yog‘och massasi miqdori, yog‘ochni tashib chiqarish va joylashtirish, kesish joylarini tekshirish, kesilgan qoldiqlardan tozalash tartibi ko‘rsatilgan belgilangan namunadagi o‘rmon chiptasini yozib beradi.
Uchastka yoki o‘rmon uchastkasi rahbarlari o‘rmonni parvarish qilish uchun kesishda o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligining, xavfsizlik texnikasining, sanitariya normalarining barcha talablariga rioya qilishlari shart hamda daraxtlarni kesish qoidalari aniq buzilganligi va barcha talablarga rioya etilmaganligi uchun kesishni bevosita amalga oshiruvchi shaxslarni ishdan chetlatish huquqiga ega bo‘ladilar.
Kesish tartibi buzilishiga va o‘rmon chiptasida qayd etilgan boshqa talablar barbod etilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Taqiqlangan o‘rmonlarda, daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari qirg‘oqlaridagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish daraxtlar va butalar navlarini tanlagan holda sog‘lom va mustahkam daraxtlar yetishtirishga qaratilgandir. Har bir kesishda daraxtlar zichligi 0,7-0,8 to‘liqlikdan past bo‘lmasligi kerak. Ushbu joylarda parvarish qilish uchun kesish yuza oqimni tuproqqa o‘tkazish va tuproq eroziyasining oldini olish uchun yuqori qismi zich daraxtzor barpo etishga qaratilgan.
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘ylab ekilgan himoya daraxtlarini parvarish qilish uchun kesish daraxtlarning qorni singdirish, shamolning tezligini pasaytirish va tuproqni mustahkamlash xossalarini oshirishga qaratilgandir. Kesish jadalligi cheklangan va to‘liqligi 0,7 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Shaharlar, aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi yashil zonalarda yuqori rekreatsiyali zo‘riqishga duchor bo‘lgan hamda muhim himoya ahamiyatiga ega bo‘lgan shahar o‘rmonzorlarida, o‘rmon-bog‘larda parvarish qilish uchun kesish muayyan maqsadli yo‘nalishga — o‘rmonlar va daraxtlar sifat tarkibini yaxshilash maqsadiga ega bo‘lgan turli xil landshaftli daraxtzorlar barpo etish uchun yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv obyektlari, tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlarining sanitariya muhofazasi zonalaridagi, 0,5 — 1 km radiusdagi o‘rmon uchastkalaridagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish zichligi 0,5 — 0,7 bo‘lgan ko‘p yillik va mustahkam, yuqori mahsulli daraxtlar yetishtirishga qaratilgan. Parvarish qilish uchun kesish jadalligi hudud joylashgan joy hisobga olingan holda daraxtlarning zichligiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
(30-bandning to‘rtinchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarida, kompleks (landshaft) zakazniklarda, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxona hududlarida, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda va tabiiy yodgorliklarda parvarish qilish uchun kesish amalga oshirilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. tabiiy bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarida (ularning qo‘riqxona hududlaridan tashqari) o‘rmonlarida parvarish qilish uchun kesish yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha bajariladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
1. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish va mol boqish jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda ushbu Qoidalar bilan belgilanadigan tartibda va belgilangan taksalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Qoidalar barcha o‘rmonlarda qo‘llanadi, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga biriktirilgan (idoralarga qarashli) o‘rmonlar bundan mustasno.
3. Ushbu Qoidalar o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun majburiy hisoblanadi. Ushbu Qoidalar o‘rmonlarda pichan o‘ruvchi va mol boquvchi o‘rmonlardan foydalanuvchilarning barcha toifalariga tatbiq etiladi.
4. O‘rmonlarda va daraxtzorlar bilan qoplanmagan davlat o‘rmon fondi yerlarida pichan o‘rish uchun yaroqli bo‘lgan maydonlar, eng avvalo davlat o‘rmon fondi yerlari tarkibiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi yerlari aniqlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan maydonlarni aniqlash o‘rmon tuzish va yer tuzishga oid reja-kartografiya materiallari, shuningdek boshqa reja-kartografiya materiallari asosida amalga oshiriladi.
5. Pichan o‘rish uchun shuningdek, o‘rmonning daraxtlari kesib olingan daraxt ekilmagan uchastkalaridan, yalangliklardan hamda o‘rmonlarning tabiiy ravishda tiklanishi kutilmayotgan, daraxtzorlar bilan qoplanmagan boshqa maydonlardan, ularga o‘rmon daraxtlari o‘tqazilgungacha foydalanish mumkin.
Zarur hollarda pichan o‘rish uchun kam qimmatli daraxtzorlarning ushbu maqsad uchun yaroqli, rekonstruksiya qilishga mo‘ljallanmagan uchastkalaridan foydalanish mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan maydonlar o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tumanlar hokimliklari vakillari ishtirokida, daraxtzorlar barpo etish reja–kartografiya materiallari, shuningdek xatlov, aerotaksatsiya va o‘rmonlarni boshqa tekshirish materiallari asosida belgilanadi va har yili aniqlashtirib boriladi.
6. Mol boqishga barcha o‘rmonlarda va daraxtzorlar bilan qoplanmagan davlat o‘rmon fondi yerlarida ruxsat etiladi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon massivlari, yong‘oq yetishtiriladigan zona o‘rmonlari, kurortlarning sanitariya muhofazasi okruglari, eroziyaga qarshi o‘rmonlar bundan mustasno.
a) o‘rmon daraxtlarining bo‘yi ularning yuqori qismini mollar shikastlay olmaydigan balandlikka yetmagan maydonlarda, urug‘lik daraxtli, tol, terak va yong‘oqmevali daraxtzorlarda, shuningdek tabiiy ravishda o‘rmonlar tiklanishiga ko‘maklashish tadbirlari amalga oshirilayotgan uchastkalarda;
b) yosh daraxtlarning yuqori qismini mol shikastlay olmaydigan balandlikka yetgunigacha jadal o‘sayotgan tabiiy yosh daraxtzorlarda;
v) daraxtlari kesilgan hamda igna bargli va qattiq bargli daraxtzorlar tabiiy ravishda tiklanishi mo‘ljallangan, daraxtzorlar bilan qoplanmagan boshqa maydonlarda;
8. O‘rmonlarning alohida muhofaza qilinadigan uchastkalarida cho‘ponsiz mol boqish har bir muayyan holatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qaroriga ko‘ra taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Mollarni cho‘ponsiz boqishga atrofi o‘ralgan uchastkalarda yoki mol bog‘lab qo‘yilgan holatda ruxsat etiladi.
10. Echkilarni o‘rmonlarda boqish taqiqlanadi. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol egalari tomonidan atrofi oldindan o‘rab qo‘yilgan alohida ajratilgan uchastkalarda echkilar boqishga istisno tariqasida ruxsat berishlari mumkin.
11. Mol egalari zarur hollarda o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ko‘rsatmasiga binoan o‘rmon o‘simliklarini, ko‘chatzorlarini va o‘rmonning boshqa qimmatli uchastkalarini muhofaza qilish maqsadida mollar haydab o‘tiladigan maydonlar va yaylovlar atrofini o‘rashga majburdirlar.
Maydonlar atrofini o‘rash uchun yog‘och yaylovlardan foydalanuvchilarga o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan belgilangan taksa bo‘yicha sotiladi.
12. Mollarni o‘tlatish muddatlari va normalari tegishli o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
13. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar belgilangan tartibda o‘rmonlardagi va davlat o‘rmon fondi yerlaridagi pichan o‘rishga va mol boqishga yaroqli maydonlardan:
o‘rmon muhofazasi xodimlariga va yer uchastkasi olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa toifadagi xodimlarga pichan o‘rish uchun xizmat bilan bog‘liq yer uchastkalari, shuningdek moli bor mazkur xodimlarga mol boqish uchun uchastkalar;
o‘rmon xo‘jaligining moli bor bo‘lgan, lekin xizmat bilan bog‘liq yer uchastkasi olish huquqidan foydalanmayotgan xodimlariga pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalar;
o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining jamoa chorvachiligini yem-xashak bilan ta’minlash uchun, shuningdek pichan xarid qilish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun uchastkalar ajratadilar.
14. Pichan o‘rish va mol boqish uchun yaroqli bo‘lgan qolgan maydonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bu maydonlarni foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlash uchun (vaqtinchalik uzoq muddat foydalanish uchun ajratilgan uchastkalarni chegirgan holda) pichan o‘rish yoki mol boqish boshlanishidan kechi bilan ikki oy oldin tumanlar hokimliklariga taqdim etiladi.
O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida topshirilishi, to‘liqligi va aniqligi uchun shaxsan javob beradilar.
15. Tumanlar hokimliklari pichan o‘rish yoki mol boqish boshlanishidan kechi bilan bir oy oldin fuqarolarga, o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga pichan o‘riladigan uchastkalar va yaylovlarning taqsimlanishi haqida xabar qiladilar.
O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tumanlar hokimliklari qarorlari asosida o‘rmon chiptalari berilishini ta’minlaydilar va uchastkalarni pichan o‘rish va mol boqish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lov asosida natura holida beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalardan foydalanish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi o‘rmon chiptalari o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan barcha foydalanuvchilarga, shu jumladan pichan o‘rish uchun xizmat bilan bog‘liq yer uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ham beriladi. O‘rmon chiptasida foydalanish muddati, maydoni va joyi (o‘rmon uchastkasi, dala hovli, mavze, tabiiy chegara), shuningdek foydalanuvchining majburiyatlari ko‘rsatiladi.
17. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar o‘rtasidagi pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalardan foydalanishga doir nizolar ariza berilgan kundan boshlab 10 kun muddatda tumanlar hokimliklari tomonidan yoki sud tartibida hal qilinadi.
Tumanlar hokimliklarining pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalarni taqsimlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha qarorlari yuzasidan sud tartibida shikoyat berilishi mumkin.
18. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan ularga berilgan uchastkalardan oqilona foydalanilishi hamda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirishga majburdirlar.
19. Berilgan uchastkalarda pichan o‘rish va mol boqish o‘rmon chiptalarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. O‘rmon chiptalarida ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanilmagan uchastkalar ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda boshqa foydalanuvchilarga beriladi.
20. Pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalar (ushbu Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga vaqtinchalik qisqa muddat foydalanishga 3 yilgacha muddatga, vaqtinchalik uzoq muddat foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lganda esa 3 yildan 10 yilgacha muddatga beriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan uchastkalar vaqtinchalik uzoq muddat foydalanishga berilganda foydalanuvchilar zimmasiga pichanzorlar va yaylovlar sifatini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshirish majburiyati yuklanishi mumkin.
21. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan ushbu Qoidalar bir necha marta buzilgan taqdirda ularga pichan o‘rish va mol boqish uchun berilgan uchastkalardan foydalanish huquqi tuman hokimligi qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin.
22. O‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlik yoki mol boqqanlik, pichanzorlar va yaylovlarni payxon qilganlik, daraxtlar, butalar va o‘simliklarni nobud qilganlik yoki ularga zarar yetkazganlik uchun, shuningdek o‘rmon qoidalarini boshqacha buzishlar uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.