2017-yil 29-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-454-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-sonli Farmoni 1-bandining oltinchi xatboshidagi ikkinchi gap chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi UP-3594-sonli Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmonida:
a) 2-bandidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-bandining birinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-sonli Farmoni 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-sonli Farmonida:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va uning tumanlarida tartib o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning ba’zi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar to‘liq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahrining shahar budjeti va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi;
yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz iste’moli uchun soliq to‘liq hajmda Toshkent shahri budjetiga yo‘naltiriladi;
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi hamda jismoniy shaxslarning daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi normativlarga muvofiq taqsimlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti o‘rtasida, shahar budjeti qismida, o‘tkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortig‘i bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi;
halq ta’limi muassasalari, poliklinikalar, yotish o‘rniga ega bo‘lmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga bo‘lgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi;
shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga o‘tkaziladi;
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum ta’lim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi;
alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yo‘lkirasi bilan bog‘liq yo‘lovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning ta’minoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi;
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori 2-ilovasining 27-pozitsiyasidagi “Taqdim etilayotgan ma’lumotlar nomlanishi” grafasida “inventarizatsiya qiymati to‘g‘risida” so‘zlari “kadastr qiymati to‘g‘risida” so‘zlariga almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-sonli qarorining 4-bandidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qarori 19-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-sonli qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “3 yil muddatga” so‘zlari “2018-yil 1-aprelgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorida:
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2980-sonli qarori 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-sonli qarorida:
a) 1-bandidagi “Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
zarur hollarda mahalliy budjetlar parametrlariga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning tegishli Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritish”;
uchinchi xatboshidagi “tumanlar budjetlarida” so‘zlari “tegishli budjetlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Toshkent shahar va tumanlar budjetlarining” so‘zlari “tegishli budjetlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash ““Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3184-sonli qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “Bastakorlar uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-sonli qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparatiga 2 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin”.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli qarorida:
“o‘ninchi, tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarining binolari va korpuslarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
o‘n birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasiga mablag‘lar ajratish yo‘li orqali stipendiantlarni xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish, stajirovka o‘tashi va o‘qitishni tashkillashtirishni moliyalashtirish”;
b) 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar Akademiyasi tasarrufida oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili hududlar kesimida ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “ta’lim va tibbiyot” so‘zlari “ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha qonunchilikka muvofiq belgilangan tashkilotlarga”.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatining Namangan shahri va Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3273-sonli qarori 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni ilovasining 10-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-sentabrdagi PF-3658-sonli Farmonining 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni 1-ilovasining 3-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli Farmoni 1-ilovasining 1-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 10-noyabrdagi PF-5231-sonli Farmoni ilovasining 2-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori 31-ilovasining 13-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori 36-ilovasining 21-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3303-sonli qarori 1-ilovasining uchinchi xatboshi hamda unga 2-ilovasi.