O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
buyrug‘i
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining (O‘zR AQ-61) 16-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1349-10]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (O‘ZR AQ-61) tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 172-tuzatish) talablarini O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 212-modda) 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. 65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda o‘z vazifalarini bajarishga qo‘yilmaydilar.
Ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat bo‘lgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga to‘lgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda o‘z vazifalarini bajarishga qo‘yilmaydilar.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Boshliq T. O‘LJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-mart,
113-N-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1349-10/0949-son)