Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 9-martdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018-yil 1-martdagi 32-12/554-son va Moliya vazirligining 2018-yil 14-fevraldagi AX/03-02-32-28/38-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (ro‘yxat raqami 1442, 2005-yil 14-yanvar), shuningdek unga o‘zgartirishlarni (ro‘yxat raqami 1442-1, 2016-yil 20-iyun), (ro‘yxat raqami 1442-2, 2017-yil 4-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2004-yil 10-dekabrdagi 60-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1442, 2005-yil 14-yanvar);
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2016-yil 10-iyundagi 37-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1442-1, 2016-yil 20-iyun);
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2017-yil 24-noyabrdagi 415, 162-son “Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1442-2, 2017-yil 4-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.