O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XO‘JALIK SUDLARINING QARORLARI IJROSINI TA’MINLAShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xo‘jalik sudlarining qarorlari tegishlicha ijro etilishi uchun davlat idoralarining, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 129-modda)
5. Oliy xo‘jalik sudiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birga bir hafta muddatda ushbu Farmonning talablariga muvofiq xo‘jalik sudlarining qarorlarini ijro etish Tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi bilan birgalikda uch oy muddatda sud qarorlarini ijro etish hamda sud ijrochisining maqomi to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalarini tayyorlasin.
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oliy xo‘jalik sudining Raisi M. E. Abdusalomov va Bosh prokuror B. M. Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 5-fevral,
PF-1704-son