Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I. Sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiyasi),

tayyorlash va mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish

1.

Musobaqalarni o‘tkazishning quyidagi to‘rt bosqichli tizimi asosida olimpiya sport turlari bo‘yicha chempionatlarni tashkillashtirish:

I bosqich — sport maktabi chempionati (sport maktabi sportchilari orasida);

II bosqich — tuman (sh�har) chempionati (tumandagi har bir sport maktabi chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida);

III bosqich — viloyat chempionati (tuman (shahar) chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida);

IV bosqich — respublika chempionati (viloyat chempionatlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida).

doimiy

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

2.

2018 — 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va kiritish.

2018-yil
30-martgacha

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

3.

Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport maktablari ishini tashkil etishning amaldagi tizimini tanqidiy o‘rganish va uning yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini kiritish.

2018-yil
10-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

4.

O‘quv-mashg‘ulot jarayoni hamda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish davomida sportchilarni tibbiy jihatdan ta’minlash va kuzatib borishni tashkillashtirish tartibini, shuningdek, sport tibbiy muassasalari tarmog‘ini yaratish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil
2
0-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish (tiklash), shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda hammabop sport seksiyalari va to‘garaklarini tashkil etish.

2018-yil
20-aprel
gacha

Ijrochilarning mablag‘lari

Mudofaa vazirligi ,Milliy gvardiya, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

6.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sport kadrlarini tayyorlashning o‘quv-mashq jarayonida ilmiy-metodik texnologiyalarni takomillashtirish maqsadida mutaxassislar guruhlari (sport bo‘yicha olimlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar)ning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini uyushtirish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Sog‘liqni saqlash vazirligi,MOQ, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

7.

Respublikaning butun hududida sport tayyorgarligini tashkil etishning yagona talablari o‘rnatilishini ta’minlaydigan olimpiya sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligining yagona standartlarini ishlab chiqish va sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish.

2018-yil
2
0-maygacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,MOQ, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

8.

Olimpiya sport turlarini, jumladan respublikaning ta’lim muassasalarida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha klublar, to‘garaklar va seksiyalarni tashkil etish.

2018-2020-yillar

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

9.

Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) hamda sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

10.

Joylarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini jalb etgan holda ayniqsa qishloq yoshlari, qizlar va ayollar o‘rtasida olimpiya sport turlarini ommalashtirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish.

Kalendar reja asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, “Mahalla” Jamg‘armasi, MTRK, O‘zMAA, O‘zA, EOAVMA,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

11.

Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) maqsadida paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tizimli asosda tashkillashtirish orqali parolimpiya sporti zaxirasi tarkibini mustahkamlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va hayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

12.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha idoralararo memorandumlar tuzish hamda BMT tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida sport tadbirlarini tashkil etish.

Kalendar reja asosida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ

II. Sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sport infratuzilmasini takomillashtirish

13.

Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar (Adidas, Reebok, Nike, Li-Ning, Eleiko, Janssen Fritsen, Gymnova va boshqalarni) jalb etgan holda sport kiyim-kechaklari, anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ixtisoslashayotgan “Sport” EIZ faoliyatini tashkil etish.

2018-yil
30-iyungacha

Budjet va investorlarning mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ,Tashqi ishlar vazirligi,Tashqi savdo vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

14.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida yengil konstruksiyalardan tayyorlanadigan muz qoplamli sport saroylarini bosqichma-bosqich qurish va foydalanishga topshirishni tashkillashtirish:

birinchi bosqich - 2018-2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida;

ikkinchi bosqich - 2020-2021 yillarda Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatlarida.

2018-2021 yillar mobaynida

Investorlar va xayriya mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlari hokimliklari, MOQ, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar

15.

Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Toshkent shahar Chilonzor tumanining “Beshyog‘och” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Bo‘zsuv”, kanalida slalomda o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish.

2018-yil
30-martgacha

Ijrochilar vaxayriya mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi,O‘zbekenergo” AJ, O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi

16.

Sport yakka kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktabi va dyuzdo bo‘yicha R.Sobirov nomli sport klubi sportchilarini joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Dinamo” JTSJ hududida 120 o‘rinli mehmonxona qurilishi.

2018-2019-yillar

Ijrochilarning mablag‘lari

Milliy gvardiya

17.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chimgan” qishlog‘ida joylashgan “Paxtakor” Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasini qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport maktabi balansiga topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.

2019-yil
30-sentabrgacha

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Moliya vazirligi

18.

Toshkent shahrining suv sporti turlarini rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markaz hududida suvga sakrash va suv polosi bilan shug‘ullanish uchun basseynlar, sportchilar hamda boshqa mutaxassislar uchun 50 o‘rinli mehmonxona qurish.

2019-2020-yillar mobaynida

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Moliya vazirligi

19.

O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi akademiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahrida binoni beg‘araz asosda ajratib berish.

2018 yil
30-sentabrgacha

Xorijiy investorlar va xayriya mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi,O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

20.

Toshkent shahrida, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida Qilichbozlik federatsiyasining bo‘linmalari uchun inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish.

2018-2019-yillar mobaynida

Xorijiy investorlar va xayriya mablag‘lari

Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

21.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qishlog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishi.

2019-2020-yillar mobaynida

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, xayriya mablag‘lari,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari,MOQ, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi

22.

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida gandbol bo‘yicha sport zali qurilishi.

2019 yil
30 maygacha

“Ipoteka bank” ATIB

“Ipoteka bank” ATIB,Toshkent shahar hokimligi,O‘zbekiston Gandbol federatsiyasi

23.

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida o‘q-yoy otish bilan shug‘ullanish uchun yengil konstruksiyalardan qurilma, shuningdek, og‘ir atletika bo‘yicha sport zali qurilishi.

2019 yil
30-iyungacha

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, xayriya mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Toshkent shahar hokimligi,O‘zbekiston o‘q-yoy otish federatsiyasi

24.

Farg‘ona viloyatining Qirguli shahridagi “Kimyochilar” stadioni hududida o‘q-yoy otish bazasini tashkil etish.

2018-yil
30-iyungacha

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston o‘q-yoy otish federatsiyasi

25.

Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” sport kompleksini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Jismoniy tarbiya-sport jamiyatiga hamda Toshkent shahridagi kollejlardan birining bo‘shayotgan binolari va inshootlarini Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari markazini tashkil etish uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga beg‘araz asosda topshirish.

2018-yil
30-martgacha

Ijrochilarning mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi,O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Toshkent shahar hokimligi

26.

Respublika hududlarida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari bo‘yicha sport mahorati maktablarini tashkil etish uchun binolar ajratish.

2018-yil
30-martgacha

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari – binolarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarga

Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

27.

Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zolari uchun baza yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qo‘rg‘onida joylashgan sobiq pionyerlar uyini O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasiga beg‘araz asosda topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va jihozlash.

2018-yil 30sentyabrgacha

O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi va xayriya mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi

28.

O‘zbekiston Suzish federatsiyasiga tutash bo‘sh yotgan yer uchastkasini beg‘araz asosda ajratib berish, shuningdek, bu yerda 70 o‘rinli mehmonxona qurish.

2018-yil
30-oktabrgacha

NKMK mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi,NKMK, O‘zbekiston Suzish federatsiyasi

29.

Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida respublikaning har bir tumani va shahrida basketbol maydonchalari qurish uchun yer maydoni ajratib berish.

2018-2020-yillar

Investorlar va xayriyajamg‘armalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi

30.

Olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnika bazasi va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Kamalak” sport-sog‘lomlashtirish sihatgohini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.

2019-2020-yillar

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va xayriya mablag‘lari

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Jizzax viloyati hokimligi

31.

Respublikadagi barcha mavjud sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. Sport inshootlarining tegishli pasportlariga ega bo‘lmagan barcha sport obyektlari, shu jumladan ta’lim muassasalaridan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash.

2018 — 2020-yillar mobaynida

Ijrochilarning mablag‘lari

Qor�qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

32.

Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018-yilgi XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarida milliy terma jamoamiz ishtiroki yakunlarini har tomonlama va tanqidiy tahlil qilishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-yil
1-iyungacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, vazirliklar va idoralar

33.

2018-yil Buenos-Ayres shahri (Argentina)da o‘tkaziladigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan litsenziyali musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlanishini ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

34.

2018-yilda Pekin shahri (Xitoy)da VI Osiyo Plyaj o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

35.

2019 yilda Neapol shahri (Italiya)da o‘tkaziladigan XXX Butunjahon talabalar o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

36.

2020 yilda Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

37.

2020 yilda Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

38.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionatlarini, shuningdek, boshqa sport tadbirlarini yuksak darajada tashkillashtirish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

39.

Sport maktablarining o‘quvchilari — 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va o‘quv-mashq yig‘inlarining uzluksizligini ta’minlash orqali ularning sport mahorati va malakasi oshirilishini ta’minlash.

2018 — 2021-yillar

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

40.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘-chang‘i trassalarida tog‘-chang‘i sporti va snoubord bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlarini, xalqaro sport musobaqalarini, o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,Toshkent viloyati hokimli�i, MOQ

41.

O‘zbekiston sport terma jamoasining qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

Kalendar reja asosida

Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

III. Terma jamoalarning a’zolarini tibbiy-biologik,farmakologik va sport-psixologik jihatdan ta’minlash hamda imtiyozli chuqur tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish, ularning ruhiy bardoshliligini oshirish

42.

Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida asosiy tarkibdagi sportchilarni – Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari�a ishtirok etishga nomzodlarni yiliga kamida ikki marta beg‘araz asosda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, zarur bo‘lganda esa ularni davolash.

doimiy

Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazining mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi,Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

43.

Mamlakat terma jamoalari a’zolarining musobaqalarda va o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashishlari vaqtida ularni tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borishni takomillashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,sport turlari bo‘yicha federatsiya�ar (assotsiatsiyalar)

44.

Sportda dopinglar va taqiqlangan preparatlar hamda usullardan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar turkumini tashkil etish, o‘quv-metodik qo‘llanma va dasturlar ishlab chiqish, ular bilan sport muassasalarini ta’minlash.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

45.

Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari jarayonida sportchilarning psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini muttasil o‘rganish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

46.

Sport farmakologiyasi, sportchilarni farmokologik jihatdan korreksiya qilish va jismoniy holatini tiklash, chidamliligini oshirish bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar ishlab chiqish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

47.

Sportchilarning normalangan ratsional ovqatlanishi tizimini takomillashtirish, sportchilarning jismoniy holati va salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi mahalliy mahsulotlardan tuzilgan taomnoma va ovqatlanish rejimini nazarda tutgan holda sportchilarning me’yorlangan ratsional ovqatlanishi bo‘yicha sport turlari federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

IV. Aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish

48.

Mamlakat sporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni yoritish borasidagi faoliyat samaradorligini yaxshilash, ularning mazmunini boyitish, shuningdek, mamlakatda va chet ellarda o‘tkaziladigan sport sohasidagi muhim tadbirlarni yoritish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Sport” gazetasi tahririyati Davlat korxonasini qayta tashkil etish orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport” Media-markazini tashkil qilish.

2018-yil
30 sentyabrgacha

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

49.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari Kalendar rejasida belgilab qo‘yilgan olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy va xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylardan ommaviy axborot vositalarida ularni keng yoritish va translatsiyalarni tashkillashtirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

50.

2018 yilda o‘tkaziladigan Pxyonchxan shahri (Koreya Respublikasi)dagi XXII qishki Olimpiya o‘yinlarini, Buenos-Ayres shahri (Argentina)dagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarini, Palembang shahri (Indoneziya)dagi Yozgi Osiyo o‘yinlarini respublikaning televizion kanallari orqali keng yoritishni tashkillashtirish.

musobaqalar o‘tkaziladigan davrda

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ

51.

Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning jismoniy tarbiya-sport musobaqalari to‘g‘risidagi axborotni beg‘araz asosda ommaviy axborot vositalariga joylashtir?sh.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

52.

Olimpiya sport turlarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha videoroliklar va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, materiallarni e’lon qilishni tashkillashtirish.

Kalendar reja asosida

Ijrochilar va xayriya mablag‘lari

MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

53.

Sog‘lom avlodni tarbiyalashga, sog‘lom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan O‘zbekistonda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targ‘ib etishga, milliy qahramonlar – Olimpiya o‘yinlari chempionlari to‘g‘risidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

Ijrochilar va xayriya mab�ag‘lari

MTRK, Tashqi ishlar vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi