Ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar, notinch oilalar bolalari yoki ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi bolalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligini jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslari va negizini mustahkamlashning majburiy sharti sifatida jamoatchilik ongiga singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 15 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
Belgilab qo‘yilsinki, Markaz direktori O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida unga hisobot beradi.
Markaz direktoriga, zarurat bo‘lganda, Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni bo‘lgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali og‘ir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari) ijtimoiy moslashuvi muammolarini o‘rganish, ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek bolalar o‘rtasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlar paydo bo‘lishiga olib keladigan omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning alohida nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasida Vatan tajribasini, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirish, bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning amaliy faoliyatida ulardan foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini o‘rganish, zamonaviy talablarni va standartlarni hisobga olgan holda tizimning samaradorligini oshirishga doir kompleks dasturlar ishlab chiqish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bo‘yicha o‘quv-metodik va ma’lumotnoma qo‘llanmalarning holati va sifatini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
bolalarning maqsadli guruhlariga, jumladan e’lon qilingan Mehr va muruvvat yili doirasida mo‘ljallangan tadbirlarga tegishli davlat dasturlari va jamoat loyihalari bajarilishi monitoringini olib borish, ularni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini o‘rganish ishlarini, ushbu sohada ma’rifiy va tashkiliy-targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot-tahliliy materiallarni, statistika materiallarini va boshqa materiallarni olishda Markazga ko‘maklashsinlar;
jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlovchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning Markaz bilan yaqindan o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalarining materiallari bir nusxadan majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining statistika axborotnomalari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shog‘ulomov), “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi (B.Sh. Alimov) Markazning kutubxona fondini to‘ldirish uchun davriy matbuot nashrlari va kitob mahsulotlari (maxsus tibbiy, tarbiyaviy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar) bir nusxadan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga tekin berilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) joriy 2004-yilda, shuningdek keyingi yillarda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini tashkil etish va uning joriy ta’minoti uchun asoslangan buyurtmanomalarga ko‘ra O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga mablag‘ ajratsin.
8. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Yagona tarif setkasi bo‘yicha Markaz xodimlarining lavozim maoshlari sxemasini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Toshkent shahar hokimligi (R.M. Shoabdurahmonov) bir oy muddatda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga bino ajratsin, uning faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasin, zarurat bo‘lganda, berilgan binolarni ta’mirlasin, telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.
1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni bo‘lgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali og‘ir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), shuningdek ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli boshqa guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari) ijtimoiy moslashtirish muammolarini ishlab chiquvchi mustaqil tashkilot hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
3. Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga hamda o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmat belgilari va rekvizitlarga ega bo‘ladi.
7. Markaz qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga muvofiq tashkil etiladigan bo‘limlar va filiallarga ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Nogiron bolalarni, jismoniy nuqsoni bo‘lgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali og‘ir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar, shuningdek yetimlar, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan, notinch oilalar bolalari muammolarini ishlab chiqish va ular to‘laqonli ijtimoiy-tibbiy moslashtirilishini ta’minlashga ko‘maklashish Markaz faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar (nogironlar, jismoniy nuqsoni bo‘lgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali og‘ir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar) hamda ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarning (yetimlar, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalarning bolalari) ijtimoiy moslashuvi muammolarini o‘rganish, ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek bolalar o‘rtasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlar paydo bo‘lishiga olib keladigan omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning alohida nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy moslashtirish sohasida Vatan tajribasini, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish va umumlashtirish, bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasalari va nodavlat muassasalarning amaliy faoliyatida ulardan foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini o‘rganish, zamonaviy talablarni va standartlarni hisobga olgan holda tizimning samaradorligini oshirishga doir kompleks dasturlar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari bo‘yicha o‘quv-metodik va ma’lumotnoma qo‘llanmalarning holati va sifatini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
bolalarning maqsadli guruhlariga tegishli davlat dasturlari va jamoat loyihalari bajarilishi monitoringini olib borish, ularni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar, sog‘liqni saqlash muassasalari mutaxassislarini, nodavlat tashkilotlar vakillarini, shuningdek xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlaridan Markazga yuklangan vazifalar doirasida zarur axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
asab va ruhiyati buzilgan, jismoniy nuqsoni bo‘lgan, nogiron va surunkali og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning, shuningdek yetim bolalar, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini o‘rganish sohasidagi tadqiqotlar dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun davlat budjetidan mablag‘lar olish;
(10-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
xalqaro hamkorlik dasturlarida qatnashish, xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, markazlar, o‘quv yurtlari bilan birgalikda xayriya tadbirlari o‘tkazish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
shartnoma asosida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-amaliy ishlarni va ishlanmalarni amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy moslashtirish sohasida maslahatlar berish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, bolalarni ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya qilish va moslashtirish muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy sharhlar, ma’ruzalar va axborotnomalar chiqarish;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda mamlakat mintaqalarida filiallar va bo‘limlar tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turlari Markaz tomonidan tegishli organlardan litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Markaz O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga har yili bolalarni ijtimoiy-psixologik moslashtirish masalalari bo‘yicha o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolarini tadqiq etish loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish muammolarini o‘rganish loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar (notinch oilalar, bolalar jinoyatchiligi) bilan ijtimoiy-tarbiyaviy ishlar olib borish muammolari loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz oldida turgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida bolalarni ijtimoiy moslashtirish muammolari bo‘yicha belgilangan tartibda boshqa loyihalar ham tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Bolalarning maqsadli guruhlarini ijtimoiy moslashtirishning eng dolzarb muammolarini ishlab chiqish, ularni hal qilish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun Markazda shartnoma asosida boshqa muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda vaqtinchalik ishchi guruhlar va loyihalar tuzilishi mumkin.
14. Markaz faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni samarali hal etish uchun Markazning yetakchi mutaxassislari, vazirliklar va idoralar, davlat muassasalari va nodavlat tashkilotlar ekspertlaridan iborat tarkibda direktor boshchiligida Ilmiy-metodik maslahat kengashi tashkil etiladi, Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida hamda Kengash to‘g‘risidagi tegishli nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ilmiy-metodik kengash to‘g‘risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Markazga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchilik qiladi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida unga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Markaz nomidan vakillik qiladi;
belgilangan tartibda xodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash miqdorlari va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdorlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda Markaz faoliyatining yillik ish rejalarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
har bir yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga Markaz faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
17. Markaz direktori, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar) hamda aylanma mablag‘lar, shuningdek qiymati Markazning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar Markazning mol-mulkini tashkil qiladi.
20. Shartnoma asosida bajarilgan ishlar uchun Markaz tomonidan olingan daromad soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin mazkur Ustavda belgilangan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi.
21. Markaz o‘z faoliyati natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini, statistika hisobotini yuritadi, hisobot ma’lumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini ta’minlaydi.
22. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.