O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
SSSR DAVLAT BANKINING 1961 YIL NAMUNASIDAGI 50 VA 100 SO‘MLIK PULLARNI ALMAShTIRISh MUDDATINI UZAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Fuqarolarning SSSR Vazirlar Kabinetining 1991-yil 22-yanvarida qabul qilingan qarorining amal qilish muddatini uzaytirish masalalari yuzasidan ko‘p sonli murojaatlarini inobatga olib, mintaqa va respublikadagi pul muomalasining o‘ziga xos jihatlarini nazarda tutib, Ittifoq organlari bilan kelishgan holda SSSR Davlat bankining 1961-yil namunasidagi 50 va 100 so‘mlik pullarni almashtirish quyidagi muhlatgacha cho‘zilsin:
— barcha davlat, kooperativ, jamoat korxonalari va tashkilotlari uchun 1991-yil 24-yanvar soat 13.00 ga qadar;
— fuqarolar uchun 1-fevralga qadar;
— shunga muvofiq komissiyalarning ishlash muddati 1991-yil 10-fevraliga qadar uzaytirilsin.
2. Farmonning bajarilishini nazorat qilish respublika komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 23-yanvar,
PF-137-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 3-son, 40-modda)