Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. FKning 914-moddasiga muvofiq sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxsning (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
FKning 927-moddasi sug‘urta shartnomasining shakliga nisbatan talabni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga asosan bunday shartnoma yozma shaklda tuzilishi shart.
3. Sug‘urta puli miqdori FK 929-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sug‘urta shartnomasining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Sug‘urta puli taraflarning sug‘urta shartnomasidagi kelishuviga asosan aniqlanadi va FK 934-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urtalashda ushbu miqdor, agar sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning asl narxidan (sug‘urta narxidan) oshib ketmasligi lozim.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FK 938-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta puli sug‘urta qiymatidan ortiq bo‘lsa, shartnoma sug‘urta qiymatidan ortiq bo‘lgan sug‘urta puli qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy emas hisoblanadi. Bunday holatda sug‘urta mukofotining ortiqcha to‘langan qismi qaytarib berilmaydi.
4. FK 931-moddasining birinchi qismiga muvofiq sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi bunday shartnomani tuzish vaqtida o‘ziga ma’lum bo‘lgan sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug‘urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni sug‘urtalovchiga xabar qilishi shart.
5. FKning 932-moddasiga asosan mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga, shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotganida esa sug‘urta qilinayotgan shaxs sog‘lig‘ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
FK 935-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, mol-mulkning shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta qiymati miqdori haqida taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lsa, uning ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas.
7. FKning 947-moddasiga ko‘ra, sug‘urta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki birinchi badal to‘langan paytdan kuchga kiradi va uning shartlari, agar shartnomada sug‘urta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sug‘urta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.
8. FK 942-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, agar sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomada navbatdagi sug‘urta badallarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik oqibatlari ko‘rsatib qo‘yilishi mumkin.
9. FKning 917-moddasiga ko‘ra, mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo‘lgan shaxs (sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Agar FK 917-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan sug‘urta qildiruvchida (naf oluvchida) manfaat bo‘lmaganligi sababli mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida arz qilinganda, foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzilgan shaxs manfaatdor bo‘lmaganligini isbotlash majburiyati sug‘urtalovchi zimmasiga yuklatiladi.
10. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasini tuzishda, garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mulkning qiymatidan o‘z manfaatlari qanoatlantirilishi munosabati bilan garovga oluvchi FKning 917-moddasiga muvofiq o‘zi uchun mol-mulkni saqlanishidan va uni saqlanishini ta’minlanishida manfaatdor bo‘lishi lozim. Bunday holatda garovga oluvchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha naf oluvchi hisoblanadi.
12. FKning 951-moddasida sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida mulkiy sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat va usulda sug‘urtalovchini xabardor qilish majburiyati belgilangan.
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FKning 955-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug‘urta tovonini yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lashni rad etishi mumkin.
15.1. FK 955-moddasining uchinchi qismida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etganligi yuzasidan sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning unga (sug‘urtalovchiga) nisbatan sudga da’vo berish orqali nizolashish huquqi belgilangan.
16. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, FK 943-moddasining birinchi qismida sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan holatlar qayd etib o‘tilgan va ushbu ro‘yxat tugal hisoblanmaydi, chunki sug‘urta shartnomasi (yoki uning qismi) FK va boshqa qonunlarda ko‘rsatilgan boshqa hollarda ham haqiqiy bo‘lmasligi mumkin.
Xususan, FKning 916, 917, 920 va 957-moddalari, shuningdek boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda ham sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Xususan, FK 921-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
FK 931-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, agar sug‘urta shartnomasi tuzilganidan keyin, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga bila turib yolg‘on ma’lumot berganligi aniqlansa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va ushbu Kodeks 123-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qo‘llanilishini talab qilishga haqli, sug‘urta qildiruvchi aytib qo‘ymagan holatlar o‘tib ketgan hollar bundan mustasno.
FK 938-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan, agar sug‘urta shartnomasidagi sug‘urta pulini oshirib yuborish sug‘urta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati bo‘lsa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va o‘ziga yetkazilgan zarar uning sug‘urta qildiruvchidan olgan sug‘urta puli summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli.
18. FKning 957-moddasiga muvofiq, agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Biroq, shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno qiladigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Mazkur Tartibning 3-bandiga muvofiq tijorat tavakkalchiliklari (eksport shartnomalarining sug‘urtasi doirasida) - xorijiy hamkorning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda uning isbot qilingan to‘lovga qodir emasligi yoki bankrotligi bilan va kontrakt bo‘yicha uning tomonidan qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar bajarilishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi.
21. FKning 959-moddasiga asosan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi