O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 39-modda) qarorida:
2. Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda):
9-bandning “a” kichik bandidagi “vakolatli bankning” so‘zlari “tijorat bankining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “vakolatli banklarning” so‘zlari “tijorat banklarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “vakolatli banklar” so‘zlari “tijorat banklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “vakolatli banklar” va “vakolatli banklarni” so‘zlari tegishli ravishda “tijorat banklari” va “tijorat banklarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “majburiy sotishning belgilangan prognoz miqdorlari bajarilishi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda):
yettinchi xatboshidagi “Vakolatli banklar” so‘zlari “Tijorat banklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda) ikkinchi bandidagi “tijorat banklari va ularning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
1 — 3, 5 — 9, 22, 31, 34 — 41, 43, 45, 47, 48, 51-bandlardagi, shuningdek, 6 va 7-bo‘limlar nomlaridagi “vakolatli bank” so‘zlari tegishli son va kelishiklarda “tijorat banki” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “a” va “k” kichik bandlari, 3-bandning “b” kichik bandi, 4-band, 8-bandning ikkinchi xatboshi, 11-band, 3-bo‘lim, 27, 29 va 46-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“10. Banklararo savdo sessiyalarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining valyuta resurslarini sotish va sotib olish operatsiyalari amalga oshiriladi”;
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi Banklararo savdo sessiyasi o‘tkaziladigan kundan oldingi kunda soat 16:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga savdo qatnashchilaridan tushgan dastlabki buyurtmanomalar bo‘yicha axborot beradi”;
“50. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibga rioya etmaslik tijorat banklarini vaqtinchalik, 6 oy muddatgacha ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilish huquqidan mahrum etish uchun asos bo‘lishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “vakolatli banklar” so‘zlari “tijorat banklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 8, 12, 16, 18, 26-bandlaridagi “vakolatli bank” so‘zlari tegishli son va kelishiklardagi “tijorat banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 74-modda) 1 va 2-bandlaridagi “vakolatli banklar” va “vakolatli banklarda” so‘zlari tegishli ravishda “tijorat banklari” va “tijorat banklarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 207-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda):
b) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “naqd xorijiy valyutaga, mablag‘larni banklarning kassalari orqali belgilangan tartibda eksport qiluvchilarning hisob raqamlariga o‘tkazgan holda, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorda almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 25-oktabrdagi 422-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 58-modda) 1-bandi uchinchi xatboshi, 1-ilova II bo‘limi 2-bandining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 7-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 1-modda) 1-bandi, shuningdek, unga 1-ilova va 2-ilova 2-bandining uchinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) 3-ilovasining XIV bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda) 1-ilovasining 24-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) 51-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 1-oktabrdagi 420-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda) 4-bandining uchinchi xatboshi va ilovasining 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori)” 2005-yil 15-avgustdagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 44-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining birja savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 29-maydagi 96-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 36-modda) ilovasi 2-bandining qirq uchinchi va qirq to‘rtinchi xatboshilari.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoni)” 2006-yil 27-iyuldagi 149-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 56-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori)” 2007-yil 12-sentabrdagi 192-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 9-son, 52-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarori)” 2008-yil 9-fevraldagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 2-son, 9-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovasining 8-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 6-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 9-modda) ilovasining 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 8-avgustdagi PQ-2022-son qarori)” 2013-yil 21-oktabrdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 75-modda) ilovasining 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi 307-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 81-modda) ilovasining 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining ““Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida alohida valyuta rejimi faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2013-yil 25-dekabrdagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 95-modda).
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 506-modda) 8-ilovasining 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) 4-ilovasining 3-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 1-iyuldagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 64-modda).
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qarori)” 2016-yil 14-noyabrdagi 385-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 102-modda) 1-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 3-modda).
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 26-apreldagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 304-modda) ilovasining 2-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-fevraldagi PQ-2772-son qarori)” 2017-yil 28-apreldagi 248-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 322-modda) ilovasining 1-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 17-maydagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 369-modda).
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda) 2-ilovasining 2-bandi.