Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2018 15.08.2000 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING MODDIY-TEXNIKA TAʼMINOTINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, sud xodimlarining ijtimoiy muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, sudlarning moddiy-texnika taʼminoti darajasini oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar hamda ikki oy muddatda ularni tegishli binolar bilan taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi tashkil etilayotgan sudlarni uskunalar, avtotransport, mebel, zamonaviy texnika bilan taʼminlashga aloqador sarf-xarajatlar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning yangi ajratilgan lavozim birliklarini moddiy taʼminlash hamda 2001-yildan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni moliyalash uchun zarur mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda sudlarni zarur telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 5-6-son, 54-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-son