21.12.2017 yildagi 1006-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2021
Hujjat 11.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontraktlarni (shartnomalarni) ro‘yxatdan o‘tkazish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, birjada tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno.
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida” va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan, tovar-xomashyo birjalarida tuzilgan va tovar-xomashyo birjalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan eksport kontraktlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (litsenziyalanadigan maxsus turdagi tovarlarni eksport qilishdan tashqari) yetkazib berish uchun eksport kontraktlari vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
6. Vakolatli organda mazkur Nizomning 5-bandiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va eksport kontraktlarining asosiy shartlarini o‘zgartiradigan eksport kontraktlariga qo‘shimcha barcha kelishuvlar vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv — eksport kontrakti tomonlari o‘rtasida tuziladigan, avval tuzilgan va ushbu Nizomning 5-bandi talablariga asosan vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontraktlarining asosiy shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan bitim.
eksport kontraktlari shartlarining ushbu Nizom 18 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi;
eksport kontraktini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ariza;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
10. Vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 5-bandiga asosan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ariza;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.
11. Ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni vakolatli organga topshirish muddati kontrakt va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv imzolangan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim.
13. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Eksport kontrakti ushbu Nizomning 18 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan quyidagi asosiy bo‘lim va ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
38. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilib olingandan so‘ng besh ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
40. Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
ariza beruvchi ushbu Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lsa.
47. Rad etish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda, vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxsi imzolagan, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rad etish sabablari va qonunchilikning aniq qoidalari ko‘rsatilgan asosli xulosa rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

Eksport kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida
ARIZA

“________” (O‘zbekiston) va “________” kompaniyasi (mamlakat)o‘rtasida______________________________________.

__________________________________________________________________________________________________

(mahsulotlar nomi)

eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘raymiz.
Kontraktning umumiy summasi ____________ ni tashkil qiladi.
Ushbu kontrakt bo‘yicha mahsulotni eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______ dagi _______-son qarori asosida amalga oshiriladi (agar kontraktda litsenziyalanadigan maxsus turdagi mahsulot eksport qilinsa yoki kontrakt O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo shartnomalar asosida tuzilgan bo‘lsa).
Hukumatlararo bitim rekvizitlari _____________________________________________________________________

(agar kontrakt Hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan bo‘lsa)

Taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Eksport kontraktining sotuvchi va xaridor tomonidan imzolangan asl nusxasi va uning nusxasi;
2. eksport kontraktining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi;
3. Agar shartnoma tomonlar o‘rtasida ishonchnoma asosida tuzilgan bo‘lsa, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi;
4. Kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki kontrakt narxining shakllanishi asoslab berilgan hujjat;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.

Tashkilot rahbari

____________(imzo)��

______________________F.I.O.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

Eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida
ARIZA

“________” (O‘zbekiston) va “________” kompaniyasi (mamlakat) o‘rtasida______________________________________.

__________________________________________________________________________________________________

(mahsulotlar nomi)

eksport qilish bo‘yicha avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan kontraktga ___________________ dagi ____ -son qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha kelishuvga asosan kontraktning umumiy summasi ________ni tashkil qiladi.
Ushbu kontrakt bo‘yicha mahsulotni eksport qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______dagi ________-son qarori asosida amalga oshiriladi (agar kontraktda litsenziyalanadigan maxsus turdagi mahsulot eksport qilinsa yoki kontrakt O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo shartnomalar asosida tuzilgan bo‘lsa).
Hukumatlararo bitim rekvizitlari _____________________________________________________________________

(agar kontrakt Hu�umatlararo bitimlar asosida tuzilgan bo‘lsa)

Taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvning asl nusxasi va uning nusxasi;
2. Eksport kontraktini rasmiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi;
3. Eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi;
4. Eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan bo‘lsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
5. Tovar miqdori oshganda, uning nomenklaturasi, tovarlarning kelib chiqish mamlakati, narxi va to‘lov shartlari o‘zgarganda, kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirg�n firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha narx asoslab berilgan hujjat;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi.

Tashkilot rahbari

____________(imzo)

______________________F.I.O.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)