T/r | Tadbirlarning nomi | Bajarish muddatlari | Hujjatning turi | Bajarish uchun mas’ul | |||||
I. Mablag‘ bilan uzluksiz ta’minlash, qurilish qiymatini va smeta narxini belgilashni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish | |||||||||
1.1. | Qurilishda va kapital ta’mirlashda yangi smeta me’yorlarini va xarajatlar, rejali jamg‘armalar me’yorlarini ishlab chiqish to‘g‘risida takliflar tayyorlash | 2000-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasining qarori | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
1.2. | Aniq ro‘yxatlarni shakllantirish, mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan ta’minlashni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash tartibini tayyorlash | 2000-yil oktyabr | Vazirlar Mahkamasining qarori | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunalxizmat ko‘rsatish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi | |||||
1.3. | Qurilish tashkilotlari uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish | 2000-yil dekabr | Yo‘riqnoma | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar | |||||
1.4. | Kapital qurilishda qurilish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish | 2000-yil noyabr | Uslubiy ko‘rsatma | Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Adliya vazirligi | |||||
1.5. | Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun buyurtmachining ichki zaxiralarini safarbar qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqish | 2000-yil sentyabr | Yo‘riqnoma | Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
1.6. | Tender hujjatlarining texnik qismi va pudrat savdosi predmetining boshlang‘ich (mo‘ljallangan) narxi tarkibi, uni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlash | 2000-yil noyabr | Nizom | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
1.7. | Kapital qurilishda pudrat savdolarini tashkil etish va o‘tkazish, tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish narxlari to‘plamini tuzish | 2000-yil oktyabr | To‘plam | “Davarx�tektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | |||||
1.8. | Qurilishda narx belgilashning uslubiy-axborot bazasini yaratishni va ma’lumotnoma materiallar (katalog-analog)larni chiqarishni tashkil etish | doimo | Kataloglar | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi | |||||
II. Pudrat ishlari bozorini, uslubiy-huquqiy bazani takomillashtirish va tomonlar majburiyatining bajarilishini ta’minlash | |||||||||
2.1. | Davlat budjeti mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga qurilishni amalga oshirayotgan buyurtmachi xizmati yoki qurilayotgan korxona direksiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tayyorlash | 2001-yil yanvar | Vazirlar Mahkamasining qarori | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
2.2. | Davlat budjeti mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan bino va inshootlarni kapital ta’mirlashning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibini tayyorlash | 2001-yil fevral | Tartib | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mudofaa vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi | |||||
2.3. | Pudrat shartnomalarini tuzishda kafolat va kafillik berish tarkibi va tartibi, shuningdek, shartnoma ijrosi ta’minlanishini garovga qo‘yish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish | 2000-yil noyabr | Uslubiy tavsiyalar | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi | |||||
2.4. | Pudrat va loyihalashtirish tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibini ishlab chiqish | 2000-yil noyabr | Tartib | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi | |||||
2.5. | Eng yaxshi pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlovini tashkil qilish | 2000-yil dekabr | Tanlov | Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi | |||||
2.6. | Investitsiya loyihasining dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlari tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlash | 2000-yil noyabr | Nizom | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank | |||||
III. Loyihalashtirish va qurishda istiqbolli texnologiyalarni joriy etish | |||||||||
3.1. | 2001-yildan boshlab topogeodeziya qidiruvlarini zamonaviy geoaxborot tizimiga va texnologiyalariga, loyiha-rejalashtirish, loyiha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni kompyuterlashtirishga o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish | 2000-yil noyabr | Uslubiy tavsiyalar | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi | |||||
3.2. | Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlari monitoringini tashkil etish va ularni joriy etish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish | doimo | Ma’lumotlar banki | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, FTDQ, “O‘zquri- lishmateriallari” aksiya- dorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi | |||||
3.3. | Monolit qurilishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash | 2000-yil oktyabr | Takliflar | “Davarxitektqurilsh” qo‘mitasi, loyihalashtirish institutlari, qurilish industriyasi korxonalari | |||||
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.08.2000 yildagi 305-son
Кучга кириш санаси
05.08.2000
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 27.01.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hududiy komissiyalarining faoliyati belgilangan talablarga javob bermaydi.
Ko‘pchilik mintaqalarda tarmoqni rivojlantirish va isloh qilish dasturi mavjud emas. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari rasmiyatchilik bilan amalga oshirilgan, davlat qurilish tashkilotlari soni ko‘pligicha qolmoqda. Xususiy korxonalar pudrat ishlari bozorida o‘z munosib o‘rnini hozirgacha topmadi. Kam quvvatli va past rentabelli qurilish tashkilotlari sekinlik bilan tugatilmoqda. Buyurtmalarni joylashtirishning tender mexanizmi sust joriy etilmoqda, pudrat shartnomalarini bajarish darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda. Suiiste’mol qilish va moliyaviy qonunni buzish, qurilish ishlari va materiallar qiymatini asossiz ravishda oshirib yuborish hollari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev), tegishli Respublika va hududiy komissiyalar tomonidan kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va uning tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha Hukumat qarorlari so‘zsiz bajarilishi ustidan zarur tashkilotchilik ishlari va nazorat ta’minlanmagan.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, investitsiya jarayoni qatnashchilarining roli va javobgarligini kuchaytirish, qurilishda bozor mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kapital qurilishni boshqarishni isloh qilish va takomillashtirish yuzasidan olib borayotgan ishlari qoniqarsiz deb e’tirof etilsin.
Samarqand (E.M. Ro‘ziyev), Toshkent (U.M. Mirzaqulov), Qashqadaryo (B.S. Hamidov) viloyatlari hokimlari kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda rahbarlikni susaytirib yuborganligi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun Samarqand (S. Ibrohimov) va Toshkent (R. Mo‘minov) viloyatlari hokimlari o‘rinbosarlarining, Chirchiq (D. Azizxo‘jayev), Bekobod (J. Nasriddinov), Ohangaron (A. Rasulov) shaharlari hokimlarining va Kitob tumani hokimining (U. Xidirov) egallab turgan lavozimlarida bundan buyon qolishi masalasini ko‘rib chiqsinlar.
Maxsus komissiyaning ishi davomida kapital qurilishni isloh qilishdagi kamchiliklar uchun qurilish tashkilotlari va korxonalarining 17 rahbari lavozimidan ozod etilganligi va 25 rahbariga hayfsan e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (A.N. Isayev) maxsus komissiyaning materiallari va xulosalarini tanqidiy o‘rganib chiqsin, Kompleks faoliyatining shakllari va usullarini qayta ko‘rib chiqsin, kapital qurilishda iqtisodiy qayta o‘zgartirishlar amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etsin, tarmoqni isloh qilish bo‘yicha Hukumat qarorlari o‘z vaqtida bajarilishi qattiq nazorat qilinishini ta’minlasin.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish tadbirlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
kapital qurilishni isloh qilishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar, bir oy muddatda viloyat bo‘g‘inining tegishli rahbarlari, qurilish tashkilotlari va korxonalari rahbarlarining javobgarligi darajasini ko‘rib chiqsin;
xususiylashtirilgan qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarining mavjud quvvatlari belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilishini tashkil etsinlar, keyinchalik ularni xususiy mulk qilib sotsinlar, shuningdek, ularga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini o‘rganib chiqsinlar, ortiqcha yer maydonlarini olib qo‘ysinlar;
Zarar ko‘rib ishlayotgan va kam quvvatli qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha past rentabelli va kam quvvatli tashkilotlarni tugatishni davom ettirish, ularni xususiylashtirishni tugallash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar, bunda mahalliy qurilish tashkilotlarini boshqarishning bir bo‘g‘inli tizimiga o‘tishga alohida e’tiborni qaratsinlar. Amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida 2001-yil 10-yanvargacha axborot berilsin.
4. Davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga 2001-yilgi va keyingi yillar respublika investitsiya dasturiga kiritiladigan yangidan boshlanayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha pudrat shartnomalari (kontraktlar)ni faqat pudrat savdolari natijalari bo‘yicha qurilish sug‘urta tavakkalchiliklari sug‘urtalangan taqdirda tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
5. Belgilansinki, shu yil 1-sentabrdan boshlab davlat budjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga respublika investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun qurilish materiallarini xarid qilish, vositachilar sonidan qat’i nazar, transport xarajatlari hisobga olingan va ularga nisbatan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda cheklangan tayyorlov-ombor va vositachilik ustamalari qo‘llangan holda tayyorlovchi korxonaning ulgurji-sotish narxlari (yoki import mahsulotning xarid qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur band birinchi xatboshining amal qilishi ular bo‘yicha shartnomalar (kontraktlar) tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga ko‘ra tuzilgan qurilish obyektlariga tatbiq etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hamda buyurtmachilar va pudrat tashkilotlariga davlat budjeti va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan obyektlar qurilishiga yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari, konstruksiyalarning cheklangan narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Investitsiya loyihalari hujjatlarini kelishib olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qo‘yilsinki, qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekologiya solig‘ini hamda kichik korxonalar yagona soliqni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 32-modda)
8. Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari import qilinayotgan qurilish asbob-uskunalari, mashina-mexanizmlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘idan hamda bojxona bojlaridan, shuningdek, sotib olingan yuk va maxsus avtomobillar qiymatidan Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlardan, ko‘rsatib o‘tilgan texnika o‘z moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun foydalanilgan taqdirda, uch yil muddatga ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Adliya vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
1. Mazkur Nizom obyektlarni loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda qurishda (obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurishda) investitsiya jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
2. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish faqat mamlakat Mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarni bajarishi va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan davlat ehtiyojlarini hal etish bilan bog‘liq istisno hollarda, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish zaruriyatini asoslash O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan xolda investor (buyurtmachi) tomonidan Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
obyekt qurilishining belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari (texnik-iqtisodiy hisob-kitob);
qonunchilik hujjatga muvofiq qurilishga texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilishi majburiy bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha — qurilish qiymati hisoblangan loyihalashdan oldingi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
muhandislik-qidiruv ishlari natijalari yoki ular tugallanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Asoslashda, qoidaga ko‘ra, parallel loyihalashtirgan holda obyektlarni qurish davri, unga rioya qilmaslik belgilangan tartibda tegishli sanksiyalar qo‘llanilishiga olib kelishi nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish davri obyektlar qurilishini loyihalashning normativ muddati doirasida belgilanadi, biroq shunga o‘xshash obyektlarni loyihalash muddatidan ortiq bo‘lmasligi kerak, bu muddat Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan kundan boshlanadi (obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurishning ruxsat etilgan davri), bu muddat keyinchalik qayta qurib chiqilmaydi.
5. Obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish to‘g‘risidagi asoslarni tayyorlashda kapital qurilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlari talablariga rioya qilinishini ta’minlash hisobga olinishi kerak.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish to‘g‘risidagi qaroriga asosan buyurtmachi bilan loyihalash tashkiloti o‘rtasida loyiha hujjatini ishlab chiqish, shu jumladan, loyiha yechimlarini va obyektni parallel holda loyihalashtirgan holda qurishning ruxsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari bo‘yicha mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvalini tuzish uchun shartnoma tuziladi.
Ayni paytda buyurtmachi tomonidan tegishli idoradan tashqari ekspertiza organi bilan loyiha yechimlarini va Mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvaliga muvofiq ekspert kuzatuvi hajmlarini ko‘rsatgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish uchun shartnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Loyiha yechimlarini va mahalliy yoki obyekt smetalarini berish jadvali quyidagi ishlar izchilligi (qurilish bosqichlari) asosida ishlab chiqiladi:
tom, to‘siq konstruksiyalar, ichki muhandislik asbob-uskunalari, tashqi tarmoqlar bo‘yicha ish hujjatlari;
ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik jihozlash, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bo‘yicha ish hujjatlari;
8. Obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Parallel loyihalashtirish davrida qurilish subyektining murakkabligi, noyobligi va texnologik asbob-uskuna bilan jihozlanganligi darajasiga qarab ekspertlarning ko‘chma ishchi guruhi tashkil etilishi mumkin.
Har bir bosqich bo‘yicha qurilish-montaj ishlari faqat mahalliy yoki obyekt smetalari ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng boshlab yuborilishi mumkin.
9. Obyektni moliyalashtirish hajmi va uning parallel loyihalashtirish ruxsat etilgan davridagi shartnomaviy qiymati tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) bo‘yicha uning qiymatidan kelib chiqib, qurilishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob)ni ishlab chiqish shart bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha esa — 1991-yilgi narxlar darajasidagi yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha shunga o‘xshash obyektlarni tahlil qilish usuli bilan loyiha tashkiloti tomonidan tuziladigan obyekt qurilishi qiymatini oldindan hisob-kitob qilish negizida, qurilish qiymatini oshirish tarmoq prognoz indekslarini qo‘llagan holda, loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan keyin esa — obyekt qiymatining tasdiqlangan yig‘ma smeta hisob-kitobi bo‘yicha belgilanadi.
Qurilishni parallel loyihalashtirish ruxsat etilgan davr mobaynida bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash bajarilgan qurilish-montaj ishlarining haqiqiy qiymati bo‘yicha buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) mahalliy va obyekt smetalari asosida vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
10. Qurilishni moliyalashni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan mablag‘ bilan ta’minlovchi bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish to‘g‘risida (parallel loyihalashtirish to‘g‘risida) Vazirlar Mahkamasining qarori;
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) yoki texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) bo‘lmaganda obyekt qurilishi qiymatining hisob-kitobi;
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan qurilishning aniq ro‘yxati;
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, ekspertizadan o‘tkazish va pudrat ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar.
11. Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida bosh pudratchi bilan obyektni parallel loyihalashtirgan holda qurish uchun shartnoma tuziladi, unda obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruxsat etilgan davrida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
Pudrat ishlari shartnomasiga ichki qurilish titul ro‘yxati va obyektlarni parallel loyihalashtirgan holda qurish vaqtining ruxsat etilgan davri mobaynida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari bo‘yicha loyiha yechimlari va mahalliy smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvali ilova qilinadi.
12. Texnologiya asbob-uskunalarini sotib olish, shu jumladan, import bo‘yicha sotib olish belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
13. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) yoki uning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan parallel loyihalashtirilayotgan qurilish obyekti belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va beriladigan loyiha yechimlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan zarur nazorat o‘rnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur Nizom talablari buzilishi aniqlanganda “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organlari tomonidan tegishli dalolatnomalar tuziladi yoki belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda yozma ko‘rsatmalar beriladi.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organi parallel loyihalashtirilayotgan obyektlar qurilishini moliyalashtiruvchi bankni belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida texnik-iqtisodiy asoslashlarni hamda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida” 1985-yil 17-dekabrdagi 620-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qarori 4-bandining 3-xatboshi, shuningdek, ushbu qarorga 5-ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.