LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zlarining manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi va maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilar deb hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, maxsus ishlar to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan), ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarga doir shikoyatlardan, sudlarning qarorlari yuzasidan beriladigan appelatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun;
(2-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
xo‘jalik sudlariga berilgan da’vo arizalaridan, shuningdek xo‘jalik sudlarining qarorlarini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizalardan;
Keyingi tahrirga qarang.
notarial idoralar hamda shahar, tuman va qishloq boshqaruv idoralari tomonidan notarial harakatlarni bajarganlik uchun, shuningdek hujjatlarning notarial yo‘l bilan tasdiqlangan nusxalarini berganlik uchun, qayd etilgan idoralar tomonidan bitim, ariza loyihalari tuzilganligi, hujjatlar tayyorlanganligi va ulardan ko‘chirmalar qilinganligi uchun;
fuqarolik holati aktlarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati aktlari qayd etilganligi to‘g‘risidagi takroriy guvohnomalar berganlik uchun va fuqarolik holati aktlari qayd etilgan yozuvlarga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritgan hamda ularni qayta tiklagan holda guvohnomalar berganlik uchun;
chet eldan respublikaga kelish va respublikadan chet elga chiqish huquqini beruvchi hujjatlarni, shuningdek boshqa davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni berganlik, ana shu hujjatlarga o‘zgartishlar kiritganlik uchun; yashashga doir hujjat berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan;
chet eldan kelgan pul jo‘natmalarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berganlik uchun;
jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjatlar berganlik uchun undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
LexUZ sharhi
Davlat boji stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
a) da’vogarlar — ish haqini undirib olish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
b) da’vogarlar — mualliflik huquqlaridan kelib chiqadigan da’volardan, shuningdek yangilik ochish, ixtiro qilish, ratsionalizatorlik takliflari va sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
g) da’vogarlar — mayib bo‘lishdan yoki sog‘liqqa yetkazilgan boshqa shikastlanishlardan, shuningdek boquvchisining o‘limidan kelib chiqqan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
d) da’vogarlar — qonunga zid tarzda mahkum etish, jinoiy javobgarlikka tortish, ma’muriy jazo solish orqali fuqaroga yetkazilgan zararni to‘lash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
e) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari — zarar yetkazuvchidan regress da’volar bo‘yicha quyidagilarni undirish yuzasidan:
— benzinga, avtotransport vositalarini ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar sotib olishga, nogironlarni avtotransport vositalarini haydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarning summasini, shuningdek noto‘g‘ri to‘langan pensiya va nafaqa summalarini undirib olish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 1-bandi “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 1-bandi “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
z) da’vogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
i) shaxslar — mol-mulkni bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lmagan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha kassatsion shikoyatlardan;
k) yuridik va jismoniy shaxslar — jinoiy ishlar va alimentlarni undirish to‘g‘risidagi ishlar bilan bog‘liq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
l) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning mahalliy idoralari — ko‘chib boruvchilarga nisbatan ko‘chib borish joyiga bormaganliklari yoki ko‘chib borgan joylarini o‘z holicha tark etganliklari uchun, ko‘chib borish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 1-bandi “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 1-bandi “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
n) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, uning idoralari — O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzish natijasida davlatga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘larni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 1-bandi “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
o) shaxslar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirib olish to‘g‘ri ekanligi bahslashilayotgan jinoiy ishlar yuzasidan kassatsion shikoyatlardan;
p) qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari va manfaatlarini himoya qilib sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
r) da’vogarlar — o‘rmon xo‘jaligi daromadini undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan (shu jumladan, daraxtlarni o‘sib turgan joyida sotish to‘g‘risidagi qoidalarni buzganligi uchun ko‘rilgan zarar va jarima, shuningdek o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesganligi, pichan o‘rganligi va mollar o‘tlatganligi uchun undiriladigan jarimalar), jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan uy-joylarni, dala hovlilarni va boshqa mulklarni mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari fondiga bepul olib qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslardan ularga tegishli bo‘lgan tarixiy, badiiy va boshqa jihatdan jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan — jismoniy shaxslar bu mulkka xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lgan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
s) O‘zbekiston Respublikasi moliya idoralari, monopoliyaga qarshi organlar, soliq va bojxona organlari — barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida ishlar bo‘yicha sudga ariza berganlik uchun;
(4-moddaning 1-bandi “s” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
t) O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta idoralari — majburiy sug‘urta qilish operatsiyalari bilan bog‘liq ishlar yuzasidan;
u) da’vogar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari — alimentlar va boshqa to‘lovlar to‘lashdan qochib yurgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;
f) yuridik va jismoniy shaxslar — sudning ishni to‘xtatish yoki uni qarab chiqishni qoldirish to‘g‘risidagi, qaror ijrosini kechiktirish yoki cho‘zish, ijro usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi, da’voni qondirish yoki uni boshqasini qondirish bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrimlarini bekor qilish haqidagi arizalar, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan sudlov qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizalar, sud tomonidan belgilangan jarimalarni bekor qilish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi, sudlov qarori ijrosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi arizalar, sud ijrochisining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar, sudlarning jarimani bekor qilish va kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyatlar hamda sud ajrimi ustidan boshqa xususiy shikoyatlar;
x) prokuratura idoralari — jismoniy va yuridik shaxslar foydasini ko‘zlab qilinadigan da’volar yuzasidan;
ts) nogironlar jamoat tashkilotlari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — hamma da’volar yuzasidan;
ch) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi idoralari — baliqchilik va baliq zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish munosabati bilan baliq xo‘jaligiga; atrof muhitni ifloslantirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida ovchilik xo‘jaligiga va davlat ovchilik fondiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 1-bandi “sh” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) adliya organlari — davlatning va O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining manfaatlarini ko‘zlab qilinadigan da’volar yuzasidan.
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuniga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yu) iste’molchilar — o‘zlarining huquqlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari — iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qilinadigan da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuniga asosan “yu” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ya) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik subyektlari sudga murojaat qilganlik uchun;
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan “ya” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ya1) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
ya2) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari, shuningdek fuqarolar — tuzilgan shartnomalarning shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki sifatsiz bajarilganligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha.
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuniga asosan “ya1” va “ya2”kichik bandlari bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar xo‘jalik sudlarida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha davlat foydasiga boj to‘lashdan ozod qilinadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari — zarar yetkazuvchidan regress da’volar bo‘yicha quyidagilarni undirish yuzasidan:
— benzinga, avtomobillar va motoaravachalarni ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga va ehtiyot qismlar sotib olishga, nogironlarni avtotransport vositalarini xaydashga o‘rgatishga ketadigan xarajatlarning summasini.
(4-moddaning 2-bandi “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 2-bandi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
v) da’vogarlar — o‘rmon xo‘jaligi daromadini undirish to‘g‘risidagi ishlardan (shu jumladan, daraxtlarni o‘sib turgan joyida sotish to‘g‘risidagi qoidalarni buzganligi uchun ko‘rilgan zarar va jarima, shuningdek o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesganligi, pichan o‘rganligi va mollar o‘tlatganligi uchun undiriladigan jarimalar);
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi moliya idoralari, monopoliyaga qarshi organlar, soliq va bojxona organlari — barcha ishlar va hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida ishlar bo‘yicha sudga ariza berganlik uchun;
(4-moddaning 2-bandi “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
d) davlat sug‘urta idoralarining da’vogarlari va javobgarlari — majburiy sug‘urta qilish operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
e) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, uning idoralari — suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzish natijasida davlatga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) O‘zstandart agentligi va uning idoralari — standartlarni, texnik shartlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi hamda mahsulotlar sifati ustidan nazorat qiluvchi idoralar yoki shunday vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa idoralar jo‘natishni man etgan mahsulotlarni yetkazib bergani uchun, korxonalar va tashkilotlardan budjet foydasiga jarimalar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
z) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi idoralari — quyidagi da’volar: baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, shuningdek baliqchilik xo‘jaligi suv havzalariga ifloslangan oqova suvlarni va boshqa chiqindilarni tashlash oqibatida baliq xo‘jaligiga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volar, ovchilik xo‘jaligiga va davlat ovchilik fondiga yetkazilgan zararni qoplash uchun tashkilotlarga qilingan da’volar, atrof muhitni ifloslantirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida davlatga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
k) nogironlar jamoat tashkilotlari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar yuzasidan;
l) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar — pul mablag‘lari bo‘lmagan va bu narsa bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda xo‘jalik sudi ajrimi yuzasidan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-sonli Qonuniga asosan “m” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
n) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — davlat mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun davlat daromadi foydasiga mablag‘lar undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuniga asosan “n” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
o) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi ishlar qo‘mitasi — iqtisodiy nochor korxonalar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi “o” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
p) “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik-sug‘urta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi bo‘limlari — qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan bank kreditlarini to‘lamaslik xavfini hamda qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirish, shuningdek fyuchers kontraktlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun oldindan beriladigan mablag‘larning qaytarilishini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha to‘langan sug‘urta tovoni uchun qishloq xo‘jalik korxonalaridan qarzni undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan.
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga asosan “o” va “p” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
r) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) o‘z ustav fondini shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi “r” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
s) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik subyektlari sudga murojaat qilganlik uchun.
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan “s” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
t) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari — tayyorlov va xizmat ko‘rsatuv tashkilotlari tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan;
u) tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko‘zlab kiritilgan da’volar yuzasidan.
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-sonli Qonuniga asosan “t” va “u” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisning Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
f) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
x) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — tuzilgan shartnomalarning shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki sifatsiz bajarilganligi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuniga asosan “f”va “x” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Notarial harakatlarni amalga oshiruvchi idoralarda quyidagilar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladilar:
a) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik qilish va o‘g‘il (qiz) qilib olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun;
b) shaxslar — mulklarini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga in’om qilish to‘g‘risidagi vasiyatnoma va shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun;
v) soliq va moliya idoralari — ularga davlatning meros huquqi to‘g‘risida guvohnomalar (guvohnomalar dublikatlari) berganlik uchun, shuningdek ana shu guvohnomalarni (guvohnomalar dublikatlarini) olish uchun kerakli hamma hujjatlar uchun;
g) nogironlar jamoat tashkilotlari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar yuzasidan;
Vatanni himoya qilish chog‘ida, davlat yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa vazifalarni o‘tayotganda yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini asrash va huquq-tartibotni muhofaza qilishda fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok bo‘lgan shaxslarning mol-mulkiga meros huquqi to‘g‘risida;
uy-joy (kvartira) uchun, uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun meros huquqi to‘g‘risida, agarda ular meros beruvchining vafot qilish kunigacha birga yashashgan, propiska qilingan bo‘lsa va meros beruvchining vafotidan keyin ham shu uyda (kvartirada) yashayotgan bo‘lishsa;
banklarga qo‘yilgan pul jamg‘armalari to‘g‘risida, shaxsiy va mulkiy sug‘urtalar shartnomalari bo‘yicha sug‘urta pullari to‘g‘risida, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqlari summalari uchun, mualliflik huquqi, kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik takliflari va sanoat namunalari uchun mualliflik qalam haqi va mukofot summalari uchun meros huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;
j) onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun;
z) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatlardagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro ko‘rsatmalarini amalga oshirganlik uchun;
i) moliya idoralari — farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maxsus maktablari va maxsus hunar-texnika bilim yurtlaridagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro ko‘rsatmalarini amalga oshirganlik uchun;
k) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisadan vafot etish va halok bo‘lish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sug‘urta qilingan fuqarolarning merosxo‘rlari — sug‘urta puliga meros huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar berganlik uchun;
l) surunkali ruhiy kasallikka chalinganliklari tufayli qonunlarda belgilangan tartibda vasiylik o‘rnatilgan shaxslar — mulkka merosxo‘rlik qilishlari to‘g‘risida guvohnomalar olganliklari uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
m) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning organlari — xodimlarni tashkiliy yo‘sinda ishga qabul qilish tartibida tuzilgan mehnat shartnomalarini tasdiqlab berganlik uchun;
(4-moddaning 3-bandi “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
n) Ulug‘ Vatan urushi nogironlari, Ulug‘ Vatan urushi janggohlarida yaralangan shaxslar, Ulug‘ Vatan urushi janggohlarida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarning oila a’zolari, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida o‘z xizmat burchini o‘tayotganda yaralangan shaxslar, Afg‘oniston Respublikasida baynalmilalchilik burchini o‘tagan shaxslar, 1986-1987-yillarda Chernobil’ AESining zaharlangan mintaqasi doirasida falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986-yilda Chernobil’ AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan ko‘chirilgan (shu jumladan, o‘z ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan bo‘lsalar, ularning oila a’zolari — imtiyozlar berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun;
o) mualliflik huquqi bo‘yicha agentlik va uning idoralari — mualliflik huquqi bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan mukofotlarning undirilishi haqidagi ijro ko‘rsatmalarini amalga oshirganlik uchun;
p) shaxslar — yo‘lovchilarning majburiy sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta puliga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulk majburiy sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta qoplovi puliga bo‘lgan meros huquqi to‘g‘risida ularga guvohnomalar berganlik uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
r) fermer xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar — ularga fermer xo‘jaligi mol-mulkiga meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun;
s) dehqon xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar — ularga dehqon xo‘jaligi mol-mulkiga meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi uchun.
(4-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuniga asosan “r” va “s” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
t) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro xatlarini yozganlik uchun.
(4-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuniga asosan “t” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Fuqarolik holatlarini qayd etuvchi idoralarda quyidagilar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadilar:
a) xalq ta’limi idoralari, balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar homiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni barcha bolalar internat muassasalariga va o‘quv yurtlariga yuborish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
b) jismoniy shaxslar — tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, farzandlikka olish, otalikni belgilash, jinsning o‘zgartirilishi hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish paytida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, tuzatilgan va to‘ldirilgan taqdirda ularga guvohnomalar berganlik uchun;
(4-moddaning 4-bandi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) jismoniy shaxslar — belgilangan tartibda daraksiz ketgan yoki ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi)tufayli faoliyatga yaroqsiz deb topilgan shaxslar bilan yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan bo‘lgan nikohlarini bekor qilish to‘g‘risida ularga sudlov qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;
(4-moddaning 4-bandi “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
g) jismoniy shaxslar — ularga oqlangan qarindoshlarining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni takroran berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
d) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.
(4-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuniga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasidan chet elga borish to‘g‘risidagi ishlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
b) jismoniy shaxslar — yaqin qarindoshlari vafot etganligi yoki ularning qabrlarini ziyorat qilish sababi bilan chet elga borish uchun chet el pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar berganlik uchun. Aytilgan imtiyozlar beriladigan fuqarolar qatoriga ota-onalar, farzandlar, er-xotinlar, tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar kiradi;
d) fuqarolik ishi, oilaviy va jinoiy ish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga binoan chet el sudlariga fuqarolik va jinoiy ishlar yuzasidan tomonlar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqiriladigan jismoniy shaxslar — chet elga borish uchun ularga hujjatlar berganlik uchun;
e) o‘qishga, stajirovkaga yoki ishlab chiqarish praktikasini o‘tish uchun chet elga boruvchi 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilar — ularga chet el pasportlari berganlik uchun.
Chet elga chiqishga hujjatlar berganlik uchun boj to‘lashdan ozod qilingan shaxslar shu hujjatlarga biron-bir o‘zgartishlar kiritilganligi uchun davlat boji to‘lashdan ham ozod qilinadilar.
b) maktab-internatlar va hunar-texnika bilim yurtlarining butunlay davlat ta’minotida bo‘lgan va yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilari.
7. Boj to‘lovchilarning ayrim guruhlari va toifalariga davlat boji to‘lashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradigan tartibda qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin.
Davlat boji naqd pul, boj markalari bilan, shuningdek boj to‘lovchining kredit muassasasidagi hisobidan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
Mulkiy nizo bo‘yicha sudga, xo‘jalik sudiga da’vo arizasi berilganda, shuningdek oldi-sotdi shartnomasini, in’om qilishni, mol-mulkni almashtirishni notarial yo‘l bilan tasdiqlashda, meros huquqini rasmiylashtirishda, da’vo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilanadigan hollarda davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab qo‘yadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan xizmat uchun davlat boji davlat idorasi ixtiyorida qoldiriladigan qismini istisno etgan holda, budjetga o‘tkaziladi.
Qoldiriladigan qismining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
arizalar (shikoyatlar) qaytarib berilganda yoki ularni qabul qilishdan bosh tortilganda, shuningdek notarial idoralar yoki tuman, shahar va qishloq boshqaruv idoralari notarial harakatlarni bajarishni rad etganda;
sudda yoxud xo‘jalik sudida ko‘rilmaydigan bo‘lganligi tufayli ishning ko‘rilishi to‘xtatilganda yoki da’voni ko‘rib chiqish bekor qilinganda, shuningdek da’vogar tomonidan aynan shu ishlar toifasi uchun nizolarni dastlabki tarzda hal qilishning belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa yoxud da’vo salohiyatsiz shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa;
sudlov qarori belgilangan tartibda bekor qilinganda, basharti bunda javobgardan davlat boji davlat foydasiga undirib bo‘lingan bo‘lsa;
balog‘atga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarning nikohi o‘zaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun boj to‘langanda, basharti er-xotinlarning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmasligi tufayli nikohni bekor qilish sodir etilmagan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20 apreldagi 65-sonli qarori bilan tasdiqlangan Patent bojlari to‘g‘risidagi Nizomning 8-10-bandlari.
Davlat bojini undiruvchi muassasalarning rahbarlari bojlar to‘g‘ri undirilishi uchun, shuningdek ular o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda budjetga o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat boji to‘g‘ri undirilishi ustidan nazoratni moliya va davlat soliq idoralari amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunni qo‘llanishga doir yo‘riqnomani O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda chiqaradi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)