LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli ““Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta’minlash, jamiyatni huquqiy axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va amaldagi qonun hujjatlarini bosqichma-bosqich turkumlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlari davlat hisobi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritish funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini nashr etishni tashkil qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasi sxemasi, uning materiallarini shakllantirishning asosiy prinsiplari va tayyorlangan bo‘limlarni ko‘rib chiqishga taqdim etish tartibi to‘g‘risida takliflarni;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini tayyorlash va nashr etishning Majmua bo‘limlarini chop etish muddatlari nazarda tutilgan rejasini kiritsin.
Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashish uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarni jalb etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamining hamda Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlari axborotnomasining davriy ravishda, har oyda ikki marta nashr etilishini, shuningdek ularning ochiq obuna yo‘li bilan tarqatilishini ta’minlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining turkumlangan yagona elektron bazasi)ning shakllantirilishi va ishlashini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “UzPAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda 2000-yil 1-noyabrgacha Adliya vazirligi markaziy apparatining mahalliy kompyuter tarmog‘ini ishga tushirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2000-2001-yillar mobaynida Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirishga doir ishlarni amalga oshirsin, shuningdek tender asosida tegishli axborot-qidirish tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
5. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “UzPAK” ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda vazirlik me’yoriy-huquqiy hujjatlar matnlarini elektron pochta tizimi orqali tegishli organlardan olishini 2000-yil 1-sentabrgacha tashkil etsinlar;
yaratilayotgan ma’lumotlar elektron bazasidan davlat hokimiyati respublika va mahalliy organlari, boshqa bazadan foydalanuvchilarning tarmoq orqali foydalana olishlarini 2000-yil 1-noyabrgacha ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yordam ko‘rsatsinlar.
Adliya vazirligining Me’yoriy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash bo‘limi negizida Vazirlik markaziy apparati xodimlarining mavjud soni doirasida Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi;
Adliya vazirligining Axborot-yuridik markazini Adliya vazirligi huzuridagi xo‘jalik hisobidagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markaziga aylantirish, mavjud shtatlarni Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning faoliyatiga doir tashkiliy masalalarni hal etsin.
7. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti me’yoriy-huquqiy hujjatlarni nashr etish, Qonun hujjatlari milliy bazasini shakllantirish va mahalliy hisoblash tarmog‘ini barpo etish uchun zarur materiallar va asbob-anjomlar sotib olish, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etish uchun grant mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi masalani xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan ishlab chiqsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi olib kelinayotgan asbob-uskunalar va materiallardan daromad (foyda) solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun olinadigan to‘lovlar bundan mustasno) to‘lashdan, bo‘shab qolgan mablag‘lar Markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mahalliy hisoblash tarmog‘i va Qonun hujjatlari milliy bazasini barpo etishga yo‘naltirgan holda, istisno tariqasida uch yil muddatga ozod qilinsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining turkumlangan davlat yagona elektron bazasi) orqali O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasida, shuningdek norasmiy tartibda tarqatishning asosiy shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan, elektron ma’lumotlar bazasi orqali ularni e’lon qilish yo‘li bilan tarqatiladi, maxfiy tusga ega bo‘lgan yoki e’lon qilinmaydigan hujjatlar matnlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan rasmiy matbuot nashrlarida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning nashr etilishi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashrlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashrlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining me’yoriy tusdagi barcha matnlari kiritiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinadigan hujjatlar tegishli tartib raqamlari bo‘lgan moddalarga joylashtiriladi. Hujjatlarga ilovalar ham hujjatlar joylashtirilgan moddalarga joylashtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan umumiy majburiy tusdagi idoraviy me’yoriy hujjatlar kiritiladi.
6. Me’yoriy hujjatlar matnlari Axborotnomada ularning tartib raqamlari va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasiga muvofiq izchil tadrijiy tartibda joylashtiriladi.
7. Katta hajmdagi me’yoriy hujjatlar matnlari Axborotnomaga kiritilmasligi mumkin. Bunda matnlar ularni qabul qilgan organlar tomonidan alohida nashr holida e’lon qilinishi kerak.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi har oyda ikki marta, o‘zbek va rus tillarida chiqadi hamda ochiq obuna yo‘li bilan tarqatiladi.
9. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga me’yoriy tusdagi quyidagi hujjatlar matnlari kiritiladi:
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi shakllanishiga qarab unga joylardagi davlat hokimiyati organlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlari bosqichma-bosqich kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan foydalanish Internet tarmog‘i orqali tekin amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 576-modda)
11. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida qo‘llangan qonunchilik klassifikatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida qonun hujjatlarini turkumlashda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tijorat maqsadlari uchun ma’lumotlarning turkumlangan bazasida qo‘llashda etalon hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamining o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash va Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida ularning matnlarini qog‘oz va elektron matnlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga jo‘natadilar. Bunda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning elektron matnlari elektron pochta tizimi orqali Adliya vazirligiga jo‘natiladi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning kelib tushgan matnlaridan ularning davlat hisobini yuritish va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari majmuasini shakllantirish uchun ham foydalaniladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 154-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari axborotnomasi o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash, shuningdek Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini to‘ldirish uchun tegishli organlar o‘z me’yoriy hujjatlarini Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda vazirlikka ushbu hujjatlarning elektron matnlarini elektron matnlarda yoki elektron pochta tizimi orqali taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashr etish, shuningdek yaratilayotgan qonun hujjatlari ma’lumotlari elektron bazasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va ularda me’yoriy-huquqiy hujjatlarning barcha rekvizitlari, shuningdek ular e’lon qilingan rasmiy manbalar va kuchga kirish sanasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalaridan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ularni qo‘llashda majburiy ravishda foydalanadilar. Bunda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlarning o‘z markaziy apparatlariga, tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida kelib tushishini, shuningdek me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritilishini ta’minlashga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar to‘plamini va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasini nashr etishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini tashkil etish va uning ishlashiga umumiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish, ma’lumotlar bazasini saqlash, ma’lumotlar elektron bazasidan belgilangan tartibda foydalanishni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.