Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishida ularga qo‘yiladigan talablarni birxillashtirish, savdo korxonalarining savdo operatsiyalari yuzasidan iqtisodiy va mulkiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, buyum bozorlarida import iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda import iste’mol tovarlarini olib kelish va ularni bojxonada rasmiylashtirish jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilishi shart.
Chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Shaharlar va tumanlar hokimliklarining bolalar, o‘quv va tibbiyot muassasalari yaqinida joylashgan do‘konlarda alkogolli mahsulotlar sotishga ruxsat guvohnomalari berishi taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2003-yil 1-yanvargacha savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini, ularning hujjatlari va savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari mazkur qaror talablariga qat’iy muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
bozor — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda va belgilangan qoidalar bo‘yicha savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda ana shunday maqom olgan doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatadigan mulkiy kompleks;
Oldingi tahrirga qarang.
ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki o‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
chakana savdo — savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
turg‘un chakana savdo shoxobchasi — joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan ajratilgan yer uchastkalaridagi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi organlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha qurilgan, sanitariya va yong‘in xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, savdo zaliga, savdo asbob-anjomlariga hamda tovarlarni saqlash, sortlarga ajratish va qadoqlash uchun xonalarga ega bo‘lgan, shuningdek nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan obyekt (bino, inshoot).
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, faqat ular tegishli litsenziya olgan taqdirda, shug‘ullanishlari mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4—9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tovarlar faqat tuzilgan shartnomalar asosida va o‘zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida ulgurji sotilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga ulgurji sotishda shartnomaga sotib oluvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Tovarlar kichik turkumlar bilan turg‘un savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga sotilgan taqdirda shartnomaga sotib oluvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ulgurji savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar yuridik shaxslar asosiy faoliyatdan tashqari ulgurji savdoni amalga oshirgan taqdirda, ular faoliyatning mazkur turi bo‘yicha alohida hisob-kitob yuritishlari va savdo korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashlari, shuningdek belgilangan tartibda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lishlari kerak.
(12-band ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13 — 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
19. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turg‘un savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni ko‘chma ravishda (do‘konchalarda) amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar sotish bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘chma savdoni faqat yuridik shaxslar tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari ko‘rsatilgan holdagi ruxsatnomalari asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada ko‘chma savdoga qo‘yiladigan tovarlar turlari va miqdorini ko‘rsatgan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotish chakana savdo korxonalari tomonidan o‘tgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Savdo tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari tovarlarni naqd pulsiz berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda mazkur talablarga amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, o‘quv va ma’rifat yurtlari)ga sotishga ruxsat beriladi.
(19-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Chakana savdo korxonalari tomonidan tovarlarni yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha sotish mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan cheklashlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-noyabrdagi 530-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 45-46-son, 469-modda)
20. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan holda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ular faoliyatning mazkur turi bo‘yicha alohida hisob-kitob yuritishlari va savdo korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashlari kerak;
(21-band uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
o‘z mahsulotlarini yuridik shaxs balansidagi firma do‘konlari orqali sotganda, mazkur yuridik shaxslar soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va majburiy to‘lovlarni to‘laydilar”.
(21-band ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan faqat turg‘un chakana savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimliklaridan chakana savdoni amalga oshirish huquqiga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shug‘ullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar turg‘un savdo shoxobchasi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxsning yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
nazorat-kassa mashinasi oldindan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
24. Ruxsat guvohnomasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat tovarlarning saqlanishini, sortlarga ajratilishini va chakana sotish uchun qadoqlanishini ta’minlovchi o‘zining yoki boshqa yuridik shaxslardan ijaraga olingan, savdo asbob-anjomlari bilan jihozlangan chakana savdo obyektlari mavjud bo‘lganda berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar turkumlari majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud bo‘lganda haqiqiydir.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ruxsat guvohnomasi arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud bo‘lmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi bank axboroti asosida davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga ko‘ra o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovarlar olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faqat turg‘un savdo tarmoqlari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qo‘llangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Chakana savdoni turg‘un savdo tarmoqlari orqali amalga oshirishda tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan do‘konchalar orqali sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotish joylarida sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qo‘yilgan bo‘lishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi ko‘rsatilgan narxnomalarga ega bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan tovarlarni sotish chog‘ida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar buyum bozorlarida chakana savdoni faqat quyidagilar bo‘yicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
vatanimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar ularning qonuniy tarzda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud bo‘lganda hamda ular nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotilganda.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
35. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirmoqchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor ruxsat guvohnomasi olish uchun buyum bozori joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga quyidagilarni taqdim etishi zarur:
yakka tartibdagi tadbirkor chakana savdoda sotishni mo‘ljallayotgan tovarlar guruhlari ko‘rsatilgan ariza;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
buyum bozori ma’muriyatidan yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
36. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud bo‘lganda haqiqiydir.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
38. Ruxsat guvohnomasi arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
40. Buyum bozorlarida tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qo‘llamasdan, daromadlar hisobini majburiy ravishda yuritgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Import tovarlarni chakana savdoda sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak hamda uning ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, yagona bojxona to‘lovi va belgilangan soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. O‘zi tayyorlagan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish sharoitlarining mavjudligini tasdiqlovchi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega bo‘lishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
soliq to‘lovchilarning va ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining indentifikatsiya raqamlari;
44. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Savdo faoliyatini ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki u olib qo‘yilgan davrda amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish hisoblanadi va buning uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud bo‘lishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalari bajarilishi ta’minlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yig‘im yoki alohida tovarlar bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yig‘imi to‘lanmaganda ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qo‘yilishi mumkin.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
48. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
(46 va 47 bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga muvofiq tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblanadi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Blankaning seriyasi | ||||
Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun |
| |||
200_____ yil___ _________ № | ||||
__________________________________________________________________ga berildi. | |
(yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi) | |
Pochta manzili ______________________________________________________ | |
Pasport seriya___________________ № ________________________tomonidan berilgan | |
Soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami__________________________ ___________________________________________________________ joylashgan | |
(chakana savdo turg‘un savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda to‘ldiriladi) | |
turg‘un savdo shoxobchasi orqali | |
200 ____ yil “___”___________________gacha | |
Quyidagi______________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ ___________________________________________tovar guruhlari bilan | |
| |
Nazorat-kassa mashinasi __________________________ davlat soliq inspeksiyasida ____________ tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. | |
|
|
Keyingi tahrirga qarang.