Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.11.2002 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIYLAShTIRILGAN SAVDO VA XIZMATLAR KO‘RSATISh SOHASI OBYEKTLARI FAOLIYATIDAGI TARTIB BUZILIShI HOLLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-sentabrdagi F-1629-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-sentabrdagi F-1629-son farmoyishi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan chakana savdo obyektlarining ahvoli tekshirilganligi, tekshirish natijasida quyidagi jiddiy tartib buzilishlari aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan 1716 ta savdo korxonalari egalari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda xususiylashtirish to‘g‘risidagi shartnomalarda belgilangan faoliyat yo‘nalishining o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilgan. Bunday tartib buzilishlarining eng ko‘pi Toshkent (592), Farg‘ona (316) viloyatlarida va Toshkent shahrida (255) qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotlari tomonidan belgilangan savdo, olingan savdo tushumini inkassatsiya qilish qoidalarining qo‘pol buzilishi hollari mavjud. Tekshirish davomida xususiylashtirilgan chakana savdo obyektlarining 3640 tasi, shu jumladan Surxondaryo viloyatida — 606, Andijon viloyatida — 621, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 348 tasi amalda ishlamayotganligi aniqlandi. 5 mingdan ortiq savdo obyektida soliqqa oid qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Tekshirish vaqtida 4169 ta do‘konda nazorat-kassa apparatlari mavjud bo‘lmagan, 2815 ta do‘konda esa naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. 4,6 mingdan ortiq do‘konda savdo joylardagi davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz amalga oshirib kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksariyat hollarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yangi tashkil etilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi obyektlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq kelmaydi, qariyb 4 ming savdo korxonasi o‘zining ichki va tashqi dizayniga ko‘ra belgilangan talablarga javob bermaydi. 4465 do‘kon (faoliyat ko‘rsatayotganlarining 12,1 foizi) sanitariya normalari va talablariga muvofiq kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud savdo maydonlaridan past darajada foydalanilmoqda. Xususiylashtirilgan do‘konlar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 30—40 foizdan oshmaydi, qolgan maydonlar ijaraga berilgan yoxud amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda o‘yinxona va ko‘ngilochar muassasalar etib qayta jihozlangan. Masalan, xususiylashtirilgan 513 ta do‘kon negizida o‘yinxona va ko‘ngilochar muassasalar, shu jumladan 323 ta billiardxona tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan tartib buzilishlari natijasida fuqarolar manfaatlariga, eng avvalo, ularni yashash joylarida tegishli darajadagi savdo xizmati va xizmat turlari bilan ta’minlashda jiddiy zarar yetkazilmoqda. Savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida vujudga kelgan ishlarning bunday ahvolini toqat qilib bo‘lmaydigan hol deb e’tirof etish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan barcha buzilishlarning ikki oy muddatda tuzatilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar va bundan buyon ularning takrorlanishining oldini olishga doir ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatib o‘tilgan tartib buzilishlariga olib kelayotgan amaldagi normalar va idoraviy normativ hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida 2003-yil 20-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi obyektlarining davrida faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish xususiylashtirish shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarning amal qilish muddati ana shunday shartnomalar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulaylik va aholini qamrab olish normasi hisobga olingan holda joylashtirilgan oziq-ovqat tovarlari sotuvchi chakana savdo obyektlarining faoliyat yo‘nalishi o‘zgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarining faoliyat yo‘nalishi qarorning ushbu bandida belgilangan qoidalarni buzgan holda o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgan taqdirda, xususiylashtirish to‘g‘risidagi shartnoma haqiqiy emas deb e’tirof etiladi hamda obyekt egasiga ilgari xususiylashtirishga qilingan xarajatlar qaytarilgan holda obyekt qayta sotilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek boshqa xususiylashtirilgan korxonalar egalari tomonidan faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish yuzasidan xususiylashtirish shartnomalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi chakana savdo obyektlarini qurishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlikka doir qonun hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan talabni kuchaytirsinlar, mintaqalarda savdo korxonalari tarmog‘i aholining joylashuvi xususiyatini va keng qamrab olinishini nazarda tutgan holda rivojlantirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga o‘n kun muddatda takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari O‘.Q. Ismoilov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 177-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda)