O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 2004-yil 9-iyuldagi PF-3454-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek sanoatda, gaz ta’minotida ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi)ning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 26 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 19 nafar etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘iga, zaruriyat bo‘lganda, Davlat inspeksiyasi markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan, cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Turar joylarning gaz tarmoqlari va gaz xo‘jaligi soz va doimiy yuqori texnik jihatdan tayyor holatda bo‘lishi, gazdan foydalanishda, eng avvalo ko‘p kvartirali uylarda xavfsizlik ta’minlanishi uchun javobgarlik “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalariga va ularning tuman (shahar) filiallariga yuklansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Shaharlar va aholi yashash punktlarini gaz bilan ta’minlash tizimidan foydalanilishini muntazam nazorat qilish va tekshirish, uy-joy-kommunal xo‘jaligida, ayniqsa ko‘p kvartirali turar joylarda tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining muhim vazifasi hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq chiqarib tashlandi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda formali kiyim-boshni berish norma va muddatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq inspeksiya tomonidan solinadigan jarimalar hisobiga tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, inspeksiya xodimlarini formali kiyim-bosh bilan ta’minlash xarajatlarining 30 foizi budjet mablag‘lari, 70 foizi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 7-apreldagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi) barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududida sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan tartibga solishning boshqa chora-tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
2. Davlat inspeksiyasi, uning mintaqaviy inspeksiyalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsizlik sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
Mintaqaviy inspeksiyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita Davlat inspeksiyasiga bo‘ysunadi.
3. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat inspeksiyasining sanoat va radiatsiya xavfsizligi, shuningdek yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
5. Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi hamda xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan o‘zaro aloqa va hamkorlik qiladi.
6. Davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari faoliyatini moliyalashtirish Davlat inspeksiyasiga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari doirasida, xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar va Davlat inspeksiyasiga idoraviy mansub tashkilotlar mablag‘lari, shuningdek budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari va amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Davlat inspeksiyasi, unga idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi, gaz ta’minoti va gazdan foydalanish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyoni qayta ishlash va metallurgiya jihatidan saralash, geologiya-qidiruv ishlari, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
sanoat va radiatsiya xavfsizligi ishlarining, shuningdek bexatar olib borilishini ta’minlash sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
gaz xo‘jaligi tizimida va ko‘p kvartirali turar joylar va respublikaning kommunal-maishiy obyektlarining gaz ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat va radiatsiya xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
(8-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
O‘zbekiston Respublikasi harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlariga tezkor va metodik rahbarlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish.
(8-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirilishini ta’minlash;
sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish tartibini va ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirish talablarini belgilash.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori asosida to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
9. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya obyektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoatda ishlarni bexatar olib borish, uskunalar loyihalashtirilishi, tayyorlanishi, tuzilishi va ishlatilishi, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyoni qayta ishlash hamda metallurgiya jihatidan saralashga doir talablar mavjud bo‘lgan davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi hamda ushbu masalalar bo‘yicha qoidalar va normalarni tasdiqlaydi;
(9-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
o‘z vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar va obyektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);
foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi;
qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari hisobdan chiqarishni kelishib oladi va sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyingi geologiya-qidiruv ishlarida va konlarni qazishda tasdiqlanmagan zaxiralarni hisobdan chiqarish uchun xulosalar beradi;
mineral xomashyoni qazib olishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normadan ortiqcha yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlarini aniqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, texnik loyihalarini, ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashuvi normativlarini kelishib oladi;
(9-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
shaxtalar (konlar)ning, neft-gaz tarmog‘i quduqlarining bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilishini tasdiqlaydi va kelishib oladi;
ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
gaz nazorati obyektlarini, bosim ostida ishlovchi bug‘ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
turar joylar va kommunal-maishiy obyektlarning gaz xo‘jaligi tizimida texnika xavfsizligini ta’minlash sohasida kommunal-maishiy korxonalar xizmatlari tomonidan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar bajarilishini tekshiradi va monitoring olib boradi;
o‘z nazorati ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi;
(9-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat ostidagi obyektlarda sanoat va yer osti boyliklarini muhofaza qilish xavfsizligi jihatidan xorijiy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni qo‘llash imkoniyatlari to‘g‘risida ekspert xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
(9-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi masalalari, sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
(9-bandning yigirma birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
xavfli yuklar va portlovchi moddalar tranzitiga qonun hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va uni nazorat qiladi;
o‘z nazoratidagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarish travmatizmining oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini hamda korxonalarning, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismining neft fontaniga qarshi, gazdan qutqarish bo‘linmalarining va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni bartaraf etish va ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida xavfli ishlab chiqarish obyektlari hisobini yuritadi;
tashkilotlarning xavfli ishlab chiqarish obyektini ishlatishga tayyorligini hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarning tarqalishini cheklash va oqibatlarini tugatishga doir sa’y-harakatlarini tekshiradi;
sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlari akkreditatsiyasini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari to‘g‘ri ishlab chiqilishi va taqdim etilishi monitoringini olib boradi;
ishlab turgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini deklaratsiyalashning o‘tkazilishini nazorat qiladi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilganligi uchun majburiy javobgarlikni sug‘urta qilishda xulosa beradi;
mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish, nazorat faoliyatini takomillashtirish, avariyalar va ishlab chiqarishda mayib bo‘lishning oldini olish zarurligini targ‘ib qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori asosida yigirma to‘rtinchi — o‘ttiz uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
ko‘mir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv tashkilotlarida, magistral neft-gaz va ularning mahsulotlarini uzatish quvurlarida, ishlab chiqarish jarayonida gazdan foydalanishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlarda, don saqlash hamda uni qayta ishlash obyektlarida, yer ostida transport va gidrotexnika qurilishlarini olib borishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan qurilish obyektlarida va boshqa tarmoqlarning o‘ta xavfli obyektlarida;
sanoat portlovchi moddalari va portlatuvchi vositalarni ishlab chiqarish, saqlash, ishlatish va hisobga olishda;
gaz, neft va ularning mahsulotlari uzatiladigan magistral quvurlarni, shaharlar va aholi yashash joylarini gaz bilan ta’minlash tizimlarini, shuningdek neft mahsulotlarini, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va foydalanish bilan bog‘liq obyektlarni loyihalash, qurish, foydalanish va ta’mirlashda;
neft va gaz izlashda, neft va gaz quduqlarini qazishda, ularni sinab ko‘rishda va ishlatishga tayyorlashda;
portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan nazorat ostidagi ishlab chiqarishlarni va obyektlarni qurishda, rekonstruksiya qilishda, ulardan foydalanishda va ularni ta’mirlashda;
radioaktiv materiallar va rudalarni (vakolatiga ko‘ra), ionlovchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan buyumlarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni ko‘mib tashlash, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro obyektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi boshqa obyektlardan foydalanishda;
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘tarish inshootlarini, bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini, shuningdek nazorat ostidagi boshqa obyektlarni barpo etish, loyihalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda;
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda o‘z vakolatlariga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z mintaqaviy inspeksiyalari va o‘ziga qarashli tashkilotlar orqali hal qiladi.
11. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan korxonalar va obyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat ostidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
sanoat va radiatsiya xavfsizligi talablari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turish, shuningdek odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holati vujudga kelganda ularni ish joylaridan chiqarish, ish joylarini yoki uskunalarini muhrlab qo‘yish;
yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda sanoat va radiatsiya xavfsizligi talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy javobgarlikka tortish;
(11-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
o‘z nazorati ostidagi ishlab chiqarishlar uchun xodimlar tayyorlovchi kurslarni, shuningdek kon va portlatish ishlari olib borilishiga javob berish huquqi beriladigan mutaxassislar tayyorlovchi kurslarni tashkil etish, o‘ta xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorlanadigan shaxslardan imtihonlar olish va ularga tegishli guvohnomalar berish;
o‘z nazorati ostidagi obyektlarda mutaxassislarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologik reglamentlarni va ishchilarning mehnatini muhofaza qilish yo‘riqnomalarini bilishlarini tekshirish, o‘z nazorati ostidagi korxonalar, shu jumladan sanoat sohasida tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar rahbarlari va mutaxassislarining xavfsizlik hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari va normalarini bilishlarini tekshirishda belgilangan tartibda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatadigan tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitish;
sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish huquqini beradigan akkreditatsiyalash attestatining amal qilishini bekor qilish va to‘xtatib turish;
Keyingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan tashkilotlar faoliyatini inspeksion nazorat qilish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish”;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori asosida sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z nazorati ostidagi korxonalar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalari, yo‘riqnomalari va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablarini buzuvchi shaxslarni egallab turgan lavozimidan belgilangan tartibda bo‘shatish yoki ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
(11-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
avariyalarning holatlari va sabablarini, ishlab chiqarish jarohati, portlovchi materiallarning yo‘qolishi holatlarini belgilangan tartibda texnik jihatdan tekshirish va tekshirish natijalari bo‘yicha o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
zarur hollarda korxonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, ish bajariladigan muhit va atrof tabiiy muhit tahlillari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi o‘tkazilishini tayinlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tayyorlovchi zavodlarda va ta’mirlash korxonalarida o‘z nazorati ostidagi sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, ular standartlar, sanoat xavfsizligi talablariga hamda tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini to‘xtatib qo‘yish va qo‘llanishini taqiqlash;
(11-bandning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlaridan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalardan o‘z vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish;
mansabdor shaxslarda va fuqarolarda ishlarga va ularning bajarilishiga texnik rahbarlik qilish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini, shuningdek o‘ta xavflilik bilan bog‘liq ishlar uchun maxsus belgilangan talablarga rioya qilinishini tekshirish;
xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar hisobiga moliyalashtiriladigan mintaqaviy inspeksiyalarga tezkor hamda metodik rahbarlik qilish;
vazirliklar, idoralar va korxonalar bilan kelishgan holda shartnoma asosida ularning mutaxassislarini ishlab chiqarishlar, obyektlar va ishlarning xavfsizligi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish bilan bog‘liq mustaqil ekspertizalar va ishlanmalar o‘tkazish uchun shartnoma asosida jalb qilish.
Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Davlat inspeksiyasi inspektorlari o‘z vazifalarini bajarishlari uchun nazorat ostidagi korxonalar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan ta’minlaydilar, shuningdek ularga doimiy biriktirib qo‘yilgan mintaqaviy inspeksiyalar inspektorlariga kommunal xizmatlar ko‘rsatiladigan va telefon aloqasi bo‘lgan idoraviy turar-joy ajratishda ko‘maklashadilar, idoraviy maktabgacha bolalar muassasalarida va sanatoriy-kurort muassasalarida joy beradilar, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy-maishiy ta’minot masalalarini hal qiladilar.
13. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
14. Davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
15. Davlat inspeksiyasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosari bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshliq maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, o‘rinbosar esa — tegishli ravishda vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Davlat inspeksiyasi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
zarurat bo‘lganda Davlat inspeksiyasi boshqaruv apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasining tarkibiy bo‘linmalari va mintaqaviy inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni, o‘ziga qarashli tashkilotlar nizomlarini (ustavlarini) tasdiqlaydi, Davlat inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi to‘g‘risidagi nizom bundan mustasno;
Davlat inspeksiyasi boshqaruvi apparati xodimlarini hamda o‘ziga qarashli tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi shtabining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismining avariyaga uchragan odamlarni qutqarishga, yuz berayotgan avariyalarni bartaraf etishga va korxonalarda avariya-texnika ishlarini bajarishga tayyorligini ta’minlash bo‘yicha ishlari ustidan nazoratni tashkil etadi.
17. Tarmoq inspeksiyalari va mintaqaviy inspeksiyalar o‘z faoliyatini Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun Davlat inspeksiyasi huzurida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i boshchilik qiladigan Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etiladi. Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi va Kengash to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Davlat inspeksiyasida tarkibiga Davlat inspeksiyasi boshlig‘i (hay’at raisi), uning o‘rinbosari, shuningdek Davlat inspeksiyasining boshqa rahbar xodimlari kiradigan 5 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at o‘zining muntazam o‘tkaziladigan majlislarida sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish, idoraviy mansub tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish, qarorlar bajarilishini tekshirish, kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqadi, Davlat inspeksiyasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoraviy mansub va nazorat ostidagi tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitadi.
Hay’at majlisiga Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin”;
(Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori asosida 19-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Inspektorlar tarkibiga va Davlat inspeksiyasi organlari xodimlariga belgilangan tartibda farqlash belgilari bo‘lgan formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
21. Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-maydagi 114-sonli qarori bilan 19-20-bandlar tegishli ravishda 20-21-bandlar deb hisoblangan — O‘R QHT, 2008-y., 22-23-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirilgan qismlari to‘g‘risida” 1993-yil 3-martdagi 122-son qarori va unga ilovadagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori 13-bandining birinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qaroriga 1 va 2-ilovalar matnida:
“Sanoatkontexnazorat” — Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi va “Sanoatkontexnazorat” agentligiga ko‘rsatmalar, “Sanoatkontexnazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
“Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qaroriga 1—4-ilovalarning matnida:
“Sanoatkontexnazorat” — Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi va “Sanoatkontexnazorat” agentligi”ga ko‘rsatmalar tegishli ravishda “Sanoatkontexnazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
“Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi raisi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilova II bo‘limi 1-bandining birinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geologiya va marksheyder xizmatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qaroriga 1-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida va 2-ilova 8-bandining beshinchi xatboshida “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 6-iyundagi 286-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash hamda uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi Konvensiyani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 6-iyundagi 287-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshida va 2-ilova IV bo‘limining yettinchi xatboshidagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga ko‘rsatmalar, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda):
a) 2-bandda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlarning xavfsizligi qoidalari”;
4. 60-kichik banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda) 3-ilovadagi 30-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-noyabrdagi 434-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 62-modda) ilovadagi 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
4 va 5-bandlardagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilova 5-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 31-banddagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-apreldagi 145-son qarori 9-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovada 11-band chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmoqlari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2002-yil 5-iyuldagi 243-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 38-modda) ilovaning 23-bandida “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga 1-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi hamda 2-ilova 10-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qaroriga 1-ilova 11-bandining “e” kichik bandidagi hamda 2-ilova 10-bandining “j” kichik bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligining” hamda “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz ta’minotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 102-modda) 1-ilova 8-bandining “e” kichik bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 6-noyabrdagi 489-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 111-modda):
1-ilovaning 2-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga (1-ilova) ilovada “Sanoatkontexnazorat” agentligi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligiga”, “Sanoatkontexnazorat” agentligining” va “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga”, “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining” va “O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 1-ilovaning 14-bandidagi “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi”, “Agentlik tomonidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi”, “Inspeksiya tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.