Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2013 02.07.2004 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMTAʼLIM MAKTABLARI OʻQITUVChILARINING MEHNATINI RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilarining, eng avvalo, boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq 2006-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 379-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga sinf rahbarligi uchun amaldagi har oylik qoʻshimcha haq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan 100 foizigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga daftarlarni tekshirganlik uchun amaldagi har oylik qoʻshimcha haq eng kam oylik ish haqining oʻrta hisobda 30 foizidan 50 foizigacha miqdorda oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorga muvofiq 2004-yil 1-sentabrdan boshlab umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari ish haqiga ustamalar va qoʻshimchalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori 1-bandining umumtaʼlim maktablari hamda barcha tur va nomdagi maktab-internatlarning oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlashga doir qismi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 301-modda; 2005-y., 51-son, 379-modda)