LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarning ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari va professional boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati samaradorligini oshirish, davlat aktivlarini professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son Qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga boshqaruvga berilgungacha bo‘lgan muddatga respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakilini tayinlash, shuningdek ularni yuklangan vazifalardan ozod qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqi uchun o‘tkazilgan tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushi bo‘yicha dividendlar davlat budjetiga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, davlat ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatlarining natijalari to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasining ishchi organi funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat mulki qo‘mitasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan davlat unitar korxonalari, xo‘jalik jamiyatlarini hisobga olish, davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni davlat budjetiga tushirish bo‘yicha idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va axborot almashish tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 30-son, 289-modda)
1. Mazkur Nizom Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi va uning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi tijorat banklar ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Komissiyaning o‘z vakolati doirasida davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarni tayinlash, ozod etish va ularning faoliyatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
xo‘jalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga boshqaruvga berilgungacha bo‘lgan muddatga respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakilini tayinlash, shuningdek ularni yuklangan vazifalardan ozod qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqi uchun o‘tkazilgan tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushi bo‘yicha dividendlar davlat budjetiga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, davlat ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatlarining natijalari to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish uchun tanlov g‘oliblari — davlatning ishonchli vakillarini tayinlash va boshqaruvchi kompaniyalarni tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqiga tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatida davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning asosiy maqsad va vazifalarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillarini ularga yuklangan majburiyatlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod etish;
davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni boshqaruvchi kompaniyalar bilan davom ettirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish samaradorligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish va tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va mexanizmlarni ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z ish tartibini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxatini belgilash;
davlatning ishonchli vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni tanlash talablarini va shartlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarni tayinlashni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish.
9. Komissiya ishini Rais tashkil qiladi, u Komissiya ish tartibini tasdiqlaydi, majlis o‘tkaziladigan sanani va kun tartibini belgilaydi, o‘zi o‘rnida bo‘lmagan hollarda komissiya a’zolaridan birini o‘rinbosar etib tayinlaydi.
Komissiyaning majlislari zaruriyatga qarab davriy, ammo chorakda kamida bir marta uning a’zolarining uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi.
Komissiya qarori Komissiya a’zolarining majlisida ishtirok etuvchilarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya qarori majlisda ishtirok etuvchi Komissiya a’zolari imzolaydigan va Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolash vaqtida Komissiya a’zolari o‘zlarining alohida mulohazalarini bildirish huquqiga ega.
10. Komissiya majlisini tayyorlash va o‘tkazishni tashkil etishni amalga oshiruvchi Komissiyaning ishchi organi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillarini tayinlash va boshqaruvchi kompaniyalarni tasdiqlash bo‘yicha;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish majburiyatlaridan davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarni ozod etish bo‘yicha;
davlat ulushlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ulushlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyatga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Komissiyaning davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda yangi tayinlangan davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar bilan ishonchli boshqaruvga shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni yig‘ish, tartibga keltirish va ishlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda egalik huquqi davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkni saqlash va samarali boshqarish yuzasidan boshqaruvchi kompaniyalar va davlatning ishonchli vakillarining faoliyati natijadorligi bo‘yicha monitoring o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan davlat unitar korxonalari, xo‘jalik jamiyatlari, ularning xo‘jalik faoliyatining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritish;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Komissiyaga har chorakda taqdim etish;
xo‘jalik boshqaruv organlari rahbarlari, davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning ishlari samaradorligi monitoringi va ular ishining samaradorligi tahlili asosida davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari Komissiya tomonidan eshitilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiyaning ish yuritishini aniq va to‘liq olib borish, Komissiya yozishmalarini hisobga olish va tasniflash, Komissiyaning barcha majlislari protokollarini o‘z vaqtida va to‘liq rasmiylashtirish.
13. Komissiyani qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 6-bandining “a” va “v” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.