Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Taʼkidlash lozimki, soʻngi yillarda “Oʻzmetkombinat” AJda qora metallar prokatini ishlab chiqarishning mavjud oʻsish surʼatlari iqtisodiyot tarmoqlarining metal mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning ortayotgan hajmlarini qanoatlantirmayapti, qora metallarning lomi va chiqindilarini yigʻish va ushbu ishlarni ragʻbatlantirish tizimi samaradorligi darajasi zamonaviy talablariga javob bermayapti.
“Oʻzmetkombinat” AJni ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiyaviy jarayonlariga xalqaro standartlarni joriy etish yoʻli orqali korporotiv boshqarish tizimining zamonaviy talablariga muvofiq holda tubdan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish talab etilmoqda.
“Oʻzmetkombinat” AJ boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishning boshqarish samaradorligini oshirish hamda korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzmetkombinat” AJni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi 533-sonli qaroriga muvofiq “Oʻzmetkombinat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarishga “SFI Management Group” MCHJ XK kompaniyasi jalb qilindi.
2. Quyidagilar “Oʻzmetkombinat” AJning (keyingi oʻrinlarda — jamiyatning) asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib hisoblansin:
birinchi, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish boʻyicha yagona chuqur oʻylangan texnik siyosatni amalga oshirish, zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, shuningdek, jamiyatning xom ashyo bazasini kengaytirish;
ikkinchi, ishlab chiqarishning yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan, jamiyatni boshqarish tizimidagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, shu jumladan, yangi bozorlarni egallash hisobidan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, mahsulotning tannarxini tushirish boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tizimli asosda olib borish;
uchinchi, xom ashyo bazani kengaytirish, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni hisobga olgan xolda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirgan holda yangi yuqori texnologiyalar qoʻllanilgan ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, loyihani boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish yoʻli orqali ularni keyingi bosqichlardagi amalga oshirilishini tashkillashtirish;
toʻrtinchi, umumiy tuzilmani maqbullashtirish hamda tovarlar va xizmatlar importi hajmini qisqartirish maqsadida metallurgiya mahsulotlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish;
beshinchi, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish yoʻli orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
oltinchi, qattiq raqobat sharoitlarida jamiyatning samarali ishlashini taʼminlay oladigan, professionalizmning asoslangan yuqori darajalariga erishishda isteʼdodli, rostgoʻy va vatanparvar yosh mutaxassislarni jalb etish boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish orqali jamiyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
3. “Oʻzmetkombinat” AJning boshqaruv organlari, ishonchli boshqaruvchisi, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
jamiyat tuzilmasida — hududiy masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni belgilangan tartibda “Oʻzmetkombinat” AJning filiallari koʻrinishida qayta tashkil etgan holda “Ikkilamchiqorametallar” UK negizida “Ikkilamchiqorametallar” boshqarmasini tashkil etish;
“Oʻzmetkombinat” AJning ustav kapitaliga belgilangan tartibda davlatning ulushini oshirish hisobiga “Umumiy ovqatlanish kombinati” davlat korxonasi koʻrinishidagi mulk kompleksini, keyinchalik shakllantirilgan ulushni ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqaruvga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda uskunalar, lom va qora metallar chiqindilarini noqonuniy qabul qilish punktlarining faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻymasligi hamda ularni respublika chegarasidan olib chiqishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi lom va qora metallar chiqindilarining noqonuniy yigʻilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin, lom va qora metallar chiqindilari aylanmasi qismida huquqbuzarlik harakatlarining har bir faktlari boʻyicha puxta tekshiruvlarni olib borsin, aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning qora metallarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojlarini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi R-4911-sonli farmoyishining 1-bandidagi “TIF TR 7207 20 150 0 kodi boʻyicha poʻlat” soʻzlari “TIF TR 7207 20 150 0 va 7203 10 000 0 kodi boʻyicha poʻlat, temir rudasining toʻgʻridan-toʻgʻri tiklanadigan mahsulotlari” soʻzlariga almashtirilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-sentabr,
PQ-3277-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3277/0005; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)