Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.09.2017 yildagi 723-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil hosili paxta xomashyosining xarid narxlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan paxta xomashyosi yetishtirishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoateksport”, “O‘zagrotexsanoatxolding” xolding kompaniyalari hamda O‘zbekiston Fermyerlari kengashining 2017-yil hosili:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 829-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 829-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘lda terilgan paxta xomashyosining 1 kilogrammi uchun birinchi bosqichda — 450 so‘mdan, ikkinchi bosqichda 2017-yil 1-oktabrdan boshlab — 500 so‘mdan to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinada terilgan paxta xomashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so‘mdan to‘lash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga 2017-yil hosili paxta xomashyosi xarid narxlarining bir hafta muddatda yetkazilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yig‘im-terimida, uni tashishda va tayyorlashda qatnashayotgan xodimlarga ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga amalda topshirilgan paxta xomashyosi uchun terimchilarga terim pullarini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa — har kuni to‘lash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari paxta terimchilariga terim pullarining ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalari bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo‘lgan terimchilar otryadlari tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati paxta yig‘im-terimi mavsumida tashkil etiladigan terimchilar otryadlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otryadlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda 2017-yil hosili paxta tolasi uchun ulgurji narxlar preyskurantini ishlab chiqish va tasdiqlashda paxta tozalash korxonalarining terimchilar otryadlari rahbarlari ish haqini to‘lash bo‘yicha xarajatlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosining 90 foizi uchun — joriy yilda va qolgan 10 foizi uchun — 2018-yilning 1-apreligacha preyskurant narxlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2018-yilning 10-yanvarigacha bo‘lgan muddatda Jamg‘armaga 2017-yil hosili paxta xomashyosi uchun yakuniy 10 foizli to‘lovlar uchun mablag‘lar yig‘ma ma’lumoti taqdim etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan mas’uliyat “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev hamda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisi A.S. Kamalov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
723-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1004-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)