Ushbu Qonun davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek mahalliy Kengashlarga saylovni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning xohish-irodasiga to‘la muvofiq hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda o‘tkazish maqsadida qabul qilinmoqda.
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 99-moddadagi “shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “tegishli viloyat hokimi tomonidan” degan so‘zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismidagi “shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismidagi “viloyat hokimi tomonidan” degan so‘zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Tumanga bo‘ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
ikkinchi qismidagi “viloyatlarda tegishli majlislar” degan so‘zlar “viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi”;
yettinchi qismidagi “xalq deputatlari viloyat Kengashlarining” degan so‘zlar “xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–303-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 273-modda) 10-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
5-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov — 2017-yil dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilsin.
6-modda. Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining saylangan deputatlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2019-yilda o‘tkaziladigan viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari bo‘yicha Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.
7-modda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2017-yilda Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta’minlasin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq saylov komissiyalari tomonidan tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi, ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi o‘rtasida mohiyati hamda ahamiyati tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
LexUZ sharhi