Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

Hisoblangan qiymat va moliyalashtirish manbalari* (ekvivalenti ming dollar)

I. Tahliliy ishlarni takomillashtirish, statistik ma’lumotlarni taqdim etish va tarqatishning zamonaviy vositalarini joriy etish

1.

Hisobot davrida statistik ma’lumotlar asosida statistik tahlilning zamonaviy usullaridan foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning tarkib topayotgan tendensiyalari sabab va omillarini yaqqol ko‘rsatuvchi tahliliy materiallar, xatlar va ma’ruzalar tayyorlash, ularni keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.

Tahliliy xat va ma’ruzalar

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

2.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlarining bajarilishi to‘g‘risida tahliliy xatni tayyorlash, keyinchalik uni Vazirlar Mahkamasiga va mas’ul bajaruvchilarga taqdim etish.

Tahliliy xat

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

3.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning eng dolzarb masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida press-relizlar hamda maqolalar, shuningdek, respublikaning hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’riflovchi statistik axborotni tayyorlash va e’lon qilish.

OAVda matbuot uchun axborot va maqolalar

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

4.

Jamoatchilik tomonidan eng ko‘p talab etiladigan va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yutuqlariga oid Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlanadigan axborot asosida respublika va mahalliy telekanallar orqali axborot lavhalari, diagramma va jadvallarni namoyish etish amaliyotini kengaytirish.

Televizion roliklar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

5.

Hisobot davrida respublika va uning hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlarini Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari rasmiy veb-�aytida joylashtirish.

Rasmiy veb-saytdagi bo‘lim

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etgan holda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat statistika qo‘mitasi sahifasini, shuningdek, messenjyerlardagi guruhini ochish.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa, messenjyerlardagi guruh

2017-yilning II yarim yilligi

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Ko‘rsatkichlarni vizuallashtirishning ilg‘or metodlarini (toifalashtirilgan grafika, ma’lumotlarni makon bo‘ylab taqsimlash, infografika va boshqalar) statistik maqolalarga tatbiq etish.

Boshlang‘ich kodi ochiq bo‘lgan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining mazmunidan va ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlaridan qanoatlanish to‘g‘risida statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar orasida muntazam so‘rovlar o‘tkazish.

Onlayn so‘rovnomalar

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

II. Davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish va interaktiv xizmatlar sifatini oshirish

9.

Statistik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ochiqligi oshirilishini nazarda tutgan holda Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining kontentini tanqidiy tahlil qilish va yangilash

Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan rasmiy sayti

2018-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Qayta ishlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar hajmi ortib borayotganligini inobatga olgan holda Markaziy apparatni zamonaviy server uskunalari bilan jihozlash

Server uskunalarini xarid qilish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

4 000,0
Investitsiya dasturi

11.

Ma’lumotlarni vizuallashtirish funksiyasiga ega Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy vet-saytida statistik axborotni taqdim etishning interaktiv servislarini joriy qilish.

Boshlang‘ich kodi ochiq bo‘lgan dasturiy ta’minotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari yutug‘i monitoringi bo‘yicha interaktiv servislarni tatbiq etish

Axborot sayti

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Xalqaro tashkilotlar va homiylarning mablag‘lari

13.

Statistik hisobot shakllarini to‘ldirish hamda statistik shakllar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish masalalari bo‘yicha interaktiv maslahatlarni joriy etgan holda Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida tadbirkorlarning shaxsiy kabinetlarini yaratish.

Tadbirkorlarning shaxsiy kabineti

2019-yil
1-iyulgacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Real vaqt rejimida tegishli statistik axborotga davlat boshqaruvi organlarining ulanishini ta’minlaydigan “Davlat boshqaruvi” axborot tizimlari kompleksini joriy etish.

“Davlat boshqaruvi” tizimlari axborot kompleksi

2020-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

15.

Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash yagona tizimini joriy etish hisobiga statistik axborotni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish.

Kompleks axborot tizimlari (KAT)

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

III. Yig‘ma ko‘rsatkichlar tarkibini va qo‘llanilayotgan hisob-kitoblar metodikasini yanada takomillashtirish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini hisobga olish va statistikada aks ettirish tizimini yaxshilash

16.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olgan holda davlat statistik hisoboti shakllari hamda tanlab olingan tekshiruvlar anketalarining tarkibi va mazmunini takomillashtirish

Statistik hisobot shaklini takomillashtirish

har yili

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

17.

Idoraviy statistik hisobot bo‘yicha axborot yig‘ish metodikasi va manbalarini tahlil qilish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish masalalarida metodik yordam ko‘rsatish.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-2018-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

18.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada statistik tahlilning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini o‘rganish asosida takomillashtirilgan metodikalarni tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2019-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi

19.

“Milliy hisoblar tizimi — 2008” qo‘llanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini inobatga olgan holda xonadon xo‘jaliklarini tekshirish va ko‘rsatkichlar hisob-kitobi metodikasiga oid takomillashtirilgan savolnomani joriy etish.

Tekshiruv anketasi

2018 — 2020-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Statistikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tanlab o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tahlil qilish uchun matematik va dasturiy-texnik apparatni takomillashtirish.

Dasturiy ta’minot

2018 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

22.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb masa�alari bo‘yicha O‘zbekistonning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy statistik tadqiqotlarni kengaytirish

Idoralararo bitimlar

doimiy asosda

Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda aholi ishtirokini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkichlarni shakllantirgan holda yer uchastkalari egalarini mikroro‘yxatga olish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2020-yil

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

24.

Statistik mahsulot sifatini nazorat qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish va sifatni boshqarish yagona tizimini yaratish.

Sifatni boshqarish konsepsiyasi

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi

IV. Xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish

25.

Xalqaro tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazalarida va maxsus nashrlarida O‘zbekiston to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot taqdim etish

har yili

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

26.

Xalqaro tashkilotlarning 17 ta savolnomasini, shu jumladan BMT Statistika bo‘limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Statistika bo‘limi, YUNESKO, FAO, ESKATO statistika instituti, MDH Statistika qo‘mitasi so‘rovnomalarini to‘ldirish.

So‘rovnomalarni to‘ldirish

So‘rovnomalar kelib tushishiga qarab

Davlat statistika qo‘mitasi

27.

Ochiq statistika ko‘rsatkichlari tarkibini kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritib, ularni Davlat statistika qo‘mitasining statistik to‘plamlariga qo‘shish.

Takliflar tayyorlash

2017-yil
1-oktabrgacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

28.

Xalqaro valyuta fondining axborot resurslarida O‘zbekiston to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish.

XVFning Ma’lumotlar tarqatish umumiy tizimiga va Ma’lumotlar tarqatish maxsus tizimiga qo‘shilish bo‘yicha tadbirlar

2017-yil
II yarim yilligi

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytidan foydalangan holda statistik ma’lumotlar va metama’lumotlarni ayirboshlashning xalqaro standartlarini (SDMX) joriy etish.

Dasturiy ta’minotni o‘rnatish

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

V. Statistika organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

30.

Tizim xodimlarini, shu jumladan iqtisodiy tahlil, modellashtirish va AKTni joriy etish sohasida 2 yilda kamida 1-marta malakasini oshirish.

O‘quv mashg‘ulotlari jadvali

2017 — 2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi

31.

Boshqaruv kadrlari, shu jumladan Davlat statistika qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari rotatsiyasini o‘tkazish, tizimning quyi bo‘g‘inlari xodimlarini markaziy apparatda stajirovkadan o‘tkazish.

Jadval bo‘yicha

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

32.

Statistikani takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazining o‘quv-tematik dasturlarini yangilash.

Davlat statistikasi organlari xodimlarining malakasini oshirish dasturi

har yili

Davlat statistika qo‘mitasi

33.

Davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

Malaka oshirish dasturi

belgilangan muddatlarda

Davlat statistika qo‘mitasi

34.

O‘zbekistonning yetakchi iqtisodiy oliy ta’lim muassasalarida sayyor seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Qo‘mita hay’ati

Rais



Raisning birinchi o‘rinbosari

Raisning iqtisodiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari

Raisning ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari

Raisning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari



Yig‘ma axborot ishlari boshqarmasi

1

Ishbilarmonlik muhitini tekshirish, tadbirkorlik rivojlanishi statistikasi boshqarmasi

1

Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi

1

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasi

1

Protokol xizmati

3

Yig‘ma tezkor ma’lumotlar va indikativ ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi

4

Tadbirkorlik statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotni shakllantirish bo‘limi

3

Mehnat resurslari bandlik va mehnatga haq to‘lash balansi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish bo‘limi

7

Axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarini yuritish bo‘limi

2

Yuridik bo‘lim

3

Axborot-tahliliy ishlarni muvofiqlashtirish va ma’ruzalarni tayyorlash bo‘limi

3

Tadbirkorlik subyektlarini kompleks statistik kuzatish bo‘limi

9

Statistik vazifalarni dasturlashtirish va texnik jihatdan ta’minlash bo‘limi

2

Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish bo‘limi

6

Kadrlar boshqarmasi

5

Statistik nashrlarni tayyorlash bo‘limi

2

Tadbirkorlik faoliyatini tanlab tekshirishni tashkil etish bo‘limi

3

Elektron ma’lumotlar bazasini arxivda saqlash bo‘limi

1

Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi

1

Statistik materiallar tarqatilishini texnik qo‘llab-quvvatlash sho‘basi

2

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi

5


Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi

1

Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi

1

Aholi turmush darajasi va tekshiruvlar statistikasi boshqarmasi

1

Axborot xavfsizligi boshqarmasi

1

Iqtisodiy tahlil va moliya bo‘limi

3

Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil qilish bo‘limi

4

Rivojlanishning maqsadli dasturlari indikatorlarini shakllantirish hamda investitsiyalar va qurilish masalalari bo‘yicha tahliliy axborot bo‘limi

4

Aholi turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil qilish bo‘limi

3

Tarmoq ma’muriyatchiligi va axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limi

2

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish boshqarmasi

1

Joriy hisoblar bo‘limi

7

Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar to‘g‘risidagi kompleks statistik kuzatuvlar bo‘limi

5

Xonadon xo‘jaliklarini tanlab tekshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi

5

Texnik rivojlanish bo‘limi

1

Jamg‘arish hisoblari va yordamchi hisoblar bo‘limi

4

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi

2

Pudrat qurilish tashkilotlari va uy-joy qurilishi faoliyatini statistik kuzatuvlar bo‘limi

5

Xarajatlar va chiqarish statistikasi bo‘limi

4


Ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi

3

Xizmat ko‘rsatish sohasi statistikasi boshqarmasi

1.

Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

6


Statistika ishlarini tashkillashtirish va metodologiya boshqarmasi

2

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi

1



Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturlari yig‘ma tahliliy axborot va indikatorlarini shakllantirish bo‘limi

3

Ishlar boshqarmasi

3

Statistik vositalarni, matematik metodlarni rivojlantirish va sifatni boshqarish bo‘limi

4

Tashqi va ichki savdo statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotni shakllantirish bo‘limi

4

Binolardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘limi

2

Xizmat ko‘rsatish sohasi, transport va axborot infratuzilmasi kompleks statistik kuzatuvlar bo‘limi

8

Birinchi bo‘lim

2

Hududiy statistika organlari bilan ishlash bo‘limi

4

Avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish xizmati

1

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdoni statistik kuzatish bo‘limi

5

Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlar bo‘limi

3

Tasniflar va metoma’lumot-larni yuritish bo‘limi

3


Narx-navo statistikasi boshqarmasi

1

Sanoat statistikasi boshqarmasi

1

Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi

1

Ishlab chiqaruvchilarning narx-navo statistikasi bo‘limi

6

Sanoat bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotni va sanoat rivojlanishi dasturlari indikatorlarini shakllantirish bo‘limi

3

Iste’mol narxlari va iste’mol narxlarining indeksi statistikasi bo‘limi

5

Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotni shakllantirish bo‘limi

3

Sanoat ishlab chiqarishi sohasida kompleks statistik kuzatuvlar bo‘limi

9

Axborotni tarqatish, xalqaro axborot ayirboshlash va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

1

Energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari statistikasi va energiya samaradorligi hisob-kitoblari sho‘basi

2

Notijorat tashkilotlari faoliyatini, madaniyat va turizm sohalarini statistik kuzatish bo‘limi

4


Ochiq ma’lumotlarni tarqatish va xalqaro axborot ayirboshlash bo‘limi

3

Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi

1

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiyalar sohasida statistik kuzatuvlar bo‘limi

3

Qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy o‘zgartirishlar bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotni shakllantirish bo‘limi

3

Jamoatchilik aloqalari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi

3

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini statistik kuzatish bo‘limi

4

Ekologiya va chiqitlar bilan ishlash statistikasi sho‘basi

2

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi