27.07.2017 yildagi PQ-3151-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib biriktirilgan har bir oliy ta’lim muassasasini 2030-yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, qarorda oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha belgilangan parametrlarni so‘zsiz bajarish, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilarni xorijiy ta’lim muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga, iqtidorli bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga yuborish, shuningdek, o‘quv laboratoriya bazasini yangilash bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini har chorak yakuni bo‘yicha muntazam muhokama qilib borishni yo‘lga qo‘ysin;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Kompleks rahbarlari,

mutasaddi rahbarlar

T/r

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

1.

Aripov Abdulla Nigmatovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari

1.

O‘zbekiston milliy universiteti

2.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

3.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti

4.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali

5.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

6.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

7.

Milliy rassomlik va dizayn instituti

8.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

9.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

10.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

11.

Toshkent davlat yuridik universiteti

2.

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari � “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

2.

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

3.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti

4.

Namangan muhandislik-qurilish instituti

5.

Termiz davlat universiteti

6.

Urganch davlat universiteti

7.

Qoraqalpoq davlat universiteti

8.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

3.

Kuchkarov Djamshid Anvarovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

2.

Toshkent moliya instituti

3.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

4.

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

5.

G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali

6.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

4.

Mirzayev Zoyir Toirovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari —Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

2.

Toshkent davlat agrar universiteti

3.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

4.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

5.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

6.

Samarqand davlat universiteti

7.

Samarqand davlat chet tillar instituti

5.

Ibragimov G‘ulomjon Inomovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

2.

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali

3.

Toshkent davlat texnika universiteti

4.

Buxoro davlat universiteti

5.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

6.

Navoiy davlat konchilik instituti

7.

Qarshi davlat universiteti

8.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

6.

Rozukulov Ulug‘bek Ubaydullayevich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

2.

Andijon mashinasozlik instituti

3.

Andijon davlat universiteti

4.

Namangan davlat universiteti

5.

Jizzax politexnika instituti

6.

Farg‘ona davlat universiteti

7.

Farg‘ona politexnika instituti

7.

Musayev Bexzod Anvarovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

2.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

3.

Navoiy davlat pedagogika instituti

4.

Jizzax davlat pedagogika instituti

5.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti

6.

Nukus davlat pedagogika instituti

7.

Toshkent islom universiteti

8.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

9.

Guliston davlat universiteti

8.

Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

1.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

2.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

3.

Toshkent farmatsevtika instituti

4.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

5.

Andijon davlat tibbiyot instituti

6.

Buxoro davlat tibbiyot instituti

7.

Samarqand davlat tibbiyot instituti

10.

Kamilov Abdulaziz Xafizovich,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

1.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

T/r

Tadbirlar mazmuni

Moliyalashtirish manbasi

Ijro etish muddati

Kutilayotgan natija

1.

Kompleksga qarashli tarmoq (soha)ning korxonalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi monitoringini amalga oshirish va biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarini istiqbolli rivojlantirish har yilgi rejasini ishlab chiqish.

Oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari faoliyatini takomillashtirgan holda qayta tashkil etish.

-

Avgust

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarini istiqbolli rivojlantirish har yilgi rejasi va Vasiylik kengashlari tarkibini belgilash

2.

Hududlarda yangi barpo etilayotgan, qayta tiklanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan zamonaviy korxonalar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya va modernizatsiya qilinayotganligini inobatga olgan holda, yangi kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarni qoplash maqsadida aniq balans hisob-kitoblariga asoslangan oliy ta’limga qabul kvotalarini shakllantirish.

-

Avgust — dekabr

Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmalar portfelini shakllantirish

3.

Malakali kadrlar tayyorlash jarayoni va o‘quv-uslubiy ta’minoti, o‘quv reja va dasturlarini kadrlar iste’molchilarining yetakchi mutaxassislari tomonidan tanqidiy tahlil etilishini ta’minlash, oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan talablarni ish beruvchi korxonalar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda shakllantirish.

-

Avgust

Oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmuniga kadrlar iste’molchilari tomonidan qo‘yiladigan talablarni belgilash

4.

O‘qish bilan amaliyotni birgalikda olib borish, talabalarning bevosita ishlab chiqarishda amaliy mashg‘ulotlarini va malakaviy amaliyotlarini o‘tkazishni tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasasining tegishli yo‘nalishlarini tarmoqning muayyan tashkilotiga biriktirish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish uchun mas’ul xodimlarni tayinlash.

-

Sentyabr

Talabalarning ishlab chiqarishda amaliy mashg‘ulotlarini va malakaviy amaliyotlarini o‘tkazishni samarali tashkil etish

5.

O‘quv materiallarini ko�xonalarning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish, o‘quv jarayoni shaklini tubdan yangilash, faqatgina nazariy bilimlar berish emas, balki uni amaliyotda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar bilan

chambarchas bog‘liq holda amalga oshirishga erishish choralarini ko‘rish.

-

Doimiy

Amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni va uning zamonaviy o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash

6.

Qobiliyatli yosh pedagoglarni xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda stajirovkadan o‘tishi va ilmiy darajalarini himoya qilishi uchun yuborish maqsadida oliy ta’lim muassasasiga moddiy yordam ko‘rsatish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablag‘lari

O‘quv yili davomida, shartnomalarga muvofiq

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish

7.

Iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirish, ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis etish, talabalar o‘rtasida tanlovlar tashkil etish uchun normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqib tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablag‘lari

Oktyabr — dekabr

Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etishning rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

8.

Kompleksga qarashli tarmoq (soha) hamda korxonaning ilmiy-texnik rivojlantirish yo‘nalishlari muammolariga bag‘ishlangan mavzulari bazasini shakllantirish va bu muammolar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan xo‘jalik shartnomalari (grantlar loyihalari) tuzish.

Ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnologik muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish hamda oliy ta’lim muassasasiga taqdim etish.

K�rxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari

Oktyabr — dekabr

Yanvar — iyul

Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish

9.

Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning korxonalarda va xorijda malaka oshirishlarini tashkil etish.

Professor-o‘qituvchilarning zamonaviy talablar asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshirilayotgan texnologik yangilanishlar, joriy etilayotgan yangi texnologiyalar to‘g‘risida ma’lumot olishi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tajriba-sinovdan o‘tkazishda tegishli shart-sharoitlar yaratish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari

Korxona va oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini ilg‘or xorijiy tajriba va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish darajasidan k�lib chiqib takomillashtirish

10.

Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan tarmoq (soha)dagi yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yuzasidan oliy ta’lim muassasasi va korxona (muassasa)larda uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etish.

-

Har oyda

Tarmoq(soha)larni rivojlantirish istiqbollari haqidagi bilimlarni shakllantirish

11.

Sohadagi malakali va tajribali mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv jarayoniga jalb etish.

Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari mablag‘lari

Sentyabr — iyun

O‘quv jarayoni mazmunini ishlab chiqarish, sohadagi ilg‘or tajriba bilan moslashtirish

12.

Bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini tekshirib borish va natijalarini Kompleksning kengaytirilgan yig‘ilishlarida muhokama qilish, ijobiy yutuqlarni rag‘batlantirish.

-

Har o‘quv semestr yakunida

(yanvar, iyul)

Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini amalga oshirish va natijalarni tahlil qilish

13.

Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, talabalar turar joylari sharoitlarini, ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaxshilash va ularning hududlarini obodonlashtirish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablag‘lari

O‘quv yili davomida (alohida tuzilgan grafik asosida)

Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish

14.

Ta’lim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish, kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnika kadrlarini tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.

-

Fevral — aprel

Ishlab chiqarish sohalari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash

15.

Mutaxassislar tayyorlash sifatiga ko‘maklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish, oliy ta’lim muassasalari faoliyatining izchil rivojlantirilishini ta’minlash uchun homiylik, texnikaviy ko‘maklashish (grantlar) va boshqa mablag‘larni jalb etish.

Korxona va �ashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari

O‘quv yili davomida, dasturlarni bajarish jarayonida

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini izchil rivojlantirishning moliyaviy ta’minotini yaxshilash

16.

Korxonalar rahbarlari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini ta’minlash.

Oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari

May-iyun

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash sifatini baholash

17.

Ta’tillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etish, ularni korxonalarda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash.

Korxona va tashkilotlarning ushb� maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari

Iyul-avgust

Talabalarni moddiy rag‘batlantirish

18.

Oliy ta’lim muassasalarini kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari uchun vositalar, shu jumladan, internet tarmog‘idan foydalanishini, zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari, investitsiya dasturlari mablag‘lari

O‘quv yili davomida, oliy ta’lim muassasasi talabnomasi asosida

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga sharoitlar yaratish

19.

Darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni nashr etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari

Oliy ta’lim muassasasi talabnomasi asosida

O‘quv jarayonining zamonaviy adabiyot ta’minotini yaratish

20.

Bitiruvchilarni Kompleksga qarashli korxonalarga ishga joylashtirish, korxonalardagi bo‘sh vakant o‘rinlarni malakali bitiruvchilar bilan to‘ldirib borish.

-

Iyul-avgust

Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish

21.

Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida Kompleks rahbari huzurida hisobot yig‘ilishini o‘tkazish. Kelgusi o‘quv yili rejalarini tasdiqlash.

-

Avgust

O‘tgan o‘quv yili natijalarini tahlil qilish va navbatdagi vazifalarni belgilash

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Ijro
muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. Mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talabni va ta’lim mazmunini shakllantirish

1.

Vazirlik va idoralar huzurida sohalar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etish va bunday kengashlarning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

tegishli sohaga kadrlar tayyorlovchi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shuningdek pedagog kadrlar va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalariga o‘quv-metodik rahbarlik qilish va ilmiy-metodik bazani shakllantirishni muvofiqlashtirish;

ilg‘or xorijiy tajriba hamda soha ehtiyojlarini, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarini tizimli takomillashtirib borish;

sohaga oid ilmiy-texnik masalalar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsiyaviy ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtirish;

ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari ilmiy-pedagogik salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, sohani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib rahbarlar va mutaxassislarni sifatli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

2017-yil 20-avgust

Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Badiiy Akademiya, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi,
Adliya vazirligi

2.

Tasarrufdagi oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaror bilan tasdiqlangan har bir oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlashni nazorat qilish.

2017 — 2021-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Badiiy Akademiya

3.

Sohalarning istiqbolli talablaridan kelib chiqib ta’lim mazmuniga, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablarni belgilash va tegishli oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga taqdim etib borish.

har yili
1-dekabrga

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Badiiy Akademiya, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

4.

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarni ishlab chiqishda sohaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mutaxassislik fanlar bo‘yicha soatlar taqsimoti hamda mazmunini buyurtmachi bilan kelishib shakllantirishni amaliyotga joriy etish.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi

5.

Muhandislik-texnika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quv reja va dasturlarida umummuhandislik fanlari (issiqlik texnikasi, metallar texnologiyasi, mashina detallari va boshqa fanlar) bo‘yicha dars soatlarini maqbullashtirish hisobiga ko‘paytirish.

2017-yil

30-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida muhandislik-texnika yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

II. Pedagoglar tarkibini shakllantirish va uning ilmiy salohiyatini oshirish

6.

Soha korxonalarining istiqbolli rivojlanishi asoslangan davlatlarning texnika-texnologiyalari, sohada kutilayotgan o‘zgarishlar, korxonalar modernizatsiyasi texnik taraqqiyoti yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etib borish.

har yili
1-dekabrga

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Badiiy Akademiya, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

7.

Xorijiy hamkorlik qilinayotgan, sohaga o‘z investitsiyalari va texnologiyalarini olib kirayotgan kompaniyalar, korxonalar faoliyatining texnika, texnologiyalarini o‘rganish uchun tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining malaka oshirishini tashkil etish.

2018-yildan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

8.

Investitsiyalar bo‘yicha tuzilayotgan shartnomalarda oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini xorijiy kompaniya va tashkilotlarda malakasini oshirish, stajirovkasini o‘tkazishni tashkil etishni nazarda tutish.

2018-yildan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash

vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

9.

Malaka oshirish markazlarining tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulotlarni korxonalarda tashkil etish uchun sharoitlar yaratish (mas’ul xodim ajratish; jihozlangan auditoriya tashkil qilish va h. k.).

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni �aqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

III. Bitiruvchilarning amaliy ko‘nikmalarini talab darajasida shakllantirish

10.

Amaliyot o‘tash joyida talabaga mas’ul xodimni biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishini ta’minlash, tashkilotlarda amaliyotchidan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot tex�ologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

11.

Amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

12.

Korxona va tashkilotlarda amaliyotchiga biriktirilgan mas’ul xodimlarni rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish.

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

13.

O‘quv rejada belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini o‘tash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi to‘lanadigan lavozimga ishga qabul qilish.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs so‘ngida emas, balki mos ravishda uchinchi va ikkinchi kursda tahsil olayotgan davrda o‘tkazish va barcha turdagi amaliyotlarni ishga yo‘llanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada o‘tashni yo‘lga qo‘yish.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

Kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mavj�d vazirlik va idoralar

15.

2017-yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan maqsadli dasturlar, shu jumladan, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi loyihalar doirasida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlariga ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashish.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

16.

Yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori”ga mos ravishda ishlab chiqilgan tasniflagichga kiritilgan kasblarning o‘quv davriyligini kasblarning murakkablik darajasini inobatga olgan holda tabaqalashtirish.

2017-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

17.

Chekka hududlardagi korxona va tashkilot, shu jumladan, kasb-hunar kollejlariga ishlash uchun yuborilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini doimiy ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan, uy-joylar bilan ta’minlashga imtiyozli kreditlar,avtokreditlar ajratish hamda ishlagan davriga qarab

oylik ish haqlariga ustamalar belgilash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil dekabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

IV. Ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash

18.

Ta’lim mazmunini soha istiqbolidan kelib chiqib belgilash, uni ilmiy asosda uzluksiz yangilab borish, sohada ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash ishlarini rivojlantirish uchun vazirlik va idoralar huzurida Ilmiy-texnik kengashlarni tashkil etish hamda ularga shaxsan soha rahbarlarining o‘zlari boshchilik qilishini ta’minlash.

2017-yil avgust

Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Badiiy Akademiya, Adliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

19.

Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug‘ullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash.

2017-yil sentyabr oyidan boshlab

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Badiiy Akademiya, Adliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

20.

Hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalarga ilmiy buyurtmalar berish, ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minlash.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ

V. Ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish

21.

Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni yuqori samara va sifat bilan amalga oshirishda tegishli oliy ta’lim muassasalariga amaliy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish.

2017 — 2021-yillar

Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Badiiy Akademiya

22.

Oliy ta’lim muassasalari laboratoriya bazasining doimiy yangilanib va to‘ldirib borilishi, zaruriy xomashyolar bilan ta’minlanishi, sohaga kirib kelayotgan yangi texnika va texnologiyalarning namunalarini ta’lim muassasalariga muntazam yetkazib berilishini ta’minlash.

doimiy

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

23.

Biriktirilgan korxona va tashkilotlar bazasida o‘quv, ilmiy laboratoriya komplekslarini barpo etish orqali talabalar va ilmiy izlanuvchilarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘lash.

2017 — 2021-yillar

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)