Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.05.2005 07.11.2002 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.05.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT EHTIYoJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI ETIShTIRIShNI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish, fermer xo‘jaliklari rolini oshirish, fermerlarda mulkdorlik, jalb etiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish uchun iqtisodiy javobgarlik hissini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasining Buxoro, Farg‘ona, Namangan va Xorazm viloyatlarida amaldagi tayyorlov korxonalari orqali avans berish mexanizmi o‘rniga fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xomashyosi va g‘alla etishtirish bo‘yicha xarajatlarini ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali to‘g‘ridan to‘g‘riimtiyozli kreditlash mexanizmini 2003-yil hosilidan boshlab sinab ko‘rish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklarini ekish materiali bilan “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tayyorlov korxonalari tomonidan g‘alla va paxta xomashyosi bo‘lg‘usi hosili uchun avans berish hisobiga ta’minlashning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklariga paxta xomashyosi terimchilari bilan hisob-kitob qilish uchun haqiqiy tayyorlangan paxta xomashyosi hajmidan kelib chiqqan holda “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari orqali mablag‘lar ajratishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklariga kreditlar ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan g‘alla va paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorda, avans hisobiga yetkazib beriladigan ekish materiali qiymatini hisobga olgan holda, yiliga ko‘pi bilan 5 foizli stavka bilan hamda hosil yig‘ishtirib olingungacha va ular bo‘yicha hisob-kitob qilingungacha muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlariga sotishdan fermer xo‘jaliklariga tushadigan mablag‘lar hisobiga birinchi navbatda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarining fermer xo‘jaliklariga imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha kreditlar berish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar qaytarilishini ta’minlashni — “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislarini va har bir fermer xo‘jaligining imkoniyatlaridan kelib chiqib ta’minlashning boshqa shakllarini nazarda tutgan holda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va g‘alla etishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini kreditlashning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va g‘alla etishtirishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun beriladigan imtiyozli kreditlar qaytarilishini sug‘urtalashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi har bir fermer xo‘jaligi bo‘yicha g‘o‘za va g‘alla ekinlarining ahvolini, ularni etishtirish bo‘yicha xarajatlarni kreditlashni davom ettirishning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun muntazam monitoring o‘rnatsin hamda ekinlarning ahvoli qoniqarsiz ekanligi aniqlangan hollarda tegishli tijorat banklarini o‘z vaqtida xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla va paxta xomashyosini etishtirish bo‘yicha xarajatlarini kreditlashning tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari va “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining ekinlarning ahvoli va kutilayotgan hosildorlik to‘g‘risidagi xulosalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit resurslarining qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirishning texnologiya kartalariga muvofiq xarajatlar normalariga binoan ajratilishi va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 168-modda)