LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Menejmentning zamonaviy metodlarini egallagan, iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha respublikada o‘tkazilayotgan siyosatni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan Oliy biznes maktabi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Respublikada olib borilayotgan demokratik o‘zgartirishlar va bozor islohotlari yo‘li vazifalari va ustuvorliklariga muvofiq xalqaro talablar hamda qabul qilingan xalqaro dasturlar asosida “boshqaruv-biznes magistri” dasturi bo‘yicha yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislari tayyorlash Oliy biznes maktabining asosiy vazifasi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Vaseda” universiteti (Tokio sh.) Yaponiya moliya korporatsiyasi ko‘magida Oliy biznes maktabida boshqarish va o‘quv jarayonini tashkil etishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy biznes maktabining xodimlarning cheklangan soni (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 40 kishidan iborat bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oliy biznes maktabi direktori ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi prorektori hisoblanadi hamda uning ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Oliy biznes maktabi direktoriga zarurat bo‘lganda uning tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy biznes maktabida o‘qitish pulli, kontrakt-maqsadli asosda, “boshqaruv-biznes magistri” dasturi bo‘yicha, o‘quv dasturiga muvofiq kunduzgi shaklda 14 oy mobaynida va sirtqi shaklda 24 oy mobaynida amalga oshiriladi;
Oliy biznes maktabiga tinglovchilar ishlab chiqarish uyushmalari, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xolding kompaniyalari va boshqa xo‘jalik birlashmalari, yirik sanoat korxonalari rahbarlaridan, shuningdek rahbarlik boshqaruv lavozimlariga ko‘tarish uchun zaxiradagi istiqbolli mutaxassislardan tanlov asosida olinadi;
Oliy biznes maktabi bitiruvchilariga maktabni tamomlagani to‘g‘risida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Oliy biznes maktabining professor-o‘qituvchilar tarkibi yetakchi xorijiy universitetlar, tadqiqot markazlari, xalqaro iqtisodiyot va moliya tashkilotlari mutaxassislari hisobiga, mahalliy mutaxassislarni, shu jumladan yetakchi xorijiy o‘quv yurtlari magistri diplomiga ega bo‘lgan mahalliy mutaxassislarni jalb etish hisobiga shakllantiriladi;
Oliy biznes maktabining professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari va tinglovchilari moddiy-maishiy ta’minot va mehnatga haq to‘lash sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari va tinglovchilariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi uch oy muddatda:
Oliy biznes maktabida o‘quv jarayonini tashkil etishga xorijiy mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tarkibini xalqaro grantlar bo‘yicha jalb qilish masalalarini hal etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi 2001-yil 1-iyungacha:
manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda boshqaruvchi-menejer mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Devoniga 2001-2002 o‘quv yili uchun Oliy biznes maktabiga kunduzgi va sirtqi bo‘limda o‘qishga qabul qilish rejasi bo‘yicha takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oliy biznes maktabining shtatlar jadvalini va 2001-yil uchun xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi bilan birgalikda Oliy biznes maktabi bitiruvchilariga beriladigan, chet ellarda tan olinadigan, ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat (sertifikat)ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2001-yilda Oliy biznes maktabining joriy xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashni, o‘qitish uchun tushadigan mablag‘larni hisobga olgan holda, qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratish hisobiga amalga oshirsin;
o‘qitish uchun tushadigan mablag‘lar yetishmagan taqdirda 2002-yildan boshlab, hisob-kitoblarga muvofiq, Oliy biznes maktabining joriy ta’minoti uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oliy biznes maktabiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun u, soliqlarning barcha turlaridan va o‘z ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va jihozlar keltirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari) istisno tariqasida 5 yil muddatga ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oliy biznes maktabiga o‘qituvchilik qilish va ilmiy ish olib borish uchun taklif etilgan xorijiy mutaxassislar, professorlar va o‘qituvchilarning yashashi va transport xarajatlari uchun O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lashiga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy biznes maktabi buyurtmanomalariga binoan, o‘qitish jarayonida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga hamda professor va o‘qituvchilarga konsullik yig‘imlari undirilmasdan kelish vizalari berilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy biznes maktabi buyurtmanomalariga binoan, o‘qitishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni hamda professor va o‘qituvchilarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni davlat boji to‘lovisiz ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oliy biznes maktabi Toshkent shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 45-uydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi binosiga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oliy biznes maktabini belgilangan tartibda telefon va telekommunikatsiyaning zarur turlari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi (keyingi o‘rinlarda Oliy biznes maktabi deb ataladi) menejmentning zamonaviy metodlarini egallagan va jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida respublikada o‘tkazilayotgan siyosatni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etishga qodir bo‘lgan boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan ta’lim muassasasi hisoblanadi.
2. Oliy biznes maktabi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi to‘g‘risidagi Nizomga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oliy biznes maktabi o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z ixtiyoridagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Ular yetishmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha Oliy biznes maktabi muassislari birgalikda javob beradilar.
5. Oliy biznes maktabi notijorat tashkilot hisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.
6. Oliy biznes maktabi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamiga, valyuta hisob raqamlari va boshqa hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan gerbli muhrga, dumaloq muhrlarga, shtampga va uning kadrlar tayyorlash sohasidagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlar va rekvizitlarga egadir.
7. Oliy biznes maktabi boshqaruv va menejment sohasida rahbar xodimlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi yetakchi o‘quv-metodik va ilmiy markaz hisoblanadi.
10. O‘qitishning belgilangan ta’lim-kasb dasturlari asosida boshqaruv va menejmentning zamonaviy usullarini egallagan rahbar xodimlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli kurslarda, maxsus seminarlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oliy biznes maktabining asosiy maqsadi hisoblanadi.
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini va ustuvorliklarini hisobga olgan holda xalqaro standartlar va qabul qilingan xalqaro dasturlar asosida (MBA) yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislar tayyorlash;
o‘quv jarayonini yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv tashkilotlari mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari hisobiga, shuningdek yetakchi xorijiy o‘quv yurtlarining diplomini, sertifikatini olgan mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlash;
o‘tish iqtisodiyotini boshqarish nazariyasi va amaliyoti sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni chuqur o‘rganish asosida mehnat, moliya, moddiy resurslarni boshqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari, o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarini hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslar va seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasida o‘tish iqtisodiyotining dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, boshqaruv xodimlari tayyorlashni takomillashtirish uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi o‘quv kurslari, seminarlar o‘tkazish;
yetakchi xorijiy o‘quv muassasalarida va ilmiy markazlarda, yirik xorijiy kompaniyalarda Oliy biznes maktabi tinglovchilarining tajriba orttirishini, diplomoldi amaliy ishlarini tashkil etish;
rahbar va boshqaruv xodimlarini tayyorlash tizimi to‘g‘risida respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarida axborotlar berish uchun noshirlik va matbaachilik faoliyatini tashkil etish.
o‘qitish rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish maqsadidagi kadrlar zaxirasi uchun — kunduzgi bo‘limda, xo‘jalik birlashmalari va yirik tuzilmalarni tashkil etuvchi sanoat korxonalari rahbarlari uchun — sirtqi bo‘limda olib boriladi;
o‘qitish asosan shartnoma asosida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
15. Oliy biznes maktabi bitiruvchilariga uni tamomlaganlik to‘g‘risida belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
16. Ishlab chiqarish uyushmalari, konsernlar, kompaniyalar, korporatsiyalar, xolding kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, yirik sanoat korxonalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek boshqaruv lavozimiga ko‘tarish uchun zahirada turgan mutaxassislar Oliy biznes maktabining tinglovchilari etib qabul qilinadilar;
17. Tanlovda qatnashish uchun tinglovchilarni tanlash tasdiqlangan Tanlash tartibiga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
ishlab chiqarishdagi ish staji — boshqaruvning tarmoq organlarida (uyushma, konsern, kompaniya, korporatsiya, xolding kompaniya va boshqa xo‘jalik birlashmalarida), shuningdek ishlab chiqarishda kamida 4 yil bo‘lishi kerak.
18. Tinglovchilarni qabul qilish test sinovi va suhbatlashish natijalarini hisobga olgan holda tanlov asosida amalga oshiriladi.
19. Oliy biznes maktabi tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchilari uchun belgilangan huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi.
20. O‘quv jarayoni yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv tashkilotlari mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari hisobiga, shuningdek yetakchi xorijiy o‘quv yurtlarining magistri diplomini olgan mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan ta’minlanadi.
21. Oliy biznes maktabida tinglovchilarni o‘qitish pulli, kontrakt-maqsadli asosda amalga oshiriladi.
22. Belgilangan tartibni yoki fanlarni o‘zlashtirmaganlik uchun tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda o‘qitish uchun to‘langan pul tashkilotlarga qaytarilmaydi.
23. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar buyurtmanomalari hisobga olingan holda pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi.
24. Muassislar yig‘ilishi Oliy biznes maktabining yuqori rahbar organi hisoblanadi. Muassislar yig‘ilishi bir yilda 1-marta, yoxud zarurat bo‘lganda Ta’sis kengashining qaroriga ko‘ra o‘tkaziladi.
Oliy biznes maktabi direktori ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining prorektori hisoblanadi.
27. Taftish komissiyasi Oliy biznes maktabi iqtisodiy va moliya-buxgalteriya faoliyatini hamda hisobotini yuritishning to‘g‘riligini nazorat qiladi va tekshiradi.
28. Oliy biznes maktabi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.