Mirzayev Z.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Jamg‘arma kengashi raisi |
Xo‘jayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Jamg‘arma kengashi raisining o‘rinbosari |
Saidova G.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri |
Abdurazakov Sh.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
Ishmetov T.�. | — | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari |
Turdiyev S. | — | O‘zbekiston fermyerlari Kengashi raisi |
Kamalov A.A. | — | “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi |
Xaydarov S.O. | — | “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
Otajonov N.S. | — | “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
Tamikayev A.U. | — | “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi |
Lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish departamenti direktori. Jamg‘arma kengashi kotibi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.06.2017 yildagi PQ-3096-son
Кучга кириш санаси
10.07.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2021
|
Hujjat 25.09.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyundagi PF-5095-sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning prinsipial yangi mexanizmini joriy etish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 17 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Departament O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari kompleksi tarkibiga kirishi belgilab qo‘yilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Departament davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosili hisob-kitobini moliyalashtirishga ajratilgan Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanishda, shuningdek zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablag‘laridan foydalanilishida vakolati bo‘lmagan mansabdor shaxslarning barcha aralashuvlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma kengashiga tegishli axborot kiritadi;
Jamg‘arma kengashi Departament tomonidan kiritilgan axborotni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga aniqlangan holatlar bo‘yicha tekshirish va taftishlar o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamg‘armaga moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish uchun bir hafta muddatda milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlari ochish tavsiya etilsin.
davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
paxta tolasi, don va don mahsulotlarining tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past bo‘lgan jahon narxlari amalda bo‘lgan davrdagi salbiy tafovutni zarurat bo‘lganda qoplash;
urug‘lik paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar, nav originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urug‘lik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga to‘lanadigan ustama mablag‘lari xarajatlarini qoplash;
paxta xomashyosi yetishtirishda fermer xo‘jaliklari uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari xaridi uchun tayyorlov korxonalarining xarajatlarini qoplash;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy qilish maqsadida o‘rganish;
Keyingi tahrirga qarang.
paxta va g‘alla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha moliya agenti — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki;
paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari;
Keyingi tahrirga qarang.
g‘allani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi;
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha tijorat agenti — “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Keyingi tahrirga qarang.
moliya agenti “Agrobank” ATBga — maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini va tegishli komissiya to‘lovlarini belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish;
Jamg‘armaga — davlat xaridi uchun paxta va g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha, shuningdek, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha tijorat agentlari bilan Bosh bitim tuzish;
tijorat agentlariga — Jamg‘arma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda, mahsulot xarid qilishda, kontraktatsiya shartnomalarini o‘z vaqtida tuzish, xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasining imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berilishi doirasida nazoratni ta’minlash yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Departamentni Hukumat aloqa va shahar aloqasi vositalari bilan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Jamg‘arma rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish va keyinchalik uning ijobiy tomonini respublikada tatbiq etishda tegishli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
paxta tolasini eksport va ichki iste’molchilarga sotishdan tushadigan bo‘nak, shuningdek ular yuzasidan yakuniy hisob-kitob qilishdan tushadigan mablag‘lar;
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori bo‘lgan mablag‘lar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari bo‘yicha — ijobiy tafovutning to‘liq miqdordagi yakuniy summasi;
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablag‘larini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
paxta tolasi, don va don mahsulotlarining tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past bo‘lgan jahon narxlari amalda bo‘lgan davrlardagi salbiy tafovutni qoplash;
urug‘lik paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar, nav originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urug‘lik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga to‘lanadigan ustama mablag‘lari xarajatlarini qoplash;
paxta xomashyosini yetishtirishda fermer xo‘jaliklari foydalanishi zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari xaridi uchun tayyorlov tashkilotlarining xarajatlarini qoplash;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish Jamg‘armasini boshqarish departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) faoliyatini ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish.
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosili hisob-kitobini o‘z vaqtida moliyalashtirish;
davlat xaridi uchun qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun qaytarib berish asosida qarz mablag‘lari ajratish;
maqsadli ajratiladigan mablag‘lardan aniq va samarali foydalanilishini tizimli nazorat qilishni ta’minlash;
xarid qilinadigan mahsulot uchun hisob-kitoblarni ta’minlaydigan barcha bo‘g‘inlar — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, banklar, tayyorlov, ta’minotchi, xizmat ko‘rsatuvchi, yetkazib beruvchi va lizing tashkilotlari, ta’minotchilar, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish asosida hisob-kitob tizimini yanada takomillashtirish va joriy etishni moliyalashtirish;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish bo‘yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida o‘rganish;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarining har yilgi balanslari loyihalarini ishlab chiqadi, belgilangan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Departamentni saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Jamg‘arma kengashiga kiritadi;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi va uning ijrosi yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi;
davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxtaning umumiy hajmi bo‘yicha — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari bilan, g‘alla xarid qilish umumiy hajmi bo‘yicha — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha — “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan bosh bitim tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yilgi hosil uchun agrotexnologik xaritalardan kelib chiqqan holda paxta xomashyosi va g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarning eng ko‘n miqdori yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta xomashyosi va g‘alla hosili uchun yakuniy hisob-kitoblarni o‘z vaqtida, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Jamg‘arma kengashiga jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishni tekshirishlar jarayonida aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek ularni bartaraf etish, Jamg‘arma agentlariga bosh kelishuv va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni (jarimalar va penyalar) qo‘llash bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosili va zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish bo‘yicha taftish va tekshirishlarni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarini jalb etish;
xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan Jamg‘arma mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
jamg‘armaning moliya (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki) va tijorat (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi) agentlaridan — Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha yillik buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish;
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatidan har yilgi buxgalteriya va statistika hisobotlarini, davlat xaridi uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish uchun qaytarish asosida ajratilgan qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda va ilgari ajratilgan mablag‘lar va ularga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmaganda moliyalashtirishni to‘xtatish;
moliya va tijorat agentlari maqsadli mablag‘larni qaytarish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganda, Jamg‘armaga qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlarini ko‘chirib olish hisobiga o‘z talablarini to‘la qondiradi.
Davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosili xarajatlari va yakuniy hisob-kitoblarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash;
Jamg‘arma daromadlarining istiqboldagi ko‘rsatkichlari bajarilishini tahlil qilish va mablag‘larning kelib tushishiga salbiy ta’sir qilgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.
11. Jamg‘arma kengashi Jamg‘armaning yuqori organi hisoblanadi. Jamg‘arma kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Departament tomonidan taqdim etilgan Jamg‘arma balansini ko‘rib chiqadi, qaror qabul qiladi va ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Departamentning, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining davlat xaridi uchun paxta va g‘alla hosili yetishtirish, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirish, xodimlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va Departamentning ko‘zda tutilmagan boshqa xarajatlarini moliyalashtirish tartibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga aniqlangan holatlar bo‘yicha tekshirish va taftishlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma beradi, ularning natijasini ko‘rib chiqadi, ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi va Departamentga bajarish uchun yuboradi.
13. Departament Jamg‘armaning ijro etuvchi organi, Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha funksiyasini bajaruvchi hisoblanadi.
14. Departamentning tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Departamentni saqlash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Departament davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladi.
16. Departament Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va uni belgilangan tartibda Jamg‘arma kengashiga taqdim etadi.
17. Departamentga Jamg‘arma kengashi tomonidan saylanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Departament direktori maqomiga, moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shart-sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Departament faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Jamg‘armaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosili hisob-kitobini moliyalashtirishga ajratilgan, Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanishda, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablag‘laridan foydalanilishda vakolatlari bo‘lmagan mansabdor shaxslarning aralashuvi yo‘lidagi urinishlari to‘g‘risida tegishli axborotni qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma kengashiga kiritadi;
o‘tkazilgan tekshirish va taftishda aniqlangan holatlar bo‘yicha Jamg‘arma kengashi qarorini ijrosini ta’minlaydi;
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek Departament xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
19. Departament xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan lavozim maoshi, mukofot, qushimcha va ustamalardan iborat.
Departament xodimlariga har yili bir marotaba rag‘batlantirish yo‘li bilan ko‘p yillik xizmat uchun ustamalar to‘lanadi. Ko‘p yillik xizmat uchun ustamalar lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda, rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Ish staji Jamg‘arma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq rag‘batlantiriladigan ko‘p yillik xizmat uchun ustamalar belgilash huquqini beradi.
20. Jamg‘armaning mintaqaviy inspektorlari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallarining paxta xomashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazlariga biriktirib qo‘yiladi va bevosita Departament shtatlarida turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari mintaqaviy inspektorlarni alohida xona, ofis jihozlari, “Agromarkaz” monitoring axborot bazasiga ulangan kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnikalari bilan ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Mintaqaviy inspektorlarga Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi, to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tishi, hisob-kitoblarning to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazoratini ta’minlash vazifasi yuklanadi.
moliya va tijorat agentlarining mansabdor va mas’ul shaxslaridan nazorat davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berishni, shuningdek nazorat natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashni talab qilish;
moliya va tijorat agentlari mansabdor va mas’ul shaxslarining tushuntirishlar berish va nazorat natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari to‘g‘risida dalolatnoma tuzish va tegishli axborotni Departamentga taqdim etish.
24. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki paxta va g‘alla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha Jamg‘armaning moliya agenti hisoblanadi.
Jamg‘armaning moliya agentiga maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, shu jumladan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek Jamg‘armaning tegishli mablag‘larini va tegishli komissiya to‘lovlarining belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklanadi.
25. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va uning filiallarida davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosiliga, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishga Jamg‘armadan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli, samarali foydalanishini, to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tishini ta’minlaydigan va doimiy nazoratini olib boradigan bo‘limlar tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bo‘limlarga “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat boshqarmalari boshliq o‘rinbosarlari, filiallarda boshqaruvchi o‘rinbosarlari bevosita rahbarlik qiladi, ular to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tishi, mablag‘larning aniq maqsadli sarflanishi uchun shaxsan javob beradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3270/0004)
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari — paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi — g‘allani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha;
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati — zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha.
Jamg‘arma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi bo‘yicha — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha esa — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan, zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha — “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan Bosh bitim tuzadi.
Tijorat agentlari Jamg‘arma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda mahsulot xarid qilish, kontraktatsiya shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishi, xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashning belgilangan standartlariga rioya etilishi, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish yuzasidan nazoratni ta’minlaydilar.
Tijorat agentlari tuzilgan Bosh bitimga asosan Jamg‘arma nomidan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ishtirokida o‘zining tayyorlov tashkilotlari orqali qishloq xo‘jaligi tashkilotlari bilan mahsulotni sotib olish yuzasidan o‘z vaqtida va asoslangan konfaktatsiya shartnomalari tuzilishini, maqsadli mablag‘lar va ularga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlaydilar, sotib olinayotgan mahsulot uchun to‘liq hisob-kitob qiladilar, mahsulotni sotib olishda, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni, shuningdek Jamg‘arma bilan kelishilgan holda “O‘zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati bilan paxta tolasini eksportga va ichki iste’molchilarga sotish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish uchun Jamg‘armaning qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablag‘lari va ularga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlaydi.
27. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘arma moliya agentiga Jamg‘arma bilan moliya va tijorat agentlari o‘rtasida tuzilgan Bosh bitimga asosan maxsus ochilgan maqsadli hisobvaraqlar orqali ajratiladi.
28. Tuzilgan Bosh bitimga muvofiq va maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlarni ko‘llash orqali qilingan hisob-kitoblarga asosan:
tijorat agentlari moliya agenti orqali olingan Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali tayyorlov tashkilotlariga yuboradilar;
tayyorlov tashkilotlari tushgan mablag‘larni qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilishga ishlatadilar.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tushgan mablag‘larni zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga ishlatadi.
29. Tayyorlov tashkilotlari qishloq xo‘jaligi tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq, sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urtalash shartnomalarini tuzgan holda mablag‘larni quyidagi maqsadlarga sarflanishini ta’minlaydilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida belgilangan miqdorlarda paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish;
30. Etkazib beriladigan mahsulot va qishloq xo‘jaligi texnikasi hisob- kitobi uchun Jamg‘arma mablag‘larini hisobga kiritish va hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan maxsus hisobvaraqlarda quyidagilarni moliyalashtirish uchun yuritiladi:
zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish.
31. Kreditlarni qaytarish uchun Jamg‘arma mablag‘larini jamlash va ularning hisobi mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi texnikalarining turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan maxsus hisobvaraqlarda yuritiladi.
32. Xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va donor tashkilotlar mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan maxsus valyuta hisobvaraqlarida yuritiladi.
33. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridagi hajmlarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning maxsus hisobvaraqlariga quyidagi mablag‘lar kirim qilinadi:
paxta tolasini eksport va ichki iste’molchilarga sotishdan tushadigan bo‘nak va yakuniy hisob-kitob mablag‘lari “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari maxsus hisobvaraqlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori bo‘lgan mablag‘lar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari bo‘yicha — ijobiy tafovutning to‘liq miqdordagi yakuniy summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek ushbu mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablag‘larini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar;
34. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan davlat xaridi uchun yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirishga ajratilgan qarz mablag‘lari va unga hisoblangan foizlarni jamlash Jamg‘armaning maxsus hisobvaraqlarida yuritiladi.
35. Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini qaytarish Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larni qaytarish hisobvaraqlariga moliya agentidan davlat xaridi uchun tijorat agentlari tomonidan xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hisob-kitob qilishdan va yetkazib berilgan zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun tushadigan mablag‘lar hisobidan Jamg‘armaning maxsus hisobiga tushiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Moliya agenti va uning filiallari tomonidan Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini qaytarish, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallarining paxta tolasini, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don, un va un mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lari, shuningdek “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan olgan daromadlari (asosiy qarz va foizlari bilan) hisobiga amalga oshiriladi.
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallarida va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkilotlarida, paxta tolasi, don, un va un mahsulotlarini sotishdan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining esa lizing xizmatidan tushgan mablag‘larni jamlash maqsadida “Jamg‘arma bilan maqsadli hisob-kitob qilish uchun maxsus hisobvaraqlar” hisobvaraqlari ochiladi.
Paxta tolasi, don, un va un mahsulotlari sotishdan, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan va unga hisoblangan foizlardan tushgan barcha pul tushumlari ushbu hisobvaraqlarga kirim qilinadi va Jamg‘arma mablag‘laridan avval ajratilgan maqsadli mablag‘larni moliya agentiga qaytarish uchun ishlatiladi.
37. Moliya va tijorat agentlari belgilangan jadvallarga muvofiq Jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini qaytarish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki to‘la bajarmasa, Jamg‘armaga qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlarini ko‘chirib olish hisobiga o‘z talablarini to‘la qondirish huquqi beriladi.
38. Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘larni maqsadga muvofiq ishlatish, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlarga, yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun to‘liq hisob-kitob qilishni o‘z vaqtida amalga oshirish javobgarligi kontraktatsiya shartnomalarini bajarishda ishtirok etayotgan tijorat banklari va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlariga yuklanadi.
39. Tijorat banklari, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va ularning hududiy filiallari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, qishloq xo‘jalik tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgaltyerlari Jamg‘arma mablag‘larini maqsadga muvofiq ishlatmaganligi, hisob-kitob qilish tartibini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
40. Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, to‘lovlar va hisoblarni to‘liq hamda o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
41. Davlat xaridi uchun yetishtiriladigan mahsulotlarni sotib olish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish sifatini nazorat qilish:
paxta xomashyosi va paxta tolasi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
g‘alla bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi tomonidan;
qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan amalga oshiriladi.
42. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.