Oldingi tahrirga qarang.
(hujjat nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning barcha tashkiliy bo‘g‘inlari va bosqichlarida moliyalashtirishning uzviy va samarali yagona tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, agrosanoat majmuasi tovar ishlab chiqaruvchilari texnika parkini zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish texnikasi bilan tubdan yangilash va jihozlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
davlat xaridi uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun qaytariladigan qarz mablag‘larini ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish asosida hisob-kitob tizimini yanada takomillashtirish va joriy etishni moliyalashtirish;
keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohasini moliyalashtirish tajribasini o‘rganish.
Keyingi tahrirga qarang.
paxta tolasini eksport qilish va ichki iste’molchilarga sotishdan tushadigan avans mablag‘lar, shuningdek, ular yuzasidan yakuniy hisob-kitob qilishdan tushadigan mablag‘lar;
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori bo‘lgan mablag‘lar, paxta tolasini sotish yakunlari bo‘yicha tegishli yil hosili — ijobiy tafovutining to‘liq miqdordagi yakuniy summasi;
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek, mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablag‘larini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5189-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘armaning barcha hisob raqamlariga, shu jumladan, Jamg‘arma aylanma mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkaziladigan tegishli bank hisob raqamlariga nisbatan cheklovchi choralar qo‘llanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishni, to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish yilning har choragida yoppasiga va tanlab tekshirishlar o‘tkazish yo‘li orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasiga yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini bir hafta muddatda belgilangan tartibda kiritsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 25-maydagi PF-4114-sonli Farmoni ilovasining 2-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 31-dekabrdagi PF-2165-sonli Farmoniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 28-martdagi PF-4786-sonli Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 2-noyabrdagi PF-4854-sonli Farmoni ilovasining 1-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoni ilovasining 1-bandi.