07.06.2017 yildagi PQ-3042-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni ta’minlash yuklatilsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z hududidagi soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri tumanlari budjetlarining umumiy hajmidan 1 foiz miqdorida tuman hokimliklari zaxira jamg‘armalari shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman budjetlarida belgilangan aylanma kassa mablag‘larining chorak yakuni bilan saqlanishi va xarajatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini g‘aznachilik bo‘linmalari ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahri hududida budjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliyaviy yil oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi lozim;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vakolatiga kiruvchi muayyan xarajatlar Toshkent shahar mahalliy budjetiga berilganda, ularni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan o‘zaro hisob-kitoblar orqali mablag‘lar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan daromadlar parametrlari bajarilmasligi natijasida quyi mahalliy budjetlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi moliya yili mobaynidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari — aylanma kassa mablag‘larini jalb qilish va yuqori budjetdan olinadigan qisqa muddatli foizsiz budjet ssudalari orqali qoplanadi, bir moliya yilidan ortiq bo‘lgan davrdagi kassa uzilishlari — yuqori budjetdan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 2 foizli budjet ssudalari olish orqali qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, 2017-yil uchun tasdiqlangan Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlariga o‘rnatilgan tartibda o‘zgartirish kiritsin, bunda Toshkent shahri shahar va tumanlar budjetlarining parametrlari moliya yili uchun bir marta tasdiqlanadi va ularning daromadlarini oshirish yoki kamaytirishga aniqlik kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda mahalliy budjetlar parametrlariga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning tegishli Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlar har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet xarajatlari, jumladan, belgilangan normativlar doirasida budjet tashkilotlari va ularning shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga moliya yili davomida bo‘shab qolgan mablag‘larni boshqa zarur xarajatlarga yo‘naltirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan budjet tashkilotlari rahbarlari, hokimlik, moliya, g‘aznachilik va soliq organlari xodimlarini erishilgan natijalar asosida yiliga bir oylik lavozim ish haqi miqdorida tegishli ravishda tegishli budjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan bir martalik mukofotlash.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat budjet inspektorlari lavozimlari joriy etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar parametrlarining budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro qilinishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo‘yicha nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarda aylanma kassa mablag‘larining saqlanishi, daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablag‘lari miqdorlarining to‘g‘ri aniqlanishi ustidan monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar hisobidan budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, e’lonlar berish muddatlari belgilanishi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3042-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 491-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)