Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy etalon bazasini shakllantirish va metrologik taʼminotni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 9-fevraldagi 53-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. “Oʻzstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-iyun,
348-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtning sifati ustidan nazoratni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi
jami — 22 shtat birlik”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-sentabrdagi 472-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi Nizomiga ilovaning 2-son roʻyxati 4.1.-bandiga quyidagi mazmundagi 4.1.6. kichik band qoʻshilsin;
“4.1.6. “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 473-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 09.09.2026-y., 09/26/472/0908-son)