Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, shuningdek faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Vazirlik uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahri Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, “Kommunxizmat” agentligi, “Ko‘p xonadonli uylarni, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Kommunalo‘quv” o‘quv-metodik markazi, O‘zbekkommunalloyihaqurilish” davlat unitar korxonasi hamda Vazirlikka mansub boshqa tashkilotlar kiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Vazirlik nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari Vazirlikni saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring olib borish, xavfsizlik va sifatini ta’minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
ko‘p xonadonli arzon uylar qurish bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash, ko‘p xonadonli arzon uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkil etish;
ko‘p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va foydalanish xarajatlarini aniqlash bo‘yicha talablarga, ko‘p xonadonli uylarni texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalariga, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-dekabrdagi 978-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 09/19/978/4125-son)
suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini zamonaviy hisoblash o‘lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini ta’minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo‘llash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, o‘quv stajirovkalarini chet ellarda o‘tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish.
a) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganishni tashkil qiladi, iste’mol ehtiyojlari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish istiqbollarini inobatga oladigan ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarni tuzadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va shu asosda tarmoq va tarmoqlaro hamkorlikni shakllantiradi;
iste’molchilarni uy-joy kommunal xizmatlar bilan ta’minlash darajasini oshirish, energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hisobga olinib, ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir kompleks investitsiya dasturlari, shuningdek, hududlarning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlarni bajarish orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga investitsiya kiritish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda energiya samaradorligini oshirishga oid vazifalarni hal etish uchun uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga investitsiya jalb qilish choralarini ko‘radi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish tizimini isloh qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat siyosatini yuritadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, tegishli hududiy tarkibiy bo‘linmalar orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini uslubiy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlarning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlaridan texnik jihatdan foydalanish qoida va normalari bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlariga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish barqarorligini ta’minlashga doir ishlarini tashkil etadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarining barqaror faoliyatini, respublika hududida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishga oid normativ talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;
hamkorlikning turli shakllari, chunonchi, davlat-xususiy sheriklikdan foydalangan holda, yangi boshqaruv uslublarini ishlab chiqadi va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga, xususan, ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasiga, shu jumladan qishloq joylarda joriy etishni ta’minlaydi;
tijorat banklari, davlat jamg‘armalari va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali qishloq joylarda uy-joy kommunal infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirishning yangi sxemalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda joriy etadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini monitoring qiladi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirishga qaratilgan investitsiyaviy va ilmiy-texnik siyosatni amalga oshiradi;
joylardagi ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarining barqaror ishlashi, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish istiqbollari masalasi yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ishlab chiqarishni monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti tashkilotlari, “Ta’mirlash-tiklash xizmati” va “Yagona hisob-kitob markazi” DUK faoliyati samaradorligining iqtisodiy normativlarini (ko‘rsatkichlarini) tasdiqlaydi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona iqtisodiy, texnik va hisob siyosatini yuritadi, tashkilotlar ishlari samaradorligini atroflicha tahlil qilish jarayoniga metodologik rahbarlik qiladi;
joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xo‘jalik mexanizmi va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha iqtisodiy vositalar va rag‘batlar ta’sirini kuchaytirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini samarali boshqarishni ta’minlaydi;
respublika aholisini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va zarur choralar ko‘radi, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi, ularning murojaatlari bilan bog‘liq ishlar holatini tahlil qiladi, aholi bilan yashash joyida ishlashni tashkil qiladi;
Vazirlik tashkilotlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilsiz holatlar, avariya va yong‘inlarning oldini olish tadbirlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
b) ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish tizimini kompleks rivojlantirish va takomillashtirish sohasida:
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish borasida ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar bozorini rivojlantirish imkonini beradigan amaliy vertikal tizimni yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni o‘z vaqtida amalga oshirish borasida kompleks tadbirlarni ta’minlaydi;
mavjud uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yangilarini tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondidan sifatli foydalanish va unda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish uchun Vazirlik hududiy bo‘linmalari huzuridagi “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlar doirasida loyihadan avvalgi va loyiha hujjatlari uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
investitsiya dasturlarining loyiha-smeta hujjatlarining va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari kreditlarini jalb etgan holda o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bu boradagi ishlarni amalga oshirishga doir manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlaydi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish choralarini ko‘radi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish doirasida jalb qilingan buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiradi;
o‘z vakolati doirasida uy-joy munosabatlari sohasiga oid masalalar, jumladan yashash mumkin bo‘lgan inshootlardan foydalanish qoidalarini tartibga soladi;
ko‘p xonadonli uyda bino mulkdorlarining umumiy mulkiga nisbatan energiyani tejash va energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarni belgilaydi;
aholini ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va bunday boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlaydi;
aholi uchun arzon ko‘p xonadonli uylar qurish, aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ko‘p xonadonli uyda bino mulkdorlarining umumiy mulkini saqlash, foydalanish va uning energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlar ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlaydi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joy binolarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
v) ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohasida:
aholining, ayniqsa, qishloq joylarda toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tasdiqlanadigan dasturlar doirasida Vazirlikning suv ta’minoti tashkilotlari ishtirokida mavjud suv o‘tkazish va kanalizatsiya inshoot va tarmoqlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni amalga oshiradi;
suv ta’minoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar, ta’mirlash-foydalanish va o‘lchash texnikasi bilan jihozlashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ichimlik suvni ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlarini joriy etadi;
suv ta’minoti tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini, ularning xizmatlari uchun narx belgilash tartibini takomillashtirishni ta’minlaydigan sharoitlar yaratadi;
hududlararo suv quvurlari tarmog‘ini rivojlantirish masalasida yagona texnika siyosatini shakllantiradi va yuritadi, hududlararo suv quvurlari tarmog‘i faoliyatini muvofiqlashtiradi, ulardan samarali foydalanish, ularni ishonchli va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha manzilli dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;
respublika hududida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rivojlantirish va rekonstruksiya qilishda yagona siyosat yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish borasidagi ishlarida ishtirok etadi;
(10-band “v” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini inobatga olgan holda, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirishning hududiy sxemalarini ishlab chiqadi;
suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini har bir aholi punkti bo‘yicha va umuman, suv ta’minoti tashkilotlari bo‘yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
ichimlik suv ta’minotiga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining erosti kafolatlangan ichimlik suv manbalari bo‘yicha xulosasi mavjud bo‘lganda, suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha hujjatlarining, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish uslublarini joriy qilish, loyihaga oid maqbul texnik yechimlarni qo‘llash borasida texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, loyiha-qidiruv ishlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq suv ta’minoti va suv chiqarish, iste’molchilarni ichimlik suv bilan uzluksiz ta’minlash xizmatlari ko‘rsatishini ta’minlaydi;
suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining suv ta’minoti va suv chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari to‘g‘risidagi hisobotlar hamda axborotning, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlaydi;
suv ta’minoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari obyektlarining holatini, ulardan foydalanish va ushbu obyektlarga suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilarga o‘rnatilgan ichimlik suv ta’minoti iste’molini hisobga olish priborlarini almashtirish, o‘rnatish va ularga ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
(10-band “v” kichik bandining yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band “v” kichik bandining yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
atrof-muhitni ifloslantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarining kanalizatsiya tashlanmalariga taalluqli qismini undiradi
(10-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 247-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/247/2835-son)
Keyingi tahrirga qarang.
gelioqurilmalarni qo‘llash hisobga olingan holda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, samarali mahalliy qozonxonalarni qurish, markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish borasida respublika issiqlik ta’minotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshiradi;
issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
ko‘p xonadonli uylar, ijtimoiy va boshqa obyektlarda energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;
jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiladi hamda almashtiradi;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
issiqlik ta’minoti tizimida noishlab chiqarish xarajatlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va issiqlik energiyasini yetkazib berish, taqsimlash hamda iste’mol qilishda me’yordan ortiq yo‘qotishlarni kamaytirish hisobidan sarf-xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan yagona texnik va tarif siyosatini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, loyiha-qidiruv ishlari, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
markaziy qozonxonalar, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini hamda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish sohasida ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlari, shuningdek, quyosh kollektorlari (gelioqurilmalar) ishlab chiqarishni tashkil qilish va foydalanishga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar faoliyatiga joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida yagona mijozlar bazasi, hisob-raqamlarni qo‘yish va to‘lash tizimini, shuningdek, tashkilotlar balansida faoliyat natijalarini avtomatik ravishda aks ettirishni o‘z ichiga olgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
uy-joy kommunal sohada interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini muntazam monitoring qilib boradi, Internet va mobil aloqa tarmoqlari orqali yuridik va jismoniy shaxslarga interfaol xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish choralarini ko‘radi;
uy-joy kommunal sohada tarmoq dasturiy mahsulotlari, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi;
“Elektron hukumat” tizimida Vazirlikning axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasining integratsiyalashuvini ta’minlaydi;
Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilot va korxonalar faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur kompleks choralarni amalga oshiradi;
Respublika aholisini ommaviy axborot vositalari va jahon Internet axborot tarmog‘i orqali uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyati haqida muntazam xabardor qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
aholiga ko‘p xonadonli uylarni boshqarish sohasida faoliyat yuritadigan tashkilotlar to‘g‘risidagi axborotni Internet tarmog‘ida e’lon qilish orqali taqdim etish bo‘yicha dasturiy mahsulotni joriy etadi;
yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan bog‘liq ishlar holatini tahlil qiladi, interfaol “samarali aloqa” va “virtual qabulxona” mexanizmini joriy qiladi;
Vazirlikning yagona dispetcherlik xizmati va hududiy bo‘linmalar dispetcherlik xizmatlarining samarali ishlashini tashkil qiladi;
e) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda o‘quv stajirovkalarini o‘tkazishni hisobga olib, Vazirlik tashkilotlarining kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojini o‘rganadi;
“Kommunalo‘quv” o‘quv-metodik markazi” DUKda xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlari rahbarlarini tayyorlaydi va ularga o‘qiganligi haqida tegishli sertifikat beradi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyatni tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi:
belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari dasturlarini, shuningdek, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ayrim loyihalarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kelishadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida hisobga olish, monitoring qilish va hisobotdorlikni amalga oshirish uchun namunaviy hujjatlarni (formulyarlar, reyestrlar, dalolatnomalar va boshqalarni) belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kelishadi;
Vazirlik tashkilotlari faoliyati samaradorligining iqtisodiy va texnik normativlarini (ko‘rsatkichlarini) tasdiqlaydi, ushbu normativlarni sinab ko‘rish borasida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona iqtisodiy siyosat, yagona hisobga olish siyosatini yuritadi hamda tashkilotlarga uslubiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyati samaradorligini tahlil etadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning muhim muammolarini hal etishda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi va kengaytiradi;
Vazirlikka yuklangan vazifalar doirasida yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish uchun mas’ul vakolatli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro ilmiy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish tadbirlarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida eng yaxshi xorijiy boshqaruv, texnik xizmat ko‘rsatish amaliyoti va yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan tanishish maqsadida tajriba almashish tadbirlarini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlik vakolatiga kiritilgan xalqaro shartnomalarini amalga oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qonunchilikda belgilangan holatlarda xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzadi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari va donor-mamlakatlar bilan ularni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish bo‘yicha istiqbolli va joriy hamkorlik dasturlarini shakllantirish takliflarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun taqdim etiladigan xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining texnik ko‘maklashish mablag‘laridan (grantlaridan) foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlaridan texnik, gumanitar, beg‘araz va boshqa yordam olishni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganadi va umumlashtiradi hamda ularni normativ tartibga solish bo‘yicha takliflar kiritadi;
“Obod hudud” tizimini (elektron onlayn-maydoncha) ishlab chiqadi, joriy etadi va axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini obodonlashtirish sohasiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-dekabrdagi 978-sonli qaroriga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 09/19/978/4125-son)
Oldingi tahrirga qarang.
k) Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring olib borish, xavfsizlik va sifatini ta’minlash, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirishni muvofiqlashtirish sohasida:
suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlarning ma’lumotlarini to‘plash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etadi;
suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash to‘g‘risida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi monitoringini olib boradi, zarur bo‘lganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi;
Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring olib borish, xavfsizligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
toza ichimlik suvining strategik zaxiralarini yaratishni tashkil etadi, shu jumladan, katta hajmdagi zaxira manbalarini barpo etadi;
suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtiradi, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi;
tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga suvni hisobga olish holati, uning xavfsizligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish to‘g‘risidagi hisobotni aniq takliflar bilan taqdim etib boradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan “k” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
11. Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy bo‘linmalar va Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar orqali hal etadi.
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari hay’atlarining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kommunal xizmatlarni joriy qilish masalasini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistika ma’lumotlari, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni so‘rab oladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari va idoraviy mansub tashkilotlardan suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash, ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur hisob-kitoblar, hisobot ma’lumotlari va boshqa materiallarni oladi;
Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar yuboradi;
o‘z vakolati doirasida konferensiya, seminar, simpozium, ko‘rgazma, yarmarka va boshqa tadbirlar o‘tkazadi, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlarga Vazirlik, uning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari mutaxassislarini belgilangan tartibda yuboradi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarda ishlash uchun belgilangan tartibda jalb qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlarini uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik talablarini va normativ hujjatlarni bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi;
kommunal soha obyektlarini qurish sohasida shahar va tumanlarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bosh rejalari loyihalari bo‘yicha xulosa beradi;
soha ilmiy-texnik kengashlarini va sohaning ixtisoslashtirilgan ekspert kengashlarini tashkil qiladi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida axborot-tahlil va ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlar va malakali mutaxassislarni, jumladan xorijdan belgilangan tartibda jalb etadi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan konferensiya, kengash va seminarlar tashkil qiladi va o‘tkazadi;
xorijiy davlatlarning turdosh vazirliklari (idoralari), xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, firma va kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy mamlakatlar elchixonalari va missiyalari, xalqaro hamda chet el tashkilotlari bilan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri majlislar va videokonferensiyalar o‘tkazadi;
Xalqaro darajada Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qiladi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitalar va komissiyalar ishida ishtirok etadi;
xorijiy davlatlarning iqtisodiyot idoralari, agentliklari va boshqa turdosh tuzilmalari bilan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida idoralararo shartnomalarni (bitim, protokol, memorandumlarni) xalqaro huquq normalariga muvofiq tayyorlash va tuzishda ishtirok etadi;
Vazirlik va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘radi;
Vazirlik tizimida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni tizimli nazorat qiladi, Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlarning moliyaviy va tadbirkorlik faoliyatini tekshiradi va taftish qiladi.
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturlar amalga oshirilishini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish hamda ularning yakuniy natijalari;
ko‘p xonadonli uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti tizimlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishi;
favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzila, suv toshqinlari, yong‘in, epidemiya va boshqalarda) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasining har qanday obyektidan foydalanish, ularning faoliyat yuritishini cheklash yoki to‘xtatish, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini markazlashtirilgan tarzda boshqarishning ustuvorliklarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
suv-kanalizatsiya xo‘jaligi va issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga ichimlik suvi, issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;
suv-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotlarining suv ta’minoti va suv chiqarish bo‘yicha hamda issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
suv ta’minoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari hamda issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga ta’mirlash xizmati ko‘rsatilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
(13-bandning yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilarga o‘rnatilgan ichimlik suv ta’minoti iste’molini hisobga olish priborlarini almashtirish, o‘rnatish va ularga ekspluatatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
(13-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va o‘rnatilishini, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;
issiqlik energiyasi va issiq suv uchun to‘lovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari ko‘rsatkichlari, iste’molning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni o‘lchami asosida o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashni, shuningdek, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish;
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy bo‘linmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilaydi;
Vazirlik xodimlari hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarish uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
zarurat bo‘lganda, Vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
markaziy apparat, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari shtatlar jadvalini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda markaziy apparat va Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilotlar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlik boshqarmalari, bo‘limlari va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qiladi, tarmoq xodimlarini belgilangan tartibda ko‘krak nishonlari bilan taqdirlaydi, Vazirlik tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;
Vazirlik, hududiy bo‘linmalar xodimlarini, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik va Vazirlik hududiy bo‘linmalari mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Vazirlik markaziy apparatida va uning hududiy bo‘linmalarida, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida qonun hujjatlarini ijro etishga, elektron hujjat aylanishi tizimini keng joriy etish va ulardan samarali foydalanishga, yuridik va jismoniy shaxslarning tushgan murojaatlari bo‘yicha, ularning ko‘rib chiqilishi natijalarini hisobga olgan holda, ma’lumotlar bazasini shakllantirishga doir ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi.
16. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, “Kommunxizmat” agentligining bosh direktori (lavozimiga ko‘ra), Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hay’atning shaxsiy tarkibi va soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy konseptual, respublikada uy-joy-kommunal sohani yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ijro intizomini mustahkamlash, vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Hay’at, agar majlisda uning tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini Vazirlar Mahkamasiga yozma ravishda ma’lum qilishlari mumkin.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
18. Viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri buyrug‘i bilan tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
20. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga to‘lanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha va ustama haqlardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga uzoq muddat xizmat qilgani uchun mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq belgilanadi;
bayram sanalarida Vazirlikning Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan shtat jadvaliga binoan lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda mukofot to‘lanadi;
Vazirlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar belgilanadi.
22. Boshqaruv xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan va mavjud vakant lavozimlar hisobiga bo‘shab qoladigan mablag‘lar Vazirlikning xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
23. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantirish tartibi Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
24. Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash tadbirkorlik faoliyatidan tushumlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
25. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, shuningdek faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Inspeksiya o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlab turish va ulardan foydalanish sohasida vakolatli organ hisoblanadi.
3. Inspeksiya o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga hisobot beradi.
4. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Inspeksiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Inspeksiya davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochilgan budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Inspeksiya nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi.
7. Inspeksiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan qarorlar qabul qiladi
8. Inspeksiyani saqlab turish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
ko‘p xonadonli uy-joy fondini, unga tutash hududlarni saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya etish, ko‘chmas mulk egalarining binolarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik;
umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash-tiklash ishlarini tizimli o‘tkazish qoidalariga rioya etish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish;
ko‘p xonadonli uylarda ko‘chma mulk egalarining mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ajratiladigan mablag‘laridan maqsadli foydalanish.
ko‘p xonadonli uy-joy mulkdorlari huquqlariga rioya etgan holda, qonunchilikda belgilangan shakl va usullardagi nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;
sifat standartlariga mos kelmaydigan uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatishda fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlaydi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish, jumladan muhandislik tarmoqlari, ko‘p xonadonli uylar uskunalaridan sifatli foydalanishni tizimli tekshirish yuzasidan nazorat qiladi;
turar-joy binolari mulkdorlari va boshqaruv kompaniyalari, ta’mirlash tashkilotlari va kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalar o‘rtasidagi shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qiladi;
hisobotlar, statistika ma’lumotlari, obyektlardagi nazorat tekshiruv natijalarini va boshqa axborot materiallarini tahlil qiladi;
hududiy inspeksiyalar ishini yaxshilash, uy-joy fondi va ko‘p xonadonli uylarda mulkdorlar umumiy mulkini boshqarish, ularni saqlash va foydalanish samaradorligini oshirish, ta’minlash va ta’mirlash ishlarini bajarishda aholi ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Inspeksiya faoliyatini tashkil etish qoidalari va uslubiy hujjatlarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Inspeksiya kadrlarini tanlash, kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi;
uy-joy fondi va ko‘p xonadonli uylarda binolar mulkdorlari umumiy mulkidan foydalanish, ta’mirlash va saqlash masalalarini tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi, ko‘p xonadonli uylar binolari mulkdorlari va kommunal-foydalanish tashkilotlarining ko‘p xonadonli uylardan foydalanish, kommunal xizmatlar va energiya manbalari sifati bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
ko‘p xonadonli uylardagi binolar (kvartiralar) mulkdorlarining murojaatlari yuzasidan qabul qilingan choralar natijalari bo‘yicha hisobotlar mavjudligini tekshiradi;
hududiy inspeksiyalarning ko‘p xonadonli uy-joy fondi va ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulkidan foydalanish, ularni saqlab turish va ta’mirlashni nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtiradi va tashkil qiladi;
ko‘p xonadonli uylardagi umumiy mulkni mukammal va joriy ta’mirlashning alohida turlarini o‘tkazish ro‘yxati, davrlari va navbatini belgilaydi;
qurilishi tugallangan ko‘p xonadonli uylarni, shuningdek, ko‘p xonadonli uy-joy fondi muhandislik uskunalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy va normativ hujjatlar talablariga moslashtirish bo‘yicha rekonstruksiya qilingan tizimlarini foydalanishga qabul qiluvchi ishchi va davlat komissiyalari faoliyatida ishtirok etadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondida muhandislik uskunalaridan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
11. Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qiladigan hududiy inspeksiyalar quyidagilarni nazorat qiladi:
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlardan foydalanish;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va uning muhandislik uskunalarining texnik holatini, ularni amaldagi normativlar, texnik va loyiha hujjatlariga muvofiq saqlash va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishga tayyorlash tadbirlarini o‘tkazish;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlarda yoqilg‘i-energetika resurslari hamda suvdan oqilona foydalanish;
aholini kommunal xizmatlar (isitish, elektr, suv, gaz ta’minoti va boshqalar) bilan ta’minlashning me’yoriy darajasi va tartibiga rioya etish;
turar-joy binolari va ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlardan foydalanish qoidalariga rioya etish;
turar-joylar va binolarni doimiy yashash uchun yaroqsiz deb e’tirof etish, ularni noturar joy toifasiga o‘tkazish tartibi va qoidalariga rioya etish;
davlat yoki munitsipal uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlari mulkdorlari, xizmatlar, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar o‘rtasida shartnomalar mavjudligi va ularning shartlariga rioya etish;
ko‘p xonadonli uylarda energiya va suv resurslari sarfini boshqarish, nazorat qilish va hisobga olish priborlari mavjud bo‘lishi.
12. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
13. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
b) tekshiruv paytida har qanday zarur axborotni so‘rab olish, tekshiruvga oid hujjatlarining asl nusxalari bilan tanishish;
v) odamlar hayoti va salomatligiga xavf soladigan nosoz texnik qurilmalardan ulardagi nosozliklar bartaraf etilmagungacha foydalanishni taqiqlash, ishlab chiqarishni to‘xtatishga olib keladigan holatlar bundan mustasno;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga va ko‘chmas mulk egalariga — ko‘p xonadonli uylar, ko‘p xonadonli uylar umumiy mulkini saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, texnologik loyihalashtirish normalarining buzilishi holatlarini, foydalanishda xavfsizlikni pasaytiradigan uskunalarni tayyorlash va montaj qilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlariga — tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablariga rioya etish bo‘yicha;
d) o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar talablari bajarilmagan holatlarda ushbu talablarni majburiy bajarish to‘g‘risida yoki jismoniy yoxud yuridik shaxs faoliyatini qisman yoki to‘liq to‘xtatish yoxud taqiqlash da’vo arizasi tayyorlab taqdim etish;
tekshirilayotgan obyektda tekshiruv o‘tkazilayotgan davrdagi belgilangan ish tartibiga to‘sqinlik qilmaslik;
ko‘p xonadonli uylar umumiy mulkini saqlash tartibi buzilishi, muhandislik tarmoqlari va ko‘tarish inshootlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari va texnik reglamentlari buzilishi haqida dalolatnomalar tuzish.
16. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli ravishda bajarmaganligi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
17. Inspeksiyaga rahbarlik qiladigan boshliq Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi samarali kurashishni ta’minlash yuzasidan shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiya boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Inspeksiya boshlig‘i mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra — bosh boshqarma boshlig‘iga, inspeksiya xodimlari esa — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlariga tenglashtiriladi.
Inspeksiya boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hay’ati tarkibiga kiritiladi.
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xodimlar o‘rtasida vakolatlarni belgilaydi va majburiyatlarni taqsimlaydi, Inspeksiya hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilaydi;
bo‘limlar rahbarlari va xodimlarining Inspeksiya faoliyatining ayrim uchastkalari va yo‘nalishlariga rahbarlik, shuningdek, Inspeksiya hududiy bo‘linmalari ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Inspeksiyaning barcha xodimlari, shuningdek, hududiy bo‘linmalari bajarishi shart bo‘lgan qarorlar chiqaradi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan kelishgan holda, Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalarining shtat jadvalini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Inspeksiya bo‘limlari va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalasini hal qiladi, ishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya xodimlari va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
hududiy inspeksiyalar xodimlari hududiy inspeksiya boshlig‘i tomonidan Inspeksiya bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlab turish va ta’mirlash sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qiladi, ushbu qonunchilik buzilishi holatlarini ko‘rib chiqadi va o‘z vakolati doirasida tegishli qarorlar qabul qiladi;
o‘z vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlarda qonunchilikka muvofiq Inspeksiya manfaatlarini himoya qiladi;
19. Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot, qo‘shimcha va ustamalardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
uzoq muddat xizmat qilgani uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda har chorakda mukofot to‘lanadi. Bunday mukofot olish huquqini beradigan ish staji O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasdiqlaydigan tartibga binoan hisoblanadi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
bayram kunlarida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shtat jadvaliga muvofiq lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda mukofotlar to‘lanadi;
ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarga lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar belgilanadi;
21. Mehnatga haq to‘lash fondining boshqaruv xodimlari sonining qisqarishi tufayli bo‘shaydigan va bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi hisobiga shakllangan mablag‘lari Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
22. Inspeksiya qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda tezkor boshqarish huquqi asosida alohida mulkka ega bo‘lishi mumkin.
Inspeksiya mulki unga mulkdor tomonidan taqdim etilgan mulk, shuningdek, o‘z faoliyati natijasida orttirilgan mulk (jumladan pul mablag‘lari) va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
23. Inspeksiya o‘ziga biriktirilgan mulkni va unga moliyalashtirish rejasi bo‘yicha berilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mulkni o‘zgaga, qonunchilikda boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda o‘zgaga o‘tkazish yoki boshqacha usulda tasarruf etish huquqiga ega.
24. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Agentlik Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (keyingi o‘rinlarda XMII deb ataladi), shuningdek Hukumatga qarashli xorijiy moliyaviy tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda HXMT deb ataladi) ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyati yuzasidan unga hisobot beradi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Agentlik yuridik shaxs huquqiga, mustaqil balansga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochilgan budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, o‘z nomi yozilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalarga ega bo‘ladi.
7. Agentlikni saqlab turish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida XMII va HXMT ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy kapitalni jalb qilish bo‘yicha faol siyosatni shakllantirish va izchil amalga oshirish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha jarayonlarni rejalashtirish, kelishish va muvofiqlashtirish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida investitsiya loyihalari bo‘yicha dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarni (hisob-kitoblarni) sifatli tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
loyihalar texnik-iqtisodiy asoslarining (hisob-kitoblarining) tasdiqlangan parametrlari, shuningdek, XMII va HXMT bilan imzolangan moliyaviy va loyiha bitimlari shartlariga muvofiq investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlar o‘tkazish;
XMII va HXMT ajratadigan mablag‘lardan moliyaviy bitimlarga va loyiha bitimlariga muvofiq maqsadli foydalanishni ta’minlash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida XMII va HXMT ishtirokida amalga oshirish taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatini shakllantirishda ishtirok etish;
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan va yangi tashkil etiladigan guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali ishlashini ta’minlash;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishda ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashish;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining investitsiya bo‘linmalari rahbar va xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi prognozlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining XMII va HXMT ishtirokidagi loyihalar bilan bog‘liq investitsiya dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi hamda ularni amalga oshirish tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasiga oid investitsiya loyiha va dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida axborot tayyorlaydi va xorijiy investorlarni bunday axborot bilan ta’minlaydi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida tender (tanlov) savdolari o‘tkazish tartib-taomillarini takomillashtirish masalasini tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
XMII va HXMT ishtirokida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish bo‘yicha tender (tanlov) savdolarini tashkil qiladi va o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining XHMI va XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan bog‘liq loyiha-qidiruv ishlarining manzilli ro‘yxatini tayyorlashda ishtirok etadi;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida XMII va HXMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishning tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
XMII va HXMT ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib boradi;
investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida sifatli amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan omillarni tanqidiy tahlil qiladi va ularni hal etish uchun tezkor choralar ko‘radi;
tarmoq idoralararo tender komissiyalari, ishchi va baholash guruhlarining majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi;
XMII va HXMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish borasidagi raqobat muhitini yaratishga ko‘maklashadi;
agar hukumat qarorlari va (yoki) moliyaviy shartnomalarda nazarda tutilgan bo‘lsa, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida XMII va HXMT ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ijro organi vazifasini belgilangan tartibda bajaradi;
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlarini, shuningdek, ayrim olim va mutaxassislarni materiallar ishlab chiqishga belgilangan tartibda jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlaridan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb etilgan kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va ushbu majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;
statistika organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik faoliyati uchun zarur statistika va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda olish.
11. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga tasdiqlangan tarmoq jadvallariga binoan ishlarni moliyalashtirish va bajarish holati to‘g‘risida axborot taqdim etishi shart.
XMII va HXMT ishtirokida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan tarmoq investitsiya loyihalarining sifatli tayyorlanishini ta’minlash;
XMII va HXMT ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari doirasida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarining o‘z vaqtida, sifatli va belgilangan tartibda ishga tushirilishini ta’minlash;
muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investitsiyalar hamda XMII va HXMT kreditlarini faol jalb qilish;
Agentlikka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan bosh direktor rahbarlik qiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Agentlik bosh direktori mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha — bosh boshqarma boshlig‘iga, uning o‘rinbosari va Agentlik xodimlari esa — tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining boshqarma boshlig‘i va xodimlariga tenglashtiriladi.
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosari va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha idoraga mansub guruhlar rahbarlarining vakolatlarini, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalari va yo‘nalishlariga rahbarlik hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha idoraga mansub guruhlarning ishlar uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning shtat jadvali va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan kelishgan holda, zarur hollarda, Agentlik tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Agentlik boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha idoraga mansub guruhlar nizomlarini, shuningdek, Agentlik xodimlari va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha guruhlarning lavozim yo‘riqnomalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalasini hal qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan kelishgan holda Agentlik xodimlari va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha guruh rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
15. Agentlik bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hay’ati tarkibiga kiritiladi.
16. Agentlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq va ustamalardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
uzoq muddat xizmat qilganligi uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda har chorakda mukofot to‘lanadi. Bunday mukofot olish huquqini beradigan ish staji O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasdiqlaydigan tartibga muvofiq hisoblanadi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
bayram kunlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan lavozim maoshining 2 baravari miqdorida mukofot to‘lanadi;
Agentlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga ularning lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar belgilanadi.
18. Mehnatga haq to‘lash fondining boshqaruv xodimlari sonining qisqarishi tufayli bo‘shaydigan va bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi hisobidan shakllangan mablag‘lari Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
19. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.