05.06.2017 yildagi PF-5070-son
Hujjat 13.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” PF-3923-sonli Farmoni 7-bandidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4434-sonli Farmoni 2-bandidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4453-sonli Farmoni 3-ilovasi 11-bandi “Soliq hisobotlari nomlanish shakli” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4853-sonli Farmoni 3-bandi 2-xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.