15.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2884
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ–1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2014-yil 12-fevraldagi 27-sonli “Bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish va muvofiqlashtirish, xalqaro to‘lov tizimlari standartlari, qoidalari va tartibotlari asosida progressiv yutuqlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi 445-sonli “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2014-yil 12-fevraldagi 27-sonli “Bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish, xalqaro to‘lov tizimlarining standartlari, qoidalari va tartib-taomillari asosida progressiv yutuqlarni tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq “GlobUzCard” banklararo universal chakana to‘lov tizimi faoliyatini tartibga soladi.