Davlat budjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. U quyidagilarni nazarda tutadi:
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarni mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag‘laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
2. Belgilansinki, yangi tartibga muvofiq budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash normativlar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) xarajatlarning quyidagi guruhlarini bir satrda mablag‘ bilan ta’minlash usulida amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami berilishidan qo‘shimcha daromadlar olish hisobiga kengaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan qo‘shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2005-yil 1-yanvargacha Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ozod qilinsin, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
5. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkilotlariga Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish huquqi berilsin, jamg‘arma:
rejaga muvofiq budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash hisobiga tushgan va hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlari hisobvaraqlarida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) mablag‘lar (kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag‘larning 50 foizi, qolgan 50 foiz mablag‘ mahalliy budjetlar daromadiga o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga berilayotgan homiylik yordami (beg‘araz yordam) hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tijorat banklarida joriy hisobvaraqlar ochgan holda yuridik shaxs maqomi beriladigan budjet tashkilotlari ro‘yxatini 1999-yil 1-oktabrgacha belgilasin;
budjet tashkilotlari faoliyati turini hisobga olgan holda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash normativlarini 1999-yil 1-noyabrgacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: “Ijtimoiy soha tashkilotlari bo‘yicha 2000-yil uchun budjetdan moliyalashning Vaqtinchalik me’yorlari” (ro‘yxat № 850, 10.12.1999-y.)
budjet tashkilotlarini 2000-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘ bilan ta’minlashning yangi shartlariga o‘tkazishga tayyorlash bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin.
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibini, Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda — Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mol-mulkini boshqa korxonalar va tashkilotlarga ijaraga berish tartibni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin, bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘laridan, shu jumladan Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan noo‘rin foydalanilishi;
budjetdan ajratiladigan mablag‘larning xarajatlar guruhlari bo‘yicha tasdiqlangan limitlardan oshib ketishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan navbatiga, ularni to‘lash muddatlari va to‘liqligiga rioya qilmaslik hollarining oldini olsin.
Moliya organlari, budjet tashkilotlari rahbarlari budjet intizomiga rioya qilinishi uchun mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin. Bunda budjet tashkilotlarining qo‘shimcha daromadlar olish bo‘yicha faoliyati budjet mablag‘lari hisobiga bajarilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar yetkazmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarga tatbiq etiladi. Mustaqil ravishda xo‘jalik hisobi faoliyatini yurituvchi, maxsus kelishib olingan tadbirlar uchun budjetdan dotatsiya va mablag‘lar oluvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga nisbatan mazkur Tartibni qo‘llash xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish;
budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag‘laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni, ish haqiga qo‘shimchalar, kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag‘ bilan ta’minlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy etish;
budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni budjet tashkilotlarining faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish;
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mablag‘ bilan ta’minlash budjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining choraklar bo‘yicha taqsimlangan yillik ro‘yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va shtatlar jadvalini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Smetalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to‘liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to‘rt guruhi bo‘yicha tuziladi.
Ilova smetaning ajralmas qismi hisoblanadi, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslash uchun xizmat qiladi va hisobot maqsadlari uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish, ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan budjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda budjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida tegishli moliya organlarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur budjet tashkiloti mablag‘ bilan ta’minlanadigan, budjet parametrlari tasdiqlangan paytdan boshlab 40 kundan kechiktirmay tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o‘zgartirishlar ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki hududiy moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi navbatda mablag‘ bilan ta’minlanadi. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Kapital qo‘yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlash smetalarga va budjet xarajatlari ro‘yxatlariga, ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko‘rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Kapital qo‘yilmalarni va boshqa xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash budjetga mablag‘lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika budjetidan mablag‘ bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi (unda budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko‘rsatgan holda) xarajat jadvallari va xarajatlarning har bir guruhi bo‘yicha bir satrda mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov qog‘ozi bilan rasmiylashtiriladi;
mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlash — tegishli moliya tashkilotlarida belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning har bir guruhi bo‘yicha bir satrda mablag‘ o‘tkazish uchun to‘lov qog‘ozi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda yangi budjet yilida mablag‘ ajratish rejasi debitorlik qarzlar kreditorlik qarzlardan ortiq summaga va budjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi holatiga ko‘ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig‘i summasiga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Budjet mablag‘lari budjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlari birinchi navbatda mablag‘ bilan ta’minlanadi .
Keyingi tahrirga qarang.
17. Xarajatlarning III guruhi budjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. “Boshqa xarajatlar” IV guruhi bo‘yicha mablag‘lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
19. Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlar (birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlar)ni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘larni IV guruh mablag‘lari hisobiga tezkorlik bilan xarajat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. IV guruh hisobiga avtomobillar va boshqa avtotransport vositalarini (maxsus avtotransport bundan mustasno), uyali telefonlar va ortiqcha dabdabali buyumlar (import ofis mebeli, audio-video texnika (o‘quv, ilmiy va tibbiy jarayonlarda foydalaniladiganlardan tashqari) ofislar uchun gilamlar va boshqalar) xarid qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo‘lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo‘lishi navbatiga ko‘ra har qaysi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) budjet mablag‘lari (kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno) olib qo‘yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va belgilangan tartibda sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Budjet tashkilotlarini kelgusi chorakda mablag‘ bilan ta’minlash hajmi hisobot choragida tejab qolingan (foydalanilmagan) budjet mablag‘lari summasiga kamaytirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkilotlarining qo‘shimcha daromadlari mablag‘ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari:
budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatiladigan homiylik (beg‘araz) yordami hisobiga olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
rejaga muvofiq budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash hisobiga tushgan va hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlari hisobvaraqlarida qolgan tejab qolingan (foydalanilmagan) mablag‘lar (kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno);
budjet tashkilotlari faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar;
vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag‘larning 50 foizi. Mablag‘larning qolgan 50 foizini budjet tashkilotlari mahalliy budjetlar daromadiga o‘tkazadilar;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga berilayotgan homiylik (beg‘araz) yordami hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy rivojlantirish va budjet tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Budjet tashkilotida muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lsa, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tejab qolingan budjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzni to‘lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan so‘ng) sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan taqdirda, kreditorlik qarzning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.
28. Agar kreditorlik qarzi budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga ilovada nazarda tutilgan tegishli xarajatlar to‘lanmaganligi va (yoki) xarajatlarning har qaysi guruhi bo‘yicha belgilangan limitlarning oshib ketganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa, to‘liq hajmda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlangan taqdirda, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari (ishlar, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni to‘ldirilgandan so‘ng) avvalo xarajatlarning to‘lanmagan qismi va belgilangan limitlarning ortib ketgan miqdori doirasida kreditorlik qarzlarni uzishga yo‘naltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Budjet tashkilotida kreditorlik qarzlar mavjud bo‘lmasa yoxud ular mazkur Tartibda belgilangan doirada va shartlarda to‘langan taqdirda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining qolgan mablag‘lari (homiylik yordami, beg‘araz yordam miqdori bundan mustasno):
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tushgan barcha mablag‘larning kamida 75 foizi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rnini to‘ldirishga va moddiy-texnika bazani mustahkamlashga;
tushgan barcha mablag‘larning ko‘pi bilan 25 foizi budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
(29-bandning ikkinchi, uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 22-24-son, 159-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamidan olingan mablag‘larning barcha summasi, agar homiy bilan maxsus o‘zgacha hol kelishilmagan bo‘lsa, moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Moliya organlari va budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunga, Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi bo‘yicha yo‘riqnomaga, Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Faoliyat turiga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga tushadi hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinadi.
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish munosabati bilan budjet tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo‘llash xususiyatlari tarmoq xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan Budjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi nizomda qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Yuridik shaxs maqomini olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda hisobga turadilar, bunda tegishli moliya organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 15-martigacha bir yilda bir marta “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-raqamli shaklda moliyaviy hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Budjet mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish ham budjetdan ajratiladigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash jarayonida (joriy nazorat), ham budjet tashkiloti tegishli xarajatlarni qilgandan keyin (keyinchalik nazorat qilish) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Budjet mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning belgilangan normativlari va limitlari, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasi, tegishli budjetlarning tasdiqlangan parametrlari, tasdiqlangan shtat jadvallari va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan budjet tashkilotlari xarajatlari smetasi, mazkur Tartibning qoidalari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Budjet tashkilotlari tomonidan mablag‘larning sarflanishini, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va joylardagi moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlardan budjetni rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash, tegishli tashkilot tomonidan budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rash;
kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq budjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, budjet intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek ilgari ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda tashkilotlarni budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yish;
Keyingi tahrirga qarang.
amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Budjet tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga rioya etilishi, ularning tasdiqlangan tasnifnomaga, xarajatlar normativlari va limitlariga muvofiqligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq:
budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari — budjet tashkilotlarining ishlab chiqilgan va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritiladigan tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari — budjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtat jadvallari va yig‘ma smetalari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Ham budjet mablag‘lari hisobiga, ham mazkur Tartibda nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning rahbarlari amaldagi mehnat, ma’muriy, jinoyat qonunchiligiga muvofiq budjet intizomi buzilishi uchun, shu jumladan:
xarajatlar guruhlari bo‘yicha tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar limitlari oshirib yuborilishi;
xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Moliya organlari rahbarlari budjet intizomiga rioya qilinishi uchun mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.